🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Bokudagi II Ozarbayjon–O‘zbekiston parlamentlararo forumini ikkita muhim hujjat bilan yakunladik: Boku deklaratsiyasini qabul qildik va 2027–2028-yillarga mo‘ljallangan «Yo‘l xaritasi»ni imzoladik. Xiva deklaratsiyasining mantiqiy davomi bo‘lgan ushbu kelishuvlar parlamentlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning kelgusi ikki yillik ustuvor vazifalarini belgilab beradi. Biz uchun bu, avvalo, hududlarda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, tadbirkorlar tashabbuslarini qonunchilik jihatidan qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga ko‘maklashish, yoshlarimiz uchun ta’lim va tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirish demakdir. Samimiy mehmondo‘stlik va samarali hamkorlik uchun Ozarbayjon Milliy Majlisi Raisi Sohiba G‘afarovaga hamda ozarbayjonlik hamkasblarimizga minnatdorlik bildiraman. #ParlamentDiplomatiyasi #hamkorlik @tanzilanarbaeva
Open in Telegram
Tanzila Narbaeva
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Facebook: https://www.fb.com/narbaevatanzila/ Instagram: https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva Twitter: twitter.com/TNarbaeva
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 23, 2026 | 11,900 |
| Nov 24, 2026 | 7,389 |
| Nov 25, 2026 | 705 |
Most viewed this month
- 01Views21.4KForwards—Reactions17Comments—
- 02Views11.9KForwards—Reactions32Comments—
- 03Views1.98KForwards—Reactions21Comments—
- 04Views515Forwards—Reactions18Comments—
Latest posts
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Bugun Ozarbayjon Milliy Majlisida II Ozarbayjon–O‘zbekiston parlamentlararo forumi o‘z ishini boshladi. O‘zbekistonning Xiva shahrida ilk bor o‘tkazilgan ushbu forumning bugungi bosqichida asosiy e’tiborni parlamentlarimizning birgalikdagi faoliyatini aniq amaliy natijalarga yo‘naltirishga qaratdik. Xususan, parlamentlarning sohaviy qo‘mitalari o‘rtasida doimiy ishchi aloqalarni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalarga birgalikda yechim topish, mahalliy deputatlar va tadbirkorlar ishtirokida hududlararo muloqotni faollashtirish bo‘yicha takliflar bildirdik. Shuningdek, xalqaro parlament tuzilmalarida tashabbuslarimizni muvofiqlashtirish, universitetlar va ilmiy muassasalar o‘rtasida bevosita hamkorlikni rivojlantirish, yoshlar uchun qo‘shma dasturlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratdik. Biz uchun parlamentlararo hamkorlikning asosiy mezoni uning mamlakatlarimiz taraqqiyoti va xalqlarimiz farovonligiga qo‘shayotgan amaliy hissasidir. @tanzilanarbaeva
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 166 |
| 3 h | 252 |
- After 1 hour166
- Total to date252
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Ozarbayjonga tashrifimizni qardosh xalqning tarixiy xotirasiga hurmat bajo keltirishdan boshladik. Dastlab Boku shahridagi G‘alaba bog‘ida monument poyiga gulchambar qo‘yib, Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi yo‘lida jon fido qilgan insonlar xotirasini yod etdik. Shundan so‘ng Faxriy xiyobonga tashrif buyurib, Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev qabriga gulchambar qo‘ydik. Haydar Aliyevning zamonaviy Ozarbayjon davlatchiligini barpo etish, xalqlarimiz o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va qardoshlik munosabatlarini mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlari O‘zbekistonda ham chuqur ehtirom bilan yod etiladi. @tanzilanarbaeva
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 99 |
| 2 h | 260 |
| 4 h | 317 |
- After 1 hour99
- After 6 hours317
- Total to date317
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Qardosh Ozarbayjonning go‘zal va mehmondo‘st poytaxti Boku shahridamiz. O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi 25–26-noyabr kunlari II Ozarbayjon–O‘zbekiston parlamentlararo forumida ishtirok etadi. Forumda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va transport-logistika sohalaridagi hamkorlikni qonunchilik jihatidan qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilamiz. Tashrif dasturidan 2027–2028-yillarga mo‘ljallangan parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni imzolash hamda qo‘shma parlamentlararo komissiyaning ilk yig‘ilishini o‘tkazish o‘rin olgan. #senat #hamkorlik @tanzilanarbaeva
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 3 h | 277 |
| 6 h | 1,980 |
- After 6 hours1,980
- Total to date1,980
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori ofisi, BMT Aholishunoslik jamg‘armasi va «BMT-ayollar» tuzilmasi bilan hamkorlikda «Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faollik» xalqaro kampaniyasini boshladik. Har yili butun dunyoda o‘tkaziladigan ushbu kampaniya jamiyatni zo‘ravonlikka befarq bo‘lmaslikka, yordamga muhtoj insonlarning ovozini eshitishga va ularni qo‘llab-quvvatlashga chorlaydi. Bu yilgi kampaniya markazida uch muhim masala turibdi: jabrlanganlar uchun adolat, ishonchli himoya va zo‘ravonlik uchun javobgarlikning muqarrarligi. Biz mamlakatimizda ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, jamiyatda sog‘lom va xavfsiz muhit yaratish borasidagi tizimli sa’y-harakatlarimizni yanada kuchaytirib, bu yo‘lda izchil davom etamiz. Kampaniya davomida hududlardagi holatni o‘rganib, uning natijalari asosida 2027-yil uchun ustuvor vazifalarimizni belgilaymiz. Biz uchun qabul qilayotgan qonunlarimizning eng muhim natijasi har bir ayolning kundalik hayotida o‘zini xavfsiz va himoyalangan his etishidir. @tanzilanarbaeva
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 46 |
| 6 h | 414 |
- After 6 hours414
- Total to date414
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Polsha Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, mamlakatning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Radoslav Gruk bilan ikki tomonlama hamkorlikning yangi imkoniyatlari xususida fikr almashdik. Polsha O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi muhim hamkorlaridan biri. Suhbatimiz davomida savdo-iqtisodiy, transport-logistika, ta’lim va ilm-fan sohalaridagi aloqalarni kengaytirish, hududlarning iqtisodiy ixtisoslashuvidan kelib chiqib, ular o‘rtasida bevosita hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga e’tibor qaratdik. Parlamentlararo hamkorlikning 2027–2028-yillarga mo‘ljallangan «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish va mahalliy vakillik organlari o‘rtasida aloqalarni rivojlantirish masalasini ham muhokama ettik. Bu nafaqat ikki tomonlama munosabatlar, balki Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi sheriklikni mustahkamlashda ham muhim ahamiyatga ega. #hamkorlik @tanzilanarbaeva
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 6 h | 246 |
| 7 h | 253 |
- After 6 hours246
- Total to date253
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Better Cotton Initiative (BCI) xalqaro tashkiloti vakili Lena Staafgord bilan O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik sohasida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildik. Davlatimiz rahbarining qat’iy siyosati tufayli O‘zbekiston paxtachilik sohasida murakkab davrni ortda qoldirdi. Bugun esa xalqaro hamkorlarimiz bilan fermerlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish, munosib mehnat standartlarini mustahkamlash va milliy mahsulotlarimizning jahon bozoridagi o‘rnini kengaytirish ustida ishlayapmiz. Suhbatimiz davomida milliy standartimizning BCI tomonidan tan olinishi, sertifikatlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, ishlab chiqarish jarayonlari shaffofligini ta’minlash bo‘yicha aniq tashabbuslarni muhokama qildik. Shuningdek, BCI ekspertlari bilan paxtachilikda adolatli bozor munosabatlari, fermerlarning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, suv va yer resurslaridan samarali foydalanish yuzasidan fikr almashdik. Asosiy e’tiborimiz islohotlarning fermer va ishlab chiqaruvchilar manfaatlariga xizmat qilishiga qaratilgan. #hamkorlik @tanzilanarbaeva
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 18 h | 21,400 |
| 24 h | 21,400 |
- After 24 hours21,400
- Total to date21,400
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Butunjahon bolalar kuni munosabati bilan Oliy Majlis Senatida “Bizning huquqimiz, bizning ovozimiz” mavzusida yosh ekofaollar bilan yana bir bor uchrashdik. O‘tgan yili boshlangan ushbu muloqotning yaxshi an’anaga aylanayotgani, eng muhimi, yoshlarimiz o‘z tashabbuslari va amaliy natijalari bilan unga yangi mazmun bag‘ishlayotgani quvonarli. Yoshlarimizning maktab va mahallalarda amalga oshirayotgan ekologik loyihalari, muammolarga ijodiy yondashuvi va xalqaro maydondagi faolligi tahsinga loyiq. “Zamin” xalqaro jamoat fondining “Eco-Schools Uzbekistan” dasturi doirasida erishilayotgan natijalar ham buning yorqin ifodasidir. Suhbatimiz davomida bolalarning sog‘lom va qulay atrof-muhitda yashash huquqini ta’minlash, ekologik ta’limni rivojlantirish hamda yoshlarning jamiyat hayotidagi ishtirokini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdik. Bildirilgan takliflarni Senat qo‘mitalari va mahalliy Kengashlar faoliyatida inobatga olib, amaliy natijalarga yo‘naltiramiz. Yoshlarimizning tashabbuskorligi va tabiatga mas’uliyatli munosabati mamlakatimizning barqaror kelajagi uchun mustahkam asosdir. @tanzilanarbaeva
Open in TelegramConnections
Similar channels
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi@piimauzEducation58.4K
United Nations in Uzbekistan@unuzbekistanNews and media3.45K
Совет Федерации@sovfedofficialPolitics26.5K
Посольство России в Туркменистане@ruscons_tmPolitics6.75K
UNICEF Uzbekistan@unicefuzbekistanOther4.93K
Tayinlov, iste'fo va jazolar@tayinlovPolitics38.7K
Insider Uzbekistan@ozbekistonnePolitics38.4K
"MILLIY TIKLANISH" RASMIY SAHIFA ️@uz_milliytiklanishPolitics32.5K
Mentioned by
United Nations in Uzbekistan@unuzbekistan2 mentions, 10 repostsLatest post
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi@piimauz1 mention, 9 repostsLatest post
UNICEF Uzbekistan@unicefuzbekistan2 mentionsLatest post
ПУЛ Telegram@tgrussia1 mentionLatest post
Посольство России в Туркменистане@ruscons_tm1 mentionLatest post
Посольство России в Азербайджане@embrusaz1 mentionLatest post
Парламентская газета@parlament_novosti1 mentionLatest post
Совет Федерации@sovfedofficial1 mentionLatest post