Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh, aziz ustozim!
Yaxshimisiz, salomatmisiz? Sog‘lig‘ingiz, farzandlaringizning holi yaxshimi?
Ustozim, yodingizda bo‘lsa, o‘tgan yili yurak ishemiyasi tashxisi bilan sizdan maslahat so‘ragan edim. O‘shanda menga «Yurak davosi» damlamasini tavsiya qilgandingiz. Fevral oyidan boshlab olib ichdim. Alhamdulillah, jami uch kurs, uchta idish damlamani ichdim.
O‘tgan oy yana kardiolog ko‘rigidan o‘tdim. EKG va barcha tahlillarimni tekshirtirdim. Alhamdulillah, natijalarim yaxshi chiqdi, yuragimning holati ham yaxshi ekan. Allohga behisob hamdlar bo‘lsin!
Avvalo, shifo beruvchi Zot Allohdir. Allohning fazli va rahmati bilan sog‘lig‘im yaxshilanganidan juda xursandman. Sizga ham o‘sha paytda bergan maslahatingiz va ko‘rsatgan e’tiboringiz uchun chin qalbimdan rahmat aytaman. Alloh sizdan rozi bo‘lsin, ilmingizga, umringizga va rizqingizga baraka bersin.
O‘shanda shifokor menga bir dorini umrbod ichishim kerakligini aytgan, bundan tashqari yana to‘rtta dori yozib bergan edi. Bu tashxisni eshitganimda juda qattiq tushkunlikka tushganman. Hatto oddiy tomoq og‘rig‘i ham yuragimga ta’sir qilishi mumkin, deb qo‘rqib qolgan edim.
Shunday bir paytda menga bergan maslahatlaringiz, o‘rgatgan ilmlaringiz, eng muhimi, mana shu «Shifo Maskani» kanalini tashkil qilganingiz uchun sizdan juda minnatdorman.
Ustozim, sizning darslaringiz, balki ta’lim-tarbiya, hayotiy tajribangiz va o‘z hayotingizdan yozib boradigan postlaringiz ham biz uchun juda manfaatli. Har bir yozganingizdan o‘zimga kerakli bir hikmat, bir saboq olaman.
Sizni voyaga yetkazgan, shunday ilmli, odobli va manfaatli inson qilib tarbiyalagan ota-onangizga ham ming rahmat!
Alloh sizdan rozi bo‘lsin. Qilayotgan barcha xayrli ishlaringizni dargohida qabul aylasin. Ilmingizni manfaatli, ajr-savoblaringizni ziyoda qilsin. Doimo sog‘-salomat, oilangiz bag‘rida baxtli va xotirjam bo‘lib yuring.
Boringizga shukur, ustozim! Allohga omonatsiz!