Account
Startup Lens

Startup Lens

Startupni investor ko‘zi bilan ko‘rsatamiz. Admin: @Sh_m1rzo

Username
@startuplens
Subscribers1,070
Avg views per post, 7d131−18.6% vs prev 7d
ERR12.28%last 7 days

Average views per post by day

By publication day

Show as table
DateAvg views per post
Nov 8, 2026194
Nov 11, 2026240
Nov 15, 2026239
Nov 20, 2026167
Nov 21, 2026163
Nov 22, 2026150
Nov 23, 2026174
Nov 24, 2026164
Nov 25, 2026159
Nov 28, 202680

Most viewed this month

  1. 01
    Views278
    Forwards—
    Reactions3
    Comments—
  2. 02

    🎮 Men ham sanayapman! GTA 6 chiqishiga 4 kun qoldi! 19-noyabr. Millionlab geymerlar kabi men ham shu kunni kutyapman! 🔥 🤯 GTA 6 da bizni nimalar kutmoqda? 🌴 Vice City qaytmoqda! GTA 6 Floridadan ilhomlangan Leonida shtatida bo‘lib o‘tadi. Xaritada Vice City shahri, orollar, botqoqliklar, portlar va tog‘li hududlar bo‘ladi. Ayrim taxminlarga ko‘ra, xarita GTA 5nikidan 2–3 barobar katta boʻladi. 👫 Ikki bosh qahramon: Lucia va Jason. Ular birgalikda xavfli jinoyatlarga qo‘l uradi va politsiyadan qochib, omon qolishga harakat qiladi. 🎮 Platformalar: PS5 va Xbox Series X|S. PC versiyasi hozircha e’lon qilinmagan. 💵 Narxlar: Standard — $79,99, Ultimate — $99,99. 👤 Onlayn rejimning qachon ishga tushishi hozircha noma’lum. 🏆 GTA 6 hali chiqmasdan rekordlar o‘rnatmoqda! 📺 1-treyler 24 soatda YouTubeda 93 millionga yaqin ko‘rilgan! Bu musiqiy bo‘lmagan videolar orasida bir kunlik ko‘rishlar bo‘yicha rekord. 🔥 2-treyler 24 soatda barcha platformalarda 475 million ko‘rilgan! 💰 GTA 5 rekordi: 2013-yilda dastlabki 24 soatda 11,21 million nusxa sotilib, $815,7 million daromad keltirgan. Atigi 3 kunda esa $1 milliard! 🎬 Taqqoslash uchun, mashhur Avatar filmi $1 milliardlik kassa tushumiga taxminan 17 kunda yetgan. 📈 Tahlilchi Michael Pachter GTA 6 uzoq muddatda $10 milliardgacha daromad keltirishi mumkinligini taxmin qilgan. GTA 6 — shunchaki o‘yin emas, milliardlab dollarlik biznes. Uning relizi butun gaming industriyasi va investorlar qarorlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 💬 Siz GTA 6da nimani eng ko‘p kutyapsiz? GTA 6 dastlabki 24 soatda $1 milliardlik rekordni yangilay oladimi? 👇 🚀 @StartupLens — texnologiya va biznes yangiliklari investor nigohida

    Photo
    Views239
    Forwards—
    Reactions1
    Comments—
  3. 03

    Икки нафар ўзбекистонлик Y Combinator акселераторига қабул қилинди Yoshlar Ventures’нинг Сан-Францискодаги офиси резидентлари Ҳусан Мавлонов ва Рашод Абдурасулов дунёнинг нуфузли стартап акселераторларидан бири — Y Combinator дастурига қабул қилинди. 20 ёшли Ҳусан Мавлоновнинг Defex Robotics лойиҳаси ишлаб чиқариш корхоналари учун мустақил ўрганувчи роботлар яратади. Рашод Абдурасулов эса Peripheral Zero стартапи асосчиси. Улар дастурга қабул қилинган ўзбекистонликлар орасида учинчи ва тўртинчи бўлди. Яқинда Ўзбекистон терма жамоаси FIRST Global Challenge 2026 робототехника мусобақасида ҳам ғолиб бўлган эди. Бу натижалар мамлакатда робототехника ва инновацион технологиялар ривожига қаратилаётган эътибор самара бераётганини кўрсатмоқда. Маълумот учун, Yoshlar Ventures — маҳаллий стартапларни халқаро бозорга олиб чиқишга кўмаклашувчи 20 миллион долларлик венчур платформа.

    Photo
    Views225
    Forwards—
    Reactions5
    Comments—
  4. 04

    Photoshopni endi AI agentlari ham boshqarishi mumkin: Adobe MCP integratsiyasini taqdim etdi Tasavvur qiling: siz ChatGPT yoki Claude’ga topshiriq berasiz, AI esa Photoshop yoki Illustrator loyihangiz ustida bevosita ishlaydi. Adobe aynan shunday imkoniyat sari qadam tashlamoqda. 10-noyabr kuni Adobe MAX tadbirida kompaniya Photoshop, Illustrator, Premiere Pro va After Effects uchun lokal MCP integratsiyalarini preview formatida e’lon qildi. MCP nima va u nimani o‘zgartiradi? MCP — Model Context Protocol. Sodda qilib aytganda, AI agentlari va boshqa dasturlar o‘rtasida aloqa o‘rnatishga xizmat qiladigan ochiq standart. U orqali AI siz ishlatadigan dasturlarning ayrim funksiyalariga murojaat qilishi va vazifalarni bajarishi mumkin. Masalan: — Photoshop’da rasmni tahrirlash; — Illustrator’da dizayn elementlarini o‘zgartirish; — Premiere’da video montaj jarayoniga yordam berish; — After Effects’da loyihalar bilan ishlash. Eng muhim jihati: Adobe taqdim etgan lokal integratsiya orqali loyiha fayllaridagi qatlamlar, kompozitsiyalar va boshqa elementlar tahrirlanadigan holatda saqlanishi ko‘zda tutilgan. Bu barcha funksiyalar hozir hamma uchun ochiq degani emas. Adobe integratsiyalarni hozircha preview sifatida taqdim etmoqda. Bu o‘zgarish AI bozoridagi muhim tendensiyani ko‘rsatadi: raqobat endi faqat kuchli model yaratishda emas, balki AI’ni odamlar har kuni foydalanadigan ish jarayonlariga olib kirishda ham kechmoqda. Kelajakda ustunlikni eng ko‘p AI vositasini biladiganlar emas, balki ularni yagona samarali jarayonga birlashtira oladiganlar qo‘lga kiritishi mumkin. Savol: siz dizayn yoki video montajni AI agentiga topshirishga tayyormisiz? 🔎 Manbalar: Adobe rasmiy e’loni | TechCrunch 🚀 @StartupLens — startaplar investor közi bilan

    Video
    Views216
    Forwards—
    Reactions1
    Comments—

Latest posts

#834Photo

🌍 Agon: 10 oylik startap 450 million dollarga baholandi 2026-yilning yanvar oyida Londonda tashkil etilgan Agon startapi Series A investitsiya raundida 70 million dollar jalb qildi. Kompaniya tashkil etilganiga hali bir yil ham bo‘lmadi, ammo uning bozor bahosi 450 million dollarga yetdi. Agon qanday mahsulot yaratmoqda? Startap dronlar, robotlar va boshqa avtonom mudofaa tizimlarini virtual muhitda sinovdan o‘tkazish uchun sun’iy intellektga asoslangan platforma ishlab chiqmoqda. Oddiy qilib aytganda, bu robotlar uchun virtual sinov maydoni. Texnologiyalarni real sharoitda sinashdan oldin ularning ishlashi simulyatsiya orqali tekshiriladi. 📊 Startap raqamlarda: ▪️ Tashkil etilgan — 2026-yil yanvar; ▪️ Dastlabki investitsiya — 30 mln dollar; ▪️ Yangi investitsiya — 70 mln dollar; ▪️ Jami jalb qilingan sarmoya — 100 mln dollar; ▪️ Kompaniya bahosi — 450 mln dollar. Investitsiya raundiga Northzone venchur fondi yetakchilik qildi. Unda Lakestar, Lux Capital, XYZ, Speedinvest va boshqa investorlar ham qatnashdi. E’tiborlisi, Buyuk Britaniyaning ikkita davlat investitsiya fondi ilk bor birgalikda aynan ushbu startapga sarmoya kiritdi. Shuningdek, Sequoia Capital’ning sobiq rahbari Roelof Botha yangi investor sifatida qo‘shildi. Unity asoschilaridan biri va Agon direktorlar kengashi raisi David Helgason esa o‘z investitsiyasini oshirdi. 💡 StartupLens xulosasi: Katta imkoniyatlar har doim ham yakuniy mahsulot yaratishda emas. Ba’zan butun bir sanoat uchun zarur bo‘lgan infratuzilmani yaratish ham yirik biznesga aylanishi mumkin. Manba: The Next Web, Agon rasmiy press-relizi. @StartupLens

Open in Telegram
Views74−57%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#833Photo

🇺🇿 Xalqaro fondlar O‘zbekistonda robototexnikaga sarmoya kiritishni muhokama qildi 24-noyabr kuni Techstars Startup Week Tashkent 2026 doirasida Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Umid Abidxadjayev xalqaro venchur fondlari va akseleratorlar vakillari bilan uchrashdi. Muzokaralarda uchta xalqaro tashkilot ishtirok etdi: — ScaleX Ventures — ilk bosqichdagi texnologik startaplarga sarmoya kirituvchi fond. Uning investitsiya portfelida omborlarni avtomatlashtiruvchi Atlas Robotics va uy yumushlarini bajaruvchi robotlar yaratuvchi Weave Robotics mavjud. — DOMiNO Ventures — O‘zbekistonda 20 million dollar kapitalga ega venchur fondini tashkil etgan. Mahalliy TASS Vision va PointAi startaplariga ham investitsiya kiritgan. — Constructor Start — Germaniyadagi akselerator bo‘lib, startaplarga xalqaro ekspertlar bilan ishlash va 1 million dollargacha moliyalashtirish jalb qilish imkoniyatini taqdim etadi. Muzokaralarda qanday imkoniyatlar muhokama qilindi? ▪️ Robototexnikaga ixtisoslashgan akseleratsiya dasturlarini yo‘lga qo‘yish; ▪️ Mahalliy robotlarni ishlab chiqarish korxonalarida sinovdan o‘tkazish; ▪️ Xalqaro venchur investitsiyalarini jalb qilish; ▪️ Ilg‘or texnologiyalar transferi va malakali muhandislarni tayyorlash; ▪️ O‘zbekistonda yaratilgan texnologiyalarni xalqaro bozorga olib chiqish. 💡 StartupLens xulosasi: Robototexnika yo‘nalishida startap yaratayotgan bo‘lsangiz, faqat ishlaydigan robot yaratish bilan cheklanmang. Uni korxonada sinab ko‘ring, qancha vaqt va mablag‘ni tejashini raqamlarda isbotlang. Chunki investor uchun robotning o‘zi emas, u hal qilayotgan muammo va yaratayotgan iqtisodiy qiymat ham muhim. Manba: Iqtisodiyot va moliya vazirligi, UzDaily. @StartupLens

Open in Telegram
Views86−50%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—
#829Text
Views161−6%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—
#828Photo
Views139−19%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—
#827Text
Views168−2%vs avg
Forwards—
Reactions3
Comments—
#826Photo
Views183+7%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—
#825Photo
Views151−12%vs avg
Forwards—
Reactions1
Comments—

All posts

Connections

Mentions