📌 Obuna orqali sotuv: pul qachon va qancha tushadi? Hurmatli sellerlar, oxirgi vaqtda mana shu masalaga oid savollar ko'p keldi. Javoblarni bir faylga joyladik. Qisqacha: ✅ Obuna toʻlovining 50% i sellerlarga, 50% i platformaga. ✅ Pul obunachining 30 kunlik davri tugagach balansga tushadi. Obuna orqali sotuv sizning doimiy sotuvingizga zarar keltirmaydi, aksincha qo'shimcha daromad olib keladi. Toʻliq hisob-kitob va misol bilan — PDF faylda tanishing. Savollar boʻyicha: 🌟 @soff_moderator
Open in TelegramPosts of SOFF.UZ | Intellektual mulk bozori
❤️ Sellerlar, yangi missiya keldi 🎮 Vazifa: navbatdagi faylingizni sotuvga chiqarish. Kerakli jihozlar: kofe ☕, noutbuk 💻 va energiya 🔥 1-level — Kirish seller.soff.uz saytida roʻyxatdan oʻting. Bu levelda boss yoʻq, bemalol oʻtasiz 😄 2-level — Profil JSHSHIRni kiriting. Moderatsiya buni ham tekshiradi, shuning uchun bu levelni chetlab oʻtib boʻlmaydi. 3-level — Asosiy jang ⚔️ Faylni yuklang. Eng muhim level aynan shu: — Nom aniq boʻlsin. “Taqdimot” emas, “Biologiya: hujayra tuzilishi, 9-sinf, 15 slayd”. — Tavsifda nechta bet, qaysi format va kim uchun ekanini yozing. Xaridor aynan shularga qarab qaror qiladi. 4-level — Kutish Moderatsiya odatda 12–24 soat davom etadi. 🏁 Missiya bajarildi: fayl joylandi! 🎁 Bonus level: faylni obunaga ham qoʻshishingiz mumkin. Oddiy sotuv baribir davom etadi. P.S. Qancha sotilishi faylning sifati, tavsifi va narxiga bogʻliq. Shuning uchun 3-levelda “tezroq oʻtib ketish” cheat-kodi ishlamaydi 😉 Savol boʻlsa: @soff_moderator Missiyani boshlash 👉 seller.soff.uz
Open in Telegram👀️️️️️️ Sotuv yo'q, sotuv yo'q deysiz — Mana bu yerda har daqiqadagi sotuvlarni qaranglar 😇 Sotuv sizda yo'q bo'lsa, mahsulotingiz kam yoki ehtiyoj yuqori bo'lmagan mahsulotingiz ko'p bo'lishi mumkin. — bu masalaga haliroq yana to'xtalamiz 🤝 @soffuz
Open in TelegramSoff Sellerlar, hamma shu yerdami? Tinchmisizlar, nima gaplar? 🔥 — shu yerdamiz, ishlar zo’r 👍 — sekin-sekin ishlab yuribmiz ❤️ — bizda tinch, sizda nima gaplar
Open in TelegramRasmda Soff.uz’da so’ngi daqiqlarda sotilgan mahsulotlarning mualliflari, nomi, narxi, va to’lov turi ko’rsatilgan. 👀 P.s: Sizga qiziq bo’larmidi shu kabi ma’lumotlarni tez-tez ulashib turishimiz?
Open in TelegramForwarded from Jasur Anarboev
Assalomu alaykum Soff.uz jamoasi aʼzolari. Men 1 yildan oshiqroq vaqt davomida saytda seller boʻlib oʻz mahsulotlarim bilan ishlab kelaman. Mana bu natija: va nihoyat 1 mln soʻmlik sotuvdan oʻtdim. Nasib qilsa bundan keyin ham faol boʻlishga harakat qilaman. Barchangizga rahmat ishlaringizga rivoj, bardavom boʻlsin.
Open in Telegram🖼 Profil rasmni qanday yaratish mumkin? 4 qadamda ko’rsatamiz Soffx AI’da rasmingizni generatsiyasi juda oson. Videoda ko’ring 👇 1️⃣ Trendni tanlang va «Takrorlash» tugmasini bosing 2️⃣ O’z rasmingizni yuklang, oddiy selfi ham yetarli 3️⃣ Yaratishni tasdiqlang, qolganini AI o’zi bajaradi 4️⃣ Tayyor! Professional rasmingizni yuklab oling 💡 Maslahat: profil uchun yuzingiz aniq ko’rinadigan, sokin fonli trendni tanlang. Endi qolgani oddiy: tayyor rasmni seller.soff.uz’dagi profilingizga qo’ying va kulrang odamchaga xayr deng 👋😉 ➡️ Soffx AI’da sinab ko’ring 📱 @soff_uz
Open in TelegramRasm — profilingizning yuzi! 🔥 Profilingizni ochgan xaridor birinchi bo’lib nimani ko’radi? Albatta, rasmingizni 👀 Kulrang odamcha esa unga hech narsa demaydi. Xaridor kim bilan ishlayotganini bilmaydi, ishonch ham paydo bo’lmaydi 😕 Rasm nega muhim? ✅ Xaridorda ishonch uyg’otadi ✅ Profilingiz boshqalar orasida ko’zga tashlanadi ✅ Ayniqsa frilans buyurtmalarda mijoz kim bilan ishlashini ko’rishni xohlaydi 🏆 Top sellerlarga e’tibor bering: ularning profilida odatda rasm bo’ladi. Bu tasodif emas, xaridor tanish yuzga ko’proq ishonadi 😉 🔥 Professional profil rasmingizni Soffx AI orqali sinab ko’ring! Na fotostudiya kerak, na fotograf. P.S. Tayyor rasmni seller.soff.uz’dagi profilingizga qo’ying va natijani izohlarda yuboring 📱 @soff_uz
Open in Telegram🔔 Yangilik: Soff.uz’da obuna rejasi ishga tushdi! Endi mahsulotlaringizni nafaqat oddiy usulda, balki obuna orqali ham sotishingiz mumkin 💰 Yaxshi jihati hech narsa yo’qotmaysiz. Obuna yoqilgan bo’lsa ham oddiy sotuvlar to’liq ishlayveradi. Xaridor xohlasa oddiy usulda, xohlasa obuna orqali sotib oladi 🤝 Qanday yoqiladi? ⚙️ 👉 Seller profilingizga kiring. 👉 “Obuna” sahifasiga o‘ting. ➡️ Ushbu sahifada obunaga kiritilgan barcha fayllaringizni boshqaring va statistikalarni kuzatib boring. ☝️ Tugmani istalgan vaqtda yoqish yoki o’chirish mumkin. O’chirilgan holatda mahsulotlar faqat oddiy usulda sotiladi va standart komissiya qo’llaniladi. 📄 Barcha shartlar bilan ommaviy ofertaning 10-bandida tanishishingiz mumkin. P.s: Obunani yoqish bitta tugma, foydasi esa har bir sotuvda 😉 🌐 seller.soff.uz 📱 @soff_uz
Open in TelegramHaftaning top sotuvchilarini aniqlab oldik 😎 ✅ Keyingi haftada “Taklif qiling — bonus oling” tanlovining TOP ishtirokchilarini va gʻoliblarini aniqlaymiz Siz qatnashyapsizmi? Ha, albatta — 🔥 Endi qatnashmoqchiman — 🤩
Open in Telegram🔥 Bizda o'tgan haftaning TOP sellerlari ✅ Seller Soff — 47 mingdan ortiq fayl yukladi 👏 Master Baza — 311 ming so'mlik sotuv qildi Bu hafta ro'yxatimizga yangi sellerlar ham qo'shildi demak, keyingi hafta boshqa ismlarni ham shu yerda ko'rishimiz tabiiy 💪 🤩 Keyingi hafta TOP'da siz bo'lishni xohlaysizmi? Sifatli mahsulot yuklashni bugundan boshlang! 🙌 Barcha sellerlarimizning savdolariga baraka bersin! 📱 @soff_uz 🌐 seller.soff.uz
Open in TelegramSiz bu fikrga qanday qaraysiz? 🤝 Menimcha ham AI shunchaki bir vosita bo’lib xizmat qiladi. Inson tafakkuri va sun’iy intellekt birgalikda ishlasa, juda ko’p narsalarga qodir deb o’ylayman. Siz-chi 👇
Open in TelegramYangi hafta boshidan bizda super yangilik bor 🔥 🔥 Soffx AI da biz Claude Motion funksiyasini ishga tushurdik. Endi hamma joyda maqtashayotgan motion videolarni bitta joyda o’zingiz qila olasiz. P. S. Bu funksiya Soff.uz’dagi frilanserlar va videograflarning ishlarini ancha yengillashtiradi 💯
Open in TelegramSoffx AI da endi videolaringizni gapirtirvorsangiz ham boʻladi Chunki biz saytimizga Seedance 2.5 funksiyasini ham qoʻshdik 🔥 Ishlatib koʻrib fikringizni bildirsangiz, biz yanada yangi funksiyalar qoʻshishda davom etamiz 🤝
Open in TelegramXullas, shu tanlovimiz boʻyicha ham qiziqish bildirgan ishtirokchilarimiz koʻpaymoqda 🤩 Sizga qiziqmi kim qanday oʻrinda ketayotganligini kuzatib borish? Ha — 🔥 Saytda koʻrinib tursin — 🤝
Open in Telegram