#yakshanba_xulosasi Yakshanbani unumli o'tkazish uchun oilaviy sayra chiqdik. Dastlab "Do'stlik" bog'ini aylandik, Koreys bog'i bor ekan ichida, ammo darvozasiga qulf solingani uchun kira olmadik. Bog' hududini kichraytirgani qolishibdi.. Keyin Yangi Toshkentga bordik. Yangi O'zbekiston universiteti binosi bitibdi, hashamdor bino bo'lgan, ammo ichkariga kiritishmadi, albatta. Qorovul yotoqxona binosini qurish hali boshlanmaganini aytdi. Undan sal narida kutubxona binosi qad rostlagan. Juda chiroyli. (Negadir kuppa-kunduzi kirish eshigi tepasida 10-15 chiroq yoqiq turibdi). Devorlariga Navoiydan baytlar yozilgan.. Undan tepaga yana yursangiz, Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti binosi kelarkan. Shoir haykali tagidagi harflar to'kilib tushgan allaqachon, lekin bino ertadan ishga tushadi (ya'ni bugundan) deyishdi. Men bir narsadan xavotir oldim o'zimcha: talabalar-u ustozlar qatnashi uchun transport yetarli emas, qanday ulgurib yetib kelishadi Yangi Toshkentga? Bir donagina avtobus qatnarkan va minglab talaba sig'maydi ham bu ulovga.. Hali hamma binolar bitsa, daraxtlar ekilsa, metro qurilsa.. chiroyli shahar bo'lsa kerak.. Ana shunaqa o'ylar bilan Parkent tumanidagi Kumushkonga yo'l oldik. Yangi qurilgan shale-yog'och uylar, o'tov shaklidagi "Yurta" (o'zbekcha nomlasa ham bo'lardi) restoranida odam shunday ko'pki, na mashina qo'yishga joy bor, na ovqatlanishga.. Tog' tepasiga qurilganidan manzara go'zal, ammo juda qimmat. Shale deb atalgan yog'och uyda 2 kishining 1 sutkalik yashashi 2,5 mln so'm ekan. Buning ichiga nonushta va 4ta ko'ngilochar o'yin kirarkan (ziplayn, masalan, qolganini eslab qolmabman). Lekin uycha 8 kishiga mo'ljallangan va har bir qo'shimcha odam uchun 200 mingdan yana hisoblanada. Ikkita bola bilan bizga 2 mln 900ga aylanadi. Bu yana ish kunlari uchun narx, agar dam olish kuni kelsangiz bir mln qimmatroq. 2-dekabrdan keyin yanayam qimmatroq- 6,5 mln. Xullas, bir oqil aytganiday, O'zbekistonda dam olish uchun boy bo'lishing kerak, aks holda, xorijga ketish kerak. PS. Tepadagi suratlar yo'l-yo'lakay olingan @suvaydo
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 2 h | 253 |
| 4 h | 295 |
| 7 h | 344 |
| 24 h | 407 |
- After 6 hours344
- After 24 hours407
- Total to date407