18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i — xalqimizning boy o‘tmishi, bugungi kuni va yorug‘ kelajagini o‘zida mujassam etgan muqaddas ramzdir. U milliy g‘ururimiz va sha’nimizni, asriy qadriyatlarimiz hamda an’analarimizni, ona Vatanimizga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbatimiz va kelajakka bo‘lgan yuksak ishonchimizni ifodalaydi. 🇺🇿 Davlat bayrog‘imiz — xalqimizning birdamligi, milliy iftixori va Vatanimiz mustaqilligining yorqin timsolidir. Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan samimiy muborakbod etamiz! Yurtimiz tinch, xalqimiz hamisha ahil va birdam bo‘lsin! Bizni kuzating! Veb-sayt Telegram Facebook Youtube Instagram
Open in TelegramPosts of ️RTM | Ijtimoiy va Amaliy fanlar | Rasmiy kanal ️
#hikmat ☘️Sen haqingdagi xoh maqtov, xoh ayblov so‘zlar ko‘paygan paytda atrofingdagi kishilarni shu darajada mashg‘ul qilganingga ishon! 📌 Ular o‘zlariga kerakli narsani tark etib, senga ahamiyat berishni boshlashibdi! 📈 Sen o‘z muvaffaqiyatingga erishishda davom etaver. So‘zlash zavqini ularga qo‘yib ber! Kanalga obuna bo'lish: Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
Open in Telegram⚡️ Jahon maktablari haqida ✅ Rossiyada birinchi maktabni Pyotr I tashkil qilgan. Unda faqat o‘g‘il bolalar o‘qishardi. ✅ Amerika o‘quvchilari birinchi sinfda dars boshlashdan oldin, "Vatanimga sodiqman" deb qasamyod qilishadi. ✅ Chexiyada eng yomon baho – “5”, a’lo baho – “1” ekan. ✅ Norvegiyada o‘quvchilar 8-sinfgacha baholanmas ekan. ✅ Hindistonda bolalar 4 yoshdan maktabga borishadi. ✅ Hindiston maktablari eng ko‘p o‘quvchilarni bag‘riga olishi bilan mashhur. Ayrim maktablarida o‘quvchilar soni 28 mingtagacha yetadi. ✅ Xitoy maktablarida dars boshlanishidan oldin o‘qituvchi-yu o‘quvchi birgalikda badantarbiya qilishga majbur. ✅ Yaponiyada o‘quv yili Sakura gullagan paytdan boshlanadi. ✅ Yapon maktablarida oshxona bo‘lmaydi. ✅ Yapon maktablarida ruchka o‘rniga qalam ishlatiladi. ✅ Yapon maktablarida umuman “ikkichi” o‘quvchilar bo‘lmaydi. ✅ Finlandiyada har qanday ob-havoda ham o‘quvchilar tanaffusda sinfdan tashqariga chiqishga majbur. ✅ Kuba maktablarida o‘quvchilar qishloq xo‘jalik ishlariga o‘rgatiladi. ✅ O‘quvchilarga forma kiydirish birinchi bo‘lib Buyuk Britaniyada o‘ylab topilgan. Kanalga obuna bo'lish: Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
Open in TelegramForwarded from Respublika ta’lim markazi |Rasmiy
✅✅✅✅ #texnologiya #10_kun 🔹Bugun texnologiya fanidan takomillashtirilayotgan davlat ta'lim standarti va milliy o‘quv dasturi loyihalari ekspertlar muhokamasidan o‘tkazilmoqda. 👍 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating! 🌐 Veb-sayt ✈️ Telegram 👥 Facebook 📺 Youtube 📹 Instagram
Open in TelegramForwarded from Respublika ta’lim markazi |Rasmiy
✅✅✅✅ #musiqa_madaniyati #10_kun 🔹Bugun musiqa madaniyati fanidan takomillashtirilayotgan davlat ta'lim standarti va milliy o‘quv dasturi loyihalari ekspertlar muhokamasidan o‘tkazilmoqda. 👍 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating! 🌐 Veb-sayt ✈️ Telegram 👥 Facebook 📺 Youtube 📹 Instagram
Open in Telegram