#Sirdaryo
#Sayyor_qabul
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari Karimova E’zoza Gafurjanovna ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi. Unda Sirdaryo viloyati hokimining o’rinbosari O.Mavlonberdiyev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sirdaryo viloyati bo’limi rahbari M.Xaitov, “Ma’rifat” targ’ibotchilar jamiyati a’zolari, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul xodimlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qiynayotgan muammolar yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur topshiriq va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, murojaatlarni o‘z vaqtida va qonuniy tartibda ko‘rib chiqish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Sayyor qabul fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlarini joyida o‘rganish va muammolarni hal etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
| Telegram | Facebook |
| Instagram | YouTube |