RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda «Sharg‘un ko‘mir konida shaxtyorlarning avgust, sentyabr va oktyabr oylari uchun ish haqlari to‘lanmayotganligi» yuzasidan tarqalgan xabar bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi. «Sharg‘unko‘mir» AJ hamda «Amikam International Group Co., Limited» kompaniyasi o‘rtasida 2023-yil 21-sentyabr kuni pudrat shartnomasi tuzilgan bo‘lib, «Amikam International Group Co., Limited» kompaniyasining O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi 2024-yil 3-yanvar kunidan boshlab ko‘mir qazib olish faoliyatini amalga oshirib kelmoqda. Hozirgi kunda mazkur tashkilotda shtat jadvali asosida 185 nafar xodim mehnat faoliyatini olib bormoqda. Sariosiyo tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi davlat mehnat huquq inspektori tomonidan tashkilotda ish haqlarining to‘lanish holati o‘rganilganda, 2026-yil avgust oyi uchun hisoblangan ish haqlari 2026-yil 12-noyabr kuni xodimlarga to‘liq to‘lab berilganligi aniqlandi. Shu bilan birga, 2026-yil sentyabr va oktyabr oylari uchun ish haqi bo‘yicha qarzdorlik mavjudligi ma’lum bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 244-moddasida ish beruvchining moliyaviy ahvolidan qat’i nazar, xodimlar tomonidan bajarilgan ish uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlariga muvofiq haq to‘lash majburiyati nazarda tutilgan. Shuningdek, Kodeksning 333-moddasiga muvofiq, ish haqini to‘lash muddati buzilgan taqdirda, ish beruvchi kechiktirilgan har bir kun uchun xodimga pulli kompensatsiya to‘lashi shart. Aniqlangan holat yuzasidan davlat mehnat huquq inspektori tomonidan tashkilot mas’ullariga ish haqi bo‘yicha mavjud qarzdorlikni bartaraf etish va xodimlarga ish haqlarini to‘lab berish yuzasidan uch kunlik muddat belgilangan holda yozma ko‘rsatma berildi. Mazkur yozma ko‘rsatmaning ijrosi davlat mehnat huquq inspektori tomonidan nazoratga olingan. Xodimlarning mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ish haqlarining o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini ta’minlash yuzasidan qonunchilikda belgilangan choralar ko‘rilmoqda.
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 2 h | 82 |
| 3 h | 151 |
- After 1 hour82
- Total to date151