Account
Taqrizchi

Taqrizchi

• Ehtiyot bo'ling, kitobxon bo'lib qolish xavfi bor • Saviyali kontent orqali mutolaani sevdiramiz © Ulashganda manba koʻrsatilsin! Alter ego: @fikriyya_alim

Username
@taqrizchii
Subscribers1,382
Avg views per post, 7d232−81.3% vs prev 7d
ERR16.79%last 7 days

Average views per post by day

By publication day

Show as table
DateAvg views per post
Nov 1, 20261,220
Nov 2, 20261,140
Nov 3, 20261,410
Nov 4, 20261,400
Nov 7, 20261,310
Nov 10, 20261,310
Nov 13, 20261,470
Nov 15, 20261,240
Nov 17, 20261,240
Nov 29, 2026232

Most viewed this month

  1. Views1.47K
    Forwards—
    Reactions110
    Comments—
  2. ​Tarbiyachi yoxud kitob oʻqib beruvchi Bolani majburlamay kitobga "oʻrgatib qoʻyish" usulini bundan bir necha asr avval kashf qilishgan ekan. Qirolicha Viktoriya davrida (19-asrda) ayol murabbiyalar "governess" yollash oʻziga toʻq oilalarga xos odat boʻlgan. Bu tarbiyachilar bolalarga shaxsiy ustoza boʻlib, oʻqish, yozish, arifmetika, Fransuz tili kabilardan saboq bergan. Klassik adabiyotda Sharlotta Brontëning "Jeyn Eyr" asarida Jeyn ham xuddi shunday tarbiyachilik qiladi. Eng qizigʻi, bolalar goʻdakligidan tushunishmasa ham muallimalar ovoz chiqarib kitob oʻqib berishgan. Oʻyin oʻynayotganda, biror ish qilayotganda, uxlashga yotganda. Bu bilan bolada eshitish orqali soʻz boyligi oʻz-oʻzidan ortib borgan. Dunyo qarashi erta kengayib, shakllangan. Bolalar oʻzini anglaydigan yoshga yetganlarida kitobdagi voqealarni tarbiyachi bilan savol-javob qilib muhokama qilishgan. Tarbiyachilar kasal boʻlib qolsa, gʻamxoʻrlik qilish navbati bolalarda boʻlib, ular kitob oʻqib berishgan. Shu orqali muallima va goʻdaklar orasida mehrli rishtalar shakllangan. Emili Brontëning "Boʻronli dovon" romanida ham tarbiyachi ayol oʻsha oilaning qiziga kitob oʻqib berib vaqt oʻtkazishgan. Kasal boʻlib qolsa, qizcha gʻamxoʻrlik qilib mutolaa anʼanasini davom ettirgan. Otasini doim kutubxonada kitoblarga koʻmilib oʻtirgan holda topgan. Oʻsha davrlarda aristokrat (aslzoda) oilalar uchun uyida katta kutubxonasi boʻlishi odatiy hol yoxud bazoviy minimum boʻlgan. Kelgan mehmonlar kutubxonaga kirgan. Bolalar adabiyoti kichkintoylar qoʻli yetadigan joyga taxlab chiqilgan. Mana shu kabi faktorlar oʻrta asrlarda bolalar kitobxon boʻlib oʻsishida asosiy rol oʻynagan. Bosim yoʻq. Majburlash yoʻq. Faqat sezdirmaygina kitobni hayotining bir qismiga aylantirish... @taqrizchii

    Link preview
    Views1.41K
    Forwards—
    Reactions41
    Comments—
  3. Views1.4K
    Forwards—
    Reactions133
    Comments—
  4. ​#206_kitob Jimjitlik — Said Ahmad 1. Nega bu kitob tanlandi? Kazo-kazolardan boʻlgan bookblogerlar, yaqinlar maqtavyevib, qoʻyarda qoʻymay, oxiri oʻqishga kirishdik. Boshidagi 100 betini oʻqish — toqqa xarsang dumalatib chiqishdek zerikarli va qiyin boʻldi. Keyingi 200 betlikda esa asarning salmogʻini his qilib, ataylab sekinroq oʻqiy boshladim. Tugab qolmasin deya... 2. Kitob umumiy nima haqida? Pul bilan — yopilgan ogʻizlar, bostirilgan jinoyatlar, sotilgan lavozimlar. Tinchlik tufayli emas, qamalib ketmaslik uchun jim, bosh koʻtarmay yurgan sodda xalq. Barcha adolatsizliklar uchun qasos oʻtida yonayotgan qahramonlar. Va hammani dogʻda qoldirayotgan tutqich bermas zolim mansabdor haqida. "Jinoyat va jazo" dagi kabi zolimning jazosini soʻnggi betgacha yutoqib kutasiz. 3. Asosiy mavzular qaysilar? Mansabparaslik. Ichki korrupsiya. Xalqni ilmsizlashtirish harakati. Hammani yugurdagiga aylantirib oʻzi nafsining itiga aylangan katta amaldorlar. Kitob shunday yozilganki, birinma ketin siyosiy voqealar qalashtirib tashlanadi. Keyin esa oʻquvchining qiziqishini ushlab turish uchun ora-orada romantik sahnalardan don sepgandek sepib qoʻyiladi. 4. Nimalarni o‘rgandim, qanday ta’sir qildi? Hamma narsani pullash mumkin. Lavozim, sogʻliq, oila, iffat, vatandoshlar, birovning haqqi. Hamma gunohlarni tap tortmay qilish ham mumkin. Agar vijdonning ovozi allaqachonlar oʻchib, diyda qotib ketgan boʻlsa... Bizni inson qilib turadigani ham vijdonimiz oldida pokligimizni saqlashimiz. Va eʼtiqodiy qizil chiziqlarni xatlab oʻtishga ichki qoʻrquv ekan. 5. Nimalar yoqdi? Said Ahmadning yozish uslubi Oʻtkir Xoshimovga juda yaqin ekan. Xalqchil. Ruscha aralash. "Jimjitlik" dagi koʻp qahramonlar, "Ikki eshik orasi" dagi voqealar, insonlarni eslatib yubordi. Oʻqiganlar uchun spoyler boʻlib qolsa-da: Mirvali = Umar Zakunchi Bodomgul = Ra'no Tolibjon = Shomurod 6. Nimalar yoqmadi? Asar oʻsha paytdagi siyosiy tuzumni tanqid ostiga olgani uchun, senzura tufayli, muallifga bildirmaygina, asarning uchdan bir qismi olib tashlanadi. Va asar "mayib" holda oʻquvchilar qoʻliga tegadi. 14 yil davomida asar asl holida qayta tiklanadi. 7. Kimlarga tavsiya qilinadi? "Ikki eshik orasi" yoqqan boʻlsa, bu asarni ham sevib oʻqiysiz. #iqtibos "Oqil kishi rostdan oʻzgani demas, hamma rost ham degulik emas". Eshityapsizmi? Aqlli odam faqat rost gap aytadi, lekin rost ekan deb hamma gapni ham aytavermaydi... Sahifa: 318 bet Baho: 8/10 @taqrizchii

    Link preview
    Views1.31K
    Forwards—
    Reactions48
    Comments—

Latest posts

#1198Link preview

​#207_kitob Oqsoch — Frida Makfadden Oxirgi betigacha kitobxonni oʻyinchoq qilib, ahmoq qiladigan kitob. Boshida: "Eee navbatdagi intelektual fast-food kitob" deb hafsalam pir boʻlgandi. Chunki, klassika lazzatidan bahramand boʻlgach, yengil hazm kitoblarni bittada ajratib olasiz. Tez oʻqiladi. Iqtiboslar deyarli yoʻq. Tagdor ma'no qidirib oʻtirmaysiz. Voqealar tez rivojlanadi. Bitta jumlani uzoq vaqt tahlil qilishga hojat yoʻq. Yengil kitob, faqat psixologik tuzoqlar bilan yozilgan. Keyinroq kitob psixologik bosim oʻtkaza boshladi. Oʻqisam boshim ogʻriydigan boʻlib qoldi. Bir marta asarga berilib ketib, metroda tushish bekatini ham oʻtkazib yuboribman. Vaziyat shu darajaga bordiki, qiziqish ustun kelib, muallif haqida, boshqa kitoblari va ularga ishlangan filmlarni ham ilk bora oʻrganib chiqishga toʻgʻri keldi. Demak, voqealar bunday: 10 yil qamoqda oʻtirib chiqqan yoqimtoy qiz. Hayotini qaytadan boshlamoqchi. Boy xonadonga xizmatkor boʻlib keladi. Ammo uy bekasi Nina sal gʻalatiroq. Xuddi bir insonda 2 xil shaxsiyat yashaydigandek. Bir qarasang boshingni silaydi, bir qarasang aqldan ozgandek zahar sochib, tuhmat qiladi. Ninaning eri esa sirtdan qaraganda hamma qizlar orzusidagi 10/10 erkak. Ularning qizi esa xuddi qoʻrqinchili kinolarda rol oʻynaydigan qoʻgʻirchoqqa oʻxshaydi. Xizmatkor qiz tinchgina ishlab yurmoqchi boʻladi. Ammo, bu uydan tirik chiqish uchun kurash operatsiyaga aylanib ketadi. Muallif oʻquvchini laqillatishni eplagan. Kitobning sir-sinoatiga yetdim deganingizda, chuchvarani xom sanagan boʻlib chiqaverasiz. Qayta qayta. Kitobni shunchaki, detektiv ishqiy sarguzasht deya olmayman. Strategik oʻyin va qasos rejasi desak toʻgʻri boʻladi. Asar shuni oʻrgatdiki, hech qachon toʻliq kartinani bila olmaymiz. Yaʼni kimdandir xafa boʻlib yuribsiz. Ammo uning nega aynan bunday qilganini bilmaysiz. Biz faqat bir tomonning hikoyasini eshitamiz. Qolgani esa mavhum boʻlib qolaveradi. Aybdor deganimiz, qurbon boʻlishi mumkin. Mehribon deganimiz, bizni so'yib yuborish uchun semirtirayotgan boʻlishi ham mumkin. Ishonganimiz aldashi, nafratlangan insonimiz bizni himoya qilgan boʻlishi mumkin ekan. Va yana bir bor amin boʻldimki, perfektionizm oʻldiradi. Mukammallikka intilib, ijod qilmaymiz. Yozmaymiz. Ideal qila olmaganimiz uchun oʻzimizni qattiq tanqid qilib, ruhan jazolaymiz. Asarda bu mukammallikka intilish oʻlimgacha olib boradi. Kitob umuman olganda yoqdi. Tarjima qoyilmaqom. Oʻzbek segmentiga moslangan. Qasosdan qoniqish hissi oldim. Ammo, klassik shohasarlar bilan tenglasha olmaydi. Kimlarga tavsiya etiladi? - boshlangʻich, oʻrta darajadagi kitobxonlar mazza qilib oʻqiydi - kitobdan uzoqlashib ketgan boʻlsangiz, qaytaradi - detektiv kitoblarni yoqtirmasangiz, sevdiradi. #iqtibos Pichoqqa ilingulik iqtibos uchramadi :) Sahifa: 385 bet Baho: 8.5/10 @taqrizchii

Open in Telegram
Views232−81%vs avg
Forwards—
Reactions18
Comments—
#1185Link preview

​#206_kitob Jimjitlik — Said Ahmad 1. Nega bu kitob tanlandi? Kazo-kazolardan boʻlgan bookblogerlar, yaqinlar maqtavyevib, qoʻyarda qoʻymay, oxiri oʻqishga kirishdik. Boshidagi 100 betini oʻqish — toqqa xarsang dumalatib chiqishdek zerikarli va qiyin boʻldi. Keyingi 200 betlikda esa asarning salmogʻini his qilib, ataylab sekinroq oʻqiy boshladim. Tugab qolmasin deya... 2. Kitob umumiy nima haqida? Pul bilan — yopilgan ogʻizlar, bostirilgan jinoyatlar, sotilgan lavozimlar. Tinchlik tufayli emas, qamalib ketmaslik uchun jim, bosh koʻtarmay yurgan sodda xalq. Barcha adolatsizliklar uchun qasos oʻtida yonayotgan qahramonlar. Va hammani dogʻda qoldirayotgan tutqich bermas zolim mansabdor haqida. "Jinoyat va jazo" dagi kabi zolimning jazosini soʻnggi betgacha yutoqib kutasiz. 3. Asosiy mavzular qaysilar? Mansabparaslik. Ichki korrupsiya. Xalqni ilmsizlashtirish harakati. Hammani yugurdagiga aylantirib oʻzi nafsining itiga aylangan katta amaldorlar. Kitob shunday yozilganki, birinma ketin siyosiy voqealar qalashtirib tashlanadi. Keyin esa oʻquvchining qiziqishini ushlab turish uchun ora-orada romantik sahnalardan don sepgandek sepib qoʻyiladi. 4. Nimalarni o‘rgandim, qanday ta’sir qildi? Hamma narsani pullash mumkin. Lavozim, sogʻliq, oila, iffat, vatandoshlar, birovning haqqi. Hamma gunohlarni tap tortmay qilish ham mumkin. Agar vijdonning ovozi allaqachonlar oʻchib, diyda qotib ketgan boʻlsa... Bizni inson qilib turadigani ham vijdonimiz oldida pokligimizni saqlashimiz. Va eʼtiqodiy qizil chiziqlarni xatlab oʻtishga ichki qoʻrquv ekan. 5. Nimalar yoqdi? Said Ahmadning yozish uslubi Oʻtkir Xoshimovga juda yaqin ekan. Xalqchil. Ruscha aralash. "Jimjitlik" dagi koʻp qahramonlar, "Ikki eshik orasi" dagi voqealar, insonlarni eslatib yubordi. Oʻqiganlar uchun spoyler boʻlib qolsa-da: Mirvali = Umar Zakunchi Bodomgul = Ra'no Tolibjon = Shomurod 6. Nimalar yoqmadi? Asar oʻsha paytdagi siyosiy tuzumni tanqid ostiga olgani uchun, senzura tufayli, muallifga bildirmaygina, asarning uchdan bir qismi olib tashlanadi. Va asar "mayib" holda oʻquvchilar qoʻliga tegadi. 14 yil davomida asar asl holida qayta tiklanadi. 7. Kimlarga tavsiya qilinadi? "Ikki eshik orasi" yoqqan boʻlsa, bu asarni ham sevib oʻqiysiz. #iqtibos "Oqil kishi rostdan oʻzgani demas, hamma rost ham degulik emas". Eshityapsizmi? Aqlli odam faqat rost gap aytadi, lekin rost ekan deb hamma gapni ham aytavermaydi... Sahifa: 318 bet Baho: 8/10 @taqrizchii

Open in Telegram
Views1,310+9%vs avg
Forwards—
Reactions48
Comments—
#1184Photo
Views1,310+9%vs avg
Forwards—
Reactions67
Comments—
#1181Link preview

​Tarbiyachi yoxud kitob oʻqib beruvchi Bolani majburlamay kitobga "oʻrgatib qoʻyish" usulini bundan bir necha asr avval kashf qilishgan ekan. Qirolicha Viktoriya davrida (19-asrda) ayol murabbiyalar "governess" yollash oʻziga toʻq oilalarga xos odat boʻlgan. Bu tarbiyachilar bolalarga shaxsiy ustoza boʻlib, oʻqish, yozish, arifmetika, Fransuz tili kabilardan saboq bergan. Klassik adabiyotda Sharlotta Brontëning "Jeyn Eyr" asarida Jeyn ham xuddi shunday tarbiyachilik qiladi. Eng qizigʻi, bolalar goʻdakligidan tushunishmasa ham muallimalar ovoz chiqarib kitob oʻqib berishgan. Oʻyin oʻynayotganda, biror ish qilayotganda, uxlashga yotganda. Bu bilan bolada eshitish orqali soʻz boyligi oʻz-oʻzidan ortib borgan. Dunyo qarashi erta kengayib, shakllangan. Bolalar oʻzini anglaydigan yoshga yetganlarida kitobdagi voqealarni tarbiyachi bilan savol-javob qilib muhokama qilishgan. Tarbiyachilar kasal boʻlib qolsa, gʻamxoʻrlik qilish navbati bolalarda boʻlib, ular kitob oʻqib berishgan. Shu orqali muallima va goʻdaklar orasida mehrli rishtalar shakllangan. Emili Brontëning "Boʻronli dovon" romanida ham tarbiyachi ayol oʻsha oilaning qiziga kitob oʻqib berib vaqt oʻtkazishgan. Kasal boʻlib qolsa, qizcha gʻamxoʻrlik qilib mutolaa anʼanasini davom ettirgan. Otasini doim kutubxonada kitoblarga koʻmilib oʻtirgan holda topgan. Oʻsha davrlarda aristokrat (aslzoda) oilalar uchun uyida katta kutubxonasi boʻlishi odatiy hol yoxud bazoviy minimum boʻlgan. Kelgan mehmonlar kutubxonaga kirgan. Bolalar adabiyoti kichkintoylar qoʻli yetadigan joyga taxlab chiqilgan. Mana shu kabi faktorlar oʻrta asrlarda bolalar kitobxon boʻlib oʻsishida asosiy rol oʻynagan. Bosim yoʻq. Majburlash yoʻq. Faqat sezdirmaygina kitobni hayotining bir qismiga aylantirish... @taqrizchii

Open in Telegram
Views1,410+18%vs avg
Forwards—
Reactions41
Comments—

All posts