Account

Posts of SAT Ustama

newest first

#2306Text
Views1,160+24%vs avg
Forwards—
Reactions17
Comments—
#2302Photo

Forwarded from UzChess

🇺🇿 O‘ZBEKISTON — IKKI KARRA SHAXMAT OLIMPIADASI CHEMPIONI! Samarqandda tarix yozildi! O‘zbekiston Ukraina bilan uchrashuv tugashidan oldin chempionlikni matematik jihatdan kafolatladi. Chunki Hindiston so‘nggi turda Vengriya bilan 2:2 durang o‘ynadi. O‘zbekiston 10 turdan keyin Hindistondan bir ochko oldinda edi: 18 ga 17. Bu yo‘l oson bo‘lmadi. O‘zbekiston musobaqaning dastlabki 7 turining barchasida g‘alaba qozondi. Hal qiluvchi bahslarda Hindiston ustidan 2.5:1.5, Xitoy ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonildi. 8-turda Germaniya g‘alabali seriyani to‘xtatdi, ammo jamoamiz darhol o‘zini tikladi: 9-turda turnirning birinchi raqamli saralangan jamoasi — AQSh mag‘lub etildi, 10-turda esa Armaniston 3.5:0.5 hisobida taslim etildi. Va nihoyat — Ukrainaga qarshi so‘nggi g‘alaba oltin medal masalasini hal qildi. 🇺🇿O‘zbekiston tarkibi: Javohir Sindarov Nodirbek Abdusattorov Nodirbek Yakubboyev Shamsiddin Vohidov Muhiddin Madaminov Jamoa sardori — sobiq jahon chempioni Rustam Qosimjonov. Ushbu tarkibdagi to‘rt nafar shaxmatchi 2022-yilda Chennai Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan jamoada ham o‘ynagan. O‘zbekiston shaxmatining so‘nggi uch Olimpiadadagi natijasi esa alohida e’tiborga loyiq: 🥇 2022, Chennai — OLTIN 🥉 2024, Budapesht — BRONZA 🥇 2026, Samarqand — OLTIN Demak, O‘zbekiston ketma-ket uchta Shaxmat olimpiadasini medalsiz tark etmadi va to‘rt yil ichida ikkinchi bor Open bo‘limida jahonning eng kuchli terma jamoasi bo‘ldi. Eng o‘ziga xos jihati — bu safargi chempionlik o‘z uyimizda, Samarqandda qo‘lga kiritildi. 2022-yilda O‘zbekistonning Olimpiadadagi oltin medalini tasodif yoki bir martalik muvaffaqiyat deb baholaganlar ham bor edi. Ammo 2026-yilda jamoamiz butun turnir davomida kuchli va ishonchli o‘yin namoyish etib, yana shohsupaga ko'tarildi. Bu safar yigitlarimiz faqat chempion bo‘libgina qolmay, 2022-yildagi oltin tasodif bo‘lmaganini va O‘zbekiston bugun dunyoning eng kuchli shaxmat terma jamoasi ekanini amalda isbotladi. O‘ZBEKISTON — 46-BUTUNJAHON SHAXMAT OLIMPIADASI CHEMPIONI! 🇺🇿🏆 Chempionlarimizni va butun O‘zbekiston xalqini ushbu tarixiy g‘alaba bilan chin qalbdan tabriklaymiz! 👋👋👋👋👋👋 👉 Batafsil ma’lumot YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova

Open in Telegram
Views2,210+137%vs avg
Forwards—
Reactions15
Comments—
#2292Text
Views1,840+97%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#2291Text

EASYalgebra Dictionary 1 Total-jami Cost-narx Lease-ijaraga olmoq Car -mashina For-uchun Month -oy From-dan Particular-ma’lum bir Dealership-dillerlik Given -berilgan By-orqali Where-qayerdaki Payment -to’lov When-qachonki And-va Purchased-sotib olmoq Shirts-ko’ylak Pants-shim Store-do’kon Price-narx Each-har bir Same-bir xil Pair-juft Linear -chiziqli Equation-tenglama Represent-ko’rsatadi Sell-sotmoq Two-2 Diffrent-turli Size-razmer,o’lcham Certain-ma’lum Number-soni Smaller-kichikroq Larger-kattaroq According to-ga ko’ra Each-har bir Line-chiziq Degined-anqilanadi XY plane-XY tekislik Slope-burchak koeff. Point -nuqta Solution-yechim Which-qaysi Following-quyidagi Inequalities-tengsizliklar Value-qiymat Satisify-qanoatlantiradi Front-oldi Roller coaster car-atraksion Bottom-tubi Hill-tepalik Above-yuqorida Feet-fut Ground-yer Rise-oshmoq,ko’tarilmoq Rate-tezlik Per-har After-keyin Start up-yurmoq Distance-masofa Since-dan beri Move-harakatlanmoq Interpretation -izoh,sharh Relationship-aloqadorlik Make-qilmoq Down-tushirmoq Situation-vaziyat Buy=bought-sotib olmoq Bead-munchoq,marjon Red-qizil First-birinchi Secon-ikkinchi Together-birgalikda At least-kamida Table-jadval Three-3 Corresponding-mos Rent-ijaraga olmoq Consists of-iborat Service-xizmat Fee-to’lovi Hour-soat Rental-ijara Rent -ijaraga olmoq Person-shaxs Intend-reja qilmoq Spend -sarflamoq Shipping-yetkazib berish Charge-to’lov Customer-mijoz Ship-yetkazib bermoq Small-kichik Large-katta Box-quti How many-qancha Line-chiziq Passes through-orqali o’tadi Petting zoo-hayvonot bog’i Sell-sotmoq Type-tur Ticket-chipta Admission fee-kirish to’lovi Only-faqat Include-o’z ichiga olmoq Food-ovqat Give-bermoq Animal-hayvon One-1 Saturday-shanba Collect-yig’moq Can be used-foydalanish mumkin Find -topmoq

Open in Telegram
Views2,130+128%vs avg
Forwards—
Reactions6
Comments—
#2288Text

❗️Iltimos to’liq o’qib chiqing va savollar bo’lsa @Shaxzodsat ga yozib o’zimdan javob olishingiz mumkin. ✅SAT sertifikatini olib 50% ustamaga ega bo’lmoqchi bo’lgan ustozlar uchun 0 dan kurslarni boshlamoqchimiz. 1️⃣Natijaga kafolat bormi ? SAT imtihonida savollar takrorlanadi.Kurs davomida biz oldingi yil tushgan savollar va collageboard tashkiloti tavsiya qilgan testlarni ishlab chiqamiz.Bunda tashqari dastlabki oyda moslashish uchun nisbatan oson bo’lgan kitobni tahlil va tarjimasini o’rganamiz.Oxirida esa imtihondan qiyinroq bo’lgan mock testlar ishlaymiz.Agar topshiriqlarni astoyidil bajarsangiz o’tish balidan ham ancha yuqori bal bilan imtihondan o’tasiz inshaalloh.Buni 100 marta emas 300-400 martalab kursimiz a’zolari isbotlab berishdi. 2️⃣Qanday bilim va ko’nikmalar talab etiladi ? Asosiysi 2 ta ma’suliyat va matematika fundamental bilim.Kamida 9-sinfgacha matematikani ishlay olishingiz va o’zingizni majburlab 2 oy dars qilishingiz kerak.Savollar ingliz tilida bo’ladi va siz ingliz tilini bilmaysiz.Ammo bu katta to’siq emas.Negaki asosiy so’zlar takrorlanadi.1 oy sabr bilan dars qilsangiz 2-oydan masalalarni mustaqil tarjima qila boshlaysiz.Ko’pchilik muammo til bilmasligimda deb o’ylaydi.Lekin matematika til tanlamaydi. 3️⃣Qachon boshlaymiz va qachon topshiraman ? Imtihon 7-noyabrda.Darslarni esa 7-sentabrdan boshladik.Jonli dars haftada 3 kun toq kunlari va qolgan kunlari qo’shimcha test hamda video yechimlar beriladi.Dars vaqti 19:30 da..Ulgurmay qolgan darslaringiz yozib olingan videosidan o’rganib olishingiz mumkin. 4️⃣Kurs narxi qancha va qanday to’lash mumkin ? Kursni oyma-oy 200 mingda bo’lib to’lash mumkin.2 oylik to’lovni birdaniga to’lasangiz chegirmada 2•200=400 ming emas 300 ming To’lov uchun karta raqam Rasulov Shaxzod 9860-1606-4954-7629 Kurs ma’qul kelib to’lov qilsangiz chekini @Shaxzodsat ga tashlang

Open in Telegram
Views2,260+142%vs avg
Forwards—
Reactions4
Comments—