#hamkorlik
Özbekistonning soliq sohasidagi şaffofligi Global forum tomonidan ijobiy baholandi
Soliq maqsadlarida şaffoflik va axborot almaşinuvi böyiça Global forum (Global Forum on Transparency and Exchange of Information for Tax Purposes) Özbekiston Respublikasining axborotni sörov asosida almaşiş xalqaro standartiga muvofiqligi böyiça xalqaro ekspert baholaşi (EOIR — Exchange of Information on Request) natijalarini tasdiqladi va eʼlon qildi.
Baholaş natijalariga köra, Özbekistonga "Asosan muvofiq" (Largely Compliant) toifasi berildi. Xalqaro ekspert baholaşining ijobiy natijasi mamlakatimizda soliq tizimi şaffofligini taʼminlaş, xalqaro axborot almaşinuvi samaradorligini oşiriş va qabul qilingan xalqaro majburiyatlarni bajariş borasida erişilgan taraqqiyotni tasdiqlaydi.
Xalqaro soliq axborotini almaşiş sohasida vakolatli organ sifatida Soliq qömitasi tomonidan muvofiqlaştirilgan keng kölamli işlar uşbu natijaga erişişda asos bölib xizmat qiladi.
Xalqaro ekspert baholaşiga tayyorgarlik jarayonida milliy qonunçilik tahlil qilindi, maʼmuriy tartib-taomillarni takomillaştiriş, zarur maʼlumotlardan foydalaniş imkoniyatlarini taʼminlaş va idoralararo hamkorlik samaradorligini oşiriş böyiça çoralar körildi.
Uşbu jarayonda manfaatdor vazirlik va idoralar, şuningdek, professional hamjamiyat vakillari – notariuslar, auditorlar, advokatlar hamda tijorat banklari vakillari ham iştirok etdi.
Soliq qömitasi zarur materiallarni tayyorlaş, xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikni yölga qöyiş va baholaşning barça bosqiçlarini muvofiqlaştirişni taʼminladi.
Şu tariqa, erişilgan natija davlat organlarining hamjihatlikdagi faoliyati, mutaxassislarning kasbiy salohiyati va Özbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini izçil bajariş borasidagi saʼy-harakatlari samarasi böldi.
Natijaning mamlakatimiz xalqaro nufuzi va investitsiyaviy jozibadorligini oşirişdagi ahamiyati
Mazkur ijobiy baholaş nafaqat soliq tizimi, balki Özbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi uçun ham muhim ahamiyatga ega. Xususan,
– Özbekistonning işonçli va oçiq xalqaro hamkor sifatidagi mavqeini mustahkamlaşga;
– xorijiy investorlarning milliy iqtisodiyot va moliya tizimiga bölgan işonçini oşirişga;
– şaffof işbilarmonlik muhitini şakllantirişga;
– soliq tölaşdan böyin tovlaş holatlariga qarşi samarali kuraşiş va transçegaraviy soliq xavflarini aniqlaşga xizmat qiladi.
Qölga kiritilgan uşbu baho nafaqat erişilgan taraqqiyotning xalqaro eʼtirofi böliş bilan birga, milliy soliq tizimi şaffofligini yanada takomillaştiriş va xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş yölida muhim rağbatdir.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads