Kapalakday kelib, Qoshingga qo‘nib, Ko‘zingga termulib umrim o‘tsaydi... Nima ham ko‘ribman men yigit bo‘lib? Sochingni silashga qo‘lim yetmaydi. Peshonam shu ekan, peshonang shudir, Tushimga kir endi, tushlarimga kir. Tovoning o‘padi ariqdagi suv, Ko‘ylaging etagin o‘padi maysa. Men-chi, bir giyohcha bo‘lolmadim-ku, Ey, ko‘zlari jayron, kiprigi nayza! Peshonam shu ekan, peshonang shudir, Tushimga kir jonim, tushlarimga kir. Ko‘chib borayotir bu umr — karvon, Kunlarning bo‘ynida yurak qo‘ng‘iroq. Men senga armonu sen menga armon, Ko‘nglimning to‘rida tutar shamchiroq. Peshonam shu ekan, peshonang shudir, Tushimga kir jonim, tushlarimga kir... Kapalakday kelib, qoshingga qo‘nib, Ko‘zingga termulib umrim o‘tsaydi. Qoldingu bag‘rimda jonimdek bo‘lib, Sochingni silashga qo‘lim yetmaydi. Peshonam shu ekan, peshonang shudir, Tushimga kir jonim, tushlarimga kir... Muhammad Yusuf
Open in TelegramPosts of Sen va Choy
Juda ham eskirib ketdi hayotim Gado egnidagi juldur libosday. Ko'nglim ham kimlardir qo'lini artib, G'ijimlab tashlangan kirchil qog'ozday... Tuyg'ularim so'niq, hislarim tolgan. Mog'orlab yotibdi eski orzular, Hattoki o'zim ham kechadan qolgan. Juda ham eskirib ketdi hayotim... Halima Ahmad
Open in TelegramForwarded from Ahmad Ali Dilmurod
*** maktub yozasan "uzoq öylanib" maktubga tikilib turasan söng, unga yuborasan. maktub keladi u oçib öqiydi maktubni uning ostida sening isming "u quvonib ketadi" u ahamiyat bermaydi - maktubning böş ekaniga. @ahmadali_writer tez orada: «dilm» kitobi
Open in Telegram"Havosan" dedilar, havolanmadim, Navosiz dillardan navolanmadim, Ishq degan bir dardga – senga chalindim, Xastang bo'lgim keldi, davolanmadim. O'zingni topganda o'zni unutdim, Bahorga yetganda kuzni unutdim. Sirlar g'orin topdim, lek seni ko'rgach, Eshik ochar sirli so'zni unutdim Guljamol Asqarova
Open in TelegramKelmaysan... Qo'limda muzlaydi qahva. Vujudimda sog'inch olar alanga. Azoblar ayovsiz kular qah-qah va Ruhimda baxt ismi ketadi zanglab. Rayhona Davronova
Open in TelegramDunyo hali noraso, hali o'rtamizda chopar ayriliq, chaqiramiz bir-birimizni, og'zimizni yopar ayriliq. Nafrat yashar dunyoda, hali yozilganday qaysi kitobda Muhabbatning asrini kutib, o'tiribmiz ikki qutbda... Shavkat Rahmon
Open in TelegramKetmay tur... Men hozir chiqaman boqqa. Senga aytar so'zga yuragim to'ldi... Umrim tugayotgan bu tig'iz chog'da Xotiramda faqat sen qolsang bo'ldi. Usmon Azim
Open in TelegramMeni avval hurmat qil, keyin sev.. Yerga uradigan bo'lsang, sevma! Haqorat qiladigan bo'lsang, sevma! G'ururimni toptaydigan bo'lsang, sevma! Ozor beradigan bo'lsang, sevma! Jerkib, siltaydigan bo'lsang, sevma! Yaxshisi, meni sevma.. Faqat hurmat qilsang bas! Nodirabegim
Open in TelegramForwarded from Rayhona Davronova
Kimni qayerdan izlashni biling. Unutmang, bahonalar ortida mardlar yashamaydi! A.Z.
Open in Telegram