Posts of Stenford Kundaligi
Har bir xodim o’z hissasini muhim deb his qilsin. Tegishlilik hissi sadoqatni kuchaytiradi. Kuchlar teng kelganda, albatta siz g’alabaga yaqinroq bo’lasiz.
Open in TelegramBoylikni iste’mol qilish emas, yaratishga e’tibor qarating. Yangi qiymat yaratadigan tashkilot uzoq yashaydi.
Open in TelegramKompaniya ichida byurokratiyani imkon qadar kamaytiring. Tez qaror qabul qiladigan tashkilot tez rivojlanadi, tez moslashadi hamda tez yangilanadi.
Open in TelegramDoim iste’dodlarni izlang va rivojlantiring. Kuchli boshqaruvchilar kuchli izdoshlarni yetishtiradi.
Open in TelegramJamoani faqat maosh emas, umumiy maqsad birlashtiradi. Kuchli missiya eng katta motivatsiya manbai.
Open in TelegramEng katta xavf muvaffaqiyatdan keyin boshlanadi. Qulaylik va o’ziga ortiqcha ishonch tanazzulning boshlanishi bo’lishi mumkin.
Open in TelegramO‘tgan yili Los Altosga borganimda, Stiv Jobsning uyi va Apple asos solingan garajni ko‘rishga bordim. Ochig‘i, u yerda meni eng kutilmagan manzara kutardi. Men Stivning ilk ishxonasi oldida uzun navbatlar, maxsus kirish yo‘laklari yoki hech bo‘lmaganda kichik muzey bo‘lsa kerak, deb o‘ylagandim. Afsuski, bularning hech biri yo‘q ekan. Avvaliga adashdik, deb o‘yladik. Xaritani qayta tekshirsak, manzil to‘g‘ri ekan. Ammo “Bu xususiy mulk. Hududga kirish taqiqlanadi. Suratni ko‘cha tomondan oling”, degan yozuvlarni ko‘rib, hafsalam butunlay pir bo‘ldi. Lekin Stivni o‘zim uchun kashf etishni juda xohlardim. Shunda Uolter Ayzeksonning Jobs haqidagi memuari qo‘limga tushdi va Apple hamda Jobs haqidagi tasavvurimni butunlay o‘zgartirdi. Muallif Jobsning murakkab fe’l-atvori, mukammallikka intilishi, nafis dizayn didi va dunyoni o‘zgartirgan qarashlarini nihoyatda ta’sirli tasvirlaydi. Kitobda uning quvonchi, iztirobi, ichki kechinmalari, shuningdek, Yaponiya va Hindistonga qilgan sayohatlarining dunyoqarashiga ta’siri ham yoritilgan. Kitobni bir necha bor tingladim. Kitobing asl mohiyatini saqlab qolgan holda biroz qisqartirsa bo’lardi, nazarimda. Hozir u 32 soatlik audio kitob. Stivni tushunish uchun Kremniy vodiysiga borishingiz shart emas. Yosh startapchilar Uolter Ayzeksonning ushbu asari orqali Kremniy Vodiysi va Stenford muhitini his qilib, Jobsning hayoti va tafakkuriga yaqinlashishingiz mumkin. Yoqimli mutolaa tilayman. 👉 https://mutolaa.com/davra/post/395684
Open in TelegramJamoa bilan ishlashda shu sifatlar yuzasidan ko’p o’ylayapman. 1. Bilim/O’rganish 2. Diqqat 3. Quvvat/Ko’lam 4. Qa’tiyat 5. Intizom/Mas’uliyat Boshqa zarur sifatlar ham ko’p lekin bizning agentlikda ushbu fazilatlarga ega yoshlarning loyihalari menga samaraliroq tuyuladi.
Open in Telegram#SEPnotes Clayton Christensenning kitobidan olgan xulosalarim: "VALUE NETWORKS AND THE IMPETUS TO INNOVATE" 1985-yil, Seagate. Muhandislar yangi, ancha kichikroq disk drive prototipini yaratishadi. Marketing bo'limi buni IBM PC bo'limiga ko'rsatadi. IBM qiziqmaydi: ularga katta sig'imli drive kerak, yangi drive esa ancha kichikroq sig'im beradi. Moliyachilar ham qarshi chiqadi, chunki bashorat qilingan foyda margin past. Rahbariyat loyihani "javonga" qo'yadi va o'rniga mavjud, kattaroq drive liniyasini jadal kengaytirishni davom ettiradi. Bu yerda muhim tushuncha bor: "value network". Har bir bozorning o'z xarajat tuzilmasi bor. Mainframe (katta kompyuter) ishlab chiqaruvchilari katta R&D va xizmat ko'rsatish tarmog'idan foydalanadi, shuning uchun tirik qolish uchun ularga yuqori foyda margin kerak. Kichik, portativ kompyuter bozorida esa xarajat ancha kam, shuning uchun past margin ham yetarli. Seagate menejeri uchun yangi, kichik drive loyihasi "yomon" ko'rinadi, chunki kompaniya yuqori marginli o'yinga moslashtirilgan, garchi texnik jihatdan yasash oson bo'lsa ham. Bu holat faqat Seagate'da emas. Boshqa yetakchi kompaniya, Control Data, ham xuddi shu sababdan kichikroq drive'ga kech o'tdi, chunki mijozlari ancha katta sig'im talab qilardi. Hatto flash memory texnologiyasida ham xuddi shu holat takrorlandi: yirik kompaniyalar flash kartalarni texnik jihatdan yarata olishardi, lekin bu bozor ularning asosiy daromad manbasidan tashqarida edi, shuning uchun ular resurs ajratmadi. Eng qiziq tomoni shundaki, bu yerda ayb texnologiya yoki tashkiliy tuzilmada emas. Ko'pchilik "ular yangi narsani ko'ra olmadi" deb o'ylaydi, aslida ular ko'rgan, hatto prototip ham yasashgan. Muammo shundaki, ularning butun moliyaviy mantig'i, ya'ni investorlar, aksiyadorlar, mavjud katta mijozlar, ularni faqat yuqori margin beradigan loyihalarga yo'naltirgan. Demak, bu yomon menejment emas, balki "to'g'ri" qaror, faqat noto'g'ri bozor nuqtai nazaridan to'g'ri. Keyin Conner Peripherals, aynan Seagate'dan ketgan muhandislar tashkil etgan kompaniya, shu g'oyani kichik, portativ kompyuter bozorida sinab ko'radi. U yerdan asta-sekin yuqoriga, Seagate'ning o'z bozoriga "bostirib kiradi". Bir necha yildan so'ng Seagate o'zining yangi drive'larini hali ham eski mijozlariga sotardi, yangi bozorni esa Conner allaqachon egallab bo'lgan edi. Xulosa shuki, muammo texnologiyada emas. Muammo, qaysi bozorda pul ishlayotganingizda, chunki resurslaringiz har doim eng katta foyda keltiradigan mijoz tomon oqadi, hatto bu sizni kelajakda yo'q qilsa ham. @stanford_kundaligi
Open in Telegram