AI ChatbetaAccount

Posts of SSV matbuot kotibi

newest first

#22443Video

#Qonunchilik_palatasida Tibbiyotni raqamlashtirish qanday natija bermoqda? Xabar berganimizdek, bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilovning “Tibbiyot sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish borasida amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimi to‘g‘risida”gi axboroti eshitildi. Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda elektron shifoxona, elektron statsionar, elektron laboratoriya, elektron retsept, elektron ombor, elektron reabilitatsiya va elektron yo‘llanma kabi xizmatlar joriy etilgan. Hozirga qadar ishlab chiqilgan 20 dan ortiq funksional modul va xizmat 4 mingdan ziyod davlat tibbiyot muassasasi, 6 mingga yaqin xususiy klinika, 11 mingdan ortiq dorixona hamda 38 milliondan ziyod fuqaroni qamrab olgan. Sun’iy intellekt texnologiyalarini tibbiyot amaliyotiga tatbiq etish borasida ham salmoqli natijalarga erishilyapti. 2026-yil yakuniga qadar oltita sun’iy intellekt tizimini to‘liq ishga tushirish, yana uchtasini pilot tartibda yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, DHP platformasini joriy etish orqali ma’muriy yuklamani 30 foizga, takroriy tekshiruvlar va tibbiy xatolarni 20 foizga kamaytirish, hisobotlarni shakllantirish jarayonini 90 foizgacha tezlashtirish maqsaq qilingan. Majlisda raqamli tizimlarni joriy etishda saqlanib qolayotgan ayrim muammolarga ham e’tibor qaratildi. Yakunda vazirning axboroti ma’lumot uchun qabul qilindi hamda kun tartibidagi masala yuzasidan parlament nazoratini samarali davom ettirishga kelishib olindi.  🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

Open in Telegram
Views1,750−64%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
1 h1,040
4 h1,750
  1. After 1 hour1,040
  2. After 6 hours1,750
  3. Total to date1,750
#22442Photo

#Live Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Majlisda Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilovning “Tibbiyot sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish borasida amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimi to‘g‘risida”gi axboroti eshitilmoqda. Majlisda qayd etilganidek, keyingi yillarda sog‘liqni saqlash tizimida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, bemorlar uchun qulaylik yaratish, shifokorlar mehnatini yengillashtirish va sohada shaffoflikni ta’minlashning muhim omillaridan biriga aylanmoqda. Shu bois mamlakatimizda ushbu yo‘nalishdagi islohotlar izchil davom ettirilmoqda. Vazir axborotiga ko‘ra, mamlakatimizda tibbiyot muassasalari faoliyatini raqamlashtirishda DMED yagona tibbiyot axborot tizimi ham muhim o‘rin tutmoqda. Unda elektron shifoxona, elektron statsionar, elektron laboratoriya, elektron retsept, elektron ombor, elektron reabilitatsiya va elektron yo‘llanma kabi xizmatlar joriy etilgan. 2025–2026-yillarda DMED tizimini takomillashtirish bo‘yicha 491 ta tashabbus amalga oshirilgan. 148 mingdan ortiq imtiyozli elektron yo‘llanma rasmiylashtirilgan, shifokorlar foydalanishi uchun 65 milliondan ziyod tahlil va tibbiy ko‘rik ma’lumotlari shakllantirilgan. Shuningdek, 126 ta elektron jurnal va shakl, 28 ta milliy hisobot raqamli ko‘rinishga o‘tkazilgan. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

Open in Telegram
Views2,380−51%vs avg
Forwards—
Reactions3
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
1 h1,070
2 h1,580
4 h2,060
7 h2,380
  1. After 1 hour1,070
  2. After 6 hours2,380
  3. Total to date2,380
#22437Photo

SSV: Qashqadaryoda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi o‘rganildi Davlatimiz rahbari tomonidan tibbiyotda korrupsiyaga qarshi kurashish, sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan. Shu bois Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash hamda bunday huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, vazirning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari Jaloliddin Asamutdinov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Qashqadaryo viloyatida ushbu yo‘nalishdagi chora-tadbirlarning samaradorligi atroflicha tahlil qilindi. O‘rganishlar davomida ba'zi tibbiyot muassasalarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari belgilab olindi. Shuningdek, ayrim xodimlar viloyatdagi tizim tashkilotlariga ochiq tanlovsiz ishga qabul qilinganligi ma’lum bo‘lgan. 22 nafar xodim faoliyatida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, ular yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi. Tibbiyot muassasalarida tungi navbatchilik va tibbiy xizmatlar holatini o‘rganish maqsadida 5 ta ishchi guruh tashkil qilinib, joylarga chiqqan holda nazorat tadbirlari amalga oshirildi. Vazir o‘rinbosari ishtirokida Koson tumanida sayyor qabul ham o‘tkazildi. Unda fuqarolardan kelib tushgan 30 dan ortiq murojaatning 10 tasi joyida hal etildi, 12 nafar bemor davlat tomonidan bepul yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlariga yo‘naltirildi. 2 nafar fuqaroda viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bepul operatsiya bajarildi. Shu bilan birga, viloyat tibbiyot muassasalarida o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” doirasida 2 ming nafardan ortiq kishi bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida moliya-iqtisod va kadrlar yo‘nalishida faoliyat yurituvchi xodimlar uchun maxsus o‘quv seminarlari tashkil etildi. Vazirlik mas’ullari halol va vijdonan ishlayotgan bir guruh viloyat tibbiyot muassasalari xodimlariga tashakkurnomalar ham topshirdi. Hurmatli yurtdoshlar! Agar siz soha xodimlarining noqonuniy harakatlari, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish hamda boshqa korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga duch kelsangiz, vazirlikning “1203” qisqa raqamli “Ishonch telefoni” hamda @SSV_antikorbot rasmiy telegram boti yoxud [email protected] elektron pochta manzili orqali o‘z murojaatingizni yo‘llashingiz mumkin. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

Open in Telegram
Views2,280−53%vs avg
Forwards—
Reactions3
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
1 h1,350
4 h2,030
7 h2,280
  1. After 1 hour1,350
  2. After 6 hours2,280
  3. Total to date2,280
#22436Video
Views2,790−42%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
2 h1,500
3 h1,990
6 h2,790
  1. After 1 hour1,500
  2. After 6 hours2,790
  3. Total to date2,790
#22434Video

#Kongress Poytaxtimizda O‘zbekiston allergologlari va klinik immunologlarining VI xalqaro kongressi bo‘lib o‘tdi. Unda yurtimiz mutaxassislari bilan bir qatorda, Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston, Avstriya va Belarus kabi davlatlardan tashrif buyurgan yetakchi olim va ekspertlar ishtirok etdi. Ikki kun davom etgan anjumanda O‘zbekistonda allergologiya sohasida erishilgan yutuqlar hamda ushbu yo‘nalishdagi so‘nggi global tendensiyalar atroflicha muhokama qilindi. SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavhada tadbir tafsilotlari haqida so‘z yuritiladi. —————— В столице состоялся VI Международный конгресс аллергологов и клинических иммунологов Узбекистана. Мероприятие собрало на одной площадке отечественных специалистов, а также ведущих ученых и экспертов из России, Турции, Казахстана, Австрии и Беларуси. Участники подробно обсудили достижения Узбекистана в области аллергологии, а также современные мировые тенденции и перспективы развития этой сферы. Подробности мероприятия — в нашем видеосюжете. 🚑  Пресс-служба Минздрава. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

Open in Telegram
Views2,760−43%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
1 h993
2 h1,580
4 h2,160
7 h2,760
  1. After 1 hour993
  2. After 6 hours2,760
  3. Total to date2,760
#22430Video

#Xalqaro_hamkorlik ❗️SSV: Turkiya bilan tibbiyot sohasidagi hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Otabek Imamov Turkiya delegatsiyasi bilan uchrashdi. Samimiy muloqot davomida tibbiyot sohasidagi hamkorlikning bugungi holati, erishilgan natijalar va istiqboldagi rejalar xususida o‘zaro fikr almashildi. Qayd etilganidek, bugungi kunda O‘zbekiston hamda Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirliklari o‘rtasida ixtisoslashgan tibbiy xizmat sifatini oshirish, kadrlar tayyorlash, tibbiy ta’lim va menejmentni rivojlantirish kabi yo‘nalishlarda qator loyihalar amalga oshirilyapti. Uchrashuvda orfan kasalliklarini erta aniqlash, bemorlarni ro‘yxatga olish va ularni zarur dori vositalari bilan ta’minlash sohalarida hamkorlik masalalari muhokama etildi. Qolaversa, yuqumli boʻlmagan kasalliklar va ularning xavf omillariga qarshi kurashish, skrining tadbirlarini samarali tashkil etish, dispanser kuzatuvi hamda statsionar tibbiy yordamni takomillashtirish xususida so‘z bordi. Tomonlar aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, kasalliklar xavf omillarini kamaytirish va profilaktik dasturlar samaradorligini baholash masalalariga ham e’tibor qaratdilar. Uchrashuvda Turkiyaning noto‘g‘ri ovqatlanish, kamharakatlik va tamaki chekishga qarshi kurashish, shuningdek klinik qarorlarni qabul qilishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish borasidagi ilg‘or tajribalari taqdim etildi. Yakunda ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash va amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqishga kelishib olindi.  🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

Open in Telegram
Views3,480−28%vs avg
Forwards—
Reactions1
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
1 h1,220
6 h1,980
25 h3,480
  1. After 1 hour1,220
  2. After 6 hours1,980
  3. After 24 hours3,480
  4. Total to date3,480
#22426Video
Views3,160−34%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
1 h1,280
4 h2,140
25 h3,160
  1. After 1 hour1,280
  2. After 6 hours2,140
  3. After 24 hours3,160
  4. Total to date3,160
#22425Video
Views5,410+12%vs avg
Forwards—
Reactions9
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
2 h2,580
4 h3,350
7 h4,470
24 h5,410
  1. After 6 hours4,470
  2. After 24 hours5,410
  3. Total to date5,410
#22424Video
Views3,930−19%vs avg
Forwards—
Reactions4
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
4 h2,510
7 h3,110
25 h3,930
  1. After 6 hours3,110
  2. After 24 hours3,930
  3. Total to date3,930
#22421Video
Views3,210−33%vs avg
Forwards—
Reactions1
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
5 h2,410
7 h2,580
24 h3,210
  1. After 6 hours2,410
  2. After 24 hours3,210
  3. Total to date3,210
#22420Video
Views4,440−8%vs avg
Forwards—
Reactions14
Comments—
#22418Photo
Views9,840+104%vs avg
Forwards—
Reactions8
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
45 h9,280
67 h9,840
  1. Total to date9,840
#22417Video

#Sarhisob ❗️Hay’at yig‘ilishi: Sohadagi dolzarb masalalar tanqidiy tahlil qilindi Sog‘liqni saqlash vazirligining Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov olib bordi. Dastlab davlatimiz rahbarining joriy yil 27-oktabr kuni sog‘liqni saqlash va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashuvida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi tahlil qilindi. Xususan, sohaga investitsiya va grant mablag‘larini yo‘naltirish, bu bo‘yicha yo‘l xaritalarini tasdiqlash, xorijda faoliyat yuritayotgan vatandosh shifokorlarni yurtimizga qaytarish kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Qayd etilganidek, kelgusi yilda sohaga 2 milliard dollarlik investitsiya va grant mablag‘larini jalb qilish rejalashtirilgan. Vazir ushbu maqsadga erishish uchun hududiy mas’ullar har bir loyiha kesimida puxta takliflar va amaliy choralarni ishlab chiqishi lozimligini ta’kidladi. — Muhtaram Prezidentimiz tomonidan soha oldiga juda katta vazifalar qo‘yildi. Bu topshiriqlarning har biri bo‘yicha aniq reja, manzilli dastur va amaliy natija bo‘lishi shart. Bunda har bir rahbar belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi, — dedi vazir. Shuningdek, yig‘ilishda 26 ta ixtisoslashtirilgan markaz faoliyatini yangi tizim asosida takomillashtirish, rahbarlar zimmasiga tegishli majburiyatlar yuklash, sohada ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash hamda birlamchi bo‘g‘indagi tibbiyot xodimlarini maxsus kiyim-bosh bilan ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi. Vazir bu masalada so‘z yuritar ekan, ayrim rahbarlarning ishga yondashuvini keskin tanqid qildi. Shundan so‘ng 2027–2033-yillarga mo‘ljallangan Yadro va radiatsion tibbiyotni rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash yuzasidan fikr almashildi. Tadbirda ushbu loyiha aholiga yadro va radiatsion tibbiy xizmatlardan yanada kengroq foydalanish imkonini berishi ta’kidlandi. Kun tartibidagi navbatdagi masala bo‘yicha vazirning birinchi o‘rinbosari Otabek Imamov ma’ruza qildi. Unda dastlab Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturining ijrosi atroflicha tahlil qilindi. Xususan, tibbiyot muassasalarida bu borada aniqlangan kamchiliklar, bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishdagi muammolar jiddiy tanqid ostiga olindi. Qolaversa, orfan kasalliklariga chalingan bemorlarning dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, bu jarayonni tizimli tashkil qilish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining yangi modelini joriy etish kabi qator vazifalar ham muhokama qilinib, bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlarga intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. Yig‘ilishda sanitariya-epidemiologiya tekshiruvlari, sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, sohani raqamlashtirish, davlat tibbiy sug‘urtasi, ijro intizomi hamda aholi murojaatlari kabi qator yo‘nalishlardagi ishlar sarhisob qilindi. Bundan tashqari, sohada korrupsiyaning oldini olish borasida o‘tkazilgan o‘rganish tadbirlari hamda onalik va bolalikni muhofaza qilish borasidagi ishlar tanqidiy tahlil etilib, joylardagi ayrim rahbarlarning bu boradagi faoliyatiga salbiy baho berildi. Yakunda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, korrupsiyaviy holatlarga qarshi murosasiz kurashish, onalar va bolalar salomatligini asrash, DMED tizimini takomillashtirish, soha xodimlarining muomala madaniyatini yuksaltirish, shuningdek tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash hamda mavjud uskunalardan samarali foydalanish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.  🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

Open in Telegram
Views11,600+140%vs avg
Forwards—
Reactions10
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
47 h10,900
68 h11,600
  1. Total to date11,600
#22407Photo
Views9,350+94%vs avg
Forwards—
Reactions4
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
49 h8,820
67 h9,350
  1. Total to date9,350