Posts of Shamsuddin Sadruddin
Yaxshiyam-ki, tirikman! Yaxshiyam-ki, xotiralar bilan tirikman! Yaxshiyam-ki, buning uchun Buyuk Yaratuvchiga shukr ayta olaman. Allohga sig‘ina olaman. Yaxshiyam-ki, «yaxshiyam-ki» deya olaman! Yaxshidir, yomondir, men bu – men, o‘zim. Etga o‘ralgan, his-tuyg‘ular bilan to‘ldirilgan bir butun narsa. Yaxshiyam-ki, menda latif, chuqur, anglab-anglatib bo‘lmas bir shuur bor. Bu shuur na qalbimda, na qalbimdan tashqarida. U yo‘qotganlarimni eslaganimda yuzimda paydo bo‘ladigan tabassum kabi iliq, yo‘qotgan vaqtimdagi yosh to‘la ko‘zim kabi g‘amgin. Baxtlimanmi? Yaxshiyam-ki, bilmayman. G‘amginmanmi? Yaxshiyam-ki, bunga ham amin emasman. Boshqa ko‘plab hislar borasida ham xuddi shunday taraddud ichidaman. Mana shu murakkab ikkilanish girdobida o‘qiyapman, yuguryapman, ovqatlanyapman, ishlayapman, suhbatlashyapman... yashayapman. Bu his shunchalar qochoq... ba’zan hech qachon bo‘lmagandek izsiz yo‘qoladi. Vaqt o‘tgach, yo o‘tmagach, yana qaytib kelib shivirlaydi: «Men shu yerda edim». Tushunarsiz. Yoki menga shunday tuyilyaptimi? Tuyish!? Yaxshiyam-ki, uning tushunarsizligini tuyyapman. Bu hech narsani tuymaslikdan yaxshi, menimcha. Menimcha!? Yaxshiyam-ki, mening o‘z «menimcha»m bor. Yana ming xil o‘y... Nimalarni o‘ylayotganim o‘zimdan boshqa kimga kerak aslida?! Bularni birovga oshkor etishga yetarlicha tirik ham emasman... Yaxshiyam. @Shamsuddin_Sadruddin
Open in TelegramXuddi shu to‘plamdan kerak bo‘lyapti. Arab diyoridagi kitob do‘konlarida o‘ralashib yurganlar bormi?
Open in TelegramDars o‘tyapman. Arab tili darsi. Bir so‘zning to‘rt xil ko‘plik shakli borligini aytdim. O‘quvchim savol berdi: «Nega bittasini aytib qo‘ya qolishmagan? Hayotni qiyinlashtirishdan nima foyda?» Ba’zilar kulib yubordi. O‘ylanib qoldim. Biroz sukutdan so‘ng aytdim: «Nega siz bir xil kiyim kiymaysiz? Nega doim har xil taom yeysiz? Hammasini bir xillashtirsangiz, yashash oson bo‘lmasmidi?» Yana kulgu ko‘tarildi. Bu safar hamma kuldi. Biz yashab turgan olam qonuniyatiga ko‘ra, bir xillik har qanday lazzatni lazzatsiz holga keltira oladi. Modomiki, bir kiyim avratni yopib, sovuqdan himoya qilar ekan, nega uning turlarini ko‘paytirganmiz? Demak, biz faqat satr va isinish uchun kiyinmaymiz. Bir oy bir xil taom yegan kishiga boshqa taom ko‘rsatilsa, ishtahasi qanday xuruj qilishini o‘ylab ko‘ring. Til - shunchaki aloqa vositasi bo‘lishdan ancha yuqori narsa. Kiyim va taomni xilma-xil qilib zavqlanganimizdek, nutqimizni boyitib ham zavqlanamiz. Mana shunda biz hayotga, hayot esa bizga qovog‘ini solmaydi! Faqat birgina muammo - tilga idish-tovoq va latta-puttalarga qaragan shavq to‘la nigohimiz bilan qaramaymiz-da. @Shamsuddin_Sadruddin
Open in TelegramAllohga hamd, Rasuliga salovatdan so‘ng: Hayo ajib tuyg‘u. U tortinchoqlikning ayni o‘zi emas, biroq sizni nimalardir qilishdan to‘sadi. Hayo ojizlik belgisi ham emas, ammo u qo‘l-oyog‘ingizni bog‘laydi. Hayo – ba’zan ko‘ngilni xijil qiladigan xijolatdan o‘zga nimadir. To‘g‘ri, hayo gunohlardan tiyib turuvchi buyuk fazilat. Ammo bu – uning eng yoqimli shakli degani emas! Sufyon ibn Uyayna sakson marta haj qilganlar. Har haj safarida: «Ey Alloh, bu hajni oxirgisi qilmagin!» deb iltijo qilar edilar. Ammo so‘nggi hajlarida odatdagi duoni aytmadilar. Yaqinlari sababini so‘rashdi. U kishi: «Robbimdan hayo qildim», deb javob berdilar. Alloh saksonta so‘rovni rad etmagach, sakson birinchisini aytishga xijolat bo‘libdilar bu kishi. Menimcha, eng totli hayo – Alloh rahmatini tashlayverib bandasini uyaltirib yuborishi bo‘lsa kerak. Biz so‘rovdan toliqamiz yoki uyatdan to‘xtaymiz, Alloh esa ijobatdan na toliqadi, na uyatdan to‘xtab qoladi. «Qani, so‘ramaysanmi, so‘rashdan uyalyapsanmi!?» – degan ilohiy sasni tuyish naqadar maroqli bo‘lardi, tasavvur qilib ko‘ring! Barchamizga shunday hayo nasib etsin! @Shamsuddin_Sadruddin
Open in TelegramShu oktabr oyida jami 24 ta qo‘rqinchli (horror+thriller) filmlar premyerasi bo‘lar ekan! Ular orasida eng yuqori baho olishi kutilayotgani - «Other Mommy». Kino olami bizni qo‘rqitishga urinmoqda chog‘i... )
Open in Telegram«Oldin hech bo‘lmagandek... bir qushning o‘limidek... tashlandiq cherkov, o‘tkinchi muhabbat, qor ostida qolib ketgan guldek... unutilib ketasan!» (Mahmud Darvesh) @Shamsuddin_Sadruddin
Open in Telegram«Tarix birinchi marta fojia sifatida, ikkinchi marta esa kulgi sifatida takrorlanadi». (Karl Marks) @Shamsuddin_Sadruddin
Open in TelegramQachondir: «Bizni faqat o‘lim ayiradi», degan edik. O‘lim ham kela qolmadi... Ayrildik! (Mahmud Darvesh) @Shamsuddin_Sadruddin
Open in TelegramBilmay seni «vatan» debman, ona! Vatanlar istilo qilinib, tortib olinishini unutibman-ku... (Mahmud Darvesh, falastinlik yozuvchi) @Shamsuddin_Sadruddin
Open in Telegram«Silo» distopik filmlar ichida birinchi o‘rinlarda turibdi. Distopik film bu – hamma narsa joyidadek ko‘rinadigan, ammo aslida yashash qo‘rqinchli bo‘lgan jamiyat haqidagi film.
Open in Telegram#Silo Insonni xavfsiz saqlash uchun undan haqiqatni yashirish mumkinmi? Agar haqiqat odamlarni halokatga olib kelishi mumkin bo‘lsa, uni bilishga haqqimiz bormi? Siz ko‘rayotgan narsa haqiqatmi yoki sizga ko‘rsatilayotgani? Bir kun kelib, insoniyat tashqi dunyodan butunlay uzilib qolsa, nima bo‘ladi? Apple TV tarafidan ishlangan ilmiy-fantastik distopik serial - «Silo» aynan mana shu savollar atrofida aqlingizni band qiladi. Tasavvur qiling: Yer yuzi yashash uchun yaroqsiz. Tashqarida havo zaharli. Osmonni ko‘rishning iloji yo‘q. Daraxtlar yo‘q, qushlar yo‘q, tabiat yo‘q. Shuning uchun minglab insonlar yer ostiga - ulkan, yuzlab qavatli, o‘n minglab odam yashay oladigan bunkerlarga - Siloga joylashtirilgan. Ularga bitta qoida aytiladi: «Tashqariga chiqish mumkin emas!». Chiqmoqchi bo‘lgan odam esa Silo jamiyatidan «tozalanishi» kerak. Ammo eng qizig‘i boshqa narsada: Bu odamlar tashqi dunyo qanday bo‘lganini bilishmaydi. Ularning tarixining katta qismi o‘chirilgan. Nima sababdan Silo qurilgani, undan oldin nima bo‘lgani, nega tashqariga chiqish ta’qiqlangani - bularning barchasi sir. Serial sizni o‘ylashga majbur qiladi: - Sizga butun hayotingiz davomida aytilgan haqiqat aslida yolg‘on ekanini bilsangiz nima qilasiz? - Agar siz yashayotgan dunyo haqida bilganlaringizning barchasi kimdir tomonidan ataylab tanlab berilgan bo‘lsa-chi? - Siz haqiqatni izlay boshlaganingizda sizga qarshi oddiy bir odam emas, butun bir tizim tursa-chi? Xullas, hozircha 3 fasldan iborat «Silo» seriali hokimiyat, nazorat, tarix, xotira, erkinlik va haqiqat tushunchalari haqida so‘z yuritadi. Rosa o‘ylantiruvchi film bo‘libdi. @Shamsuddin_Sadruddin
Open in TelegramAllohga hamd, Rasuliga salovatdan so‘ng: Haqiqat - jismdangina iborat bo‘ladigan darajada jo‘n emas. Haqiqat - ko‘z bilan ko‘rsa bo‘ladigan darajada oddiy emas. Haqiqat - bir ongga sig‘adigan darajada mitti ham, bir qalbga sig‘maydigan darajada bepoyon ham emas. Haqiqat - izlasangiz o‘zini sizga sezdiradigan, biroq aslo tutilmaydigan qochoq. Haqiqat - yolg‘onning ayni teskarisi. Ammo haqiqatgacha mingta yolg‘onni «haqiqat» sanaysiz. Haqiqatning «mana, yetib keldim», deyiladigan marra chizig‘i yo‘q... Temir - Yerda mavjud Yerga yot jism. Haqiqat ham temirga o‘xshaydi. U dunyomizda bor, ammo unga oid emas. Haqiqat izlaganlarga tun xayrli o‘tsin! ;) @Shamsuddin_Sadruddin
Open in Telegram