Forwarded from SAMARQAND ŞAHAR HOKIMLIGI
Samarqand va Çernogoriya örtasida turizm sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi Samarqand şahar hokimi Fazliddin Umarov Çernogoriya turizm vaziri Simonida Kordiç xonim boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuv ötkazdi. Uçraşuvda Samarqand şahri va Çernogoriya örtasida turizm aloqalarini rivojlantiriş, özaro sayyohlar oqimini oşiriş hamda investisiyaviy hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. Şahar rahbari Samarqandning xalqaro turizm salohiyati, sönggi yillarda sayyohlar oqimining ortib borayotgani haqida ma’lumot berib, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş yuzasidan qator takliflarni ilgari surdi. Xususan, turistik kompaniyalar va mehmonxonalar örtasida hamkorlikni yölga qöyiş, qöşma turistik yönalişlar işlab çiqiş, turizm infratuzilmasini takomillaştiriş, tajriba almaşiş hamda Çernogoriya investorlarini Samarqand şahridagi turizm loyihalariga jalb etiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🌍 Web-sayt| 📱 Telegram| 📱 YouTube 📱 Instagram| 📱 Facebook| 📱 Facebook
Open in Telegram