Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va dolzarb vazifalar muhokama qilindi Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov rahbarligida shahardagi korxona va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish kun tartibidan mahalliy budjet tushumlari ijrosini ta’minlash, hududlarda o‘tkazilayotgan “Dolzarb 15 kunlik” obodonlashtirish ishlari, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi vazifalar kabi masalalar o‘rin oldi. Shuningdek, kuz-qish mavsumida kommunal sohalarning barqaror faoliyatini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, aholi xonadonlarida is gazidan zaharlanish va yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari muhokama qilindi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglanib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda har bir yo‘nalish bo‘yicha ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Telegram | Hukumat portali | Facebook | Instagram | Youtube
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 131 |
| 2 h | 245 |
| 4 h | 290 |
- After 1 hour131
- After 6 hours290
- Total to date290