Masofaviy ta’limda o‘qiyotgan xodimlarga ham o‘quv ta’tili berilishi mumkin Oliy ta’lim tashkilotida masofaviy shaklda o‘qiyotgan xodimlarga har yili sessiya uchun kamida 15 kalendar kunlik, o‘rtacha ish haqi saqlanadigan o‘quv ta’tili berilishi mumkin. Ish beruvchi masofaviy talaba bo‘lgan xodimga ham sessiyaga borib kelish uchun yiliga bir marta yo‘l kirasining kamida yarmini to‘laydi, davlat attestatsiyasi uchun ham shunday miqdor to‘lanadi. Hozir bu to‘lov faqat sirtqi o‘qiyotganlar uchun belgilangan. Bundan tashqari, masofaviy o‘qiyotgan xodimlarga o‘qish davrida moslashuvchan ish vaqti rejimini qo‘llashga ruxsat beriladi. Do'stlarga ulashing👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Open in Telegram
Talaba.uz | Ta'lim portali
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal ▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki! Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 3, 2026 | 1,180 |
| Nov 23, 2026 | 672 |
| Nov 25, 2026 | 544 |
| Nov 26, 2026 | 236 |
Most viewed this month
- 01Views1.18KForwards—Reactions—Comments—
- 02Views672Forwards—Reactions1Comments—
- 03Views544Forwards—Reactions1Comments—
- 04Views236Forwards—Reactions—Comments—
Latest posts
Telegramdagi avlodlar töqnashuvi! 😂 Bugungi kunda ustozlarga ham oson emas. Ayniqsa, zamonaviy Zumerlarga dars berish, ular bilan muloqot qilishning özi bir san’at! Ustoz xabar yozadi, talaba esa stiker va GIFlar orqali javob qaytaradi. Muhimi, bir-birini tuşunishsa bo‘ldi! Do'stlarga ulashing👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Open in Telegram⚡️ Oʻqishni koʻchirishda kurs pastlamasligi uchun qoʻyilgan 2 ta asosiy talab 1) Fanlar farqi 4 tadan oshmasligi lozim; 2) GPA bali kamida 2,4 va undan yuqori boʻlishi lozim. Ushbu talablar bajarilmagan taqdirda talabaning arizasiga muvofiq quyi kurs (yoki semestr)dan oʻqishini davom ettirishga ruxsat beriladi. Do'stlarga ulashing👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Open in Telegram❗️«Xavfsiz talaba» ilovasini o‘rnatmagan talabalar darsga kiritilmayaptimi? Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va boshqa OTMlarda «Xavfsiz talaba» ilovasini o‘rnatmagan talabalar darslarga kiritilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ta’lim va ilm-fan vazirligi ushbu holatni nazoratga olib, tezkor o‘rganish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Ayni paytda ishchi guruh o‘rganish ishlarini boshlagan. Vazirlik talabalarning ta’lim olish huquqi va o‘quv jarayoni uzluksizligi ta’minlanishi shartligini ta’kidladi. Savol: talabalarni telefonga ilova o‘rnatishga majburlash qonuniymi? Do'stlarga ulashing👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Open in TelegramXorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlariga kiriş imtihonlari uçun ruxsatnomalar eʼlon qilindi Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 1 420 ta, şuningdek, qoraqalpoğistonlik yoşlarga xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 200 ta maqsadli kvota uçun bölib ötadigan imtihonlarga ruxsatnomalar eʼlon qilindi. Test sinovlari 2026-yil 28-oktabr (çorşanba) kuni bölib ötadi. Test sinovida iştirok etuvçi talabgorlar test sinovlarida iştirok etiş uçun ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi şaxsiy kabinetlari orqali yuklab olişlari mumkin. Ruxsatnomada test sinovi ötkaziladigan sana, manzil va vaqt körsatilgan bölib, talabgorlardan test sinovlariga ruxsatnomada körsatilgan vaqtdan keçikmagan holda kelişi söraladi. Talabgorlar test sinovlari bölib ötadigan binoga şaxsini tasdiqlovçi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi. Talabgorlardan imtihonga ortiqça buyumlar (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv qurollari, içimlik, ovqat, şaxsiy buyumlar va boşqalar) olib kelmaslik söraladi. Do'stlarga ulashing👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Open in Telegram🎓 Talabamisiz? O'qishni 10 barobar osonlashtiradigan "Super-yordamchi" bilan tanishing! Sessiya, mustaqil ishlar, ilmiy maqolalar va telefon xotirasining doimiy to'lib qolishi... Bularning barchasiga bitta yechim bor — 18 oylik Google AI Pro obunasi! 🔥 Eng muhim yangilik: 1,5 yilga berilayotgan ushbu maxsus taklif 26-oktabrda yopiladi. Aksiya tugamasidan oldin o'z akkauntingizga ulab olishga ulguring! Nima uchun har bir talabada bu obuna bo'lishi shart? ✨ Kengaytirilgan Gemini SI funksiyalari: Oddiy bepul versiyadan farqli o'laroq, sun'iy intellektning ilg'or imkoniyatlari hamda rasmlarni aniqlik bilan yaratish va tahrirlash funksiyalari ochiladi. 💾 Naq 5 TB (5000 GB) xavfsiz xotira: Barcha o'quv materiallari, elektron kitoblar, shaxsiy rasm va videolarni Gmail, Google Drive hamda Google Photos'da xavfsiz saqlang. ⏳ Muddati: To'liq 18 oy (1,5 yil!) 💰 Maxsus narx: 60 000 so'm ⚠️ Shoshiling, 26-oktabrga ham 2 kun qoldi. Bunday shartlardagi obunani keyin topa olmaysiz! 📩 Ulash va xarid qilish uchun: @WeTube_uz
Open in Telegram⚡️ Kelgusi yildan magistraturaga kirishda faqat ingliz tili sertifikati qabul qilinishi mumkin. Aytishlaricha, bunga asosiy sabab — talabgorlarning qisqa muddat ichida turk va arab tillaridan sertifikatlarni qo‘lga kiritayotgani. Shu sababli kelgusi yildan magistraturaga kirishda faqat ingliz tili sertifikati qabul qilinishi yoki turk va arab tillari sertifikatlari qabul qilinmasligi mumkin. Hozircha bu mahalladagi xotinlar aytgan ma’lumot. Xulosa qilishga shoshilmaymiy azizlar. Do'stlarga ulashing👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Open in Telegram📌 DARSGA KELMAGAN “AKADEMIK QARZDOR TALABA”NING KURSDAN QOLDIRILISHI (kredit-modul tizimi boʻyicha) 🍟1 ta fan uchun 6 kredit ajratilgan. 🍟1 kredit 30 soatga teng. 🍟1 ta fanning 6 krediti 180 soatga teng (6 • 30 = 180). 🍟180 soatning 40 foizi (72 soat) auditoriya soatiga, qolgan 60 foizi (108 soat) esa mustaqil taʼlimga ajratilgan. ❕ Talaba auditoriya uchun ajratilgan 72 soatning ¼ qismini (yaʼni 18 soatni) qoldirsa, yakuniy nazoratga kiritilmaydi. Yakuniy nazoratga kiritilmagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Akademik qarzdor talaba kursdan qoldiriladi. Mana shu tariqa bakalavriat yoʻnalishidagi talaba 8 yil oliy taʼlim muassasasida qolishi mumkin. Do'stlarga ulashing👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Open in Telegram📌 Talaba ham oʻqib, ham ishlasa boʻladimi? ✅Ha, talaba mehnat shartnomasi asosida haq toʻlanadigan ishlarda ishlashi mumkin. Buning uchun qonunlarda cheklov yoʻq. Oliy taʼlim toʻgʻrisida nizomning 50-bandiga koʻra kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba darsdan boʻsh vaqtlarida (kunning ikkinchi yarmida) ham oliy taʼlim muassasasida, ham boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi boʻyicha ishlashga ruxsat etiladi. Amaldagi Mehnat kodeksining 248-moddasiga koʻra taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan xodimlarga ishni taʼlim bilan birga qoʻshib olib borishlari uchun ish beruvchi zarur sharoitlar yaratib berishi shart. ❓Talabalar nechinchi bosqichdan boshlab maktabda dars berishga haqli va necha soatgacha? Hukumatning "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berildi. Do'stlarga ulashing👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Open in Telegram🇰🇷 KOREYADA TA’LIM OLISH VA O‘ZBEKISTONDA ISHGA JOYLASHISH IMKONIYATLARI! 🎓 23–24-oktabr kunlari Toshkentda “Dream Bridge Korea 2026” — Koreyada ta’lim olish va O‘zbekistonda ishga joylashish imkoniyatlariga bag‘ishlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi! 🎉 KIRISH BEPUL! Ko‘rgazmada quyidagilar ishtirok etadi: 🎓 44 ta universitet 🏢 12 ta kompaniya 🏛 6 ta davlat tashkiloti 📌 Sizni nimalar kutmoqda? ✅ Koreyada ta’lim olish va universitetlarga kirish bo‘yicha maslahatlar ✅ O‘zbekistondagi Koreya kompaniyalarida ishga joylashish imkoniyatlari haqida ma’lumot ✅ Koreyada ta’lim olish imkoniyatlari bo‘yicha onlayn taqdimotlar ✅ Kompaniyalar taqdimotlari va ishga joylashish bo‘yicha suhbatlar ✅ Koreya va O‘zbekiston ta’lim sohasi vakillari bilan uchrashuvlar 🎲 Koreys milliy o‘yinlarida ishtirok etish va koreys madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniyati! 📅 Sana va vaqt: 23-oktabr (juma) — 10:00–17:00 24-oktabr (shanba) — 10:00–12:00 📍 Manzil: Toshkent shahri, Koreya Respublikasi Ta’lim markazi, Mirobod tumani, Talimarjon ko‘chasi, 3-uy. 📲 Oldindan ro‘yxatdan o‘tish uchun posterdagi QR-kodni skanerlang! 🇰🇷 Koreyada ta’lim olish, O‘zbekistonda karyera qurish va koreys madaniyati bilan tanishish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Open in TelegramConnections
Similar channels
MIRARABMADRASA.UZ@mirarabmadrasaEducation5.4K
Matematika o'qituvchisi@matematika_fa_niEducation5.44K
“Ibrat academy” o’yinlari g’oliblari🏆@ibrat_academygamesEducation5.48K
Al-Xorazmiy vorislari@al_xorazmiy_vorislariEducation5.31K
TDTU Termiz filiali |Rasmiy kanali@ttatf2018Education5.3K
Şokir Tursun qaraşlari@birgapEducation5.5K
TDIU iqtidorli talabalar@tdiuiqtidorlitalabalarEducation5.29K
Milliy rassomlik va dizayn instituti | RASMIY |@mrdi24yangiliklarEducation5.57K