Har bir talabaning o‘z orzusi, o‘z maqsadi va o‘z hikoyasi bor… Kimdir onasiga qo‘ng‘iroq qilib: «Ona, men grant yutdim!» deya quvonchini baham ko‘radi. Yana biri do‘stiga: «Men yotoqxonaga joylashdim, bu yerda hammasi yaxshi!» deya xushxabar yetkazadi. Yana bir talaba esa: «Men Polshaga grant asosida o‘qishga ketyapman!» deya hayajon bilan xabar beradi. Har bir qo‘ng‘iroq ortida bir orzu, har bir quvonch ortida katta mehnat va intilish bor. Sarbon universitetida har bir talabaning yutug‘i muhim, har bir xushxabari esa biz uchun faxr!
Open in Telegram
Sarbon Universiteti
Qabul bo’limi: @sarbon_uni 📚 30+ ortiq yo'nalishlar 🎓O'zbekistonda tan olinadigan diplom 📞 78 888 22 88 📍Toshkent shahar, Olmazor tumani, Paxta MFY, Sag'bon ko'chasi , 290-uy
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 4, 2026 | 12,500 |
| Nov 6, 2026 | 10,400 |
| Nov 9, 2026 | 9,230 |
| Nov 12, 2026 | 8,670 |
| Nov 14, 2026 | 7,480 |
| Nov 16, 2026 | 7,190 |
| Nov 17, 2026 | 5,640 |
| Nov 18, 2026 | 6,750 |
| Nov 19, 2026 | 6,230 |
| Nov 20, 2026 | 7,020 |
| Nov 21, 2026 | 6,740 |
| Nov 24, 2026 | 4,690 |
| Nov 26, 2026 | 3,840 |
| Nov 27, 2026 | 3,190 |
Most viewed this month
- 01Views12.5KForwards—Reactions—Comments—
- 02Views10.4KForwards—Reactions—Comments—
- 03Views9.23KForwards—Reactions—Comments—
- 04Views8.67KForwards—Reactions—Comments—
Latest posts
🚀 SARВON UNIVERSITETIDA TEXNOLOGIYA VA INNOVATSIYALAR! Sarbon universitetida Korzinka kompaniyasining Head of Tech & Innovations in Logistics lavozimida faoliyat yuritayotgan Saidsulton Gulomov ishtirokida qiziqarli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida zamonaviy logistika, texnologik innovatsiyalar va ularning amaliyotdagi o‘rni haqida fikr almashildi. Talabalar esa o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan javob oldilar. 🎓 Yangi bilimlar, real tajriba va katta imkoniyatlar sari!
Open in Telegram🚀 Texnologiyalar, innovatsiyalar va Zamonaviy Logistika dunyosiga nazar! Sizni Korzinka kompaniyasining Head of Tech & Innovations in Logistics lavozimida faoliyat yuritayotgan Saidsulton Gulomov bilan uçraşuvga taklif etamiz! 💡 Uçraşuv davomida mehmonimiz öz tajribasi bilan bölişadi, logistika sohasidagi innovatsiyalar va texnologiyalarning amaliy ahamiyati haqida söz yuritadi. Talabalar özlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob oliş imkoniyatiga ega böladilar. 📅 25-noyabr, 2026 (çorşanba) 🕐 13:00–15:00 📍 201-auditoriya ✨ Barça talabalarni kutib qolamiz!
Open in TelegramKosmetologiya haqida eshitgan barcha gaplaringiz ham to‘g‘ri emas! Yuz parvarishi, kosmetik vositalar va teri salomatligi haqida ko‘plab afsonalar mavjud. Bugun biz eng mashhur kosmetologik miflarni aniqlashtirib, ularga qisqa va tushunarli javob beramiz. Qani, boshladik!!!
Open in Telegram📢 SARБON UNIVERSITETIDA INSON HUQUQLARI VA JINOYAT PROTSESSI MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI 2026-yil 19-noyabr kuni Sarbon universitetida «Jinoyat protsessida inson huquqlari: ushlab turilgan va qamoqqa olingan shaxslarning huquqiy kafolatlari» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Markaziy tergov hibsxonasi boshlig‘i, polkovnik Eshqobil Ernazarovich Dusanov ishtirok etdi. U jinoyat protsessida inson huquqlarini ta’minlash, tergov hibsxonalarida shaxslarning huquqiy maqomi va qonunchilikda belgilangan kafolatlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Muloqot davomida shaxsni ushlab turishda uning huquqlarini tushuntirish, himoyachi bilan xoli uchrashish, tibbiy yordam olish, saqlash sharoitlari hamda inson sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish kabi muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Open in TelegramNega aynan Sarbon universiteti? Chunki bu yerda talabalar uchun bilim olish bilan birga, o‘z kelajagini qurish uchun ham keng imkoniyatlar yaratilgan! Universitetda grant va stipendiya dasturlari, jumladan, Muassis va Universitet stipendiyalari mavjud. Xalqaro almashinuv dasturlari orqali Polsha, Turkiya, Koreya, Yaponiya va boshqa davlatlarda tahsil olish imkoniyatlari ham bor. Bundan tashqari, kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakllari, bepul xalqaro kurslar, talabalar g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash dasturlari hamda Karyera markazi orqali ishga joylashishda ko‘mak berish imkoniyatlari mavjud. Eng muhimi, Sarbonda har bir talaba o‘z qobiliyatini namoyon etishi, yangi marralarni zabt etishi va orzulariga yaqinlashishi mumkin!
Open in Telegram🎉 TALABALIK — ENG GO‘ZAL DAVR! Sarbon universitetida Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan barcha talabalarimiz uchun unutilmas bayram tadbiri tashkil etildi! 🥳 Quvonch, samimiy tabassumlar, ajoyib musiqalar va ko‘tarinki kayfiyatga boy ushbu kun talabalarga o‘zgacha taassurotlar ulashdi. Aziz talabalar! Sizlar — universitetimizning faxri, kelajagimiz bunyodkorlari va eng katta ilhom manbaisiz! Har biringizga ulkan orzular, mustahkam iroda, yangi marralar va yorqin muvaffaqiyatlar tilaymiz. Doimo izlaning, orzu qiling, imkoniyatlardan foydalaning va eng go‘zal xotiralarni yarating!
Open in Telegram🇺🇿 18-NOYABR — O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG‘I QABUL QILINGAN KUN! Davlat bayrog‘imiz — milliy g‘ururimiz, mustaqilligimiz va xalqimiz birligining yorqin ramzi. Sarbon universiteti jamoasi barchangizni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etadi! Bayrog‘imiz doimo yuksaklarda hilpirab, yurtimiz tinchligi va ravnaqi bardavom bo‘lsin! 🇺🇿
Open in Telegram🎓 17-NOYABR — XALQARO TALABALAR KUNI! Talabalik — bu unutilmas lahzalar, yangi do‘stlar, katta orzular, samimiy uchrashuvlar va cheksiz imkoniyatlarga boy hayotning eng go‘zal davrlaridan biridir! Aziz Sarbon universiteti talabalari! Har biringizning o‘z maqsadingiz, orzuingiz va kelajak sari qo‘ygan dadil qadamingiz bor. Doimo izlanishdan, yangi bilimlarni egallashdan, o‘z ustingizda ishlashdan va yuksak marralar sari intilishdan to‘xtamang! Bugungi mehnatingiz ertangi muvaffaqiyatlaringiz poydevori bo‘lsin. Universitetimiz hayotida faol ishtirok etib, yangi g‘oyalar, tashabbuslar va yutuqlar bilan barchaga o‘rnak bo‘ling! Sizlar — nafaqat bugunning faol yoshlari, balki ertangi kunning bunyodkorlarisiz!
Open in Telegram❄️ BAKURIANIDA QISHGI OROMGOH: SUN’IY INTELLEKT VA KIBERXAVFSIZLIK 🎓 15 ta o‘rin ajratilgan! Saralashdan o‘tgan talabalar uchun aviachipta xarajatlaridan tashqari barcha xarajatlar universitet tomonidan qoplanadi. 📌 Talab: rus yoki ingliz tilini kamida B2 darajada bilish. 📅 Ariza topshirish muddati: 2026-yil 15-dekabr. 📩 Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/STwbrQFNKsjjjut66
Open in Telegram