❓KORRUPSIYA HAQIDA XABAR BERGANLIK UÇUN PUL MUKOFOTI BORLIGINI BILARMIDINGIZ?
Ha, qonunçilikka (VMning 829-son qaroriga) köra, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan va uni foş etişga yordamlaşgan fuqarolar davlat tomonidan rağbatlantiriladi!
1. Qaysi holatlarda mukofot beriladi?
Sizdan pora talab qilinganda, pora taklif etilganda yoki özingizga ma’lum bölgan korrupsiya holati (şuningdek, qidiruvdagi şaxsning yaşiringan joyi) haqida vakolatli organlarga xabar berganingizda va bu holat öz tasdiğini topganda.
2. Mukofot miqdori qança?
Rağbatlantiriş bir martalik pul mukofoti, taşakkurnoma yoki esdalik sovğa (BHMning 2 baravarigaça) şaklida beriladi. Pul mukofoti huquqbuzarlik turi va pora/zarar miqdoriga qarab quyidagiça tölanadi:
Ma’muriy huquqbuzarlik uçun: BHMning 3 baravari (ayrim maxsus holatlarda undirilgan jarimaning 50 foizi).
Pora/zarar BHMning 30 baravarigaça bölsa: jinoyatning oğirlik darajasiga qarab BHMning 5, 7, 10 yoki 15 baravari.
Pora/zarar BHMning 30 dan 100 baravarigaça bölsa: jinoyatning oğirlik darajasiga qarab BHMning 10, 15, 20 yoki 25 baravari.
Pora/zarar BHMning 100 baravaridan köp bölsa: ança miqdor uçun summaning 15 foizi, köp va juda köp miqdor uçun summaning 10 foizi.
Qidiruvdagi şaxs haqida xabar uçun: 1 nafar şaxs uçun BHMning 5 baravari, 2 va undan ortiq şaxs uçun BHMning 7 baravari.
(Alohida munosib hissa qöşganlar davlat mukofotiga ham tavsiya etilişi mumkin).
3. Pul qaçon va qanday tölanadi?
Sudning ayblov hukmi (qarori) qonuniy kuçga kirgaç yoki qidiruv bekor qilingaç, maxsus komissiya qarori çiqadi. Pul mukofoti 10 iş kuni içida xabar bergan şaxsning şaxsiy bank hisobvarağiga ötkazib beriladi.
4. Xavfsizligingiz kafolatlanganmi?
Albatta. Xabar bergan şaxs, uning oila a’zolari va yaqin qarindoşlari davlat himoyasiga olinadi. Şaxsiy ma’lumotlaringiz sir saqlanişi qonun bilan qat’iy kafolatlanadi.
5. Kimlarga mukofot berilmaydi?
Xizmat vazifasiga köra xabar berişi şart bölgan mansabdor şaxslarga, tezkor-qidiruv organlariga maxfiy yordam beruvçilarga, şuningdek, jinoyatni bevosita özi sodir etgan yoki jinoyat haqida 30 sutka içida öz ixtiyori bilan arz qilgan şaxslarga mukofot tölanmaydi.
Korrupsiyaga qarşi birgalikda kuraşaylik!