Juda maqtalmagan bo'lsa, o'zbek kinosi va telenovellalarini o'zim qiziqish bilan umuman ko'rmayman. Yaxshi kinolar va aktyorlar borligini ham tan olgan holda aytamanki, bugunning aksar o'zbek kinolari vaqt ketkizib ko'rishga arzimaydi... syujet, aktyorlik mahorati, montaj, dublyaj shunchaki abgor holatda. Ko'rishni asabim ko'tarmaydi. 2024-yilda Youtubedan bir kanal chiqib qoldi oldimdan. Maqsadi o'zbek kinosidagi kamchiliklarni yumorga olib ko'rsatish, ularga nisbatan tanqidiy yondashish. Bir ikki sonini ko'rib yoqtirib qoldim va youtubeda har oy video chiqarishlarini kuta boshladim. 2 yildan oshibdi kuzata boshlaganimga. Har yangi soni chiqsa er-xotin ovqatlanayotganda yoki dam olayotganda qo'yib ko'rib o'tiramiz. Bu "Reaktor". Shuni bugun sizlarga ham tavsiya qilmoqchiman. Nega? Kinolarimizdagi siz payqamagan kamchiliklarni ko'rib, ko'zingiz ochiladi. Qolaversa, tanqidiy fikrlashni ham o'rgatadi. Xullas, ko'rishga arziydi!
Open in TelegramPosts of Siddiqa Hasan
Serial nomi: “Hayot senga mandarin berganda” Shu serialni koʻrib yigʻlayverganimdan koʻzlarim piyoladay shishib ketdi. Qahramonlar oʻrniga oʻzimni qoʻyib koʻrdim boshidan oxirigacha. Kinodan maqsad ham shu. Bizga nimalarnidir anglatish. Dunyoning qaysi bir chekkasida boʻlmasin ota-onalar bir xil, farzandlari uchun oʻzlarini fido qilishadi. Biz esa afsuski ularning qadriga vaqtida yetmaymiz. Hattoki biz uchun bemehr va yomon koʻrinayotgan ota-onalar ham aslida farzandi uchun koʻp qurbonliklar qilgan boʻladi. Kino judayam zoʻr, pro darajada ishlangan. Oʻtgan yil boshlab 3 seriya koʻrib, qiziqmay koʻrmay qoʻygandim. Demak oʻsha vaqt payti boʻlmagan ekan. Bu kinoni musofirchilik ta’mini totib, ota-onamni kuchli sogʻinganimdan keyin koʻrishim yozilgan ekan. Shuning uchun ham 2x ta’sir qildi. Ota-onamizni tushunishimiz, qadriga yetishimiz uchun ham koʻrish kerak manimcha bu serialni.
Open in TelegramKino qahramoni aytadiki: Avvallari begonalar xavfli hisoblanardi. Ularning yaxshiliklari ham. __ Ammo hozir begonalar unchalik xavfli emas. Hammasini oʻz yaqinlaring qoyilmaqom qilib uddalashyapti deb davom ettirib qoʻygim keldi.
Open in TelegramIphone yoki dayson olsam ham hecham bunaqa xursand boʻlmasdim. Buni mazasini bilgan biladi. 🙊😍 Janobimga kitoblar uchun tashakkurlar deyman.❤️ Ota uyimdan kelinlik uyimga bir labo mashinasida kitoblarim borgan. 🚛 Qachondir Misrdan ham Oʻzbekistonga shunday qaytamizmi deyman))
Open in TelegramForwarded from Bintu Sodiq
«Ишонинг, соғлардан соғроқмиз бугун!» @xayrulla_hamidov 🌱 @BintuSodiq
Open in TelegramVatanimizdan bizga yana bir kitob yetib keldi. Bu kitobda ham turmush o‘rtog‘imning mehnatlari singgan. Ularning siyrat kitobi nashriga hissalari qo‘shilganidan juda xursandman. O‘zlari hozir Vatandan uzoqda bo‘lsalar ham mehnatlari kitoblar orqali odamlarga yetib boryapti. Bundan ortiq quvonch bo‘ladimi?! 🥰 Alloh bu kitobni ko‘pchilikka manfaatli qilsin, yozgan, tahrir qilgan, nashrga hissa qo‘shgan barcha insonlarning va “Nasim kutub” nashriyotining mehnatlarini qabul aylasin. 🤲 Kitob haqida muharrirning fikrini quyidagi havola orqali o‘qishingiz mumkin: https://t.me/tahrirchi/404
Open in TelegramAgar siz kimnidir yaxshi koʻrsangiz, uning qalbida kitobga muhabbat uygʻoting. Bu uning uchun qilgan eng yaxshi yaxshiligingiz boʻladi. Bunda hayotimdan misol bor. Singlimni bir necha yillardan beri kitob oʻqishga targʻib qilib kelaman. Birga yashagan vaqtlarimiz oʻzim kitob berardim shuni oʻqib chiq deya. Keyin kitob nima haqida ekan aytib ber yoki yozib ber derdim. Shu bilan oz boʻlsada kitob olamiga opkirdim. Oʻtgan yil esa blog ochishga targʻib qildim. Oddiy boʻlsa ham yuritaver, tajriba boʻladi deb uqtirdim. Ochdi, yuritdi, yozdi, hozir ham yurityapti. Eng quvonarlisi bilasizmi nima? Hozir 3-4 ta nashriyot bilan hamkorligi bor. Oʻzi kitob oʻqish bilan birga boshqalarni ham kitob oʻqishga qiziqtiryapti. Hozirgi internet rivojlangan, odamlar kitobdan uzoqlashgan zamonda bu judayam katta narsa. Judayam katta yaxshilik. Uni bu ishini oxirigacha qoʻllab-quvvatlayman. Bardavom boʻlsin. Kitobli muhit xohlayotgan boʻlsangiz, yosh singlimning kanaliga marhamat. https://t.me/naza_gapiradi 19 yoshligimda men abituriyent edim. Uvillab oʻqishga tayyorlanib yurardim. U boʻlsa bu yoshda universitetda 3-kursda oʻqiyapti. Bugalteriya, AI sohalarida oʻqib chiqdi. Oʻzi ishlab pul topyapti. Mashaalloh. Allohumma baarik. Xullas, ancha qiziq va faol hayoti bor. https://t.me/naza_gapiradi
Open in TelegramIshdan chiqib, uyga qaytyapman. Hali ham uyga yetmadim. Odatda “xalqlar doʻstligi” metrosida tushib, “Choshtepa”gacha metroda tezda kelib, uyogʻi taksida ketardim. Bugun esa kecha uxlamaganim uchun “Olmazor” metrogacha 118 da uxlab kelishni tanladim. Chunki avtobusda yoʻl sal uzayar, uyga yetvolguncha ozroq mizgʻib olaman dedim. Sobir Rahimov’ga aytganimday uxlab keldim. Qornim juda ham och edi. Avtobusdan tushib yoʻl-yoʻlakay 3 dona gumma olib, sumkamga solib oldim qulay vaqtda yeb olaman deb. Yangiyoʻlgacha Sobir Rahimovdan taksi, marshrut hatto avtobus ham bor. Men marshrutni tanladim. Marshrutda odam toʻla, faqat bir kishilik joy qolgan. Boʻsh oʻrindiqda yonida juda ham semiz ayol oʻtirgani sababli kichik bolakay ham sigʻmaydi. Sigʻarman deb oʻtirib koʻrdim, sigʻdim, ammo judayam noqulay edi. Yonimda va roʻparamda esa oʻgʻil bolalar. Oʻtirganimni koʻrib eshikni yopishdi. Amallab ketadi-da deyishdi. Yoʻq, tushib qolaman, sigʻmadim dedim. Tabiiyki, hamma menga tannozga qaraganday qaradi. Ammo, ularning qarashi bilan meni nima ishim bor, axir men noqulaylik his qildim. Tushib qoldim va navbatdagi marshrutni kuta boshladim. Tezda keldi, oʻzim sevganday bir kishilik, deraza oldidan joy oldim. Kun qorongʻulashgani hisobiga uyalmay 3 ta gummamni ham yeb oldim. Deraza ortida turib tafakkur qildim. Inson qachon tafakkur qiladi oʻzini qulay, xotirjam va xavfsiz his qilganda. Bugun koʻpchilik oʻzini bu hayotda noqulay, bexalovat his qiladi. Tabiiy bunday hislar ichida yashash inson uchun ogʻir. Albatta, Alloh insonni mashaqqatda yaratdi. Ammo ana shu mashaqqatni yengish yoʻllarini topishni ham insonga bildirdi. Shunday ekan tanlov doim oʻz qoʻlimizda ekanligini unutmaylik. Hayotdagi oʻrnimizni, yoʻnalishimizni oʻzimizga tanlaymiz. Qadar esa gʻayratga oshiqdir. Harakatimizga koʻra siylanamiz. Bu hayot haqiqati oddiy narsalarda mujassam boʻladi. 2024-yilning, 21-avgusti
Open in Telegram📚 Badiiy adabiyotga muhabbatim boʻlakcha. Ayniqsa, hozir oʻqiyotgan ilmiy kitoblarimdan keyin “Saodat asri” qaymoqday ketyapti. Hordiq chiqarishga yordam beryapti.
Open in TelegramMuhabbat bir-biriga qarash emas, birgalashib bir tomonga qarashdir. deyisharmidi)))🙃🙃
Open in TelegramYaqinda Oʻzbekistondan oʻzimga kerakli kitoblarni opkeltirishni rejalayapman. Shularga qoʻshib siz yana qaysi kitoblarni tavsiya qilgan boʻlardingiz? Qanday yaxshi kitoblar chiqdi. Oʻzi umuman qaysi kitoblarni tavsiya qilasiz?
Open in Telegram