Turk tilini yaxshi tilshunosdan online shaklda o’rganmoqchi bo’lganlarga link va ma’lumotlar qoldiryapman! Marhamat, qiziqib ko’ring! https://t.me/+ciaUPwcia5VjZTc6
Open in TelegramSHEVASHUNOS/ Avazxon Umar
Dr. Avazxon Umarov O'zbek shevalariga oid so'zlarni o'rganamiz. Turkiy til va adabiy meroslarimiz haqida fikr yuritamiz. Turkiya, Turk tili, tarjimalar borasida postlar qo'yamiz. @Avaz_Han İnstagram: https://www.instagram.com/avazxon_umar?igsh=MTZvZj
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Oct 28, 2026 | 640 |
| Oct 30, 2026 | 652 |
| Nov 3, 2026 | 533 |
| Nov 6, 2026 | 401 |
| Nov 8, 2026 | 466 |
| Nov 9, 2026 | 448 |
| Nov 10, 2026 | 486 |
| Nov 20, 2026 | 267 |
Most viewed this month
- 01Views652Forwards—Reactions20Comments—
- 02Views640Forwards—Reactions24Comments—
- 03Views533Forwards—Reactions27Comments—
- 04Views486Forwards—Reactions12Comments—
Latest posts
Sizningça bu qanday qor? Pağa-pağa yoğyaptimi, uçqunlayaptimi😊 Umuman qor bilan boğliq eng gözal sözlarni yozing✍️ @shevashunos
Open in Telegram09.11.2026 #Turkiya ERKIN VOHIDOV VA ABDULLA ORIPOV KITOBLARI TURK TILIDA NAŞR ETILDI Muxbir: Yusufjon Yunus
Open in TelegramÖZBEK ADABIYOTINING IKKI BUYUK NAMOYANDASI ANQARADA YOD ETILDI Turkiya poytaxti Anqara şahrida Xalqaro turkiy madaniyat taşkiloti – TURKSOY taşabbusi bilan Özbekiston Qahramoni, xalq şoiri Erkin Vohidov tavalludining 90 yilligi hamda Özbekiston Qahramoni, xalq şoiri Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligiga bağişlangan foto körgazma va kitoblar taqdimoti bölib ötdi. Şuningdek, özbekistonlik san’atkorlarning ustoz ijodkorlar qalamiga mansub qöşiqlardan tayyorlagan konsert dasturi ham taqdim etildi. 6-noyabr kuni Anqara şahri Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Millat kutubxonasida yuqori saviyada tashkil etilgan uşbu xalqaro tadbirda TURKSOY Boş kotibi Sulton Rayev, Özbekistonning Turkiyadagi Favqulodda va muxtor elçisi Ilhom Haydarov, uyuşma rais örinbosarlari Minhojiddin Mirzo, Ğayrat Majid, Özbekiston xalq şoiri Usmon Azim hamda Turkiyadagi Çingiz Aytmatov instituti rahbari Ilyos Topsakal iştirok etdi. Şuningdek, anjumanda diplomatik korpus va xalqaro taşkilotlar vakillari, olimlar, adabiyot ixlosmandlari hamda uluğ adiblarimizning oila a’zolari – Abdulla Oripovning rafiqasi Hanifa Mustafoyeva, qizi Ruxsora Oripova, Erkin Vohidovning öğli Xurshid Vohidov qatnaşdi. Anjuman doirasida TURKSOY taşkiloti tomonidan ilk bor turk tilida çop etilgan Erkin Vohidovning "Söz latofati" hamda Abdulla Oripovning "Saylanma" kitoblarining taqdimoti ötkazildi. Mazkur naşrlar orqali endilikda turkiyalik kitobxonlar ham özbek şe’riyati va adabiyotining nodir namunalari bilan yaqindan tanişiş imkoniga ega böldi. Tadbir davomida şoirlarning hayot yöli va boy ijodiy merosini aks ettiruvçi maxsus videolavhalar ham namoyiş etildi. Uşbu nodir kitoblarni turk tiliga tarjima qiliş va naşrga tayyorlaşda ikki davlat mutaxassislari birgalikda ulkan mehnat qildi. Har ikki naşrning yuksal saviyada dunyo yuzini körişiga Özbekistonning TURKSOYdagi vakili Şavkat Ortiqov mas’ul böldi. Xususan, Erkin Vohidovning maşhur asarini Avazxon Umarov va Jihangir Demir, Abdulla Oripovning "Saylanma" kitobini esa Xayrulla Hamidov, Ma’rufjon Yöldoşev, Huseyin Baydemir, Saidbek Boltaboyev, Avazxon Umarov va Hulya Ergene katta mahorat bilan turk tiliga ögirdi. Mazkur xalqaro taqdimot marosimi va foto körgazma Özbekiston va Turkiya örtasidagi adabiy-madaniy aloqalarni, turkiy dunyo birligini yaʼni, yuksal bosqiçga olib çiqișda tarixiy qadam böldi. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Axborot xizmati
Open in Telegram⚡️Erkin Vohidov va Abdulla Oripov ijodi Turkiyada Özbek adabiyotining ikki yirik vakili — Erkin Vohidov va Abdulla Oripov asarlari turk tilida naşr etildi. 6-noyabr kuni Anqara şahridagi Turkiya Prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasida uşbu kitoblarning taqdimoti bölib ötdi. ✏️Erkin Vohidovning “Söz latofati” va Abdulla Oripovning “Saylanma” kitoblari endi turkiyalik kitobxonlar uçun ham oçiq. Bu naşrlar orqali ular özbek şe’riyati va adabiyotining öziga xos jihatlari bilan yaqindan tanişiş imkoniga ega böladi. Tadbirda TURKSOY Boş kotibi Sulton Rayev, Özbekistonning Turkiyadagi Favqulodda va muxtor elçisi Ilhom Haydarov, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisining birinçi örinbosari Minhojiddin Hojimatov, rais örinbosari Ğayrat Majid, Özbekiston xalq şoiri Usmon Azim, Turkiyadagi Çingiz Aytmatov instituti rahbari Ilyos Topsakal, diplomatik korpus va xalqaro taşkilotlar vakillari, şoirlarning oila a’zolari, olimlar va adabiyot ixlosmandlari iştirok etdi. Taqdimot davomida şoirlarning hayot yöli va ijodiy merosi aks etgan videolavhalar ham namoyiş etildi. Kitoblarni turk tiliga tarjima qiliş va naşrga tayyorlaşda özbekistonlik hamda turkiyalik mutaxassislar birgalikda işladi. Har ikki naşrga Özbekistonning TURKSOYdagi vakili Şavkat Ortiqov mas’ul böldi. ✏️Erkin Vohidov asarini Avazxon Umarov va Jihangir Demir, Abdulla Oripov “Saylanma”sini esa Xayrulla Hamidov, Ma’rufjon Yöldoşev, Huseyin Baydemir, Saidbek Boltaboyev, Avazxon Umarov va Hulya Ergene tarjima qilgan. Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube | Mediabank
Open in TelegramErkin Vohidovning “Söz latofati” asarini TURKSOY loyihasi o’laroq Jihangir Demir va kamina turkçaga ögirgandik. Yaqinda Abdulla Oripovning tanlangan şe’rlari va “Sohibqiron” şe’riy dramasini ham (Özbekistonning TURKSOYdagi rasmiy vakili Şavkat Ortiqov boşçiligida va tarjimonlar : Xayrula Hamidov, Hüseyin Baydemir, Ma’rufjon Yöldaşev, Saidbek Boltabayev, Hulya Ergene va kamina) turkçaga tarjima qildik. 6-noyabr Anqaradagi Respublika Millat kutubxonasida ushbu kitoblarning taqdimoti böladi. Keyinroq batafsil yoritaman. Kitoblar bilim dunyosiga qutluğ bölsin @shevashunos
Open in TelegramÖzbekiston Taşqi işlar vaziri örinbosari Mirvohid Azimov Turkiy davlatlar taşkiloti(TDT) Boş kotibi etib tayinlandi. Mirvohid aka ilmni ve kitobni qadrlaydigan inson! Bunga suhbatlarda va uchrashuvlarda guvoh bölganman. Sizga yangi va mas’uliyatli vazifangizda muvaffaqiyatlar tilayman! Alloh yuzingizni yoruğ qilsin! Kuch-quvvat tilayamn! @shevashunos
Open in Telegram#Тавсия Турк ёзғувчиси Фотиҳ Думаннинг “ДЕВОНА” китобини ўқияпман, жуда ажойиб экан, мутолаани севадиган кишиларга тавсия қиламан! Китобнинг туркчадан ўзбекчага ўгирган киши, Авазхон Умар акага ҳам раҳмат. Гўёки ўзбек ёзғувчиси ёзғондек самимият билан таржима қилинган! Ўқиганлар бўлса, китоб ҳақида изоҳ кутиб қоламиз... https://t.me/Adabiyot_olami
Open in Telegram#SDG17😄TDSHUda 2026-yil 15-16- dekabr kunlari “Butunjahon turkiy tillar oilasi kuni”ga bag‘ishlab “Turkiy yozma meros: sivilizatsiyalararo muloqot va raqamli kelajak” mavzuidagi uluslararo ilmiy yig‘ini o'tkaziladi. Ilmiy yig‘in kengashlari: 🔵Turkiy yozma yodgorliklarni qiyosiy-tarixiy o‘rganish: Qadgi turkiy bitiglarning tili, uslubi va poetikasi. 🔵Manbashunoslik va matnshunoslik masalalari: Qo‘lyozmalar va epigrafik yodgorliklarni tanqidiy matnini tayyorlash va paleografik tahlil muammolari. 🔵Kompyuter tilshunosligi va elektron korpuslar: Turkiy tillarning milliy va tarixiy elektron korpuslarini yaratish tajribasi. 🔵Raqamlashtirish va innovatsiyalar: Yasamaong (AI) va OCR texnologiyalarini qadimiy turkiy matnlarni deshifrovka qilish va restavratsiya qilishdagi tatbiqi. 🔵Muzeylashtirish va global integratsiya: Turkiy yozma merosni saqlashda xalqaro kutubxonalararo tarmoqlarni yaratish va madaniy turizmni rivojlantirish. Yig‘inda ilmiy ma’ruza bilan qatnashish: 🎤 Anjuman shakli: Aralash (jonli va ZOOM platformasi orqali). ✅ Anjuman tillari: o‘zbek, turk, ingliz, rus. 🔶 Maqola yuborishning so‘nggi kuni: 2026- yil 15- noyabr. 👨💻 Maqolalar yuboriladigan elektron pochta: [email protected] 🧾 Bog‘lanish telefoni (Telegram, WhatsApp): +998909658656 MAQOLALAR QABULI BO’YICHA BATAFSIL O'zbek tilida / Turk tilida / Ingliz tilida ✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press service of TSUOS 🌐Telegram |🌐Facebook |🌐Youtube 📹Instagram|🌐Twitter |🗄 tsuos.uz
Open in TelegramConnections
Similar channels
🇬🇧Ingliz Tilini O'rgan!@inglizchadarsLinguistics1.67K
🇸🇦ARABCHA SO'ZLASHISH🇺🇿@arabcha_sozlashishLinguistics1.66K
NARGIZA ERKABOYEVA BLOG@nargizaerkaboyevaLinguistics1.76K- Sojida Karimova@sojida_karimovaLinguistics1.8K
ТилиҒирром@tiligirromLinguistics1.58K
ALPHA SCHOOL@alphaschooluzLinguistics1.81K
Muhammad Umar mudarris C2@mudarrisarabiyLinguistics1.82K
TELC UZBEKISTAN (Profi Deutsch)@telc_uzbekistanLinguistics1.56K
Mentions
Madaniyat.uz I Rasmiy kanal@madaniyatvazirligi1 mention
𝗔𝗱𝗮𝗯𝗶𝘆𝗼𝘁 𝗢𝗹𝗮𝗺𝗶@adabiyot_olami1 mention
TDŞU • ТГУВ • TSUOS@tsuos1 mention