🟦🟦🟦🟦
🇺🇿 Prezident maktubida yoshlar ta’limiga e’tibor!
Prezident Shavkat Mirziyoyev nabirasiga yo‘llagan maktubida yoshlarning bilim olishi, o‘z iqtidorini ro‘yobga chiqarishi va tanlagan kasbi orqali yurtga naf keltirishining ahamiyatini ta’kidladi.
“Yurt kelajagi sen kabi millionlab yoshlarga bog‘liq ekanini aslo unutma! Ilm-ma’rifat o‘rganishga sidqidildan harakat qil! Chunki bilim va tafakkur bitmas-tuganmas boylikdir.”
Maktubda yoshlarning ilm-fandagi yutuqlari e’tirof etilib, xorijiy tillarni o‘rganish va zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanishga ham alohida e’tibor qaratildi.
“Har kuni bilim olishga, yangi ko‘nikma va tajriba orttirishga harakat qil!”
Prezident maktubidagi fikrlarga hamohang, SHARQ Universiteti o‘z iqtidorini ro‘yobga chiqarib, bilimi bilan yurt ravnaqiga hissa qo‘shadigan mutaxassislarni tayyorlashni muhim maqsad deb biladi.
Litsenziya | Instagram | Vebsayt | Telegram | Youtube