Account
The Stranger

The Stranger

Kitoblar, fikrlar, tuyg'ular haqida

Username
@salimov_blogi
Category
Quotes
Country
UzbekistanUzbekistan
Subscribers14,468
Avg views per post, 7d6,068−47.7% vs prev 7d
ERR41.94%last 7 days

Average views per post by day

By publication day

Show as table
DateAvg views per post
Oct 30, 202615,600
Oct 31, 202614,900
Nov 1, 202616,700
Nov 4, 202613,600
Nov 6, 202616,600
Nov 10, 202613,100
Nov 11, 202616,400
Nov 16, 202613,400
Nov 20, 202610,692
Nov 24, 202611,100
Nov 25, 20267,225
Nov 26, 20265,900
Nov 27, 20265,487
Nov 28, 20263,350

Most viewed this month

  1. 01
    Views16.7K
    Forwards—
    Reactions—
    Comments—
  2. 02

    ​​Boʻzoʻrg Alaviy – "Uning koʻzlari" Farangis – boy, nufuzli oilada oʻsgan, hech qachon qiyinchilik koʻrmagan, har doim har qanday istagi muhayyo qilingan, buning ustiga haddan ziyoda goʻzal qiz. Agar ayol oʻzining goʻzalligini teran anglasa va bundan huzurlansa u juda xavfli mavjudotga aylanadi. Koʻngli yoki nafsiga qul erkaklarni xohlagan koʻyiga soladi, xohlasa taxtga oʻtkazadi, xohlasa balchiqqa belaydi. Ammo shu goʻzalligiga beparvo erkakni uchratsa tinchini yoʻqotadi, uning koʻnglini olish eng oliy maqsadiga aylanadi, oʻsha erkakka nisbatan nafrati va muhabbati qorishib ketadi. Ustoz Mokon – buyuk rassom, millatparvar, mustabid tuzumga qarshi isyon yetakchisi, bir qarashda hissiz koʻrinadigan, maqsadidan ogʻishmaydigan, oʻz prinsiplariga ega inson. Ammo har qanday erkak ham muhabbat oldida baribir ojiz qoladi. U hech boʻlmasa hayotining qaysidir qismida gʻoʻr, xudbin, otashin oshiqqa aylanadi, suyuklisining yonida boshqa barchaga qoʻllagan prinsiplaridan voz kechadi, hatto tuban ketishi ham mumkin. General Orom – oʻzini boshqalardan ustun koʻradigan, maqsadi yoʻlida har qanday vositadan tap tortmaydigan, bu dunyoda faqat kuchlilar yaxshi yashashga qodirligiga ishonadigan va kuchli boʻlishga harakat qiladigan, hamma narsaga sovuq aql bilan yondashadigan inson. U asarning oxirida va eng muhim pallasida sahnaga chiqadi. Ya'ni biz har qancha balandparvoz gʻoyalarga ishonmaylik, harchand sevib-sevilmaylik, yonib-kuymaylik qudrat qarshisida ojizmiz, hislardan mosuvo, oʻz manfaatini birinchi oʻringa qoʻyadigan kishilar taqdirimizni hal qilishadi. Baxtli boʻlmoqchi boʻlsak kuchli boʻlishimiz shart. Hikoyanavis – yoʻq odam. Yozuvchi undan faqat boshqalarni ochib berish uchungina foydalangan. Shuningdek, yana uch-toʻrttagina qahramonlar bor. Shunchalik kam odam bilan va turgʻun syujet bilan shoh asar yaratish kamyob holat. Xulosachi? Biz hech kimni hech qachon taniyolmaymiz. Hammamiz hayotimizda boʻlgan yoki ayni paytda bor insonlar haqida tugal xulosalar chiqarib olganmiz. U yaxshi, bu yomon va hokazo. Biz dunyoni oq va qora rangda koʻrgimiz keladi, inson murakkab mavjudot ekanini, taqdir yoʻllari chigalligini, hammada xato va kamchiliklar boʻlishini hisobga olmaymiz, farq shuki, kimdir kun sayin oʻzini isloh qiladi, kimdir battar boʻlsa boʻladiki, umr boʻyi oʻnglanmaydi. Kimnidir yomon koʻramiz, yaxshiyam hayot yoʻlimiz tutashmabdi deymiz, vaholanki oʻsha aslida bizni baxtli qila oladigan yagona kishi edi. Kimnidir suyib ardoqlaymiz, umrimizni bagʻishlaymiz, u esa bizni zarracha qadrlamaydi. Biz changni koʻramizu, uni harakatga keltirgan shamolni koʻrolmaymiz. Hayotimizdagi eng muhim pallalarda eng xato qarorlarni qabul qilamiz, eng aziz insonlarimizni qadrlamaymiz va keyin umr boʻyi oʻzimizni oqlab, qarorimizni yoqlab, yetishimiz mumkin boʻlgan baxtdan bexabar va benasib hayot kechiramiz. @salimov_blogi

    Link preview
    Views16.6K
    Forwards—
    Reactions—
    Comments—
  3. 03

    ​​Balto degan multfilm boʻlardi. Bolalikda maza qilib koʻrardim. Ammo bu tarixiy voqea ekanini va Baltoning bu darajada shuhrat qozonishi boshqa bir itga qilingan nohaqlik ekanini keyin bildim. Alyaskadagi Nome shaharchasiga XX asr boshlarida oltin izlovchilar asos solishgan. U tabiatning oʻrtasida, sivilizatsiyadan uzoq yerda joylashgan. 1925-yilda shaharchadagi bolalar difteriyaga chalinishadi, oʻlim holatlari kuzatiladi. Davo faqat antitoksin zardobi, uni olib kelishning esa imkoni yoʻq edi. Qishda bu shahar tashqi olamdan uzilib qolar, qorli boʻron tufayli samalyot ham kelolmasdi. Shunda chana tortadigan itlar estafeta shaklida dorini eng yaqin temir yoʻl stansiyasidan olib kelishadi. Bu togʻlar, muzlagan dengiz, oʻrmonlar oralab oʻtgan 1000 kilometr masofa edi. Mana shu yoʻlning teng yarmini, eng xavfli qismini 12 yoshdagi Togo bosib oʻtadi. Bu yosh changʻi tortish uchun juda qarilik qilgan boʻlsa-da yetakchilik qobiliyati, chidamliligi, yoʻl topa olishda tengi yoʻqligi uchun aynan Togoga eng katta va mashaqqatli hududlar topshiriladi. Estafeta bir haftaga yaqin davom etgan. Butun Amerika gazetalari shu haqida yozishgan. Balto eng oxirgi guruhda edi. U juda kam masofani bosib oʻtgan. Ammo shaharchaga aynan u kirib borgani tufayli mashhurlik faqat unga nasib qildi. Bolalarning xaloskori sifatida faqat u koʻrildi. Nyu-York markazida uning haykali oʻrnatildi. Togoni esa hamma unutdi. Umumiy olib qaraganda, shaharchaga dorini olib kelishda 150 ta it qatnashgan, halok boʻlganlari ham bor. Ularning laqabini hatto bilmaymiz. Men shu bois dunyoni oʻzgartirgan daholar, yer kurrasini titratgan qoʻmondonlar, hukmdorlarni u qadar ulugʻlamayman. Har bir katta gʻalabaning ortida yuz minglab askarlarning qoni toʻkilgan, tarix esa faqat bir nechta kishinigina alqaydi. Balto va Togoning umumiy jihati bor. Egalari dastlab ikkalasini ham chana tortishga yaramaydi deb hisoblashgan. Balto gapga kirmasdi, Togo esa juda nimjon edi. Ammo vaqt oʻtib ular haqiqiy sardorga aylanishdi. Mashhurlik Baltoga foydadan koʻp zarar keltirdi. Keyinchalik uni butun Amerika boʻylab aylantirishdi. Tadbirlarda qatnashdi. Shov-shuvlar tez soʻndi, odamlar doim yangi ermak topishadi. Balto va boshqa itlar ancha payt hayvonot bogʻida juda yomon ahvolda qarovsiz qolib ketishadi. Umrining oxiridagina bir jonkuyar kishi pul yigʻib, ularni sotib oladi va Alyaskaga qaytaradi. Suratda Togo va uning egasi Seppala.

    Link preview
    Views16.4K
    Forwards—
    Reactions—
    Comments—
  4. 04
    Views15.6K
    Forwards—
    Reactions—
    Comments—

Latest posts

All posts

Connections