#Yaşil_makon
🟢«GULISTON» MAHALLASIDA MIKROÖRMON TAŞKIL ETILDI
«Yaşil makon» umummilliy loyihasi doirasida aholi yaşaş hududlarida yaşil maydonlarni kengaytiriş, ekologik barqarorlikni ta’minlaş hamda atrof-muhit musaffoligini asraşga qaratilgan keng kölamli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Jumladan, Romitan tumani «Guliston» mahalla fuqarolar yiğini hududida «Yaşil makon» umummilliy loyihasi asosida 15 sotix maydonda mikroörmon taşkil etildi.
Uşbu jarayonda tuman hokimligi mas’ullari, mahalla uyuşmasi, IIB va ekologiya bölimi xodimlari, mahalla raislari, profilaktika inspektorlari, mahalla faollari hamda nuroniylar iştirok etdi.
Mazkur hududda jami 1 400 tup köçat ekiş belgilangan bölib, köçatlar tarkibini qayrağoç, tut, yasin, katalpa, na’matak, atirgul va tuya tikan kabi daraxt hamda buta turlari taşkil etadi.
Mikroörmonni barpo etiş va uning parvarişini ta’minlaş mahalla raisi Xamroyev A’zam Xamdamoviç, profilaktika inspektori Azimov Farrux Faxriddinoviç, biriktirilgan örmonçi murabbiy Ergaşev Şavkat hamda mas’ul şaxs Atoyev Aslon Qöşmatoviçlarga biriktirildi.
Mazkur taşabbusdan asosiy maqsad hududning ekologik holatini yaxşilaş, kökalamzorlaştiriş işlari kölamini kengaytiriş, havo sifatini yaxşilaş hamda aholi uçun yanada qulay va soğlom yaşaş muhitini yaratişdan iborat.
Yaşil makon — toza havo, soğlom hayot va farovon kelajak garovi!
Romitan tumani hokimligi matbuot xizmati
✝️Telegram | ☮️Facebook | 💟Instagram | ☸️YouTube