CJM va sotuv varonkasi farqi nimada? 1-farq: Sotuv voronkasi mijoz yo’lining raqamdagi ko’rinishini ko’rsatadi. 100 ta odam ariza qoldirdi, 50 ta bilan bog’lanildi, 20 tasi keldi, 5 tasi sotib oldi. CJMga esa mijozning yo’li mobaynidagi uchraydigan muammolari, xissiyotlari, harakatlari kiradi. Bundan tashqari, CJM faqat sotuv jarayoni bilangina to’xtab qolmaydi. Mahsulotdan foydalanish va tavsiya bosqichlarigacha davom etadi. 2-farq ularni qayerda ishlatishingizda. Sotuv varonkasi orqali sotuvning eng oqsayotgan nuqtasini (bottle neckni) aniqlaysiz. Ya’ni qaysi bosqichda aksariyat mijozlar yo’qaloyotganini bilib olasiz. CJM orqali esa o’sha yo’qatilayotgan bosqichga ichkariroq nazar solib, muammoga yechim qidirasiz. Shunaqa gaplar. Gapirsa gap ko’p. Tugamaydida. 😅 Foydali bo’lgan bo’lsa sizdan 🔥. @raimbaev_elmurod
Open in TelegramPosts of Raimbayev Elmurod | Shaxsiy blog
Bugun mentorlikdagi o’quvchilarimga CJM darsini o’tib berdim. Doskada CJM bilan sotuv varonkasi nima bilan farq qilinishi yozilgan. Siz farqini bilasizmi? Izohlarda yozing. Qiziq bo’lsa, + qoldiring. Alohida post yozaman. @raimbaev_elmurod
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 2 h | 350 |
| 9 h | 550 |
- Total to date550
B2b biznes da qaysi instrument sotadi? 1. Agar bu eski B2b biznes bo`lsa, unda bunday bizneslarga keyslarni ko`rsatib sotuv qilsa bo`ladi. 2. Agar bu yangu B2b biznes bo`lsa, unda bunday bizneslarga o`qitish etapiga ko`proq urg`u berib sotsa bo`ladi. @raimbaev_elmurod
Open in TelegramIstalgan brend mana shu 3 ta asosiy komponentdan tashkil topgan bo`lishi kerak 1. Resonance (rezonans) - mijozlaringiz sizni xabaringizni ko`rganida aynan unga gapirayotganizni xis qilishi kerak. Bundan tashqari u «Bu mahsulot nega menga kerak?», « bu mahsulot menga qanday yordam bera oladi?» savollariga javob olishi kerak. 2. Differentiation (differentatsiya) - mijozingiz mahsulotni ko`rganida uni raqobatchilardan nima farqi borligini darrov bilishi kerak. Va mahsulotingiz «nega aynan sizni tanlashim kerak?» degan mijoz savoliga javob berishi kerak. 3. Belief (ishonch) - mahsulotingizga mijozlar nega ishonishini bildiradigan komponent. Siz odamlar sizga nega ishonch bildirishi kerak ekanligini faktlar va aniq sabablar bilan ko`rsata olishingiz kerak. @raimbaev_elmurod
Open in Telegram#kun_insayti Mijoz sifat deganda nimani tushunadi? Sifat = mahsulot yoki xizmatning mijozga muhim/kerak bo’lgan jihatlari * brend. @raimbaev_elmurod
Open in TelegramMijozlar tadqiqotidan to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun tadqiqotni to‘g‘ri o‘tkazish kerak. Aks holda siz noto‘g‘ri yoki yuzaki fikrlarga qarab noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishingiz mumkin. Qilingan noto‘g‘ri qarorlar esa o‘z navbatida sust xizmatga, mijozga mos bo‘lmagan mahsulot ishlab chiqishga va samarasiz reklama kampaniyalari o‘tkazishga olib keladi. Bu qo‘llanma mijozlar tadqiqoti instrumenti bo‘lgan CustDev’ni qanday to‘g‘ri o‘tkazish bo‘yicha oltin qoidalarni beradi. Bu qoidalar o‘sha mashhur “The Mom Test” kitobidan olingan. @raimbaev_elmurod
Open in TelegramLid - 100 ta Sotib olayotganlar - 10% O`rta chek - 100 ming so`m Son - 1 oyda bir marotaba sotib oladi. Tushum = 100*0,1*100 000*1= 1 000 000 so`m Buni qanday qilib 2 barobarga oshirsa bo`ladi? Qaysi ko`rsatkichga e`tibor qaratish kerak? Shu savolga aksariyat odam o`sha «eng past ko`rsatkichni olib(bottle neck), shuni oshirish kerak» deydi. Qaysidir ma`noda samarali usul. Lekin, undanam samaralisi barcha ko`rsatkichlarni qisman oshirish. Ya`ni barcha ko`rsatkichlar ustuda ishlash va yaxshilashga urunish. Shunda siz bitta ko`rsatkichni 2 barobarga oshirish ustida emas, hamma ko`rsatkichni qisman oshirish orqali ham tushumni 2 barobarga oshirishiz mumkin. Chunki, bir ko`rsatkichni 2 barobarga oshirish ko`pincha murakkab ish. @raimbaev_elmurod
Open in TelegramBiznes egalari orasida Marketologlar haqida eng keng tarqalgan no’to’g’ri qarashlardan biri bu ularni sexrgarga o’xshatish. Ya’ni “biznesimga marketolog olsam, hammasi yaxshi bo’p ketadi” deb o’ylashadi. “Tili kuygan” biznes egalarida esa: “ Kegan marketolog qop qop vadalarni berdida, keyin hech nima qila olmay, ketvordi” deyishadi. O’zi aslida marketologni sexrgar deb o’yladiganlar va “tili kuyganlar” ham bir toifadagi biznes egalari ekan. Nega deysizmi? Chunki shunday ibora bor ekan: “Sexrgarni qidirgan odam, oxiri ertakchiga duch keladi” degan. Zo’r-a? 😅 @raimbaev_elmurod
Open in Telegram2021-yil, 9-mart Shuncha narsani o’rganganimizdan 1 yil o’tib esa shu barcha narsani o’zi hisobliydigan programma borligini aytishdi. 😅 Ya’ni buni hammasini qo’lda hisoblab emas, shunchaki programmaga kiritib, javobini chiqarib olsa bo’lar ekan. Shunda “unda nega bizani 1 yil qiynashdi? Nega qo’lda hisoblashni o’rgatishdi?” deb o’ylanib qoldim. Sababi esa oddiy, ular bizni qilayotgan ishimizni mazmunini tushunishimizni xohlashgan ekan. Biz mazmuni tushunib olsak, ilovani shunchaki instrument qilib ishlatimiz mumkin bo’lgan. Sun’iy intelektni xozir kirib kelishi ham menga o’sha 5 yil oldingj voqeani eslatdi. Chunki hozir hamma o’zi o’ylab ko’rmay, mazmunini chuqur tushunmay, darrov AIga murojaat qilgan holda javob va xulosalarni bilib olyapti. Bu juda katta xato. Chunki nima bo’lsa ham, avval qilayotgan ishingizni tub ma’no va mazmunini tushunishish kerak. Ai esa shunchaki yordamchi instrument bo’lishi kerak. Foydali bo’lgan bo’lsa, sizdan 🔥. @raimbaev_elmurod
Open in Telegram2020-yil, 19-aprel Westminster o’qib yurgan paytim Statistics degan dars bo’lardi. Unda katta katta datalarni exelda hisoblab, undan keyin qo’lda formulalar orqali javoblarini chiqarardik. Tushunish juda qiyin, adashish oson va imtihonidan juda ko’p o’quvchi yiqiladigan fan edi. Formula yoki raqamdagi kichik xatolik ham, oxirgi javob no’to’g’ri bo’lishiga olib kelardi. Shu sabablar hisob kitobga ko’p vaqt ketardi. Xisoblab bo’lib uni tekshirib chiqish kerak edi. Va natijadan nima xulosa chiqishni anglash kerak edi. Shuncha narsani o’rganganimizdan keyin esa … Davomini ertaga yozaman. Qiziq bo’lsa 🔥 qoldirib turing. @raimbaev_elmurod
Open in TelegramSiz 11 betlik o’qib o’rgangan bozor tahlili qo’llanmani, bugun mentorlikdagi o’quvchilarim 172 betlik dars ko’rinishida o’rganadi. Raqamlarga va keyslarga boy dars bo’ladi. 😉 Ha aytgancha, bozor tahlili bo’yicha savollar bo’lsa, shu post ostiga yozing. Javob beraman. @raimbaev_elmurod
Open in TelegramMarketinga oid qanday muammolar sizlarni qiynaydi? Nima qiziq? Shu post izohiga yozsangiz, bundan keyingi postlar va foydali qo’llanmalar o’sha mavzuga oid bo’ladi. Izohda kutaman 👇🏻 @raimbaev_elmurod
Open in Telegram80 ga 20 qoidasini eshitgansiz. 20% harakatingiz, 80% natijangizni olib keladi. Bu qoidani o`ziga ishlatsangiz 4 ga 64 qoidasi kelib chiqadi. Bu qoidani ham eshitgan bo`lsangiz kerak. Ya`ni, 4% harakatingiz 64% natijani ta`minlaydi. Endi, marketolog sifatida o`sha 4% harakat aynan nima desangiz, bu «mijozlarni o`rganish» harakatlari. Bu harakat marketingizdagi 64% natijani olib keladi. @raimbaev_elmurod
Open in TelegramKo‘pchilik bozorni o‘rganish deganda mashhur TAM, SAM va SOM atamalarini eslaydi. Lekin bu instrument bozorning faqat bitta jihatini o‘rganadi. Ushbu qo‘llanmada bozorni to‘liq o‘rganishning 8 ta bosqichini xususiy maktab misolida ko`rishingiz mumkin. Vaqt ajratib hozir o`qing. Foydali bo`ladi. Keyin o`qiman disez katta ehtimol qolib ketadi. 😉 O`qib bo`lib fikringizni izohlarda qoldiring. @raimbaev_elmurod
Open in TelegramO`qiman disela bitta zo`r qo`llanma tayyorlab qo`ydim. TAM, SAM va SOM bozor o`rganishni bitta bo`lagi xolos. Undan tashqari o`rganishiz kere bo`lgan yana 7 ta instrument bor. 100 ta 🔥️️️️️️ bo`lsa tashiman kanalga. Bu safar qarz yokida bo`lib to`lashga berilmidi. @raimbaev_elmurod
Open in TelegramBozorni o`rganishdagi TAM, SAM va SOM atamasi haqida eshitganmisiz? @raimbaev_elmurod
Open in TelegramQaysi raqobatchilarni o’rganish kerak? 1. To’g’ridan-to’g’ri raqobatchilar. Siz mijozlaringizga nima taklif qilsangiz, huddi shu taklifni sizdaka xizmat yoki mahsulot kabi taqdim qiladiganlar - sizning to’g’ridan to’g’ri raqobatchilargiz. Xususiy maktab misolida bu - boshqa xususiy maktablar. Restoranlarda bu boshqa restoranlar. 2. Bilvosita raqobatchilar. Siz mijozlaringizga nima taklif qilsangiz, shu taklifni boshqacharoq mahsulot yoki xizmat ko’rinishida beradiganlar bu - bilvosita raqobatchilar. Xususiy maktabda bu o’quv markazlar va online maktablar. Restoranlarda bu kafelar, choyxona va fast-foodlar. 3. Xorijiy raqobatchilar. Xuddi sizdaka taklifga ega mahsulot yoki xizmati bor boshqa davlatdagi bizneslar - xorijiy raqobatchilar. 1-sini o’zingizni taklifingizni yanada kuchaytirish uchun o’rganasiz. 2-sini mijozlariz boshqa ko’rinishdagi yechimlarga ketib qolmasligi uchun o’rganasiz. 3-sini chet eldagi trendlar va tajribalarni o’z biznesingizda qo’llash uchun o’rganasiz. Post foydali bo’lgan bo’lsa 🔥 qoldirasiz. @raimbaev_elmurod
Open in TelegramMijozni og`rig`ini va xohishlari qanday aniqlayman? Qanday savollar bersam mijozlarni yana ham yaxshiroq tushunishni boshlayman? Mijoz haqida o`zi qanday ma`lumotlarni bilishim kerak? Shu barcha savollaringizga tepadagi qo`llanma orqali javob olasiz. Maroqli o`qish 😉 @raimbaev_elmurod
Open in Telegram