Bir yillik maktabga tayyorlov majburiy ta'limning ilk bosqichi bo‘lishi mumkin Qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. 👉 Batafsil: edu-talim.uz/news/1180 @Talim_kanali — Ta'limdagi eng muhim yangiliklar!
Open in Telegram
Taʼlim kanali
@Talim_kanali – Ta'lim yangiliklar! Taʼlimga oid eng so'nggi yangiliklarni shu yerda kuzatib borishingiz mumkin! 🤝 Tijoriy hamkorlik: t.me/EduRek/16
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 25, 2026 | 29,500 |
| Nov 26, 2026 | 3,820 |
Latest posts
RUR (Round University Ranking) xalqaro reytingiga ko‘ra Rossiyaning eng yaxshi beshta universitetidan birida davlat hisobidan o‘qishni xohlaysanmi? MISIS Fan va texnologiyalar universitetiga kvota asosida o‘qishga kiring! Bu — yangi texnologiyalar va materiallarni yaratish, joriy etish va qo‘llash sohasidagi yetakchi ilmiy-ta’lim markazi. Rossiya hukumati o‘qishingizni moliyalashtiradi. Kvota quyidagilarni qoplaydi: — ta’lim dasturi qiymatining 100 foizi; — tayyorlov kurslari; — butun o‘qish davri davomida beriladigan stipendiya. MISIS universitetida sizni nimalar kutmoqda: ✔️ Kelajak kasblari: sun’iy intellekt, biotibbiyot, kvant texnologiyalari, muhandislik, innovatsion faoliyat va raqamli lingvistikani o‘z ichiga olgan 40 dan ortiq zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari. ✔️ Qulay yotoqxonadan joy: kvota asosida qabul qilingan barcha talabalarga beriladi. Yashash xarajatlari alohida to‘lanadi. ✔️ Moskva markazidagi kampus: poytaxtning asosiy diqqatga sazovor joylari yaqinida. ✔️ Ilm-fan va amaliyot: 50 dan ortiq zamonaviy laboratoriyalar va markazlar, 1 650 dan ortiq hamkor kompaniyalar. ✔️ Xalqaro muhit: dunyoning 80 dan ortiq mamlakatidan kelgan talabalar va moslashishda yordam. Saralash tanlov asosida o‘tkaziladi. 🔗 Saytdagi shaklni to‘ldirganingizdan so‘ng, o‘qishga kirish bo‘yicha bosqichma-bosqich yo‘riqnoma elektron pochtangizga yuboriladi.
Open in Telegram"Dreamland Ashrafi" TJM SOTUVLAR BOSHLANDI!✨ Xonadonni eng qulay shartlarda olishga shoshiling: 💥 35% gacha chegirma 🔑 Faqat birinchi 20 ta xaridor uchun! Batafsil ma’lumot uchun quyidagi raqamga qo‘ng‘iroq qiling: ☎️ +998781480291 Dreamland_development_bot Sayt | Instagram | Telegram
Open in Telegram🎓 1-kurslarni oliygohdagi ilk haftada nimalar kutyapti? Oliygohga qadam qo‘yish — hayajonli va biroz noqulay jarayon. Yangi muhit, yangi guruhdoshlar va mutlaqo boshqacha ta’lim tizimi. Xo‘sh, talabalikning dastlabki kunlarida nimalarga tayyor turish kerak? 🏢 Maktab qoidalarini unuting Universitetda atamalar ham, qoidalar ham boshqacha. Sinf o‘rniga kurs, sinfxona o‘rniga auditoriya, sinf rahbari o‘rniga esa tyutor so‘zlariga ko‘nikasiz. 45 daqiqalik darslar o‘rnini 80 daqiqalik (para) mashg‘ulotlar egallaydi. Eng muhimi — bu yerda hech kim sizga har kuni uy vazifasini eslatib, nazorat qilib turmaydi. Mas'uliyat to'liq o'zingizda. 🧭 Tyutorlar va orientatsiyaDastlabki hafta tanishuv bilan o‘tadi. Sizga biriktirilgan tyutor universitetdagi asosiy yo‘lboshchingiz bo‘ladi. Hujjatlar, dars jadvallari va boshqa muammolarda aynan unga murojaat qilasiz. Ilk kunlardanoq auditoriyalar, kutubxona va oshxona joylashuvini o‘rganib oling. 📅 Vaqtni qadrlang va "Talaba kun tartibi"ni tuzingTopshiriqlar ko‘paygani sari vaqtni to‘g‘ri taqsimlash muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchi haftadanoq aniq talaba kun tartibini ishlab chiqib, darslar, mustaqil ta'lim va dam olish vaqtlarini rejalashtirib olishni odat qiling. Topshiriqlarni dedlayngacha taqab qo‘ymang. 🤝 Tarmoq (Networking) va faollikUniversitet — faqat ma'ruza yozib, imtihon topshiradigan joy emas. O‘qituvchilar bilan savol-javob qilishdan tortinmang, guruhdoshlar bilan yaxshi munosabat o‘rnating. Turli klublar va tadbirlarda faol qatnashing. Yangi do‘stlar va kelajakdagi hamkorliklar aynan shu yerda shakllanadi. un 🧠 Mustaqil ta'lim va til o'rganishO‘qituvchi barcha bilimni tayyor holda bermaydi. Kutubxonadan foydalanishni, ishonchli manbalarni ajratishni va ma'lumot izlashni o‘rganing. Chet tilini o‘rganishni esa "keyinroqqa" qoldirmang — grantlar va xalqaro dasturlar uchun tayyorgarlikni 1-kursdanoq boshlash kerak. 🍎 Sog‘liq — birinchi o'rindaTun bo‘yi uxlamay dars qilish va noto‘g‘ri ovqatlanish — talabalarning asosiy xatolaridan. Kun tartibi faqat darsdan iborat bo'lib qolmasin, vaqtida ovqatlanish va uxlash o'zlashtirishingizga bevosita ta'sir qiladi. 💡 Muhim maslahat: O‘zingizni boshqalar bilan solishtirmang. Kimdir tez moslashadi, kimga esa vaqt kerak. Kechagidan yaxshiroq bo‘lishga intiling va talabalikning har bir kunidan unumli foydalaning! Sizningcha, 1-kurslar yana qanday qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin? Fikringizni izohlarda qoldiring! 👇 ✈️ Postni 1-kurslarga yuborib qo‘yamiz! @Talim_kanali — Ta'limdagi eng muhim yangiliklar!
Open in TelegramOksford talabalari bir oy davomida O‘zbekistonda o‘zbek tili va madaniyatini o‘rganadi “Oksford o‘zbekshunoslik dasturi” doirasida Oksford universiteti talabalari va tadqiqotchilari uchun O‘zbekistonda yozgi maktab boshlandi. Dastur ishtirokchilari bir oy davomida o‘zbek tilini bevosita jonli muloqot muhitida o‘rganib, mamlakat tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanishadi. Mazkur dastur 2025-yil oktabr oyida Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva tashabbusi bilan Oksfordda yo‘lga qo‘yilgan edi. Loyiha “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan Oksford universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Saida Mirziyoyeva dastur izchil yo‘lga tushib, o‘zining amaliy natijalarini berayotganidan mamnunligini bildirdi. Yozgi maktab doirasida o‘zbek va chig‘atoy tillari bo‘yicha intensiv mashg‘ulotlar, O‘zbekiston tarixi, adabiyoti, jadidchilik, san’at va madaniyatiga bag‘ishlangan ma’ruzalar tashkil etiladi. Ishtirokchilar Toshkent, Samarqand va Buxorodagi tarixiy obidalar, muzeylar va kutubxonalarga ham tashrif buyuradi. “Go‘zal diyorimiz siz uchun chinakam qadrdon maskanga aylanib, har biringizning qalbingizdan munosib joy olsin”, — deya tilak bildirdi Saida Mirziyoyeva. @Talim_kanali — Ta'limdagi eng muhim yangiliklar!
Open in Telegram🚀 Kelajak kasblari va raqamli avlod: O'zbekistonda 10 million yoshlar IT va sun’iy intellekt olamiga kirib boradi! Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda kelgusi 10 yillikdagi "milliy yuksalish davri"ning asosiy harakatlantiruvchi kuchi e'lon qilindi. Bu — ta'lim, innovatsiya va zamonaviy texnologiyalardir. Prezident nutqidan ta'lim va ilm-fan sohasiga oid eng muhim va kutilmagan yangiliklarni bir joyga jamladik: 🌐 Raqamli inqilob: Sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyotga yangi ruh berilib, mamlakatimizdagi 10 million yoshlar bevosita raqamli industriya va kelajak kasblariga yo'naltiriladi. 🛰 Fazo zabt etilmoqda: Xitoylik hamkorlar bilan birgalikda “Samarqand – 2028” sun’iy yo‘ldoshi fazoga uchirildi. 👶 Bog'chadan maktabga 100% qadam: Qisqa muddatda 6 yoshli bolalarning tayyorlov guruhlariga qamrovi 100 foizga yetkaziladi. Xususiy bog‘chalar uchun imtiyozlar esa o'z kuchida qoladi. 📈 Raqamlarda o'sish: Hozirgi kunda oliy ta’lim talabalari soni 1,6 million nafarga yetdi, maktablarda esa 1,5 million qo‘shimcha o‘rin yaratildi. 💡 Kun iqtibosi: "Mening niyatim: O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur. O‘zbek tili raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan til bo‘lishi lozim." Kelajak — bilim va malakani asosiy kapitalga aylantira olganlarniki bo'ladi! @Talim_kanali — Ta'limdagi eng muhim yangiliklar!
Open in Telegram🎓 Imtiyozli diplom – attestatsiyasiz toifa degani! 2026-yildan super imtiyoz joriy etildi! Bakalavr bosqichini "qizil" (imtiyozli) diplom bilan tamomlab, ta'lim tizimiga ilk bor ishga kirayotgan yosh pedagoglar diqqatiga! Endi attestatsiya hayajonini unuting. Sizga to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi malaka toifasi (katta o'qituvchi) beriladi. 📲 Ushbu imtiyozni qanday faollashtirish mumkin? Jarayon juda oddiy: 🔢Pedagog.uzedu.uz saytidagi shaxsiy profilingizga kiring. 🔢“Murojaatlarim” boʻlimini oching. 🔢Murojaat turidan “Toʻgʻridan-toʻgʻri” bandini tanlang. 🔢Oynadagi kerakli shakllarni toʻldiring. 🔢Yakuniy bosqichda imtiyoz turidan “Imtiyozli bakalavr diplomi”ni belgilang. 🔢“Yuborish” tugmasini bosing va toifa muborak! 🎉 🔥 Magistrlar uchun ham kutilayotgan yangilik! 2026-yildan boshlab magistraturani barcha fanlardan faqat "5" (90–100 ball) ga bitirgan va birinchi bor ishga kirayotgan ustozlarga to'g'ridan-to'g'ri birinchi malaka toifasi (yetakchi o'qituvchi) berish imtiyozi ustida ham qizg'in ish olib borilmoqda. #talimyangiliklari #qizildiplom #attestatsiya #pedagog #ustozlar #imtiyoz #talaba @Talim_kanali — Ta'limdagi eng muhim yangiliklar!
Open in Telegram🚀 O‘zbekistonda 1-oktyabrdan Sun’iy intellekt instituti ish boshlaydi! Ta'limda yana qanday megayangiliklar bor? Yangi o‘quv yili arafasida va Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan ta’lim sohasida ulkan o‘zgarishlar yuz bermoqda. Yoshlar, talabalar va ilm-fan vakillari uchun ajoyib yangiliklarni bir joyga to'pladik: 🤖 Sun’iy intellekt instituti ochilmoqda: 1-oktyabrdan boshlab IT va kelajak kasblariga qiziqqanlar uchun mutlaqo yangi bosqichdagi institut o'z faoliyatini boshlaydi. 🏛 Yangi O‘zbekiston universitetining muhtasham kampusi: Yangi Toshkent hududida 10 gektar maydonda 7 000 nafar talabaga mo'ljallangan, jahon standartlaridagi zamonaviy majmua foydalanishga topshirildi. 🌍 Garvard va Oksford bilan hamkorlik: Endilikda Garvard universiteti bilan birgalikda "Rektorlar maktabi", Oksford bilan esa davlat xizmatchilari uchun "Ta’lim xabi" yo'lga qo'yiladi. 📚 Yangi Milliy kutubxona – haqiqiy ilm markazi: 30 000 kv.m maydonga ega 5 qavatli yangi kutubxona bir vaqtning o‘zida 1 500 nafar kitobxonga xizmat ko‘rsatadi. Bu yerda 28 ta o‘quv zali va 200 mingdan ortiq kitoblar bazasi mavjud! 🏫 Hududlardagi imkoniyatlar: Qarshi shahrida 3 000 o‘ringa mo'ljallangan yangi Iqtisodiyot va pedagogika universiteti binosi qad rostladi. Umumiy hisobda esa respublika bo'ylab yana 43 ta maktab, 36 ta bog‘cha va 7 ta oliygoh ishga tushirildi. 🎓 Prezident ta'kidlaganidek: "Biz xomashyo eksport qilgan davlatdan... tayyor mahsulotni jahon bozoriga olib chiqadigan iqtisodiyotga o‘tyapmiz. Eng muhimi, yangi korxonalar bilan birga zamonaviy texnologiyalar, yangi kasblar va yuqori malakali ish o‘rinlari ham paydo bo‘lmoqda." #TalimYangiliklari #SuniyIntellekt #YangiOzbekistonUniversiteti #Talaba2026 #IlmFan #Kutubxona @Talim_kanali — Ta'limdagi eng muhim yangiliklar!
Open in Telegram🚨 O‘zbekistonda IT va kiberxavfsizlik bo‘yicha yangi institut tashkil etildi! 🖱️Prezidentning 20-avgustdagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Kriptologiya, axborot xavfsizligi va innovatsion texnologiyalar instituti tashkil etildi. Bu institut mamlakatimizda kiberxavfsizlik va zamonaviy raqamli texnologiyalar sohasida yetakchi oliygohga aylanadi. 📍 Institut qanday tashkil etildi? Yangi oliygoh TATU huzuridagi Radioelektron tizimlar va axborot texnologiyalari markazi negizida faoliyat olib boradi. 💻 Qaysi zamonaviy yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlanadi? 🟢Kriptologiya va kiberxavfsizlik 🟢Sun’iy intellekt (AI) 🟢Katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash (Big Data) 🟢Raqamli kriminalistika 🟢Axborotni himoya qilish 📌 Oliygohning asosiy vazifalari: 🟢Soha bo‘yicha kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash; 🟢Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar bo‘yicha innovatsion loyihalarni amalga oshirish; 🟢Davlat tashkilotlarining axborot tizimlarini kiberxavfsizlik bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazish. 🏢 Professor-o‘qituvchilar uchun zo‘r imkoniyat! Institutda ishlaydigan xodimlar va jalb qilinadigan mutaxassislarga Toshkent viloyatidan uy-joy sotib olish uchun 20 yil muddatga ipoteka krediti (boshlang‘ich badali 15%) ajratilishi belgilandi. @Talim_kanali — Ta'limdagi eng muhim yangiliklar!
Open in TelegramConnections
Similar channels
O‘qituvchilar | Kreativ Pedagog@kreativ_pedagogEducation36.3K
Everest Official@everestofficialEducation37K
Tarixdan testlar | Bahrom Hikmatov@tarixdan_testlar_bhEducation37.1K
QAŞQADARYO VILOYAT TA`LIM VA ILM-FAN BOŞQARMASI@qashqadaryo_mmtbEducation35.4K
MILLIY BOSHLANGʻICH / DILDORA RAHMATJONOVNA@boshlangich_milliyEducation34.6K
Kelajak soati 1-11-sinflar@kelajak_soati2025Education38.2K
Edu Grands@edugrandsuzEducation34.2K
Respublika ta’lim markazi |Rasmiy@rtm_metodik_xizmatEducation33.5K

