Account

Sukut Saqlama (NeMolchi.uz o'zbek tilida)

18+. Ўзбекистонда зўравонликка қарши лойиҳа. https://www.facebook.com/SukutSaqlama/ Ҳикоянгизни аноним юборинг: https://forms.gle/ZKCabhpzFM3ewTUz9

Username
@sukutsaqlama
Category
Psychology
Country
UzbekistanUzbekistan
Subscribers1,992
Avg views per post, 7d154last 7 days
ERR7.72%last 7 days

Average views per post by day

By publication day

Show as table
DateAvg views per post
Nov 24, 2026230
Nov 25, 2026202
Nov 26, 2026104

Most viewed this month

  1. 01
    Views231
    Forwards—
    Reactions1
    Comments—
  2. 02
    Views230
    Forwards—
    Reactions1
    Comments—
  3. 03
    Views227
    Forwards—
    Reactions4
    Comments—
  4. 04

    25-noyabrdan 10-dekabrgacha butun dunyoda har yili o‘tkaziladigan «Gender zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar» kampaniyasi o‘tkaziladi. Ushbu sanalar bejiz tanlanmagan: kampaniya Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kunida boshlanib, Inson huquqlari kunida yakunlanadi va bu bilan ayollarga nisbatan zo‘ravonlik shaxsiy muammo emas, balki inson huquqlarining buzilishi ekanligini eslatib turadi. ​25-noyabr sanasi opa-singil Miraballar — Patriya, Minerva va Mariya Teresa tarixi bilan bog‘liq. Ular Dominikan Respublikasida Rafael Truxilyo diktaturasiga qarshi chiqqan va 1960-yil 25-noyabrda o‘ldirilgan. 1999-yilda BMT Bosh Assambleyasi ushbu sanani Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni deb e’lon qildi. ​Kampaniyaning o‘zi 1991-yilda AQShning Ratgers universitetida ayollar yetakchiligi bo‘yicha xalqaro forumga yig‘ilgan huquq himoyachilari tomonidan boshlangan. 2008-yilda BMT Bosh kotibi uni «BMT-Ayollar» tuzilmasi muvofiqlashtiradigan «Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik» tashabbusi bilan qo‘llab-quvvatladi. Zo‘ravonliksiz kelajakka umid belgisi sifatida to‘q sariq rang kampaniya ramziga aylandi. ​2026-yilgi kampaniya mavzusi — «Adolatni ta’minlash, jabrlanganlarni himoya qilish, jazosizlikka barham berish». «BMT-Ayollar» ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda har uchinchi ayol zo‘ravonlikka duch keladi. Shu bilan birga, ko‘plab jabrlanganlar uchun odil sudlovga erishish hamon jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda. Bu yil kampaniya to‘rtta yo‘nalishga qaratilgan: *​Jabrlanganlar manfaatlarini inobatga oluvchi odil sudlov. To‘laqonli qonunlar, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan politsiyachilar, prokurorlar va sudyalar, bepul yuridik yordam hamda yetkazilgan zararni qoplash mexanizmlari zarur. *​Odil sudlov tizimining jabrlanganlar uchun ishlashini ta’minlash. Buning uchun to‘laqonli qonunlar, malakali politsiyachilar, prokurorlar va sudyalar, bepul yuridik yordam va zararni qoplash tizimi kerak. *​Jabrlanganlarni har bir bosqichda qo‘llab-quvvatlash. Yordam hamma uchun ochiq va maxfiy bo‘lishi: tibbiy, psixologik va huquqiy xizmatlarni, shuningdek, boshpanalar va qasos olishdan himoyani o‘z ichiga olishi lozim. *​Ham real hayotda, ham internetda adolatni ta’minlash. Raqamli zo‘ravonlik — o‘sha muammoning bir qismi bo‘lib, platformalar shikoyatlarga tezkorlik bilan munosabat bildirishga majbur. *​Profilaktikaga sarmoya kiritish va ayollar tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash. ​Qabul qilingan qonunlar — bu faqat birinchi qadam. Haqiqiy o‘zgarishlar haqida jabrlanganlar chindan ham adolatga erishgan, aybdorlar esa jazo olgan taqdirdagina gapirish mumkin. ​A. Kurmichkina tayyorladi #SukutSaqlama

    Photo
    Views190
    Forwards—
    Reactions3
    Comments—

Latest posts

#5502Video

#Fikr Zo‘ravonlik kulgu va «layk»lar mavzusimi? Yaqinda Instagram’da 4 milliondan ortiq ko‘rilgan, 18 mingdan ziyod «layk» va 42 mingta ulashish (repost) to‘plagan bir videoni bizga yuborishdi. Videoda yosh qiz ko‘z ostidagi ko‘kargan iz va peshonasidagi shishlar bilan kameraga tabassum qilib qarab turibdi. Video ostiga shunday yozilgan: «Zato o‘rtog‘im bilan aylanib keldim 🤣🤣🤣 tugadi 😱😱😱». Bu videoni ko‘rib, insonning yuragi orqaga tortib ketadi. Bu yerda ikkita ehtimol bor va ikkalasi ham bir-biridan dahshatli: Birinchi ehtimol: Bu ko‘karishlar haqiqiy (shaxsan men uchun, bu ehtimoldan uzoq). Qizni shunchaki dugonasi bilan sayrga chiqqani uchun uyda kaltaklangan. Lekin jamiyatimizdagi bosim va qo‘rquv shu darajadaki, u yordam so‘rash yoki o‘z huquqini talab qilish o‘rniga, og‘riq va xo‘rlikni kulgu ortiga yashirishga, buni «oddiy hol»dek ko‘rsatishga majbur bo‘lmoqda. Psixologiyada bu himoya mexanizmi deyiladi — inson o‘z fojiasini hazilga burib, atrofdagilarga «hammasi joyida» deb ko‘rsatishga urinadi. Ikkinchi ehtimol: Bu shunchaki grim va sahnalashtirilgan «kontent»ga ko‘proq o‘xshaydi. Muallifning o‘zi ham izohda «menga omad olib kelgan videoyim, 4 mln prosmotr» deb yozgan. Agar bu haqiqatan ham ko‘rishlar sonini oshirish uchun qilingan «hazil» bo‘lsa — bu yanada achinarli. Chunki bugun O‘zbekistonda minglab ayollar haqiqatan ham ko‘chaga chiqqani, dugonasi bilan ko‘rishgani yoki ruxsatsiz do‘konga borgani uchun kaltaklanmoqda, mayib bo‘lmoqda va hatto hayotdan ko‘z yummoqda. Birovlarning qon va ko‘z yoshlari ustidan «trend» yasash, zo‘ravonlikni kulgili memga aylantirish — bu jinoyatni oqlash va odatiy holga keltirishdir. Eng og‘rig‘i esa — 42 mingta bo‘lishish, 550 ta sahifada repost qilish holatlari va minglab kulgan izohlar. Jamiyatimiz ko‘zi osti ko‘kargan ayolni ko‘rganda, achchiqlanish, xavotir olish va «Senga kim qo‘l ko‘tardi? Yordam kerakmi?» deb so‘rash o‘rniga, kulib «layk» bosmoqda, o‘z dugonasini belgilab, bir-birini masxara qilmoqda, "urishli qiz ekansiz," – deb izohlar yozishmoqda. Unutmaylik: Dugonasi bilan aylanib kelgani uchun ayolni urish — bu «rashk» yoki «tarbiya» emas, bu qonun bilan jazolanadigan jinoyat. Zo‘ravonlik hech qachon hazil, trend yoki «omad olib keladigan kontent» bo‘la olmaydi. Bu videoga qarab turib, bir haqiqatni ochiq aytish kerak: bu — katta ehtimol bilan shunchaki «prosmotr» va obunachi yig‘ish uchun qilingan navbatdagi hayp. Nega? Chunki real hayotda dugonasi bilan aylanib kelgani uchun kaltaklanadigan ayolning qo‘lida telefon bo‘lmaydi. Unga internetga kirishga, pardoz-andoz qilib kameraga kulib qarashga va blogerlik qilishga hech kim ruxsat bermaydi. Haqiqiy oilaviy zo‘ravonlik qurbonlari to‘rt devor orasida, telefonisiz, qo‘rquv va to‘liq nazorat ostida yashaydi. Ularning ovozi internetga yetib bormaydi. Mana shunday bir paytda, qaysidir blogerning shunchaki «algoritmlarga tushish» uchun yuziga ko‘karish chizib (yoki shunga o‘xshash sahna yasab), buni kulgili memga aylantirishi — juda xavfli va axloqsiz tendensiya. Bunday «hazil» videolar jamiyatga ikki tomonlama zarar yetkazadi: Zo‘ravonlikni oddiy holga aylantiradi. 42 ming odam bu videoni bir-biriga kulib ulashar ekan, ong ostida «xotin kishini ko‘chaga chiqqani uchun urish — kulgili va tabiiy narsa» degan buzuq tushuncha mustahkamlanadi. Haqiqiy qurbonlarga bo‘lgan ishonchni o‘ldiradi. Ertaga rostdan ham kaltaklangan, yordamga muhtoj bir ayol yuzidagi ko‘karish bilan ijtimoiy tarmoqqa chiqsa yoki yordam so‘rasa, odamlar unga: «Bu ham layk yig‘ish uchun grim qilib olgan, yolg‘on gapiryapti» deb ishonmay qo‘yadi. Kimningdir qoni, ko‘z yoshi va singan taqdiri ustidan «omadli kontent» yasash mumkin emas. Zo‘ravonlik — bu trend ham emas, hazil ham emas, blogerlar uchun «konkurs» mavzusi ham emas. Bu — Jinoyat kodeksida jazosi belgilangan og‘ir jinoyat! Auditoriya yig‘ishning ming xil halol yo‘li bor. Lekin minglab ayollarning haqiqiy fojiasini masxara qilib yig‘ilgan «omad» — bu shunchaki ma’naviy tubanlikdir. © Sultonbaxtbegim #SukutSaqlama #ZöravonlikKontentEmas

Open in Telegram
Views31−80%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#5501Photo

Dil Sapfa turli texnikalarda, asosan rangtasvir, raqamli illyustratsiya va installyatsiya yo‘nalishlarida ijod qiladi. Kitob illyustratsiyalari hamda tasviriy san’at sohasidagi ilmiy maqolalar muallifi. «ShansKogo», «Xorazm» va «Perezagruzka» kabi xalqaro art-rezidensiyalar ishtirokchisi. ​Nima uchun O‘zbekistonda ayollarga nisbatan bosim mavzusi yoritilishi kerak? ​ Menimcha, ko‘rinmas zo‘ravonlik — psixologik bosim haqida gapirish muhim: kamsitish, qadrsizlantirish va nazorat ayolni ich-ichidan jismoniy zo‘ravonlikdan kam bo‘lmagan darajada yemirishga qodir. Ba’zan hatto eng yaqin insonlar ham g‘amxo‘rlik va an’analarni niqob qilib, bosim o‘tkazadi va ayolni o‘ziga shubha bilan qarashga majbur qiladi. Bunday bosimning me’yorga aylanishi xavotirli: ayolni birovlarning fikri uchun turmushga chiqishga, baxtsiz munosabatlarga chidashga va o‘z istaklaridan voz kechishga majburlashadi. Hurmat qozonish uchun ayol jamiyat yozgan ssenariy bo‘yicha yashashga majbur emas. U qanday yashashni, qanday kiyinishni, qachon turmushga chiqishni va qachon farzand ko‘rishni o‘zi tanlashga haqli. Hayotimiz atrofdagilarning ma’qullashiga bog‘liq bo‘lmasligi kerak. ​Dildoraning asari bilan 12-dekabrgacha ICHKARI galereyasida o‘tayotgan «NeUyat» ko‘rgazmasida tanishishingiz mumkin. ​Manzil: Belariq ko‘chasi, 30A, Toshkent. Ish vaqti: dushanbadan yakshanbagacha soat 11:00 dan 20:00 gacha Kirish bepul 18+ ​Loyiha Shveytsariyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi ko‘magida amalga oshirilmoqda. #SukutSaqlama #NeUyat #NeUyat2026‌‌

Open in Telegram
Views53−66%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#5500Photo

Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida sud ayolga shilqimlik qilgan hokim yordamchisini besh sutkaga qamadi. Bu haqda sud qaroriga tayanib Daryo xabar bermoqda. Iyul oyida hokim yordamchisi A. R. fuqaro G. G.ga uni bankka ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan. Ayol unga ishonib, uni shtatga hech kim olmoqchi emasligi ayon bo‘lguniga qadar bir oy davomida jamoatchilik asosida bepul ishlab yurgan. U ishdan ketgan va ko‘p o‘tmay uning Telegram’iga va’da qilingan ishni bermagan o‘sha shaxsdan xabarlar kela boshlagan. 21-sentyabr kuni u ayolga shunday deb yozgan: «Men seni o‘zimga xotin qilmoqchiman, ikkinchisi bo‘lasan». U ayolga Termizdan uy olib berishni va’da qilgan, shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborgan, keyin esa o‘zi kutgan javobni ololmagach, haqorat qilishga o‘tgan. G. G. ham unga xuddi shu tarzda javob qaytargan. O‘sha kuni kechqurun A. R. ayolning uyiga kelib, aholini ro‘yxatga olish ishlarini o‘tkazayotganini aytgan va farzandining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasini so‘ragan. Ayol va uning onasi undan boshqa bu yerga kelmaslikni iltimos qilishga majbur bo‘lishgan. ​Sudda A. R. o‘z aybiga iqror bo‘ldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bo‘sh shtat birligi topilmagani sababli ish berilmagan, ayolning uyiga esa faqat ro‘yxatga olish ishlari bilan borgan. Sud uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41- (haqorat qilish) va 41-1-moddalari (shahvoniy shilqimlik qilish) bo‘yicha aybdor deb topdi. G. G. ham javob tariqasida haqorat qilgani uchun aybdor deb topildi, biroq ogohlantirish bilan cheklanib, javobgarlikdan ozod qilindi. Bu voqeada mansab erkak kishiga o‘z maqsadiga erishishda naqadar oson yordam berishini payqamaslik qiyin. Faqat hokimiyat vakili bera oladigan ishga joylashtirish va’dasi, bir oylik tekin mehnat (shundan so‘ng u ayolni o‘zidan qarzdor deb hisoblagan ko‘rinadi) va xizmat vazifasi niqobi ostida farzandining hujjatlariga qiziqib uyiga bostirib borish. Bu yerdagi har bir qadam A. R.ning mahallada egallab turgan mavqeiga tayanadi. Yana bir tasodif deyarli ramziy ma’noga ega. Aynan u ayolni ikkinchi xotinlikka chorlagan kunda — 21-sentyabrda Prezident xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti to‘g‘risidagi PQ-345-sonli qarorni imzoladi. Unda shahvoniy shilqimlik, ta’qib qilish va mansab vakolatini suiiste’mol qilish holatlari ochiq-oydin tilga olingan bo‘lib, davlat ularga qarshi kurashni avvalo o‘z organlari va tashkilotlaridan boshlashga qaror qildi. Qaror asosida qabul qilingan hujjatlar jamoatchilik asosida ishlaydiganlarga ham, xizmatchilarning fuqarolar bilan muomalasiga ham tegishlidir. ​Noyabr oyida esa shahvoniy shilqimlikni taqiqlash Mehnat kodeksida ham mustahkamlab qo‘yildi. ​ Ayolning o‘z ta’qibchisi bilan bitta sud qaroridan joy olgani alohida e’tiborga molik. Sud uning oylab davom etgan bosimga nisbatan qo‘pol javobini erkakning haqoratlari bilan bir xil modda bo‘yicha baholadi va garchi u jazodan qutulib qolgan bo‘lsa-da, bunday tenglashtirishning o‘zi jabrlanuvchilarning reaksiyasiga haligacha qanday qarashimizdan dalolat beradi. A. R. uchun besh sutkalik qamoq jazosi tez tugaydi. ​Biz uchun Muzrabot tumani hokimligi xizmat tekshiruvi o‘tkazdimi va bu shaxs mahalla aholisi bilan ishlashda davom etyaptimi yoki yo‘qmi — bilish muhim. ​Nigina Xudaybergenova #SukutSaqlama

Open in Telegram
Views109−29%vs avg
Forwards—
Reactions1
Comments—
#5496Photo
Views146−5%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—
#5487Photo
Views227+48%vs avg
Forwards—
Reactions4
Comments—
#5486Photo

25-noyabrdan 10-dekabrgacha butun dunyoda har yili o‘tkaziladigan «Gender zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar» kampaniyasi o‘tkaziladi. Ushbu sanalar bejiz tanlanmagan: kampaniya Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kunida boshlanib, Inson huquqlari kunida yakunlanadi va bu bilan ayollarga nisbatan zo‘ravonlik shaxsiy muammo emas, balki inson huquqlarining buzilishi ekanligini eslatib turadi. ​25-noyabr sanasi opa-singil Miraballar — Patriya, Minerva va Mariya Teresa tarixi bilan bog‘liq. Ular Dominikan Respublikasida Rafael Truxilyo diktaturasiga qarshi chiqqan va 1960-yil 25-noyabrda o‘ldirilgan. 1999-yilda BMT Bosh Assambleyasi ushbu sanani Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni deb e’lon qildi. ​Kampaniyaning o‘zi 1991-yilda AQShning Ratgers universitetida ayollar yetakchiligi bo‘yicha xalqaro forumga yig‘ilgan huquq himoyachilari tomonidan boshlangan. 2008-yilda BMT Bosh kotibi uni «BMT-Ayollar» tuzilmasi muvofiqlashtiradigan «Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik» tashabbusi bilan qo‘llab-quvvatladi. Zo‘ravonliksiz kelajakka umid belgisi sifatida to‘q sariq rang kampaniya ramziga aylandi. ​2026-yilgi kampaniya mavzusi — «Adolatni ta’minlash, jabrlanganlarni himoya qilish, jazosizlikka barham berish». «BMT-Ayollar» ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda har uchinchi ayol zo‘ravonlikka duch keladi. Shu bilan birga, ko‘plab jabrlanganlar uchun odil sudlovga erishish hamon jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda. Bu yil kampaniya to‘rtta yo‘nalishga qaratilgan: *​Jabrlanganlar manfaatlarini inobatga oluvchi odil sudlov. To‘laqonli qonunlar, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan politsiyachilar, prokurorlar va sudyalar, bepul yuridik yordam hamda yetkazilgan zararni qoplash mexanizmlari zarur. *​Odil sudlov tizimining jabrlanganlar uchun ishlashini ta’minlash. Buning uchun to‘laqonli qonunlar, malakali politsiyachilar, prokurorlar va sudyalar, bepul yuridik yordam va zararni qoplash tizimi kerak. *​Jabrlanganlarni har bir bosqichda qo‘llab-quvvatlash. Yordam hamma uchun ochiq va maxfiy bo‘lishi: tibbiy, psixologik va huquqiy xizmatlarni, shuningdek, boshpanalar va qasos olishdan himoyani o‘z ichiga olishi lozim. *​Ham real hayotda, ham internetda adolatni ta’minlash. Raqamli zo‘ravonlik — o‘sha muammoning bir qismi bo‘lib, platformalar shikoyatlarga tezkorlik bilan munosabat bildirishga majbur. *​Profilaktikaga sarmoya kiritish va ayollar tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash. ​Qabul qilingan qonunlar — bu faqat birinchi qadam. Haqiqiy o‘zgarishlar haqida jabrlanganlar chindan ham adolatga erishgan, aybdorlar esa jazo olgan taqdirdagina gapirish mumkin. ​A. Kurmichkina tayyorladi #SukutSaqlama

Open in Telegram
Views190+24%vs avg
Forwards—
Reactions3
Comments—
#5485Photo

Rushana Alimova — rassom, vizual san’at tadqiqotchisi, Milliy rassomlik va dizayn instituti magistri. ​Rushananing ijodiy amaliyoti rangtasvir, multimedia tajribalari hamda keng ko‘lamli fazoviy installyatsiyalar yaratishni o‘z ichiga oladi. Akademik poydevor rassomga rangtasvir plastikasida nozik ishlash imkonini bersa, tajribalarga intilish uning asarlarini fanlararo san’at maydoniga olib chiqadi. ​O‘z loyihalarida Rushana makon transformatsiyasi, materiallar fakturasi va shaklni idrok etishdagi konseptual yondashuvlarni tadqiq etadi. Aralash texnikalar va hajm bilan tajriba o‘tkazar ekan, u rangtasvirning mumtoz an’analari zamonaviy yechimlar bilan uyg‘unlashgan vizual ifodalarni yaratadi. ​Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik mavzusida san’at orqali qanday gapirish mumkin? ​Mening installyatsiyam o‘zini anglash sari murakkab ma’naviy yo‘l metaforasi bo‘lgan «Qushlar tili» so‘fiylik masaliga ishora qiladi. Installyatsiya bu yo‘lni ijtimoiy uyat, tabu va majburiy sukunatni yengib o‘tish — sukunatdan o‘z ovoziga ega bo‘lish sari yo‘l sifatida qayta talqin etadi. Qushlar shohni izladi, ammo o‘zlarini topdilar. Yukni uloqtirar ekan, ular bosh kuchga — o‘z tilida gapirish huquqiga ega bo‘ladilar. Qushlar so‘zlashadigan xarakterlar va tillarning xilma-xilligi ularni insonlar bilan qiyoslash imkonini beradi. ​Rushananing asari bilan 12-dekabrga qadar ICHKARI galereyasida o‘tayotgan NeUyat ko‘rgazmasida tanishishingiz mumkin. ​Manzil: Belariq ko‘chasi, 30A, Toshkent. Ish vaqti: dushanbadan yakshanbagacha soat 11:00 dan 20:00 gacha Kirish bepul 18+ ​Loyiha Shveysariyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi ko‘magida amalga oshirilmoqda. #SukutSaqlama #Neuyat2026

Open in Telegram
Views188+22%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—

All posts

Connections