Izlanuvchilikka oʻqishga qabul qilindingizmi yoki kelgusida izlanuvchi boʻlmoqchimisiz? Sizga beriladigan mavzungizni rejasini tuzib keling degan topshiriq qoʻyiladi. @IzlanuvchiroadBot ning "Individual dissertatsiya ilmiy rejasi" xizmatidan foydalaning. Bunda mavzu, ixtisoslik va ilmiy darajangizga moslashtirilgan individual mundarija va kirish qismi loyihasi tayyorlanadi. Foydalanishdan oldin namunalar bilan tanishing. ✅ @scientific_servicess
Open in TelegramPosts of Izlanuvchilar maktabi
"Qanchalik yolg'iz boʻlmagin, o'zingni qanchalik tanho his qilmagin, agar ishingni chin dildan va vijdonan qilsang, notanish do'stlar oʻzlari seni izlab keladi." ✅ @scientific_servicess
Open in TelegramImtihon va suhbat natijalarini daraja.ilmiy.uz dagi shaxsiy kabinetingiz orqali holatini tekshirib ko'rishingiz mumkin. ✅ @scientific_servicess
Open in TelegramIlmiy rahbarlikka talab kuchaymoqda Ilmiy rahbarlik — faqat ilmiy daraja emas, shogirdni ilmiy yo‘lga to‘g‘ri yo‘naltirish va himoyagacha olib borish mas’uliyatidir. Amaldagi tartibga ko‘ra, ilmiy unvoni bo‘lgan fan nomzodi yoki PhD bir vaqtning o‘zida 2 nafargacha izlanuvchiga ilmiy rahbarlik qilishi mumkin. Agar so‘nggi uch yilda izlanuvchilari o‘z vaqtida himoya qilgan bo‘lsa, ta’lim yoki ilmiy tashkilotning kollegial organi xulosasi asosida unga 3 nafargacha izlanuvchi biriktirilishi mumkin. 2027-yilgi qabuldan boshlab esa ilmiy rahbarlarga to‘lov tizimi ham o‘zgaradi: har oylik to‘lov o‘rniga natijaga bog‘langan bir martalik rag‘batlantiruvchi to‘lov joriy etiladi. 2026-yil 1-sentabrdan MHEKM 1 360 000 so‘m etib belgilanganini hisobga olsak: Hirsh indeksi 5 dan kam ilmiy rahbarlarga — 54,4 mln so‘mgacha; Hirsh indeksi 5 dan yuqori ilmiy rahbarlarga — 108,8 mln so‘mgacha to‘lanishi mumkin. Bu endi ilmiy rahbarlikda “nomiga biriktirish” emas, balki tajriba, ilmiy unvon, o‘z vaqtida himoya va xalqaro ilmiy faollik muhim bo‘lishini anglatadi. 👉 @ilmiy_darajali_kadrlar
Open in TelegramSun’iy intellekt kirib kelmoqda. Biz esa ertangi iqtisodiyotga kimlarni tayyorlayapmiz? Xalqaro mehnat tashkilotining 2025-yilgi tadqiqotiga ko‘ra, dunyodagi har to‘rt nafar band insondan birining kasbi generativ sun’iy intellekt ta’siriga uchrashi mumkin. Bu ularning barchasi ishsiz qolishini anglatmaydi. Ammo ko‘plab kasblarning mazmuni o‘zgaradi, ayrimlariga esa ehtiyoj kamayadi. Oliy ta’limdan keyingi ta’limda ustuvor yo‘nalishlarni belgilab, ilmiy darajali kadrlar tayyorlashni boshlandi. Lekin bog‘chadan boshlab, maktab, texnikum, kollej va oliy ta’limgacha ertangi iqtisodiyot uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha yagona yondashuvimiz bormi? Tasavvur qiling, ertaga minglab insonlar o‘z kasbiga bo‘lgan talab kamaygani sababli boshqa kasbni o‘rganishga majbur bo‘ldi. Ularga kim o‘rgatadi? O‘qituvchilarimiz bunga tayyormi? Yangi o‘quv dasturlarimiz bormi? Menda bu haqida ma'lumot yo'q, balki bordir, bo'lsa yaxshi, bo'lmasachi? Menimcha, hozirdanoq mamlakatimizda kasblarning texnologik o‘zgarishlar xaritasini shakllantirishimiz, uning asosida ta’lim dasturlarini yangilashimiz va, eng avvalo, o‘qituvchilarning o‘zini tayyorlashimiz kerak. Sun’iy intellektni joriy etish — texnologik masala. Jamiyatni unga tayyorlash esa davlatning strategik vazifasidir. Bu masalalarni ishsizlik yuzaga kelganidan keyin emas, bugun o‘ylashimiz kerak. Menimcha, kech qolyapmiz, kech... ✅ @scientific_servicess
Open in Telegram#Kechki mulohaza... Instagramdan chiqib, bir daqiqa o‘tmay yana Instagramga kiramiz. Go‘yo u yerda bizni nimadir kutayotgandek... Eng achinarlisi, virtual dunyoda vaqt o‘tkazib, haqiqiy hayotimiz o‘tib ketayotganini sezmayapmiz. ✅ @scientific_servicess
Open in TelegramSun’iy intellekt davrida kim ishsiz qoladi? Texnologik taraqqiyot tarixida ayrim kasblar qisqargan, boshqalari esa yangidan paydo bo‘lgan. Ammo eski kasb egasi avtomatik ravishda yangi kasb mutaxassisiga aylanib qolmaydi. Buning uchun yangi bilim va ko‘nikmalar kerak. Bu holat olimlarga ham tegishli. Kecha yetarli bo‘lgan tadqiqot metodlari ertaga eskirishi mumkin. Shuning uchun ilmiy daraja olish rivojlanishning yakuni emas, yangi bosqichining boshlanishidir. Kelajakda insonning eng qimmatli ko‘nikmalaridan biri — o‘rganishni to‘xtatmaslik qobiliyati bo‘ladi. ✅ @scientific_servicess
Open in TelegramPhD dissertatsiyasi 60 betdan oshmasligi kerakmi? Ko‘pchilik dissertatsiya hajmiga qo‘yilgan talabni noto‘g‘ri tushunadi. Amaldagi talabga ko‘ra, PhD dissertatsiyasi 60 varaqdan oshmasligi kerak. Bunda varaqning oldi va orqa tomoniga matn tushirilishi nazarda tutilgan. Oddiy qilib aytganda: ✅ PhD dissertatsiyasi — ko‘pi bilan 120 bet. ✅ Ijtimoiy-gumanitar fanlarda — 30 foizgacha ko‘proq, ya’ni 156 betgacha. ✅ Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalar bu hajmga kiritilmaydi. Dissertatsiya kirish qismi, kamida 3 ta bob, asosiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lishi kerak. ✅ @scientific_servicess
Open in TelegramStajyor-tadqiqotchi va izlanuvchilarni bir ilmiy yoki taʼlim tashkilotidan boshqasiga koʻchirishga yoʻl qoʻyilmaydi. ✅ @scientific_servicess
Open in Telegram🇦🇹 VENADA 3 OYLIK ILMIY TADQIQOT UCHUN 10 200 YEVROGACHA STIPENDIYA! Avstriyaning IWM instituti Digital Humanism Fellowship 2027–2028 dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Tadqiqot yo‘nalishlari: — Sun’iy intellekt va jamiyat; — Sun’iy intellekt va geosiyosat; — Sun’iy intellekt va madaniyat. Oylik stipendiya: Doktorantlar uchun — 2 750 yevro; PhD darajasini olganiga 4 yildan oshmagan tadqiqotchilar uchun — 3 400 yevro. Davomiyligi — 3 oy. Barcha mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston tadqiqotchilari ham qatnashishi mumkin. Institut bepul ish joyi, internet, ilmiy infratuzilma va ish kunlarida tushlik bilan ta’minlaydi. Safar va yashash xarajatlari stipendiya hisobidan qoplanadi. Arizalar 2027-yil 14-yanvargacha qabul qilinadi. Batafsil ma’lumot va ariza topshirish ✅ @scientific_servicess
Open in TelegramHayotingni izga solmoqchi bo‘lsang, avvalo ibodatlaringni izga sol. ✅ @scientific_servicess
Open in Telegram🎓 DSc dissertatsiyasini ilmiy konsultantsiz tayyorlash mumkinmi? Ha, mumkin! Bu imkoniyat qonunchilikda aniq belgilangan. Vazirlar Mahkamasining 304-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 7-bandiga ko‘ra, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqotlari ilmiy konsultant tayinlanmasdan ham amalga oshirilishi mumkin. PhD ilmiy darajasiga ega tadqiqotchi DSc dissertatsiyasini tayyorlamoqchi. Unga ilmiy konsultant tayinlanmaganining o‘zi tadqiqot olib borishga to‘sqinlik qilmaydi. ✅ @scientific_servicess
Open in TelegramDissertatsiya mavzusi necha marta o‘zgarishi mumkin? Tahlillarimizga koʻra, ayrim dissertatsiya mavzulari bir necha marta qayta ro‘yxatdan o‘tgan: 🔹 PhD bo‘yicha hozircha eng yuqori holat — 3 marta qayta ro‘yxatdan o‘tish. Ya’ni bir mavzu jami 4 marta qayd etilgan. 🔹 DSc bo‘yicha esa — 4 marta qayta ro‘yxatdan o‘tish. Bir mavzu jami 5 marta ro‘yxatga kiritilgan. Muhimi, bu qoidabuzarlik emas. Amaldagi tartibga ko‘ra, dissertatsiya himoyaga qabul qilingunga qadar uning mavzusiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Qayta ro‘yxatdan o‘tish ham har doim mavzu butunlay o‘zgarganini anglatmaydi — ayrim holatlarda faqat ma’lumotlar yangilanadi. 📌 Asos: “Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom, 13-band. ✅ @scientific_servicess
Open in TelegramXorijda 2–4 haftalik ilmiy stajirovka — €3 500 grant! Xalqaro BioEM Society tashkiloti 2027-yil uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovka (Short-Term Mission) dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Moliyalashtirish — €3 500 Davomiyligi — odatda 1 oy, asoslantirilgan hollarda 2 hafta. Kimlar qatnashishi mumkin? ✅ Bakalavr darajasiga ega magistrantlar va doktorantlar; ✅ PhD darajasini so‘nggi 5 yil ichida olgan, 35 yoshdan oshmagan yosh olimlar. Yo‘nalishlar: biofizika, bioelektromagnetizm, biotibbiyot muhandisligi hamda elektromagnit maydonlarning biologik tizimlarga ta’siri bilan bog‘liq tadqiqotlar. Tashkilot stajirovka o‘tash uchun xorijiy laboratoriyalar ro‘yxatini ham shakllantirgan. Ariza topshirish muddati: 20-dekabr 2026-yil. Rasmiy ma’lumot: https://bioem.org/stm-low-middle-income-countries/ Xorijiy laboratoriyalar ro‘yxati: https://bioem.org/host-suggestions-stm/ ✅ @scientific_servicess
Open in Telegram#Kechki mulohaza... Hamma narsadan xabardor bo‘la turib, hech narsani bilmagandek sukut saqlashni o‘rgandim. Chunki donolik hamma narsani bilishda emas, bilganlaringning qaysi birini aytmaslik kerakligini anglashdadir. ✅ @scientific_servicess
Open in Telegram2028-yildan doktoranturaga imtihonsiz qabul: bu adolatli bo‘ladimi? Har yili kirish imtihonlaridan keyin turli e’tirozlarni eshitamiz. Kimdir baholashdan, kimdir komissiya qaroridan norozi. Endi esa imtihonsiz qabul tartibi ham bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. 2026-yil 10-apreldagi PF–58-son Farmonga ko‘ra, 2028-yilgi qabul uchun yangi tizimni joriy etish nazarda tutilgan. E’tibor bering, qabul faqat magistratura baholariga qarab amalga oshirilmaydi! Talabgorning magistraturadagi baholari, nashr etilgan ilmiy ishlariga beriladigan ballar va xorijiy til sertifikati uchun beriladigan ballar umumiy yig‘indisi asosida reyting shakllantiriladi. Albatta, ilmiy ishlarning sifati, mavzuga mosligi va haqiqiy ilmiy qiymatini xolis baholash juda muhim. Bularning aniq mezonlari yangi tartibda belgilanishi kerak. Mening fikrimcha, qabul imtihon bilan bo‘ladimi yoki ballar yig‘indisi asosidami — eng muhimi, baholashning adolatli va shaffof bo‘lishidir. Lekin talabgor ham o‘z ustida ishlashni unutmasin. Kuchli bilim, haqiqiy ilmiy natija va puxta tayyorgarlik har qanday tanlovda sizning eng katta ustunligingizdir. ✅ @scientific_servicess
Open in TelegramO‘qiganingizdan nima qoldi? O‘nta maqola o‘qidingiz. Endi ularni yopib, o‘z tadqiqotingiz uchun nima olganingizni ayta olasizmi? Har bir manbadan keyin uch jumla yozib ko‘ring: — Muallif nimani aniqlagan? — Qaysi savol ochiq qolgan? — Bu mening ishimga nima beradi? Masalan, maqolada bir usul samarali ekani ko‘rsatilgan. Siz esa uning boshqa sharoitda ham ishlashini tekshirmoqchisiz. Bunda avvalgi natija qanday sharoitda olinganini tushunish kerak. Shundagina o‘z tajribangizni asosli rejalashtirasiz. Ilmiy rahbar bilan suhbatda ham shu yozuvlar qo‘l keladi: qaysi fikrga qo‘shilasiz, nimani tekshirasiz, keyingi qadam nima — muhokama aniq bo‘ladi. Bugun bitta maqolani tanlang. Shu uch jumlani yozing. Javob chiqmasa, uni yana bir bor, aniq savol bilan o‘qing. ✅ @scientific_servicess
Open in Telegram🇩🇪 Germaniyada 6 oygacha ilmiy fellowship — €10 000 gacha grant Bayer Foundation Scientific Fellowships 2027 dasturiga arizalar ochildi. O‘zbekistonda tahsil olayotgan nomzod fellowship’ni Germaniyadagi ilmiy tashkilotda o‘tashi mumkin. Dastur ilmiy loyiha, stajirovka va xalqaro tadqiqot tajribasini qo‘llab-quvvatlaydi. ✅ €10 000 gacha moliyalashtirish ✅ 6 oygacha tadqiqot yoki stajirovka ✅ magistr va PhD talabalari uchun ✅ tibbiyot va veterinariya talabalari ham qatnasha oladi Yo‘nalishlar: 💊 Drug Discovery Sciences 🌱 Agricultural Sciences 🩺 Medical Sciences 🌍 Climate & Health Ariza beruvchi Germaniyadagi mos ilmiy tashkilot va loyihani o‘zi topishi kerak. Fellowship 2027-yil 1-avgustdan keyin boshlanishi mumkin. 📅 Oxirgi muddat: 18-yanvar 2027-yil. Rasmiy sahifa: https://www.bayer-foundation.com/en/science/fellowships 6 oy Germaniyada ilmiy tajriba va €10 000 gacha grant — ayniqsa yosh tadqiqotchilar uchun juda kuchli imkoniyat. ✅ @scientific_servicess
Open in Telegram