#Ochiq_muloqot
O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida "Rektor va iqtidorli talaba qizlar uchrashuvi" tashkil etildi
Tadbir avvalida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining pedagogik taʼlimni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori Hilola Umarova so‘zga chiqib, yurtimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, qizlarning ilm-fan, innovatsiya, startap loyihalar, xalqaro tanlov va olimpiadalardagi yutuqlari alohida e’tirof etildi.
Ochiq muloqot davomida iqtidorli talaba qizlar o‘zlarining ilmiy izlanishlari, amalga oshirayotgan loyihalari, kelgusi rejalari va takliflari bilan o‘rtoqlashdi.
Xususan, ishtirokchi qizlar tomonidan:
➖ universitetda “Ekolaboratoriya” tashkil etish,
➖chempion talaba qiz — “Oysuluv Toshtemirova sport maktabi”ni ochish,
➖“Mentor–ustoz” loyihasini yo‘lga qo‘yish,
➖“Lider ayollar forumi”ni tashkil etish kabi qator takliflar ilgari surildi.
🔹 Qolaversa, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy tadqiqotlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, yoshlarning yetakchilik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni kengaytirish masalalari yuzasidan qizg‘in fikr almashildi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
📱Telegram |📱Instagram |📹You Tube |📱Facebook