#PrezidentMaktubi #YoşlarKelajagi
Prezident maktubi: Yoşlar uçun ibrat va mas’uliyat
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida talaba-yoşlarga Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning nabirasiga yöllagan, yoş avlod uçun muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega bölgan maktubining mazmun-mohiyati tuşuntirildi.
Institutning öquv işlari böyiça prorektori, ma'naviyat bölimi hamda talabalar iştirokida taşkil etilgan uçraşuvda Prezidentimizning “Özbekistonning millionlab farzandlari kelajagi haqida ham öylaşim, qayğurişim kerak” degan mazmundagi samimiy fikrlari va hayotiy nasihatlari talaba-yoşlarga yetkazildi. Şuningdek, maktubda ilgari surilgan muhim ğoyalar yuzasidan atrofliça fikr almaşildi.
Muloqot davomida ilm oliş, vaqtni qadrlaş, Vatanga sadoqatli böliş, hayotda qat’iyat va mas’uliyat bilan harakat qiliş kabi muhim fazilatlarning yoşlar hayotidagi örni alohida ta’kidlandi.
Mazkur uçraşuvdan közlangan maqsad talaba-yoşlarni çuqur bilim olişga, aniq maqsadlar sari intilişga, öz ustida muntazam işlaşga hamda kelajakda jamiyat va Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qöşişga ruhlantirişdan iborat.
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞