ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTIDA 2027-YIL UCHUN TAYANCH DOKTORANTURA (PhD) INSTITUTIGA KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARI E'LON QILINDI (25.11.2026-yil kungi). 👍Sahifalarimizni kuzatib boring: 🌐Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Open in TelegramPosts of REGISTRATOR OFISI
📅 @DNJadvalbot — ADCHTI Dars va Nazorat Jadvali Talabalar, o'qituvchilar va tyutorlar uchun! Dars va nazorat jadvalingiz endi HEMIS'dan avtomatik — qidirib yurish shart emas. ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 🎯 BOT NIMA QILADI? 📅 Bugungi / 🌙 Ertangi jadval — bir tugma bilan ⏭️ Keyingi dars — navbatdagi dars (bugun bo'lmasa, yaqin kundan) 📆 Haftalik jadval — butun hafta, har kun alohida 📋 Nazorat jadvali — yaqin kunlardagi nazorat va imtihonlar 📊 Davomat — tyutorlar uchun guruh davomati ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 🔔 AVTOMATIK ESLATMALAR • Har kuni 07:00 da kunlik jadval o'zi keladi • Dars/nazoratdan oldin ogohlantiradi (vaqtini tanlang: 5 / 10 / 15 / 30 daqiqa) • Jadval o'zgarsa — darhol xabar beradi • Yaqinlashayotgan nazoratlar haqida eslatadi ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ ✨ YANGI QULAYLIKLAR ("➕ Ko'proq" menyusi) 📸 Jadvalni rasm / PDF qilib ulashish — bir rasmda hamkasb yoki guruhga 🗓 Kalendarga qo'shish (.ics) — Google/Apple Calendar'da ko'rinadi 🕳 Bo'sh vaqtlarim — darslar orasidagi oynalar 🏢 Bino bo'yicha — qaysi binoda, qaysi xonada 👥 Talabalar ro'yxati va 📈 davomat tendentsiyasi (tyutorlar) ⚙️ Til: lotin / kirill / rus · vaqtincha o'chirish (mute) 🔎 Istalgan chatda guruh jadvalini ulashish: @DNJadvalbot GURUH ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 🚀 QANDAY BOSHLASH? (1 daqiqa) 1️⃣ @DNJadvalbot ni oching, /start bosing 2️⃣ Rolingizni tanlang: Talaba / O'qituvchi / Tyutor 👨 TALABA — HEMIS talaba IDingizni kiriting (9–12 raqam) 👨 O'QITUVCHI / TYUTOR — F.I.O'ingizni passportdagidek yozing (masalan: Maxkamov Azimjon) — HEMIS ID'ni bilmasangiz ham bo'ladi! Ro'yxatdan o'zingizni tanlang — tayyor ✅ 💡 Xodimlar: familiya, ism yoki ota ismidan bittasi bilan ham qidirsangiz bo'ladi; bir xil familiyalilar ko'p bo'lsa to'liqroq (familiya + ism) yozing. ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 👉 Hoziroq boshlang: @DNJadvalbot
Open in Telegram#Söragan_edingiz ❓Farzandimni inklyuziv ta’lim sinfiga joylaştiriş uçun qayerga murojaat qilaman? ✅ Buning uçun avvalo, yaşaş hududingizdagi maktab yoki tuman (şahar) ta’lim bölimiga murojaat qilib, inklyuziv sinf taşkil etilgan maktab haqida ma’lumot olişingiz lozim. Bolani inklyuziv sinfga qabul qiliş uçun Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boşqarmasi huzuridagi psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasini oliş kerak böladi. Bunda yaşaş hududingizdagi tuman (şahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilasiz. Markaz tomonidan sizning mobil telefon raqamingizga Komissiya taşkil etiladigan kuni va joyi haqida sms xabar yuboriladi. Qabul ota-ona yoki uning örnini bosuvçi şaxsning roziligi bilan amalga oşiriladi. ❓Inklyuziv sinfga qabul qiliş uçun qanday hujjatlar kerak böladi? ✅ Maktab rahbariyatiga ota-onaning arizasi, psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasi hamda bolaning yaşaş joyidagi şifoxona boş vraçi imzolagan rivojlaniş tarixidan mufassal köçirma taqdim etiladi. Bola avval ta’lim olgan bölsa, ta’lim olganligi töğrisidagi hujjatlar, öqiş joyidan ma’lumotnoma va tavsifnoma ham beriladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Open in Telegram#MaktabTaʼlim #KasbiyTaʼlim PЕDAGOGLAR DIQQATIGA! Ta’lim va ilm-fan vazirligi texnik sabablarga köra pedagog kadrlarning malaka toifasi sinovlari muddatiga özgartiriş kiritilganini ma’lum qiladi. Jumladan, 2026-yilning 17-, 18- va 19-noyabr kunlariga belgilangan malaka toifasi sinovlari mos ravişda 1-, 2- va 3-dekabr kunlariga köçirildi. Ya’ni: 17-noyabrdagi sinovlar — 1-dekabrga; 18-noyabrdagi sinovlar — 2-dekabrga; 19-noyabrdagi sinovlar — 3-dekabrga. Şuningdek, 1–3 dekabr kunlariga rejalaştirilgan Kasbiy ta’lim agentligi tasarrufidagi ta’lim taşkilotlari pedagoglari uçun malaka toifasi sinovlari 4–5 dekabr kunlariga köçirildi. 20–30-noyabr kunlariga belgilangan sinovlar esa tasdiqlangan jadval asosida özgarişsiz ötkaziladi. Yuzaga kelgan noqulayliklar uçun uzr söraymiz. Sinov jarayonlari bilan boğliq qöşimça ma’lumotlar vazirlikning rasmiy axborot kanallari orqali e’lon qilinadi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Open in Telegram🎉 @DNJadvalbot yangilandi! Yangi imkoniyatlar: 🌙 Ertangi jadval — darslarni oldindan ko'ring ⏭ Keyingi dars — bir bosishda navbatdagi dars ⏳ Darslar orasidagi "oyna" (tanaffus) ko'rsatiladi ⚙️ Sozlamalar — ogohlantirish vaqti (5/10/15/30 daq) 🔕 Vaqtincha o'chirish — dam olish kunlariga 🌐 Til: lotin / kirill / rus 🔎 Inline qidiruv — istalgan chatda @DNJadvalbot GURUH Yangilash uchun /start bosing. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🤝 Bizning boshqa botlar: 🎓 @hemisunibot — HEMIS kabinet: diplom, kontrakt, reyting, grant 💸 @shartnomarobot — stipendiya, kontrakt, TTJ, to'lov tarixi ® @devopsbro
Open in Telegram👋 Assalomu alaykum! Men — ADChTI talaba maʼlumotlari botiman. 📌 Guruhda ishlatish: Shunchaki HEMIS ID (masalan: 446241100494) yoki JSHSHIR (14 xonali, masalan: 60410065080044) yuboring — men oʼsha xabarga javob qilib talabaning profil, taʼlim asosi (grant/kontrakt) va kontrakt holatini koʼrsataman. 🔐 Toʼliq maʼlumot (oylik stipendiya, toʼlov tarixi, TTJ, shartnoma PDF) shaxsiy maʼlumot — buning uchun botga shaxsiy kirib HEMIS hisobingiz bilan login qiling. 🤖 Bot: @shartnomarobot 👉 Shaxsiy yozish: https://t.me/shartnomarobot ➖➖➖ 🛠 Qoʼllab-quvvatlash: @devopsbro
Open in Telegram📣 HURMATLI PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR VA AZIZ TALABALAR! Sizlarning fikr-mulohazalaringiz, taklif va tashabbuslaringiz men uchun doimo muhim! Institutimizda ochiq muloqot muhitini yanada mustahkamlash, mavjud muammolarga birgalikda yechim topish hamda ta’lim sifatini oshirish maqsadida sizlarni rektorning sayyor qabuliga taklif etaman. Uchrashuv davomida o‘zingizni qiziqtirgan savollar, ta’lim jarayoni, mehnat va o‘qish sharoitlari, shuningdek, institutimiz faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflaringizni bevosita menga bildirishingiz mumkin. 📍 Manzil: Ma’muriyat binosi, 104-xona 🕙 Boshlanish vaqti: 10:00 Ishonchim komilki, samimiy va ochiq muloqot, o‘zaro ishonch hamda hamkorlik orqali ko‘plab masalalarga ijobiy yechim topamiz. Barchangizni ochiq muloqotga chorlayman! ✅ @d_roostamov
Open in Telegram#Tayinlov Taʼlim va ilm-fan vazirining tegişli buyruği bilan Soliyev Doniyor Faxriddinoviç Taʼlim va ilm-fan vazirligining Raqamli transformatsiya va axborot siyosati departamenti tarkibidagi Axborot xizmati va jamoatçilik bilan aloqalar boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalariga kontent tayyorlaş markazida boş mutaxassis lavozimida işlagan. —— #Назначение Приказом министра образования и науки Солиев Дониёр Фахриддинович назначен начальником Управления информационной службы и связей с общественностью Департамента цифровой трансформации и информационной политики Министерства образования и науки. До этого назначения он работал главным специалистом в Центре подготовки контента для средств массовой информации при Администрации Президента Республики Узбекистан. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Open in Telegram📢 1-KURS TALABALARI DIQQATIGA! Hurmatli 1-kurs talabalari! 2026/2027-o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning birinchi to‘lov muddati 2026-yil 31-oktabr etib belgilangan. Shu munosabat bilan quyidagi miqdorlarda to‘lovlarni amalga oshirishingiz so‘raladi: ▫️ Bazaviy kontrakt — shartnoma summasining 25 foizi; ▫️ Super-kontrakt — shartnoma summasining 50 foizi. ⚠️ Belgilangan muddatga qadar to‘lovlarni amalga oshirishingizni so‘raymiz. https://t.me/ADCHTI_BUXGALTERIYA
Open in TelegramTA’LIMNING ASOSIY MAQSADI — MUSTAQIL FIKRLAYDIGAN, YANGILIK YARATADIGAN VA RAQOBATBARDOŞ AVLODNI TARBIYALAŞ Bugun Toşkent şahrida öz işini boşlagan Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi iştirokçilariga hurmatli Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan yöllangan murojaatda ilgari surilgan fikrlar ta’limning bugungi vazifalari va kelajakdagi taraqqiyot yönalişlarini belgilaş nuqtayi nazaridan alohida ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz rahbarining “Ta’lim tizimi faqat tayyor bilim beriş bilan çeklanmasdan, yoşlarda mustaqil fikrlaş, ijod qiliş, mas’uliyatni his etiş va butun umr davomida yangilikka intilib, örganib yaşaş könikmalarini ham şakllantirişi zarur” deb, aytgan fikrlari zamonaviy ta’limning mohiyatini aniq ifodalaydi. Darhaqiqat, bugun yoşlarni şunçaki ma’lumotlarni özlaştiradigan emas, balki mustaqil muşohada yuritadigan, yangiça yeçimlar topadigan, özgarişlarga moslaşadigan va butun umri davomida bilim olişga intiladigan şaxslar sifatida tarbiyalaşimiz zarur. Ayniqsa, mazkur yondaşuv biz — oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va pedagoglar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Endilikda ta’lim samaradorligini faqat ötilgan maşğulotlar yoki berilgan bilimlar hajmi bilan emas, balki talabaning egallagan amaliy kompetensiyalari, mustaqil fikrlaş salohiyati, kasbiy tayyorgarligi va jamiyat hayotida öz örnini topa olişi bilan baholaş tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, xorijiy tillar ta’limida ham tilni bilişning özi yakuniy maqsad böla olmaydi. Biz til orqali dunyoni anglaydigan, turli madaniyatlar örtasida samarali muloqot örnata oladigan, xalqaro ilmiy va kasbiy muhitda erkin faoliyat yuritadigan, öz bilimini amaliy natijaga aylantira oladigan mutaxassislarni tayyorlaşimiz lozim. Bunda zamonaviy pedagogik yondaşuvlar, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan oqilona foydalaniş muhim örin tutadi. Prezidentimiz murojaatida Markaziy Osiyoni umumiy intellektual makonga aylantiriş strategik maqsad sifatida belgilanganini ham alohida ta’kidlaşni istardim. Bu ğoya mintaqamiz universitetlari örtasida qöşma ta’lim dasturlari, ilmiy tadqiqotlar, akademik mobillik va innovatsion hamkorlikni rivojlantiriş uçun keng imkoniyatlar oçadi. Bunday jarayonlarda xorijiy tillarni mukammal egallagan, madaniyatlararo muloqot kompetensiyalariga ega yoş mutaxassislarning örni beqiyosdir. Şu nuqtayi nazardan, Andijon davlat çet tillari institutida ta’lim sifatini oşiriş, öquv jarayonini xalqaro tajribalar bilan boyitiş, ilmiy salohiyatni rivojlantiriş, xorijiy hamkorlikni kengaytiriş hamda talabalarimizning zamonaviy mehnat bozoridagi raqobatbardoşligini ta’minlaşni ustuvor vazifalarimiz deb bilamiz. Bugungi ta’limning eng muhim natijasi — diplom olgan bitiruvçi emas, balki bilimini hayotda qöllay oladigan, mustaqil fikrlaydigan, mas’uliyatli va doimiy izlanişda bölgan yetuk mutaxassisdir. Zotan, ta’limning haqiqiy kuçi inson tafakkurini özgartirişida, uning imkoniyatlarini röyobga çiqarişida va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan yangi avlodni şakllantirişidadir. Dilşodbek RUSTAMOV, Andijon davlat çet tillari instituti rektori ✅ @d_roostamov
Open in TelegramPrezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovlari: test sinovlari natijalari e’lon qilindi 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari uchun 2026-yil 10-oktyabr kuni o‘tkazilgan maxsus test sinovlari natijalari e’lon qilindi. Test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida O‘zbekiston tarixi, axborot texnologiyalari va xorijiy tillar fanlari bo‘yicha tashkil etildi. Test natijalarini qayerdan ko‘rish mumkin? Talabgorlar test sinovlari natijalari bilan my.edu.uz elektron tizimidagi shaxsiy kabinetlari orqali tanishishlari mumkin. Apellyatsiya berish tartibi Test natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar 20-oktyabr kuni soat 10:00 ga qadar my.edu.uz elektron tizimi orqali apellyatsiya arizasi yuborishlari mumkin. Apellyatsiya arizasida aynan qaysi fan va qaysi savol bo‘yicha natijadan norozi ekanlik aniq ko‘rsatilishi lozim. Barcha talabgorlardan test natijalari bilan tanishish va zarur hollarda belgilangan muddatda apellyatsiya arizasini yuborish so‘raladi. #StipendiyaTanlovlariNatijalari Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Open in TelegramForwarded from Alijonov Faxriddin
📢 TALABALAR DIQQATIGA! Pedagoglarning farzandlariga beriladigan 30% chegirma bo‘yicha yuborilgan arizalar tasdiqlandi. ✅ Endilikda kontrakt.edu.uz tizimidan to‘lov-kontrakt shartnomangizni qayta yuklab olishingiz va shartnomaga chegirma bo‘yicha kerakli bandlar qo‘shilganini tekshirishingiz mumkin. ❗️Ko‘pchilikda “Nima uchun shartnoma summasi o‘zgarmadi?” degan savol tug‘ilishi mumkin. 📌 Shartnoma summasi o‘zgarmaydi. Ammo sizdan shartnoma summasining 30 foizini to‘lash talab etilmaydi. Ya’ni, 30% chegirma summasi sizning to‘lov majburiyatingizdan chegirib tashlanadi. 🔹 Shartnomangizni qayta yuklab oling va chegirma bo‘yicha 2.4 bandlar kiritilganini tekshiring. Hurmatli talabalar, iltimos, ma’lumotni diqqat bilan o‘qib chiqing va shartnomangizni qayta tekshiring. https://t.me/ADCHTI_BUXGALTERIYA
Open in TelegramForwarded from REGISTRATOR OFISI
📢 Barcha OTM talabalari uchun yangilik! @HemisUniBot — O'zbekiston oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun universal HEMIS bot! 📂 Diplom va o'quv hujjatlari 💰 Kontrakt va moliyaviy ma'lumotlar 🎓 Stipendiya 🏠 Yashash joyi shartnomasi 📅 Dars va nazorat jadvali 🏆 Grant taqsimot reytingi ✅ 200+ OTM qo'llab-quvvatlanadi ✅ 24/7 ishlaydi ✅ HEMIS login va parol orqali kirish 👇 Hoziroq sinab ko'ring! 👉 @HemisUniBot
Open in Telegram#rasmiy_xabar Kontrakt to‘lovlari muddati uzaytirildi: pedagoglar farzandlari uchun imtiyoz haqida ham unutmang! 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 1-noyabrga qadar uzaytirildi. Mazkur muddat bakalavriat va magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda o‘qishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli. Belgilangan muddatga qadar bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa kamida 50 foizi to‘lanishi lozim. 📌 Pedagog xodimlarning farzandlari uchun 30 foizlik imtiyoz ❗️2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagog xodimlarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasining 30 foizini qoplab berish tartibi joriy etilgan. 📝 Chegirma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza yuborish kerak. Bizni kuzating ✅ @qabuladchti ✅ @registratorofis
Open in TelegramPedagoglarning kontraktda o‘qiyotgan farzandlariga beriladigan 30 foizlik chegirmani olish uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza berish boshlandi Ayrim ma’lumotlar: ✅ Chegirma faqat DAVLAT oliygohida KUNDUZGI ta’limda o‘qiyotgan talabalar uchun beriladi; 👥 Chegirma har bir farzand uchun alohida qo‘llanadi. Demak, bir necha farzand kontraktda o‘qisa, barchasi uchun alohida 30 foizlik chegirma beriladi. 📝 Chegirma olish uchun kontrakt.edu.uz orqali ariza yuborish kerak. Ariza 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi va pedagogning farzandi ekanligi tasdiqlangach, chegirma avtomatik qo‘llanadi. ❌ Quyidagilarga chegirma berilmaydi: ➖ oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlari uchun; ➖ nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun; ➖ O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari uchun; ➖ qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt uchun; ➖ xorijiy hamkor OTMlarning qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlari uchun; ➖ kechki, masofaviy hamda sirtqi ta’lim shakli uchun. 🔁 Pedagog farzandlariga chegirma o‘quv yili uchun bir marotaba qo‘llaniladi. Demak, har yili qaytadan chegirma olish mumkin. ❗️Pedagog farzandlarining otasi yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda, keyingi o‘quv yilidan boshlab unga chegirma qo‘llash to‘xtatiladi. Ayrim savollarga javoblar: ❓Pedagog deganda kim tushuniladi o‘zi? Javob: Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyunda 3849-raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatida 465 ta lavozim nomi tasdiqlangan. Ushbu 465 ta lavozimda kim bo‘lsa, o‘shaning farzand(lar)i uchun 30 foizlik chegirma beriladi. ❓Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tarbiyachilar uchun ushbu qaror qo‘llanadimi? Javob: Ha, qo‘llanadi. Bog‘cha tarbiyachilarining kontraktda o‘qiyotgan farzandlari uchun ham 30% chegirma qo‘llanadi. ❓Oliygohlardagi tyutorlarning farzandlari uchun ushbu qaror qo‘llanadimi? Javob: yo‘q, tyutorlar ro‘yxatdan mavjud emasligi sababli ularning farzandlariga chegirma berilmaydi. ❓O‘quv markazlaridagi o‘qituvchilarning farzandlari uchun ushbu qaror qo‘llanadimi? Javob: yo‘q, o‘quv markazlari ro‘yxatdan mavjud emasligi sababli ularning farzandlariga chegirma berilmaydi. ❓To‘liq bo‘lmagan grantda o‘qiyotgan (50% davlat granti, 50% kontrakt) talabaning kontrakt summasi uchun ham chegirma beriladimi? Javob: ha, chegirma beriladi. 50% kontrakt qismi uchun 30% chegirma qo‘llanadi. ❓Qaror chiqqunga qadar 2026/2027 o‘quv yili uchun to‘liq yoki qisman kontrakt to‘lovini to‘lab qo‘yganlar uchun chegirma qanday hisoblanadi? Ortiqcha to‘langan summa qaytariladimi yoki keyingi yil hisobi uchun o‘tkaziladimi? Javob: ha, to‘lab qo‘yganlar uchun ham chegirma qo‘llanadi va ortiqcha to‘langan summani istasa qaytarib olishi, istasa kelasi o‘quv yili uchun o‘tkazib yuborishi mumkin. ❓Pedagog xususiy ta’lim tashkilotida ishlasa ham chegirma beriladimi yoki faqat davlat ta’lim tashkilotida ishlashi kerakmi? Javob: xususiy ta’lim tashkilotida, masalan, xususiy oliygoh, xususiy maktab yoki xususiy bog‘chada ishlayotgan pedagoglarning farzandlari uchun ham 30% chegirma beriladi. Xushnudbekuz Bizni kuzating ✅ @qabuladchti ✅ @registratorofis
Open in TelegramBaraka ijtimoiy karta va ilovasi haqida barcha ma'lumotlar bir joyda 💳Baraka ijtimoiy karta va raqamli tizimidagi barcha imkoniyatlar, moliyaviy afzalliklar va qulayliklar haqida batafsil ma'lumot tayyorladik. Rasmli ma'lumotnomada siz Baraka haqida eng muhim ma'lumtolarni bilib olasiz. 🔍Ushbu tizim orqali: — Ijtimoiy to‘lovlar va nafaqalar olishingiz qulaylashadi; — 5 ta guvohnoma va 19 ta raqamli hujjatni bir ilovada saqlaysiz; — Jamoat transportidan imtiyozli foydalanasiz; — 0% komissiya bilan kommunal to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. ✔️Postni va ma'lumotnomani boshqalarga ulashing. Baraka haqida ko'proq odamlar xabardor bo'lishiga hissa qo'shing. ——————————————————————————— Вся информация о социальной карте и приложении Baraka в одном месте 💳Мы подготовили подробную информацию обо всех возможностях, финансовых преимуществах и удобствах социальной карты и цифровой системы Baraka. Из иллюстрированного справочника вы узнаете самое важное о Baraka. 🔍С помощью этой системы вы сможете: — удобнее получать социальные выплаты и пособия; — хранить 5 удостоверений и 19 цифровых документов в одном приложении; — пользоваться общественным транспортом на льготных условиях; — оплачивать коммунальные услуги без комиссии (0%). ✔️Поделитесь постом и справочником с другими. Помогите большему числу людей узнать о Baraka.
Open in Telegram