Account

Posts of Pulli Gap

newest first

#614Photo
Views4,020−45%vs avg
Forwards—
Reactions21
Comments—
#612Photo
Views6,460−11%vs avg
Forwards—
Reactions23
Comments—
#611Photo
Views6,970−4%vs avg
Forwards—
Reactions22
Comments—
#610Photo

Qishki kommunal to‘lovlarga yordam! Bu qish ehtiyojmand oilalar uchun bir nechta yordam turi bor. Ba’zilari o‘zi tayinlanadi, ba’zilariga murojaat qilish kerak. Keling, birma-bir ko‘rib chiqamiz. Yordam kimga beriladi ✔️ Ijtimoiy reyestrga, ya’ni kam ta’minlangan oilalar ro‘yxatiga kiritilganlarga. ✔️ Ro‘yxatda yo‘q, lekin oilada bir kishiga to‘g‘ri keladigan oylik daromad 1 million 430 ming so‘mdan oshmaydiganlarga. Masalan, besh kishilik oilaning jami daromadi oyiga 7 million 150 ming so‘mgacha bo‘lsa. Daromaddan tashqari oilaning umumiy ahvoli ham tekshiriladi. 1️⃣ Bir martalik 1 million so‘m Noyabr oyida beriladi. Ro‘yxatni “Inson” markazi va mahalla yettiligi tuzadi. Pul 30-noyabrgacha ijtimoiy kartaga yoki bank kartasiga tushadi. Yolg‘iz keksalar va nogironligi bor shaxslar ham oladi. 2️⃣ Elektr va gaz uchun kompensatsiya Elektrda oyiga 200 kVt·soatgacha har kVt·soat 650 so‘m, undan oshgani 900 so‘mdan hisoblanadi. Ehtiyojmand oilaga shu farq uchun kompensatsiya beriladi. Oilaning ahvoli davlat bazalari orqali tekshiriladi, mezonga to‘g‘ri kelsa, kompensatsiya keyingi oydan tayinlanadi. 3️⃣ Gaz yetib bormagan hududlarda Qishda elektrning arzon me’yori 200 emas, 350 kVt·soat. Oyiga 350 kVt·soat yoqqan xonadon 265 ming so‘m o‘rniga 227,5 ming so‘m to‘laydi. Farq 37,5 ming so‘m. 4️⃣ Gaz balloni uchun 15-noyabrdan suyultirilgan gazning kilogrammi 5 000 so‘m. Ehtiyojmand oilaga har kilogramm uchun 3 000 so‘m qaytariladi, oyiga 20 kilogrammgacha. Bu ko‘pi bilan 60 ming so‘m. Pul ijtimoiy kartaga tushadi. 5️⃣ Ko‘mir uchun Har tonnaga 300 ming so‘m, bir yilda ko‘pi bilan 600 ming so‘m qaytariladi. Ko‘mir mycoal.uz orqali olinadi, ariza “Inson” markaziga yoki davlat xizmatlari markaziga beriladi. Qayerdan so‘raladi? Mahallangizdagi “Inson” markazidan yoki “Ijtimoiy karta” ilovasidan. Ro‘yxatda bor-yo‘qligingizni ham shu yerdan bilasiz. Yordam turi bitta emas, beshta. O‘zingiz yoki qo‘shningiz mezonga to‘g‘ri kelsa, bir marta so‘rab ko‘rishga arziydi. Postni mahallangiz guruhiga tashlab qo‘ying: kimgadir kerak bo‘ladi. Telegram • Instagram • YouTube

Open in Telegram
Views12,400+70%vs avg
Forwards—
Reactions22
Comments—
#609Photo
Views6,800−7%vs avg
Forwards—
Reactions23
Comments—
#608Photo

Kredit arizangizni aslida kim tekshiradi? Tasavvur qiling, bank ilovasi orqali kreditga ariza berdingiz. Oradan bir necha daqiqa o‘tib, rad javobi keldi. Shuncha tez kim qaror qildi? Ko‘p hollarda — bank xodimi emas, avtomatik tizim. Bu tizim skoring deb ataladi. U sizning kredit olish imkoniyatingizni turli ma’lumotlar asosida baholaydi. 🔎 Skoring tizimi nimalarga e’tibor beradi? 1️⃣ Kredit tarixi. Oldingi kreditlaringizni vaqtida to‘laganmisiz? Kechikkan to‘lovlaringiz bormi? 2️⃣ Qarz yuki. Odatda, barcha kreditlaringiz bo‘yicha oylik to‘lovlar daromadingizning 50 foizidan oshmasligi kerak. Masalan, oylik daromadingiz 6 mln so‘m bo‘lsa, kredit to‘lovlari jami 3 mln so‘mdan oshmasligi lozim. 3️⃣ Daromad. Bank kreditni qaytarish imkoniyatingizni baholaydi. Bunda tasdiqlangan daromad muhim ahamiyatga ega. 4️⃣ Shaxsiy ma’lumotlar. Arizadagi noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar ham qarorga ta’sir qilishi mumkin. ❓ Kredit nega rad etiladi? Bunga kredit tarixidagi kechikishlar, qarz yukining yuqoriligi yoki daromadning yetarli emasligi sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun qayta ariza topshirishga shoshilmasdan, avvalo moliyaviy holatingizni tekshirib ko‘rgan ma’qul. ✅ Ariza berishdan oldin: ✔️ Kredit tarixingizni tekshiring. ✔️ Oldingi kreditlaringiz to‘liq yopilganiga ishonch hosil qiling. ✔️ Oylik kredit to‘lovlaringizni daromadingiz bilan solishtiring. 📌 Kredit tarixingizni my.gov.uz yoki infokredit.uz orqali tekshirishingiz mumkin. Unutmang: kredit rad etilishi — yakuniy hukm emas. Muhimi, bunga nima sabab bo‘lganini tushunish va moliyaviy imkoniyatlaringizni to‘g‘ri baholash. Telegram • Instagram • YouTube

Open in Telegram
Views6,530−10%vs avg
Forwards—
Reactions15
Comments—
#607Photo

Kredit olayotganda ko‘pchilik faqat foiz va oylik to‘lovga qaraydi. Kutilmagan xarajatlar esa shartnomaning boshqa bandlarida bo‘lishi mumkin. Imzo qo‘yishdan oldin shu 5 jihatni tekshiring. 1️⃣ Foizdan tashqari xarajatlar Foizdan tashqari komissiya, xizmat haqi va sug‘urta ham bo‘lishi mumkin. Bankdan «Jami qancha pul qaytaraman?» deb so‘rang. Markaziy bank talabiga ko‘ra, foiz, komissiya va jarimalar yig‘indisi bir yilda kredit summasining 50 foizidan oshmasligi kerak. Masalan, bir yilga 20 million so‘m olsangiz, qo‘shimcha to‘lovlar 10 million so‘mdan oshmasligi lozim. 2️⃣ To‘lov kechiksa To‘lov kechiksa, shartnomaga muvofiq penya hisoblanadi. Masalan, kunlik penya 0,1 foiz bo‘lsa, 2 million so‘mlik to‘lovni 10 kun kechiktirish 20 ming so‘mga tushadi. Qonunda belgilangan holatlarda bank qolgan qarzni muddatidan oldin qaytarishni ham talab qilishi mumkin. 3️⃣ Kartadan roziliksiz pul yechish Shartnoma bankka qarzni kartangizdan qo‘shimcha roziliksiz yechib olish huquqini berishi mumkin. Bu «akseptsiz undirish» deyiladi. 2027-yil 10-yanvardan bank bunday undirishda barcha kartalaringizda jami eng kam ish haqining kamida yarmini qoldirishi kerak. Hozirgi hisobda bu 680 ming so‘m. 4️⃣ Muddatidan oldin yopish Iste’mol kreditini muddatidan oldin qaytarishga haqlisiz. Foiz faqat kreditdan foydalangan davringiz uchun hisoblanadi. Masalan, 10 million so‘m qarzingiz qolgan va stavka yillik 24 foiz bo‘lsa, bir oylik foiz taxminan 200 ming so‘m. Bir oy oldin yopsangiz, shu pulni tejaysiz. Shartnomadan muddatidan oldin to‘lash tartibini tekshiring. 5️⃣ Sug‘urta va qo‘shimcha xizmatlar Sug‘urta majburiymi, narxi qancha, kim to‘laydi, har yili yangilanadimi? Javob shartnomada yoki uning ilovalarida aniq yozilgan bo‘lishi kerak. 🔹 Yana bir huquqingiz Iste’mol krediti pulidan hali foydalanmagan bo‘lsangiz, shartnoma tuzilgan kundan ikki hafta ichida yozma xabar berib, undan voz kechishingiz mumkin. ✅ Imzolashga shoshilmang. Shartnomani o‘qish, tushunarsiz bandni so‘rash va xarajatlarni oldindan hisoblash — sizning huquqingiz. Manba: “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi qonun, Markaziy bank nizomi va qarori 📍Postni kredit olishni rejalashtirayotgan yaqinlaringizga ham yuboring. Telegram • Instagram • YouTube

Open in Telegram
Views7,830+7%vs avg
Forwards—
Reactions37
Comments—
#606Photo

📚 O‘zbekistonliklar nega chet elda o‘qishni tanlamoqda? 2026-yilning dastlabki to‘rt oyida 7 355 nafar O‘zbekiston fuqarosi ta’lim olish maqsadida xorijga yo‘l oldi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26,2 foizga kamaygan. Ammo raqamlar pasayganiga qaramay, xorijda ta’lim olish istagi hanuz yuqori. Bugungi kunda yoshlar nafaqat diplom, balki xalqaro tajriba, xorijiy til ko‘nikmalari va global mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lish imkoniyatlarini ham izlamoqda. 😊 Keling, talab eng yuqori bo‘lgan davlatlarni ko'rib chiqamiz 2026-yil yanvar-aprel oylarida o‘zbekistonlik talabalar eng ko‘p quyidagi davlatlarni tanlagan: *️⃣Qirg‘iziston — 1 519 nafar *️⃣ Rossiya — 1 515 nafar *️⃣ Janubiy Koreya — 1 184 nafar *️⃣ Turkiya — 554 nafar *️⃣ Tojikiston — 514 nafar *️⃣ Xitoy — 472 nafar *️⃣ Buyuk Britaniya — 413 nafar *️⃣ Boshqa davlatlar — 1 184 nafar 😊 Xo'sh, nega aynan ushbu davlatlar tanlangan? Mutaxassislarning fikricha, tanlovga bir nechta omillar ta’sir qilmoqda: ✔️Ta’lim narxining nisbatan arzonligi ✔️ Grant va stipendiya dasturlarining mavjudligi ✔️ Diplomlarning xalqaro tan olinishi ✔️ Til o‘rganish imkoniyati ✔️ Ish va amaliyot dasturlariga kirish imkoniyati Masalan, Janubiy Koreya va Xitoy texnologiya hamda muhandislik yo‘nalishlari bilan qiziqtirsa, Buyuk Britaniya yuqori reytingdagi universitetlari bilan talabalarni jalb qilmoqda. Rossiya esa geografik yaqinlik va rus tilida ta’lim olish imkoniyati tufayli hanuz eng ommabop yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda. 🗣️ Bir narsa aniq: bugungi yoshlar uchun ta’lim endi faqat diplom emas, balki dunyoqarashni kengaytirish, yangi imkoniyatlar eshigini ochish va xalqaro maydonda o‘z o‘rnini topish vositasiga aylanmoqda. Shu sababli xorijda o‘qish istagi yaqin yillarda ham dolzarbligicha qoladi. Siz ta’lim uchun qayerni tanlagansiz yoki tanlagan bo'lardingiz? Telegram • Instagram • YouTube

Open in Telegram
Views24,800+240%vs avg
Forwards—
Reactions65
Comments—
#605Text
Views26,100+258%vs avg
Forwards—
Reactions51
Comments—
#604Photo

✈️ O‘zbekistonliklar nega Vyetnamga oshiqmoqda? So‘nggi yillarda o‘zbekistonlik sayyohlar orasida yangi trend paydo bo‘ldi. Avvallari Turkiya, BAA yoki Tailand eng ommabop yo‘nalishlar sanalgan bo‘lsa, endi Vyetnam ham tez sur’atlarda mashhurlikka erishmoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-may oylarida 18 330 nafar O‘zbekiston fuqarosi Vyetnamga safar qilgan. Bu ko‘rsatkich mamlakatga bo‘lgan qiziqish tobora ortib borayotganini ko‘rsatadi. 🛍 Qizig‘i shundaki, safarga chiqqanlarning mutlaq ko‘pchiligi dam olishni maqsad qilgan. Vyetnamga borganlarning: ✈️ 17 315 nafari sayohat qilish uchun, 👨‍👩‍👧‍👦 865 nafari qarindoshlarini yo‘qlash uchun, 🏥 142 nafari davolanish uchun, 💼 atigi 8 nafari xizmat safari bilan yo‘l olgan. Bu esa Vyetnam o‘zbekistonliklar uchun avvalo turistik yo‘nalish sifatida qiziq ekanini ko‘rsatadi. 📌 Xo'sh, Vyetnam nimasi bilan jalb qilmoqda? 1️⃣ Vyetnam Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng arzon turistik yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Mehmonxonalar, transport va ovqatlanish xarajatlari ko‘plab boshqa mashhur kurortlarga nisbatan ancha hamyonbop. 2️⃣ Mamlakatning tropik tabiati, oq qumli plyajlari va ekzotik madaniyati sayyohlarni o‘ziga tortmoqda. Ayniqsa Nha Trang, Da Nang va Fukuok kabi kurortlar o‘zbekistonliklar orasida tobora mashhur bo‘lib bormoqda. 3️⃣ Turizm kompaniyalari tomonidan taklif qilinayotgan tayyor paketlar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar ham sayohatni ancha qulaylashtirgan. ❓Shunda yangi turistik favorit paydo bo‘lmoqdami? 18 mingdan ortiq sayyoh atigi besh oy ichida Vyetnamni tanlagani bu yo‘nalishning O‘zbekiston bozorida tobora kuchayib borayotganini anglatadi. Agar hozirgi sur’at saqlanib qolsa, yil yakuniga qadar Vyetnamga borgan o‘zbekistonliklar soni 40 ming nafardan ham oshishi mumkin. Ko‘rinib turibdiki, o‘zbekistonlik sayyohlarning e’tibori tobora yangi yo‘nalishlarga qaratilmoqda. Va bugun ana shunday eng tez ommalashayotgan manzillardan biri — aynan Vyetnam. Siz-chi Vyetnamga borishga ulgurdingizmi? Telegram • Instagram • YouTube

Open in Telegram
Views21,700+198%vs avg
Forwards—
Reactions32
Comments—
#603Photo
Views18,000+147%vs avg
Forwards—
Reactions26
Comments—
#602Photo

💰3 yildan keyin qaysi kasb egalari ko‘proq pul topadi? Bugun minglab yoshlar va ota-onalarni qiynayotgan savollardan biri aynan shu. Chunki dunyo shunchalik tez o‘zgaryaptiki, bugun mashhur bo‘lgan kasb 5 yildan keyin eskirib qolishi, hozir deyarli e’tibor berilmayotgan yo‘nalish esa millionlab dollar aylantiradigan sohaga aylanishi mumkin. Mutaxassislar fikricha, yaqin 2–3 yil ichida mehnat bozorida eng katta pulni diplom emas, muammoni hal qila oladigan odamlar topadi. Xo‘sh, kelgusi yillarda qaysi kasblarning “narxi” oshadi? ✔️ IT: kompyuter ortidagi millionlar Bugun deyarli har bir kompaniya raqamlashtirish yo‘lidan ketmoqda. Banklar, do‘konlar, taksi xizmatlari, hatto oddiy kafelar ham texnologiyaga tayanmoqda. Shu sababli dasturchilar, sun’iy intellekt mutaxassislari, kiberxavfsizlik ekspertlari va mobil ilova yaratuvchilariga talab kamayishi emas, aksincha yanada oshishi kutilmoqda. Ayrim xalqaro kompaniyalarda tajribali dasturchilar bir oyda o‘rtacha xodimning bir yillik maoshiga teng daromad topayotgani ham bejiz emas. ✔️Sotishni biladigan odam doim pul topadi Eng zo‘r mahsulot ham sotilmasa, qiymatsiz. Shuning uchun marketing va sales mutaxassislari biznesning eng muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa digital marketing, reklama strategiyasi, SMM va savdo bo‘yicha kuchli mutaxassislar uchun daromad chegarasi deyarli yo‘q. Ko‘plab kompaniyalar natija uchun katta bonus to‘lashga tayyor. ✔️ Telefon ushlab yurganlar orasida kimdir biznes quryapti Bir necha yil oldin blogerlikni ko‘pchilik jiddiy kasb deb hisoblamasdi. Bugun esa kontent yaratuvchilar reklama, hamkorlik va shaxsiy brend orqali katta daromad qilmoqda. Video montajchilar, kontent-menejerlar, UGC-kreatorlar, podkastchilar va media mutaxassislari uchun imkoniyatlar tobora kengaymoqda. Birgina kuchli video ba'zan bir necha oylik maoshga teng daromad olib kelishi mumkin. ✔️Kvadrat metr ortida katta pul yotibdi Aholi soni ortmoqda. Shaharlar kengaymoqda. Yangi uylar qurilmoqda. Bu esa qurilish sohasi va ko‘chmas mulk bozorini doimiy ravishda harakatda ushlab turadi. Rieltorlar, qurilish muhandislari, interyer dizaynerlari va loyiha menejerlari yaqin yillarda ham talabgir kasblardan bo‘lib qoladi. Ba'zi yirik bitimlar esa bir necha oy ishlamasdan topiladigan daromadni bir kunda olib kelishi mumkin. ✔️ Odamlar sog‘lig‘i uchun pulni ayamaydigan davr Iqtisodiy vaziyat qanday bo‘lishidan qat’i nazar, insonlar sog‘lig‘iga investitsiya qilishda davom etadi. Shuning uchun stomatologlar, kosmetologlar va tor yo‘nalishdagi yuqori malakali shifokorlarning xizmatlariga talab yuqoriligicha qolmoqda. Ayniqsa tajriba va obro‘ ortgani sari bu sohadagi daromad ham keskin o‘sadi. ✔️ Uyda o‘tirib xorij uchun ishlash Bugun Toshkentda yoki viloyatda yashab turib ham Amerika, Yevropa yoki Osiyodagi kompaniyalar bilan ishlash mumkin. Freelance, remote ish va onlayn biznes imkoniyatlari sabab ko‘plab mutaxassislar mahalliy bozor chegaralaridan chiqib ketmoqda. Eng katta ustunlik esa daromadning dollar yoki yevroda bo‘lishidir. ❓O'zi aslida eng daromadli kasb qaysi? Ko‘pchilik aniq bitta kasb nomini eshitishni xohlaydi. Ammo haqiqat boshqacharoq. Kelajakda eng ko‘p pul topadigan odam — eng zamonaviy kasb egasi emas, balki o‘z sohasida eng kuchli mutaxassis bo‘lgan inson bo‘ladi. 🗣️ Chunki bozor diplom uchun emas, natija uchun pul to‘laydi. Shuning uchun kasb tanlashda trend ortidan quvishdan ko‘ra, o‘zingiz qiziqadigan yo‘nalishda chuqur mutaxassisga aylanish ko‘proq foyda keltirishi mumkin. Fikringiz qanday? Telegram • Instagram • YouTube

Open in Telegram
Views20,800+185%vs avg
Forwards—
Reactions85
Comments—
#600Text
Views18,700+157%vs avg
Forwards—
Reactions64
Comments—
#599Video

💸Soxta dollar qo‘lingizga tushib qolsa nima qilish kerak? Tasavvur qiling, siz valyuta almashtirdingiz yoki kimdandir dollar qabul qildingiz. Bir necha kundan keyin esa kupyura soxta ekanligini bilib qoldingiz. Bunday vaziyatda ko‘pchilik nima qilishni bilmay qoladi. Ayrimlar esa zararni qoplash uchun kupyurani boshqa birovga berishga urinadi. Bu esa yanada jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. ❌ Eng katta xato — uni boshqalarga berish Soxta dollarni bilgan holda muomalaga kiritish qonunchilikka ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun kupyurani do‘konda ishlatish, tanishlarga berish yoki almashtirishga urinish tavsiya etilmaydi. Agar pulning haqiqiyligiga shubha tug‘ilgan bo‘lsa, uni alohida saqlab qo‘ygan ma’qul. 🏦 Bankka murojaat qiling Eng to‘g‘ri yo‘l — kupyurani bankka olib borish. Mutaxassislar maxsus uskunalar yordamida pulning haqiqiy yoki soxtaligini aniqlab berishadi. Ba'zan odamlar shubha sababli pulini yo‘qotishdan qo‘rqib bankka murojaat qilishmaydi. Aslida esa mutaxassis xulosasisiz kupyuraning soxta ekanligini aniq bilish qiyin. 💡Qayerdan olganingizni eslab qoling Agar shubhali kupyura aniqlansa, uni qayerdan olganingizni eslash muhim. Chunki bu ma'lumot huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Valyutani qachon, qayerda va kimdan olganingiz haqidagi ma'lumotlar tekshiruv jarayonini yengillashtiradi. ✔️ Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bering Agar soxta pul tarqatilayotgani haqida shubha bo‘lsa yoki siz bir nechta shubhali kupyuralarga duch kelsangiz, tegishli organlarga murojaat qilish kerak. Bu nafaqat o‘zingizni, balki boshqa fuqarolarni ham moliyaviy zarardan himoya qilishga yordam beradi. ‼️Nega ehtiyot bo‘lish kerak? Soxta pul bilan bog‘liq zarar faqat pulning o‘zigina emas. Vaqt, asab va qo‘shimcha tekshiruvlar ham odamga noqulaylik tug‘diradi. Shu sababli valyuta bilan ishlaganda faqat ishonchli manbalardan foydalanish tavsiya etiladi. Agar qo‘lingizga soxta dollar tushib qolsa, vahimaga tushmang. Uni boshqa odamlarga bermang, ishlatishga urinmang va eng yaqin bankka murojaat qiling. Zarurat tug‘ilganda tegishli organlarga xabar bering. To‘g‘ri harakat qilish sizni ortiqcha muammolardan asraydi. Telegram • Instagram • YouTube

Open in Telegram
Views16,700+129%vs avg
Forwards—
Reactions26
Comments—
#596Photo
Views18,200+150%vs avg
Forwards—
Reactions28
Comments—
#594Photo

💰Dollar haqiqiymi yoki soxta? Uni qanday tekshirish mumkin? AQSh dollari dunyodagi eng mashhur va eng ko‘p ishlatiladigan valyutalardan biri hisoblanadi. Shu sababli u eng ko‘p qalbakilashtiriladigan pullar qatoriga ham kiradi. 👀 Ba’zan odamlar valyuta ayirboshlashda, savdo-sotiqda yoki qarz berib-olishda soxta kupyuralarga duch kelib qolishadi. 📌Xo‘sh, dollar haqiqiy yoki soxta ekanligini qanday aniqlash mumkin? 1️⃣Dollar qog‘oziga e’tibor bering Haqiqiy dollar oddiy qog‘ozda chop etilmaydi. U paxta va zig‘ir tolalaridan tayyorlangan maxsus materialdan ishlab chiqariladi. Shuning uchun u qo‘lda ushlaganda o‘ziga xos g‘adir-budir va mustahkam tuyg‘u beradi. Agar kupyura juda silliq, yupqa yoki oddiy printer qog‘oziga o‘xshasa, ehtiyot bo‘lish kerak. 2️⃣Yorug‘likka tutib ko‘ring Dollarning ichida maxsus himoya ipi va suv belgisi mavjud. Kupyurani yorug‘likka tutganingizda: *️⃣ Himoya ipi ko‘rinadi. *️⃣ Portretning suv belgisi paydo bo‘ladi. *️⃣ Himoya ipida "USA" va nominal qiymati yozilgan bo‘ladi. Soxta kupyuralarda bu belgilar ko‘pincha bo‘lmaydi yoki sifatsiz ko‘rinadi. 3️⃣ Rang o‘zgarishiga qarang Yangi namunadagi 10, 20, 50 va 100 dollarlik kupyuralarda rang o‘zgartiruvchi siyoh ishlatilgan. Kupyurani qiyalatganda ayrim raqamlar yashildan mis rangga yoki boshqa tusga o‘zgaradi. Soxta kupyuralarda esa bunday effekt deyarli kuzatilmaydi. 4️⃣ Mayda yozuvlarni tekshiring Dollar kupyuralarida oddiy ko‘z bilan ko‘rish qiyin bo‘lgan mikroyozuvlar mavjud. 🔺Lupa yordamida qaralganda yozuvlar aniq ko‘rinadi va harflar ravshan bo‘ladi. Soxta kupyuralarda esa bu yozuvlar loyqa yoki oddiy chiziqlar ko‘rinishida bo‘ladi. 5️⃣Bo‘rtma bosmani his qiling Dollar yuzasidagi ayrim elementlar maxsus usulda bosiladi. Barmoq bilan ushlab ko‘rilganda: *️⃣Portret qismi; *️⃣ Federal Reserve muhri; *️⃣ Ayrim yozuvlar biroz bo‘rtib turadi. Bu haqiqiy kupyuraning muhim belgilaridan biridir. 6️⃣ UV chiroqdan foydalaning Valyuta ayirboshlash shoxobchalari va banklarda ultrabinafsha chiroqlar qo‘llaniladi. UV nur ostida: *️⃣ 5 dollar — ko‘k; *️⃣ 10 dollar — to‘q sariq; *️⃣ 20 dollar — yashil; *️⃣ 50 dollar — sariq; *️⃣ 100 dollar — pushti rangda porlaydi. Agar himoya ipi porlamasa, kupyura shubhali bo‘lishi mumkin. ➡️Bu postni dollar ko'p ishlatadigan tanishingizga yuborib qo'ying. Telegram • Instagram • YouTube

Open in Telegram
Views17,100+135%vs avg
Forwards—
Reactions39
Comments—