Account

Posts of Пул оқими

newest first

#24101Text

💰 BOYLIK DARAJALARI: SIZ QAYSI BOSQICHDASIZ? Boylik faqat oylik daromad bilan o‘lchanmaydi. Muhim ko‘rsatkich — sof kapital: barcha aktivlaringiz qiymatidan qarzlaringizni ayirganda qoladigan mablag‘. Quyidagi shartli tasnif orqali o‘zingizni baholab ko‘ring 👇 🔹 $10 minggacha — moliyaviy poydevor Asosiy ehtiyojlarni qoplash, qarzlarni kamaytirish va dastlabki zaxirani yaratish bosqichi. 🔹 $10–50 ming — jamg‘arma Kutilmagan xarajatlar uchun zaxira shakllanadi, kelajak uchun pul ajratish imkoniyati kengayadi. 🔹 $50–150 ming — barqarorlik Moliyaviy poydevor mustahkamlanib, aktivlarni ko‘paytirishga e’tibor kuchayadi. 🔹 $150–300 ming — o‘sayotgan kapital Muntazam jamg‘arish va investitsiyalar orqali kapitalni oshirish bosqichi. 🔹 $300 ming–$1 mln — moliyaviy qulaylik Yirik xaridlar, sayohatlar va turmush sifatini yaxshilash uchun imkoniyatlar kengayadi. 🔹 $1–3 mln — moliyaviy erkinlik sari Daromad keltiradigan aktivlar yashash xarajatlarini qoplasa, ishlash majburiyatdan tanlovga aylanishi mumkin. 🔹 $3–10 mln — katta kapital Biznes va turli aktivlardan daromad olish, kapitalni saqlash va boshqarish muhimlashadi. 🔹 $10–50 mln — global imkoniyatlar Xalqaro investitsiyalar, yirik loyihalar va yashash joyini erkin tanlash imkoniyati kengayadi. 🔹 $50 mln va undan yuqori — katta ta’sir Yirik bizneslar, ijtimoiy loyihalar va kelajak avlod uchun meros yaratish imkoniyati. 📌 Bu chegaralar shartli. Moliyaviy erkinlik kapital miqdoridan tashqari xarajatlaringiz, qarzlaringiz va aktivlaringiz qancha daromad keltirishiga ham bog‘liq. Maqsad — boshqalardan boyroq ko‘rinish emas, o‘z hayotingizni erkin boshqarish. 💬 Siz hozir qaysi bosqichdasiz va keyingi maqsadingiz qaysi?

Open in Telegram
Views1,0900%vs avg
Forwards—
Reactions6
Comments—
#24094Text

Muftiy Taqiy Usmoniy kriptovalyutalar savdosini harom deb e’lon qildi Karachi: Bugungi kunda dunyodagi eng mashhur hanafiy ulamolardan biri bo‘lgan pokistonlik olim Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy Islom shariati nuqtai nazaridan kriptovalyutalar bilan savdo qilish mumkin emasligi (harom ekanligi) haqida fatvo chiqardi. Karachidagi Darul Uloom ulamolari tomonidan internet orqali e’lon qilingan ushbu fatvoda hukm nafaqat kriptovalyutalarga, balki kripto-tokenlar va steyblkoinlar (masalan, USDT) ga ham tegishli ekani ta’kidlangan. Ulamolar bayonotida shunday deyiladi: «Barcha turdagi kripto tangalar (crypto coins), kripto-tokenlar va steyblkoinlar Islom fiqhida belgilangan “mol” (mulk) tushunchasiga kirmaydi. Shu sababli ularni sotib olish va sotish shariatga ko‘ra joiz emas.» Shuningdek, bayonotda quyidagilar ham qayd etilgan: «Kriptovalyuta bo‘ladimi, kripto-token bo‘ladimi yoki USDT kabi steyblkoin bo‘ladimi — barchasi shariat nuqtai nazaridan mol hisoblanmaydi. Shu sababli ularni sotib olish ham joiz emas.» Fatvoda yana ta’kidlanishicha, kriptovalyutaga berilgan nom hukmni o‘zgartirmaydi. Ya’ni u virtual valyuta, token yoki steyblkoin deb atalishidan qat’i nazar, mazkur fatvoga ko‘ra u shariatda mol sifatida e’tirof etilmaydi va u bilan muomala qilish mumkin emas. Bu hukm faqat Bitcoin (BTC) va Ethereum (ETH) bilan cheklanmaydi, balki blokcheyn texnologiyasi asosida yaratilgan boshqa tokenlar hamda USDT kabi steyblkoinlarni ham o‘z ichiga oladi. Fatvo Darul Uloom Karachi nazorati ostida tayyorlangan bo‘lib, e’lon qilingan hujjatlarga ko‘ra, uni bir qator islom ulamolari ham ma’qullagan. Muhim eslatma: Ushbu qaror faqat diniy (fiqhiy) hukm bo‘lib, davlat qonuni sifatida huquqiy kuchga ega emas. Biroq u ko‘plab musulmonlarning kriptovalyutalar savdosi va ularga investitsiya kiritishga bo‘lgan munosabatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. P.S. Ushbu ma’lumotdan keyin mazkur masalaga bevosita aloqador yana bir ma’lumot berilishi aytilgan. Shuni ham qo‘shimcha qilish kerakki, bu bitta mashhur olim va Darul Uloom Karachining fiqhiy qarashidir. Islom olamida kriptovalyutalar masalasida yagona umumiy fatvo mavjud emas. Boshqa ulamolar va shariat kengashlari ayrim shartlar asosida ba’zi kriptoaktivlarni joiz deb hisoblaydi, boshqalari esa joiz emas degan xulosaga kelgan. Shu sababli bu masalada turli fiqhiy qarashlar mavjud.

Open in Telegram
Views5,100+368%vs avg
Forwards—
Reactions7
Comments—
#24093Text

Forwarded from Ilyosbek Ikromov

🔵 Alfa Romeo yosh Enzo Ferrarini ishga olmadi. U esa keyinchalik Ferrari’ni dunyodagi eng afsonaviy superkar brendlaridan biriga aylantirdi. 🔴 Ferrari Ferruccio Lamborghini’ning avtomobil haqidagi tanqidlarini rad etdi. Ferruccio esa Lamborghini brendini yaratib, Ferrari’ga raqobatchi qildi. 🟡 Nintendo Sony’ning diskli konsol g’oyasidan voz kechdi. Sony esa uni PlayStation’ga aylantirdi. 🟢 Ishlab chiqaruvchilar Dyson’ning changyutgich g’oyasini qabul qilishmadi. Dyson esa kompaniyani o’zi qurdi va global brendga aylantirdi. 🟣 HP Steve Wozniakning kompyuter g’oyasini rad etdi. Wozniak esa Apple kompaniyasini yaratishda yordam berdi. ⚫️ Nashriyotlar Harry Potter qayta-qayta rad etishdi. Keyinchalik Harry Potter tarixdagi eng yirik kitob va kino franshizalaridan biriga aylandi. ⚪️ Decca Records The Beatles guruhini rad etdi. Keyinchalik ular dunyoning eng mashhur musiqiy guruhiga aylandi. 🟤 Excite Google’ni 750 ming dollarga sotib olishi mumkin edi. Keyinchalik Google dunyodagi eng qudratli kompaniyalardan biriga aylandi. 🟠 KFC Jack Ma’ni oddiy fast-food ishiga ham qabul qilmadi. U esa keyinchalik Alibaba’ni global elektron tijorat imperiyasiga aylantirdi. ☝️ Xulosa: Sizni rad etishlari — sizning qadringiz yo’qligini anglatmaydi. Ba’zan boshqalar sizdagi imkoniyatni ko’ra olmaydi. Tarixdagi eng katta muvaffaqiyatlarning ko’pi aynan rad etilishdan keyin boshlangan. 💪🚀 @ilyosbekpul

Open in Telegram
Views4,510+314%vs avg
Forwards—
Reactions21
Comments—
#24090Photo
Views6,000+450%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#24089Text

💸 QANDAY QILIB KAMBAG‘AL BO‘LIB QOLISH MUMKIN? Agar kambağal bòlishni xohlasangiz quyidagi amallarni mahkam tuting 😬 1️⃣ “Ertaga boshlayman” deb yurish. 2️⃣ Bitta ishni mukammal o‘rganish o‘rniga doim yangi ish boshlayverish. 3️⃣ Boshqa odam yutsa — men yutqazdim deb o‘ylash. 4️⃣ Hamma ma’qullamaguncha hech narsani boshlamaslik. 5️⃣ Topganingizdan ko‘proq pul sarflaydigan odam bilan yashash. 6️⃣ Faqat o‘zingizga o‘xshagan odamlardan o‘rganish. 7️⃣ Boy bo‘lish uchun avval boy bo‘lish kerak deb o‘ylash. 8️⃣ Tez taslim bo‘lish. 9️⃣ O‘zi yetmagan joyga sizni olib borishni va’da qiladigan odamlarga ishonish. 🔟 Har bir imkoniyatni “bu firibgarlik” deb rad etish. 1️⃣1️⃣ Hamma narsani firibgarlik deb o‘ylash. 1️⃣2️⃣Ko‘p loyihalarni boshlash, lekin hech birini tugatmaslik. 1️⃣3️⃣Biror narsani tushunish bilan uni amalga oshirish bir xil deb o‘ylash. 1️⃣4️⃣ Har bir odamning salbiy fikrini yurakka olish. 1️⃣5️⃣ Va’dalar berish… keyin ularni buzish. Ayniqsa o‘zingizga bergan va’dalarni. 1️⃣6️⃣ Pul topayotgan har kim sizdan aqlliroq deb o‘ylash. 1️⃣7️⃣ Hayot doim bir xil bo‘lib qoladi deb o‘ylab katta qarorlar qabul qilish. 1️⃣8️⃣ Oson chalg‘ib ketish. 1️⃣9️⃣ Boshqalarning fikrini o‘zingizning tajribangizdan ustun qo‘yish. 2️⃣0️⃣ Kitob òqish lekin unga amal qilmaslik! 📌 Boylar imkoniyat izlaydi. Kambag‘allar esa bahona. Xulosa qiling!

Open in Telegram
Views7,790+615%vs avg
Forwards—
Reactions27
Comments—
#24088Video
Views5,040+362%vs avg
Forwards—
Reactions15
Comments—
#24087Text
Views4,930+352%vs avg
Forwards—
Reactions19
Comments—
#24086Text
Views5,220+379%vs avg
Forwards—
Reactions26
Comments—
#24085Link preview

Янги фирибгарлик усули! 30 дақиқа молиявий ҳаётингизни вайрон қилиши мумкин. Бу оддий телефон фирибгарлиги эмас — у анча хавфлироқ. Уларга сизнинг пулларингиз, паролингиз ёки ишончингиз керак эмас. Уларга фақат сизнинг яхшилигингиз керак. Сўнгги вақтларда савдо марказлари, метро бекатлари, бозорлар ва жамоат жойларида “ёрдам сўраш орқали фирибгарлик” деган янги усул пайдо бўлди. Фирибгарлар одатда яхши кийинган ўрта ёшли ёки катта ёшли одамлар бўлади. Улар телефондан фойдаланишни билмаслигини, пенсия ёки субсидия миқдорини текширмоқчи эканини ёки нотўғри саҳифани босиб юборганини айтиб, телефонни кўриб беришингизни сўрайди. Хавфли жиҳати: Сиз телефонни қўлга олганингизда, унда кўпинча видеоқўнғироқ амалга оширилаётган бўлади ёки экран ёзуви ва юзни аниқлаш функцияси ёқилган бўлади. Қўнғироқнинг нариги томонида кимдир сизни кузатиб туради. Сиз ёрдам бераяпман деб ўйлайсиз, аслида эса биометрик маълумотларингиз йиғиб олинади. Бу оддий фирибгарлик эмас. Бу сунъий интеллект ёрдамида биометрик идентификация орқали амалга ошириладиган фирибгарликдир. Уларга пул керак эмас. Уларга сиз кераксиз. Агар сиз телефонга қўл теккизсангиз (бармоқ изи), рақамлар ёки текширув кодларини овоз чиқариб ўқисангиз (овоз намунаси) ёки экранга қараб турсангиз (юз ҳаракатлари), сизнинг учта асосий биометрик белгингиз — бармоқ изи, овоз ва юз тасвири — ўғирланиши мумкин. Замонавий сунъий интеллект сизнинг деярли мукаммал рақамли нусхангизни ярата олади. Кейин содир бўладиган ҳолат қўрқинчли. Фирибгарлар рақамли нусхангиздан онлайн кредитлар олиш, истеъмол қарзларини расмийлаштириш, кредит маблағларини нақдлаштириш ва юз ҳамда овоз орқали автоматик текширувдан ўтиш учун фойдаланиши мумкин. 30 дақиқа ичида сизга ажратилган барча кредит лимити ишлатиб юборилиши мумкин. Банк хабарномалари келганда, пул йўқолмаганини, аксинча, сиз катта қарзга ботганингизни тушуниб етасиз — балки минглаб пул миқдорида. Ушбу 3 қоидани эслаб қолинг: 1. Ҳеч қачон бегона одамга телефондан фойдаланишда ёрдам берманг. Телефонни ушламанг, босманг, кўрманг ва овоз чиқариб ҳеч нарса ўқиманг, ҳатто “фақат бир марта босинг” дейишса ҳам. 2. Номаълум видеоқўнғироқларга жавоб берманг. Дарҳол ўчиринг. Камерага қараб гапириш ёки юзни кўрсатиш илтимосларига рози бўлманг. 3. Бу хабарни кекса инсонлар, болалар ва самимий дўстлар билан улашинг. Фирибгарлар энди яхши одамларни нишонга олаяпти. Охирги эслатма: Ҳеч қачон “менга бундай бўлмайди” ёки “мен алданмайман” деб ўйламанг. Айнан шу ишонч ва яхшиликни фирибгарлар ишлатади. Илтимос, бу хабарни улашинг. Бир марта улашиш — бир қурбонни камайтириши мумкин. https://t.me/puloqimipotokdeneg

Open in Telegram
Views20,300×19vs avg
Forwards—
Reactions8
Comments—
#24084Photo
Views4,940+353%vs avg
Forwards—
Reactions51
Comments—
#24080Text

Forwarded from 10K investorlar klubi ochiq kanali

🚨 Tesla kumush topa olmayapti. Bu nimaning belgisi? Dunyodagi eng kuchli kompaniyalardan biri — Tesla. Eng boy insonlardan biri boshqarayotgan kompaniya. Va bugun ular ishlab chiqarish uchun yetarli jismoniy kumush topa olmayapti. Bu Tesla muammosimi? ❌ Yo‘q. Bu butun kumush bozori haqida signal. 🧠 Gap nimada? Yillar davomida kumush: – ETF – fyuchers kontraktlar – “qog‘oz kumush” orqali sotilib keldi. Qog‘ozda kumush ko‘pdek ko‘rinadi. Lekin real hayotda — jismoniy metall tanqis bo‘lib boryapti. Tesla qog‘oz emas, ETF emas, real metall qidiryapti. Va topa olmayapti. 🏭 Nega bu muhim? Kumush: – elektromobillarda – quyosh panellarida – elektronika sanoatida ishlatiladi. Investor kutishi mumkin. Zavod kutolmaydi. Agar metall bo‘lmasa — ishlab chiqarish to‘xtaydi. Shuning uchun sanoat kompaniyalari narxga emas, 👉 “bormi?” degan savolga qaraydi. ⚠️ Muhim nuqta: narx emas, mavjudlik Tarixda shunaqa bo‘lgan: 2008-yilda kumush narxi tushgan, lekin bozorda kumush topilmagan. Shunda savol: “necha dollar?” emas, “bormi?” bo‘lgan. 🔐 Agar siz: ✔️ hype emas, tahlilni ✔️ mish-mish emas, raqamni ✔️ qisqa signal emas, strategiyani xohlasangiz — 👉 biz buni 10K Investorlar yopiq klubida qilamiz. U yerda: – haftalik tahlillar – real aktivlar bo‘yicha strategiya – investorlar bilan muhokama – va bozorga boshqacha qarash bor. 📩 Klubga qo‘shilish haqida ma’lumot olish uchun “10K” deb yozib qoldiring yoki shaxsiyga yozing.

Open in Telegram
Views6,810+525%vs avg
Forwards—
Reactions6
Comments—