Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI - RASMIY
MAKTUBDAN ANGLAGANLARIM: FARZAND TARBIYASI, ILM VA VATAN KELAJAGI HAQIDA Ba’zan birgina maktub insonni uzoq öyga toldiradi. Undagi ayrim jumlalar esa şunçaki öqib ötilmaydi, yurakdan joy oladi, özingizga, oilangizga, farzandlaringizga va hayotdagi mas’uliyatingizga boşqaça nigoh bilan qaraşga undaydi. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning Iordaniya davlatiga taşrifi davomida suyukli nabirasi Şavkatbekka parvoz davomida yöllagan maktubini öqib, menda aynan şunday tuyğular uyğondi. Dastlab, bu maktubni mehribon boboning nabirasiga bitgan samimiy dil sözlari sifatida qabul qildim. Ammo mutolaa davom etgan sari uning mazmuni bir oilaning doirasidan ancha keng ekanini his qildim. Unda har bir ota-onaga nasihat, har bir bobo-buviga ezgu tilak, har bir ustozga mas’uliyat, har bir rahbarga esa hayotiy saboq bor. Maktubni öqir ekanman, avvalo, bir haqiqatni yana bir bor angladim: farzandga qoldiriladigan eng katta meros — mol-mulk yoki moddiy boylik emas, balki mustahkam tarbiya, puxta bilim, gözal axloq va Vatanga sadoqatdir. Bugun farzandlarimiz uçun barça şaroitlarni yaratişga harakat qilyapmiz. Zamonaviy maktablar, boğçalar, ta’lim imkoniyatlari, axborot texnologiyalari — bularning barçasi muhim. Ammo bir narsani unutmasligimiz kerak: bolaning qanday inson bölib voyaga yetişi, avvalo, oiladagi muhit, ota-onaning şaxsiy namunasi va berilgan tarbiyaga boğliq. Maktubdagi men uçun alohida ahamiyatga ega bölgan jihatlardan biri — ilmga munosabat masalasi böldi. Imom Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Uluğbek, Alişer Navoiy kabi buyuk ajdodlarimiz nomi bilan faxrlanişning özi kifoya emas. Ularning ilmga çanqoqligi, izlanuvçanligi, mehnatsevarligi va ma’rifatga sadoqatini özimizda hamda farzandlarimizda şakllantirişimiz zarur. Bugungi avlod sun’iy intellekt, zamonaviy texnologiyalar va çeksiz axborot imkoniyatlari davrida yaşamoqda. Lekin texnologiyadan foydalaniş bilan bilimli böliş bir xil tuşunça emas. Haqiqiy bilim — mustaqil fikrlaş, tahlil qiliş, töğri xulosa çiqariş va yaratuvçanlik qobiliyatidir. Yana bir muhim xulosa — vaqt qadri. Köpinça farzandlarimizga yaxşi öqiş, köp kitob öqiş, vaqtni qadrlaş haqida nasihat qilamiz. Ammo ularga özimiz namuna böla olyapmizmi? Balki, har birimiz avvalo şu savolni özimizga berişimiz kerakdir. Maktubdagi Vatanga muhabbat, milliy ğurur va ajdodlar merosiga hurmat haqidagi fikrlar ham alohida e’tiborga molik. Vatanparvarlik faqat balandparvoz sözlarda emas, balki halol mehnatda, öz kasbiga sadoqatda, jamiyatga naf keltirişda, davlat va xalq manfaatlarini şaxsiy manfaatlardan ustun qöya bilişda namoyon böladi. Davlat xizmatçisi sifatida uşbu maktubdan olgan eng muhim xulosalarimdan biri şuki, ma’naviyat — bu faqat tadbirlar, yiğilişlar yoki ma’ruzalar emas. Ma’naviyat — insonning kundalik hayotida, muomalasida, qarorlarida, oilasiga, kasbiga va Vataniga bölgan munosabatida namoyon böladigan içki mezondir. Bu borada har bir taşkilot, har bir rahbar va har bir xodimning öz örni va mas’uliyati bor. Ayniqsa, yoş avlodga şaxsiy namuna körsatiş, ularda kitobxonlik madaniyatini, milliy qadriyatlarga hurmatni va zamonaviy bilimlarga intilişni kuçaytiriş doimiy e’tiborimizda bölişi lozim. Maktubni öqib, yana bir fikr xayolimdan ötdi: biz farzandlarimizga qanday kelajakni qoldirişimizdan ham köra, ularni qanday kelajakka munosib qilib tarbiyalayotganimiz muhimroq. Zero, bugungi bola — ertangi olim, muhandis, ustoz, rahbar va eng muhimi, Vatan taqdiriga daxldor fuqarodir. Şunday ekan, farzandlarimizga nafaqat yaxşi hayot, balki yaxşi inson bölişni ham örgataylik. Ularning qalbiga ilmga muhabbat, ongiga mustaqil fikr, hayotiga ezgu maqsad, yuragiga Vatan tuyğusini singdiraylik. Çunki Yangi Özbekistonning ertangi kuni bugun oilamizda, maktabimizda va jamiyatimizda qanday avlodni tarbiyalayotganimizga boğliq. Davlat kadastrlari palatasi 📶 Website | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱YouTube | 📱 LinkedIn In
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 150 |
| 3 h | 229 |
- After 1 hour150
- Total to date229