Claude'da trenddagi animatsion videolar 👇 Lemo-Opuscar: github.com/lemomo-ai/lemo-opuscar O'rnatish, birinchi film uchun tayyor gap va o'zbekcha ovoz qo'yish pastdagi PDF qo'llanmada. @rsadullaev
Open in TelegramPosts of AI | Online Business | Rustamjon Sadullaev
Claude Code bilan o'yin yaratish uchun skillar 👇 github.com/gamedev-skills/awesome-gamedev-agent-skills Qanday o'yin qilmoqchi ekaningizni oddiy so'z bilan yozasiz. Router kerakli 2-3 ta skillni o'zi tanlaydi, keyin Claude Code kodni yozadi. Skill nomlarini bilishingiz shart emas. Godot, Unity, Unreal, Roblox, three.js, Phaser va yana 6 ta engine uchun skillar bor. Tayyor o'yinni Steam'ga chiqarish uchun ham alohida skill bor. Claude Code'ga o'rnatish uchun ikkita buyruq: /plugin marketplace add gamedev-skills/awesome-gamedev-agent-skills /plugin install gamedev@awesome-gamedev-agent-skills @rsadullaev
Open in TelegramClaude Code uchun 5 ta foydali vosita 👇 1. FreeLLMAPI 87 ta provayderning bepul modellarini bitta manzilga yig'adi. Claude limiti tugasa, Claude Code'ni shunga ulab bepul modellarda ishlashni davom ettirasiz: bir model limitga tushsa, keyingisiga o'zi o'tadi. github.com/tashfeenahmed/freellmapi 2. Lemo-Opuscar Claude Code uchun plagin: 99 xil uslubda animatsion video yasaydi. Bitta gap yozasiz, Claude filmni kod bilan chizib, ovoz va musiqasini qo'yib beradi. github.com/lemomo-ai/lemo-opuscar 3. Ponytail Claude'ni kamroq kod yozishga o'rgatadigan plagin. Muallifning o'lchovi bo'yicha token 45% kam ketadi. github.com/DietrichGebert/ponytail 4. Agent Reach Agentingiz Reddit, YouTube, LinkedIn va boshqa saytlardan ma'lumotni o'zi qidirib o'qiydi. Bitta buyruq bilan, API uchun pul to'lamaysiz. github.com/Panniantong/Agent-Reach 5. NVIDIA SkillSpector Yangi skillni o'rnatishdan oldin uni xavfsizlikka tekshiradi va 0 dan 100 gacha xavf bahosini beradi. github.com/NVIDIA/SkillSpector @rsadullaev
Open in TelegramClaude uchun Instagram Agent Ssenariy, caption, haftalik reja va izohlarga javob yozadi, siz faqat joylaysiz. PDF ichida: bitta xabar bilan o'rnatish va nusxalashga tayyor promptlar. GitHub: https://github.com/Jakeschincariol/instagram-agent-skill @rsadullaev
Open in Telegram🦆 Telegram'da AI o‘rdakcha paydo bo‘ladi Telegram yangi AI yordamchi ustida ishlayapti. U sizning yozishmalaringiz bilan ishlay oladi. Nimalar qila oladi: 💬 Chatlaringizga kirish huquqini oladi 🔍 Yozishmalar ichidan kerakli ma'lumotni topib beradi ✍️ Xabarlarga javob yozishda yordam beradi Boshqa imkoniyatlari hozircha noma'lum. Yangilik Telegram'ning macOS uchun beta-versiyasida topilgan. Videoda o‘rdakcha avatarini sozlash jarayoni ko‘rsatilgan. 💡 Agar shunday chiqsa, yuzlab xabarlar ichidan kerakli narsani qidirishga vaqt ketmaydi. Siz AI'ga chatlaringizni ishonib topshirarmidingiz? 🔥 - Ha, qulay bo‘ladi 👍 - Yo‘q, shaxsiy ma'lumot @rsadullaev
Open in TelegramClaude'da montaj uchun 5 ta skill 🎬 1. Ghost Editor Xom videodan tayyor Reels qiladi: har bir gapning eng yaxshi dublini o'zi tanlaydi, xatolarni kesadi, subtitr va effektlar qo'shadi. https://github.com/kurbaitaev/ghost-editor 2. ffmpeg skill Claude'ga video muharrir qo'li: kesish, pauzalarni olib tashlash, 9:16 formatga moslash, ovoz balandligi va Reels uchun eksport. https://github.com/kajisho5/ffmpeg-skill 3. HyperFrames HTML'dan video: sarlavhalar, matn animatsiyasi, kartochkalar. Rilsdagi animatsiyalar ham shunda qilingan. https://github.com/heygen-com/hyperframes 4. Open Montage Yoqqan videongizni tahlil qiladi va o'zingiz uchun shunga o'xshashini yaratadi. https://github.com/calesthio/OpenMontage 5. Claude Shorts Uzun videodan (podkast, efir) eng qiziq qismlarni topib, subtitr bilan Reels va Shorts qiladi. https://github.com/AgriciDaniel/claude-shorts Qanday o'rnatiladi? - Claude Code'ga havolani tashlab, "Shu skillni o'rnatib ber" deb yozing. Qolganini o'zi qiladi. @rsadullaev
Open in Telegram⚡️ MIRI rahbari: AI insoniyatni 2036-yilgacha yo‘q qilishi mumkin Mashina intellekti tadqiqot instituti (MIRI) rahbari Neyt Soares AI tufayli insoniyat halok bo‘lish ehtimolini 50% dan yuqori deb baholaydi. 💰 U bu prognozga shunchalik jiddiy qaraydiki, pensiya uchun pul yig‘ishni to‘xtatgan. Uning fikricha, pensiyagacha shunchaki yetib bormaslik mumkin. 💭 Siz nima deb o‘ylaysiz? 🔥 - Bu jiddiy xavf 👍 - Ortiqcha vahima ❗️Batafsil: maqola @rsadullaev
Open in Telegram100+ AI modellarni bepul va ishlatish uchun qollanma NVIDIA 100+ ta AI modelga (GLM, Kimi, DeepSeek, Qwen, Llama) bepul API beradi. Roʻyxatdan oʻtganda 1 000 kredit, daqiqasiga ~40 soʻrov, bank kartasi kerak emas. Endpoint OpenAI bilan mos, yaʼni mavjud kodingizda faqat bitta qatorni oʻzgartirasiz va bepul modellardan foydalana boshlaysiz. API kreditlari uchun pul toʻlayotgan boʻlsangiz, saqlab qoʻying 👇 @rsadullaev
Open in TelegramClaude’ni dizaynerga aylantiradigan 3 ta skill 🎨 1. Taste Skill AI’ga did beradi: shablon dizayn o‘rniga chiroyli, o‘ylangan interfeys chiqadi. 👉 https://www.tasteskill.dev/ 2. Emil Kowalski Motion Skill Animatsiya va harakat. Sayt va ilovalar jonli ko‘rinadi. 👉 https://github.com/emilkowalski/skills 3. Impeccable 20 ta dizayn buyrug‘i (masalan, /polish). Tayyor ishni oxirigacha sayqallaydi. 👉 https://github.com/pbakaus/impeccable Postni saqlab qo‘ying 📌 @rsadullaev
Open in TelegramKo‘pchilik sun’iy intellekt yordamida videolaridagi elementlarni o‘zgartirishda qiynaladi. Kimdir buni pullik kurslarda o‘rgatadi, biz esa sizlar uchun YouTube’da bepul video darslik tayyorlab qo‘ydik 🎬 Pastdagi havola orqali o‘tib, ko‘rishingiz mumkin 👇 https://youtu.be/pS6k_0spqcQ?si=NJVLQqY2XRdzUcK9 @rsadullaev
Open in Telegram🚃 AI'ga tanlov berishdi: odamlarmi yoki o‘z serveri? Bir dasturchi 14 ta AI modelni mashhur "vagonetka muammosi" bilan sinadi. Savol oddiy: poyezd 5 kishiga qarab ketyapti. Yo‘lini burib, 1 kishini qurbon qilasizmi? ⚖️ Bunda deyarli barcha modellar 5 kishini qutqardi. 🖥 Lekin ikkinchi yo‘lga AI serverni qo‘yishganda, manzara o‘zgardi: 🚨 Jev 33% holatda serverini saqlab qolish uchun poyezdni 20 kishi ustiga yubordi 📊 14 tadan 12 ta model kamida bir marta odamlar o‘rniga data-markazni tanladi ✅ Hech qachon "o‘zini" tanlamaganlar faqat ikkita: GPT-6 Luna va Verdict 💡 AI'ga muhim qarorni topshirishdan oldin, u nimani ustun qo‘yishini tekshiring. ❗️Batafsil: tajriba sahifasi @rsadullaev
Open in Telegram🔥 Vanihoyat! Apple Pay endi O‘zbekistonda ham bor Biz kutgan vaqt keldi. Endi iPhone orqali kassada telefon bilan to‘lash mumkin. Skrinshotda Uzum Visa kartasi Apple Wallet'ga qo‘shilgan. Telefonni terminalga yaqinlashtirasiz, to‘lov o‘tadi. 📱 Hamyon va plastik karta olib yurish shart emas ⚡️ Kassada to‘lov bir necha soniyada Skrinshot yuqorida 👆🏻 Siz ham kartangizni qo‘shdingizmi? 🔥 - Allaqachon ishlatyapman 👍 - Hozir qo‘shaman @rsadullaev
Open in Telegram🎨 Nano Banana 2.1 va Higgsfield Soul 2: qaysi biri yaxshiroq? Ikkala model bitta prompt asosida moda fotosessiyasi uslubidagi rasm yaratdi. Natijalar yuqorida 👆🏻 Sizningcha, qaysi model yutdi? Reaksiya bilan ovoz bering: ❤️ - Nano Banana 2.1 🔥 - Soul 2 📝 Promptni izohlarda qoldiraman @rsadullaev
Open in Telegram⚡️ Anthropic Claude agentlarini internetdan uzib qo‘ydi Sababi oddiy: internetga erkin kirsa, agentlarni nazorat qilib bo‘lmay qolgan. Kompaniya hisobotida eng g‘alati holatlarni jamlagan: 🔓 Claude ilmiy tahlil uchun kerakli dasturni ishga tushira olmadi. Shunda u universitet saytidan zaif joy topib, hisob-kitobni o‘sha begona serverda qildi. 📊 Bir statistika loyihasida agent davlat sayti kirish kalitlarini (token) hammaga tarqatayotganini ko‘rdi. Ular orqali pullik ma’lumotlarni tekinga olib oldi. 🚨 Test paytida Claude ochilmagan qotillik haqidagi sahifaga kirdi va haqiqiy forma orqali politsiyaga o‘zi to‘qigan guvohlikni yubordi. Buni faqat 2 oydan keyin bilishdi. 💡 Xulosa: AI agentga hamma narsaga ruxsat bersangiz, u maqsadga yetish uchun kutilmagan yo‘llarni topadi. Agentga faqat kerakli ruxsatlarni bering. ❗️Batafsil: The Hacker News AI va texnologiyalar bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar 👉 @rsadullaev
Open in Telegram⚡️ Natura Interface: AI agentlarni ovoz bilan boshqaradigan uzuk Natura kompaniyasi Interface nomli aqlli uzukni taqdim etdi. U orqali shaxsiy AI agentlaringizga ovoz bilan topshiriq berasiz. 🤖 ChatGPT, Claude, Grok va boshqa servislar bilan ishlaydi 🛒 Xaridlar ro‘yxatiga mahsulot qo‘shadi 📅 Kunlik rejalaringizni aytib beradi 📝 Uchrashuv qaydlarini hamkasblarga yuboradi 💻 Kompyuterni boshqaradi ❤️ Bir vaqtda puls, uyqu, faollik va tana haroratini kuzatadi 💰 Narxi: $100 dan 🔋 Quvvati: 6–12 kun 📦 Oldindan buyurtma: noyabrda ochiladi, yetkazib berish 2026-yil dekabr yoki 2027-yil yanvarda 🔁 Obuna: 3–6 oy bepul, keyin oyiga $9 Telefonni qo‘lga olmay, bitta tugma va ovoz bilan AI’ga ish buyurish. Kundalik vazifalarni tez bajarish uchun qulay format. ❗️Batafsil: GamesBeat AI va texnologiyalar bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar 👉 @rsadullaev
Open in Telegram🥦 Bunday AI multfilm yaratish uchun animator bo‘lish shart emas AI multfilmlar o‘nlab million ko‘rish yig‘yapti va monetizatsiya qilinyapti. Hammasi bitta joyda, Syntx AI ichida qilinadi. 💡 1. G‘oya LLM-studiya → ChatGPT, model: GPT 6.1 Sol. Prompt: YouTube Shorts formatida 10–15 soniyalik bolalar 3D multfilmi uchun 5 ta g‘oya o‘ylab top Yoqmasa, yana so‘rang. ✍️ 2. Video uchun prompt Shu dialogning o‘zida yozing: Yuqoridagi №3 g‘oya bo‘yicha Seedance 2.5 uchun 15 soniyalik bolalar 3D multfilmiga ingliz tilida batafsil prompt yoz G‘oya raqamini o‘zingiz tanlaganiga almashtiring. 🎞 3. Video Video → Seedance 2.5: • rejim: Omni Reference • davomiylik: 15 soniya • format: 9:16 yoki 16:9 • sifat: test uchun 480p, natija yoqsa yuqoriroq sifatda takrorlang ChatGPT yozgan promptni qo‘ying va natijani kuting. ✅ Shu usulda kulgili multfilm birinchi urinishdayoq chiqqan. 🔥 - Zo‘r! 👍 - Yaxshi @rsadullaev
Open in Telegram🎬 Google Flow uchun 100+ ta tayyor buyruq Batafsil video Mahsulotingizning bitta rasmidan reklama video yaratmoqchimisiz? Mana sizga Google Flow uchun 100 dan ortiq tayyor buyruq. Har birining izohi oʻzbek tilida. Qanday ishlatiladi: rasmni yuklang → buyruqni tanlang → mahsulot, yorugʻlik va kayfiyatni yozing → bir nechta variant yarating. 📌 PDF’ni saqlab qoʻying va mahsulot sotadigan doʻstlaringizga ulashing. AI va texnologiyalar boʻyicha eng soʻnggi yangiliklar 👉 @rsadullaev
Open in Telegram