AI ChatbetaAccount

Posts of Samarqand viloyat sudlari | Rasmiy kanal

newest first

#15029Text

Muzaffar Omonov, Jinoyat işlari böyiça Nurobod tuman sudi tergov sudyasi OILADA ZÖRAVONLIKKA ÖRIN YÖQ! Oila — inson uçun eng muqaddas maskan, mehr-oqibat, hurmat va işonç qaror topadigan qörğondir. Unda har bir inson özini xavfsiz, erkin va qadrli his qilişi lozim. Ammo, afsuski, ayrim oilalarda uçrab turgan zöravonlik holatlari uşbu muqaddas qadriyatlarga jiddiy putur yetkazmoqda. Oilaviy zöravonlik faqat jismoniy kuç işlatişdan iborat emas. Haqoratlaş, kamsitiş, qörqitiş, tahdid qiliş, iqtisodiy jihatdan çeklaş va ruhiy tazyiq ötkaziş ham zöravonlikning turli körinişlaridir. Bunday munosabat insonning qadr-qimmatiga, ruhiy holatiga, ayniqsa, farzandlar tarbiyasi va kelajagiga salbiy ta’sir körsatadi. Oiladagi har qanday nizoni zöravonlik bilan hal qilişga uriniş muammoni yanada çuqurlaştiradi. Muammolarni özaro hurmat, sabr-toqat va muloqot orqali hal etiş har bir oila a’zosining mas’uliyatidir. Şuni unutmaslik kerakki, zöravonlikka toqat qiliş uning davom etişiga sabab bölişi mumkin. Har bir inson öz huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilişga haqli. Zöravonlikka duç kelgan şaxslar tegişli davlat idoralari va huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qilişdan çöçimasliklari lozim. Qonunçilikda jabrlanuvçilarni himoya qilişning huquqiy mexanizmlari belgilangan. Xulosa qilib aytganda, oilada tinçlik va totuvlikni ta’minlaş faqat bir kişining emas, barça oila a’zolarining burçidir. Zero, soğlom oila — soğlom jamiyat poydevori. Mehr bor joyda zöravonlikka, hurmat bor joyda tahqirlaşga örin bölmasligi kerak. Zöravonliksiz oila — baxtli hayot va barqaror jamiyat garovidir! Kanalga qöşiling: @Nurnews_uz

Open in Telegram
Views324−20%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
1 h255
4 h324
  1. After 1 hour255
  2. Total to date324
#15028Photo
Views385−5%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h39
1 h211
3 h288
6 h385
  1. After 1 hour211
  2. After 6 hours385
  3. Total to date385
#15027Video
Views412+1%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
1 h192
2 h289
4 h343
7 h412
  1. After 1 hour192
  2. After 6 hours412
  3. Total to date412
#15026Text
Views400−2%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
1 h223
2 h298
4 h341
7 h400
  1. After 1 hour223
  2. After 6 hours400
  3. Total to date400
#15024Photo
Views369−9%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
1 h218
2 h282
3 h304
7 h369
  1. After 1 hour218
  2. After 6 hours369
  3. Total to date369
#15022Text

Forwarded from Oliy sud | Rasmiy kanal

SUGʻURTA SHARTNOMASI TIJORAT KELISHUVI EMAS, BALKI MOLIYAVIY OQIBATLARNI QOPLASHGA QARATILGAN HUQUQIY KAFOLATDIR Maʼlumki, fuqaro yoki tadbirkor oʻz mol-mulkini sugʻurta qildirganda, avvalo, kutilmagan hodisa tufayli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan moliyaviy yoʻqotishlardan himoyalanishni koʻzlaydi. Zero, yongʻin, tabiiy ofat yoki boshqa baxtsiz hodisalar oqibatida yetkazilgan zararni qoplash baʼzan katta mablagʻ talab etadi. Bunday vaziyatda sugʻurta shartnomasi mulkdorning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishning muhim huquqiy vositasiga aylanadi. Biroq sugʻurtaning haqiqiy ahamiyati shartnoma imzolangan paytda emas, balki sugʻurta hodisasi yuz berganda koʻzga tashlanadi. Sugʻurtalovchi oʻz zimmasiga olgan majburiyatni bajarsa, mulkdor koʻrilgan zararni shartnomada belgilangan tartibda qoplash imkoniyatiga ega boʻladi. Aksincha, tovon toʻlash rad etilsa yoki asossiz kechiktirilsa, taraflar oʻrtasida nizo kelib chiqadi. Aytish kerakki, amaldagi qonunlarda sugʻurta shartnomasining huquqiy asoslari aniq oʻz ifodasini topgan. Jumladan, Fuqarolik kodeksining 914-moddasi birinchi qismiga muvofiq, sugʻurta fuqaro yoki yuridik shaxs (sugʻurta qildiruvchi) sugʻurta tashkiloti (sugʻurtalovchi) bilan tuziladigan mulkiy yoki shaxsiy sugʻurta shartnomalari asosida amalga oshiriladi. Mazkur kodeksning 915-moddasida mulkiy sugʻurta shartnomasining huquqiy mazmuni belgilangan. Unga koʻra, sugʻurtalovchi shartnomada belgilangan haq — sugʻurta mukofoti evaziga sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda, sugʻurta qildiruvchiga yoki shartnoma foydasiga tuzilgan boshqa shaxsga yetkazilgan zararni sugʻurta puli doirasida qoplash majburiyatini oladi. Demak, sugʻurta shartnomasi ikki tomonlama huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradi. Sugʻurta qildiruvchi belgilangan toʻlovlarni amalga oshiradi, sugʻurtalovchi esa, shartnomada nazarda tutilgan tavakkalchilik yuz berganda, tegishli sugʻurta tovonini toʻlashi shart. Shu jihatdan, sugʻurta shartnomasi oddiy tijorat kelishuvi emas, balki u muayyan xavf yuz berganda kelib chiqadigan moliyaviy oqibatlarni shartnomada belgilangan tartibda qoplashga qaratilgan huquqiy kafolatdir. Mazkur qoidalar sugʻurta munosabatlaridagi taraflarning huquq va majburiyatlarini aniq belgilash, shuningdek, sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda kelib chiqishi mumkin boʻlgan nizolarni qonuniy hal etish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. 👉 Batafsil Veb-sayt I Telegram I Facebook I Instagram I YouTube

Open in Telegram
Views378−7%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
1 h142
2 h185
4 h223
6 h243
25 h378
  1. After 1 hour142
  2. After 6 hours243
  3. After 24 hours378
  4. Total to date378
#15021Photo
Views442+9%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
1 h232
3 h300
6 h333
25 h442
  1. After 1 hour232
  2. After 6 hours333
  3. After 24 hours442
  4. Total to date442
#15020Text

TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT   Samarqand viloyati sudlari tashabbusi bilan Samarqand biznes vakillarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ishidagi to‘siq va muammolarni joyida o‘rganib, amaliy yordam berish maqsadida ochiq muloqot tashkil etildi. Ochiq muloqotga Samarqand tuman, shahar, shuningdek, Toyloq tumanlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subektlari vakillari taklif etildi. Keng qamrovli uchrashuvda Samarqand viloyat sudi raisining o‘rinbosari, Samarqand viloyat sudi va ma’muriy sudi sudyalari, fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudlari raislari, Samarqand tuman prokurori, Samarqand tuman hokimligi hamda Savdo-sanoat palatasi mas’ul rahbarlari ishtirok etdi. Muloqotda tadbirkorlar uchun eng muhim bo‘lgan quyidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi: Oldi-sotdi shartnomasi yuzasidan kelib chiqqan nizolarni hal etishda iqtisodiy sudlarda sud ishlarini proaktiv boshqarish hamda odil sudlov sifati va samaradorligini oshirish;   Tadbirkorlik subektlari o‘rtasidagi nizolarni sudga qadar hal etish usullari mediatsiya, kelishuv bitimi va boshqa konsensual mexanizmlardan samarali foydalanish; Tadbirkor huquqlarini ma’muriy sud orqali himoya qilish: yangi imkoniyatlar va amaliy tartib-taomillar; Ochiq oshkor muloqotda tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan  muammolarni bayon qilishdi. Mas’ullar muammolar o‘rganib, joyning o‘zida hal etish choralari ko‘rdilar, tadbirkorlarga aniq yo‘naltirilgan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berdilar. Telegram

Open in Telegram
Views403−1%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
1 h225
3 h281
6 h305
25 h403
  1. After 1 hour225
  2. After 6 hours305
  3. After 24 hours403
  4. Total to date403
#15013Photo
Views417+2%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
1 h228
3 h284
6 h308
25 h417
  1. After 1 hour228
  2. After 6 hours308
  3. After 24 hours417
  4. Total to date417
#15011Photo

🤖 AI & LEGALTECH | SUN’IY INTELLEKT VA SUD TIZIMI: YANGI IMKONIYATLAR Sun’iy intellekt va huquqiy texnologiyalar (LegalTech) bugungi kunda sud-huquq tizimining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatayotgan muhim texnologik yo‘nalishlardan biriga aylanmoqda. An’anaviy sud ish yuritish jarayonlarida ko‘plab vaqt va mehnat talab qiladigan vazifalarni raqamli texnologiyalar yordamida avtomatlashtirish, katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish va axborotdan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyati mavjud. 📌 Sun’iy intellekt sud tizimida qanday imkoniyatlarni yaratadi? 🔹 Hujjatlarni intellektual tahlil qilish. Sud hujjatlari va ish materiallarini avtomatik o‘rganish, zarur ma’lumotlarni ajratib olish va tizimlashtirish. 🔹 Sud amaliyotini tahlil qilish. Ilgari ko‘rilgan ishlar, sud qarorlari va huquqiy pozitsiyalar o‘rtasidagi o‘xshashlik hamda farqlarni aniqlash. 🔹 Huquqiy axborot qidiruvi. Qonunchilik hujjatlari, sud qarorlari va boshqa huquqiy manbalardan kerakli ma’lumotlarni tezkor topish. 🔹 Elektron yordamchi xizmatlar. Fuqarolarga sud xizmatlaridan foydalanish, murojaatlarni tayyorlash va protsessual tartiblar bo‘yicha ma’lumot olishda ko‘maklashish. 🔹 Ish jarayonlarini avtomatlashtirish. Hujjatlarni tasniflash, ma’lumotlarni qayta ishlash, statistik hisobotlarni shakllantirish va boshqa takroriy vazifalarni bajarish. ⚖️ Muhim jihat: sun’iy intellekt sudyani almashtirish uchun emas. Sun’iy intellekt sud faoliyatida yordamchi va tahliliy vosita sifatida qo‘llanilishi lozim. Odil sudlovni amalga oshirish, dalillarga huquqiy baho berish va yakuniy qaror qabul qilish inson — sudyaning qonun bilan belgilangan vakolati bo‘lib qoladi. Asosiy vazifa — sun’iy intellektni sud tizimiga shunchaki joriy etish emas, balki uni qonuniylik, xolislik, axborot xavfsizligi va inson huquqlarini ta’minlash tamoyillari asosida integratsiya qilishdir. 💡 Xulosa: LegalTech sud tizimida yangi imkoniyatlar yaratadi, sun’iy intellekt esa ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish uchun muhim texnologik vosita bo‘lib xizmat qiladi. 🤖 AI & LegalTech ruknida sud-huquq tizimida sun’iy intellekt, avtomatlashtirish va zamonaviy huquqiy texnologiyalarning qo‘llanilishi, xalqaro tajriba hamda istiqbolli yechimlarni yoritib boramiz. Raqamli sud — raqamli kelajak sari. ✍️ Muallif: K. Madrahimov

Open in Telegram
Views444+9%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
3 h262
4 h284
7 h358
25 h444
  1. After 6 hours358
  2. After 24 hours444
  3. Total to date444
#15009Text

Samarqandda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining mehnat huquqlari va xizmat intizomi masalalari muhokama qilindi Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi hamkorligida dolzarb huquqiy mavzuga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlarining intizomiy javobgarligi, ularni xizmatdan bo‘shatish asoslari hamda ushbu toifadagi nizolarni sudda ko‘rib chiqishning huquqiy mezonlari atroflicha tahlil qilindi. Viloyat sudi sudyasi Vahod Asqarov va fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi raisi Shavkat Tavboev so‘zga chiqib,  maxsus xizmat qonunchiligi va O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi normalarining o‘zaro nisbatiga alohida e’tibor qaratdilar. Ma’ruzalarda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyada xizmat o‘tash tartibi maxsus qonunlar va Intizom ustavlari bilan tartibga solinsa-da, maxsus normalarda nazarda tutilmagan hollarda Mehnat kodeksi qoidalari qo‘llanilishi ta’kidlandi. Xodimga nisbatan intizomiy jazo qo‘llash yoki uni xizmatdan bo‘shatishda xizmat tekshiruvining xolisona va to‘liq o‘tkazilishi, protsessual muddatlarga qat’iy rioya etilishi shartligi qayd etildi. Sudlar tomonidan xizmatga tiklash bilan bog‘liq fuqarolik ishlarini ko‘rib chiqishda nimalarga e’tibor qaratilishi, ish beruvchi (vakolatli rahbar) tomonidan qabul qilingan buyruqlarning qonuniyligini baholash mezonlari haqida tushuntirishlar berildi. Davra suhbati yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga sud va kadrlar sohasi mutaxassislari batafsil javoblar berishdi. Bu kabi tadbirlar kelgusida xizmat intizomini buzish holatlarining oldini olish va asossiz mehnat nizolarini kamaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Telegram

Open in Telegram
Views420+3%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
3 h298
6 h352
25 h420
  1. After 6 hours352
  2. After 24 hours420
  3. Total to date420
#15001Photo
Views355−13%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
3 h304
6 h355
  1. After 6 hours355
  2. Total to date355
#14999Photo
Views528+30%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#14998Photo
Views517+27%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#14997Text

Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilişda yangi huquqiy mexanizm             2026-yil 20-oktabrda qabul qilingan Özbekiston Respublikasining ÖRQ-1183-sonli Qonuni tadbirkorlik sub’ektlari uçun tartibga soliş yukini kamaytiriş, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilişga qaratilgan.           Mazkur Qonun bilan Özbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi va Soliq kodeksiga kiritilgan özgartiriş va qöşimçalarga muvofiq, tadbirkorning bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish haqidagi soliq organi qaroridan norozi bölgan hollarda, masala sud tartibida körib çiqilişi belgilandi. Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar ko‘ra, soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror soliq organi rahbari (yoki uning o‘rinbosari) tomonidan qabul qilinadi. Agar tadbirkor ushbu qarorga nisbatan e’tiroz bildirsa, masala sud tartibida ko‘rib chiqiladi. Bunda soliq organi e’tiroz taqdim etilgan kundan boshlab 3 kundan kechiktirmay sudga ariza kiritishi shart. Sud qarori chiqquniga qadar operatsiyalar to‘xtatib turiladi. Tadbirkor hisobvaraq to‘xtatilishiga sabab bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etganda, soliq organi o‘z qarorini Soliq kodeksining 112-moddasiga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri bekor qiladi. Shuningdek, sud tomonidan operatsiyalarni to‘xtatib turishni rad etish haqidagi qaror qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab ham cheklov bekor qilinishi belgilandi. Soliq organi bank operatsiyalarini to‘xtatib turish to‘g‘risida sudga ariza berganda, soliq to‘lovchi tomonidan qonun talablari buzilganligini tasdiqlovchi dalil, operatsiyalar to‘xtatib turilishi haqida tadbirkorga xabarnoma yuborilganligi dalili hamda tadbirkorning soliq organi qaroriga nisbatan bildirgan e’tirozini ilova qilishi shart.   Qonunning ahamiyatli tomoni şundaki, u tadbirkorlarning faoliyatidagi ortiqça ma’muriy tösiqlarni kamaytiriş, huquqiy himoya kafolatlarini kuçaytiriş hamda iqtisodiy faoliyatni tezkor tiklaşga xizmat qiladi.           Dostonbek Xudoyberdiev,           Şaxzod Abduxomidov,           Samarqand viloyat sudi sudya katta yordamçilari. Telegram

Open in Telegram
Views559+37%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#14994Text
Views429+5%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—