🚨 Elsevier ilmiy firibgarlikka qarshi kurashni yangi bosqichga olib chiqmoqda! 🌐 2026-yil 13-noyabr kuni dunyoning yetakchi ilmiy nashriyotlaridan biri - Elsevier ilmiy firibgarliklarni aniqlashga ixtisoslashgan Clear Skies kompaniyasini sotib olganligini rasman e’lon qildi. 🔍 Mazkur kompaniyaning Oversight texnologiyasi Elsevier’ning ilmiy nashrlarda halollikni ta’minlashga qaratilgan Check Integrity tizimiga integratsiya qilinmoqda. Ushbu texnologiya ilmiy maqolalarning mazmuni, iqtibos keltirish qonuniyatlari, mualliflarning avvalgi ilmiy nashrlari hamda hammualliflik va ilmiy hamkorlik tarmoqlarini kompleks tahlil qilish imkonini beradi. 📊 Mazkur tizim orqali pul evaziga hammualliflik o‘rinlarini sotish va sotib olish, tayyor ilmiy maqolalarni sotib olish, soxta ilmiy maqolalarni ommaviy ishlab chiqarish (Paper Mills), iqtiboslar sonini sun’iy ravishda oshirish hamda boshqa ilmiy etikaga zid faoliyat bilan bog‘liq shubhali holatlarni aniqlash imkoniyatlari yanada kengayadi. ❗️ Eng e’tiborli jihati shundaki, endilikda nafaqat nashrga taqdim etilgan ilmiy maqola, balki muallifning avvalgi ilmiy nashrlari, iqtiboslari va boshqa mualliflar bilan ilmiy hamkorlik aloqalari ham tahlil qilinadi. 📚 Takomillashtirilgan tizim Elsevier’ning ayrim ilmiy jurnallarida allaqachon ishga tushirilgan bo‘lib, kelgusi oylar davomida nashriyotning barcha ilmiy jurnallariga joriy etilishi rejalashtirilgan. ⚠️ Bu, ayniqsa, ilmiy maqolalardagi hammualliflik o‘rinlarini sotish va sotib olish, iqtiboslar soni hamda h-indeks ko‘rsatkichlarini sun’iy ravishda oshirish bilan shug‘ullanayotgan shaxslar uchun jiddiy ogohlantirishdir. Shu bilan birga, tizim tomonidan shubhali holatning aniqlanishi ilmiy firibgarlik isbotlanganligini anglatmaydi. 🌍 Xalqaro ilmiy hamjamiyat ilmiy firibgarlikka qarshi kurashishda tobora zamonaviy texnologiyalardan foydalanmoqda. Endilikda nafaqat shubhali ilmiy maqolalarni, balki ilmiy firibgarlik bilan bog‘liq mualliflar tarmoqlarini ham aniqlash imkoniyatlari kengaymoqda. 🎓 Ilmiy faoliyatda sun’iy ko‘rsatkichlar ortidan quvish emas, balki haqiqiy ilmiy natijalarga erishish va akademik halollik tamoyillariga rioya qilish ustuvor vazifa bo‘lishi lozim! 📨 Ushbu postni Siz uchun qadrli bo‘lgan do‘stlaringiz, hamkasblaringiz va ilmga chanqoq barcha guruhlarga ulashishingizni so‘raymiz. Murojaat: https://t.me/publicationu Telegram: https://t.me/publish_uz
Open in TelegramPosts of Publication_uz
#grantlar 🇺🇿 “Uzbekistan Youth in Science” ilmiy loyihamizning dars jadvali tasdiqlandi! 🎓 Iqtidorli yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Uzbekistan Youth in Science” ilmiy loyihamiz doirasida tashkil etiladigan jonli amaliy darslarning jadvali rasman tasdiqlandi! 📚 Tasdiqlangan dars jadvali: 📘 1-dars | 4-dekabr, 20:00 Ilmiy tadqiqot olib borishning zamonaviy usullari. 📗 2-dars | 12-dekabr, 20:00 Scopus ma’lumotlar bazasi bilan professional ishlash. 📙 3-dars | 19-dekabr, 20:00 Web of Science ma’lumotlar bazasining imkoniyatlari. 📕 4-dars | 26-dekabr, 20:00 Nufuzli xalqaro jurnallar uchun ilmiy maqolalar tayyorlash. 📒 5-dars | 28-dekabr, 20:00 Nashr jarayonini tashkil etishning strategiyali yondashuvlari. 🕗 Barcha darslar Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da jonli va amaliy shaklda tashkil etiladi. 🚀 Darslar davomida ishtirokchilar ilmiy tadqiqot olib borish, xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish, nufuzli jurnallar uchun ilmiy maqolalar tayyorlash hamda nashr jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha muhim bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. 🌱 Asosiy maqsadimiz - iqtidorli yoshlarimizning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, ularni xalqaro ilmiy faoliyatga yo‘naltirish va O‘zbekiston ilm-fanining kelajagiga munosib hissa qo‘shish! 👨🏫 Ilmiy loyiha muallifi va rahbari: PhD Fakhriddin Abdikarimov 📨 Ushbu postni Siz uchun qadrli bo‘lgan do‘stlaringiz, hamkasblaringiz va ilmga chanqoq barcha guruhlarga ulashishingizni so‘raymiz. Murojaat: https://t.me/publicationu Telegram: https://t.me/publish_uz
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 3 h | 908 |
| 5 h | 1,270 |
- After 6 hours1,270
- Total to date1,270
#scopus 🌍 Scopus ma’lumotlar bazasida indekslangan ilmiy maqolamizga xorijlik olimlar tomonidan navbatdagi iqtiboslik berildi. 📈 Ayni paytda Scopus ma'lumotlar bazasidagi ilmiy ko‘rsatkichlarimiz 16 ta ilmiy maqola, 106 ta iqtibos va h-indeks ko'rsatkichimiz 7 ni tashkil etmoqda. 🎯 Ilmiy ishlarimizning xorijlik tadqiqotchilar tomonidan e’tiborga olinishi va ularga iqtibos keltirilishi biz uchun quvonarli natijadir. ✨ Ilmiy izlanishlarimiz davom etadi! Murojaat: https://t.me/publicationu Telegram: https://t.me/publish_uz
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 3 h | 1,100 |
| 6 h | 1,350 |
- After 6 hours1,350
- Total to date1,350
#klon 🚨 Klon jurnal qurboniga aylangan navbatdagi mualliflarimiz! ❗️ Afsuski, yana bir guruh mualliflarimiz Journal of the European Higher Education Area jurnalining klon veb-sayti qurboniga aylanishdi. 🌐 Jurnalning klon veb-sayti: https://ehea-journal.com/ehea/en 😳 Eng qizig‘i, mualliflarni ishontirish uchun qanday usullardan foydalanilayotganiga qarang! ✅ Veb-saytda O‘zbekistonlik mualliflarning maqolalari bilan bir qatorda xorijiy mualliflar nomidan ham ilmiy maqolalar joylashtirilmoqda. Ushbu maqolalarning ayrimlari boshqa jurnallardan ko‘chirib olingan yoki ChatGPT kabi sun’iy intellekt vositalari yordamida tayyorlangan. 🤦♂️ Nahotki, bunday sodda sxemalar bilan odamlarni aldash davri hali ham tugamagan bo‘lsa?! 🔎 Eng qiziq jihati shundaki, saytdagi ayrim maqolalarni ochib ko‘rsangiz, oddiy tarjima, imlo va formatlash xatolariga duch kelasiz. Hatto ingliz tilida yozilgan ilmiy maqolalarda o‘zbek tiliga xos «o‘» harfini ham uchratish mumkin! 💸 100 AQSH dollari evaziga maqola chop etishni taklif qilib, mualliflarning ishonchidan foydalanishga urinayotgan firibgarlarning quvonchi uzoqqa bormaydi, degan umiddamiz! ❗️Ilm-fan bilan shug‘ullanayotgan insonlarning yillar davomida qilgan mehnati, ilmiy faoliyati va mablag‘ini bunday shubhali sxemalar orqali xavf ostiga qo‘yishga hech kimning haqqi yo‘q! ⚖️ Hurmatli, ushbu sayt orqali maqola chop ettirgan mualliflar! Agar Siz jurnalning haqiqiy maqomi haqida noto‘g‘ri ma’lumot berilishi oqibatida aldangan bo‘lsangiz, barcha yozishmalar, to‘lov cheklari, reklama materiallari va maqola havolalarini saqlagan holda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga imkon qadar tezroq murojaat qilishingizni so‘raymiz! 🚫 Biz mualliflarimizning ochiqdan-ochiq aldanishiga befarq qarab turmaymiz! Ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan tadqiqotchilarning huquqlari, manfaatlari va ilmiy obro‘sini himoya qilish uchun bunday shubhali nashrlar haqida jamoatchilikni ogohlantirishda davom etamiz. 🎓 Ilm-fan firibgarlik maydoni emas! Tadqiqotchilarning ishonchi va mehnati bilan o‘ynashishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi! 📨 Ushbu imkoniyat haqida do‘stlaringiz, hamkasblaringiz va ilm-fanga qiziquvchi barcha ustozlarni ham xabardor qiling! Murojaat: https://t.me/publicationu Telegram: https://t.me/publish_uz
Open in Telegram🇺🇿 “Uzbekistan Youth in Science” ilmiy loyihamizga qabul yakunlandi! 🏆 Ertaga loyihamizga saralab olingan barcha g‘olib ishtirokchilar nomini rasman e’lon qilamiz! 🌸 Loyihamizga katta qiziqish bildirgan, o‘z bilim va salohiyatini namoyon etishga intilgan hamda tanlovda faol ishtirok etgan barcha nomzodlarga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz! ✨ Sizlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishingiz, izlanishga intilishingiz va yuksak maqsadlaringiz biz uchun nihoyatda qadrlidir. 💐 Barcha ishtirokchilarga kelgusidagi ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi kashfiyotlar va yuksak marralar tilaymiz!
Open in Telegram#grantlar ⏳Bugun deadline! 🏆 Ilmiy loyihalarimiz haqidagi taassurotlaringiz, fikr-mulohazalaringiz va takliflaringizni yozib qoldiring hamda grant sohibiga aylaning! 📲 Grant tanlovida ishtirok etish juda oson! Buning uchun Instagram sahifamizdagi quyidagi postga layk bosishingiz va izohlarda ilmiy loyihalarimiz haqidagi samimiy taassurotlaringiz, fikr-mulohazalaringiz hamda takliflaringizni yozib qoldirishingiz kifoya. 🌐 https://www.instagram.com/reel/DbtAyq1NFLq/?igsh=ZjYwd3ZpaGN2bWp4 🏆 Grant sohiblari dekabr oyida tashkil etiladigan “Scopus sari ilk qadam” va “Ilmiy maqola yozish sari ilk qadam” ilmiy loyihalarimizdan o‘zlari tanlagan bittasida mutlaqo bepul tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar! 📅 Muhim! Grant tanlovida 2026-yil 1-oktyabrdan 30-noyabrgacha Instagram postimiz ostida qoldirilgan fikr-mulohazalar, taassurotlar va takliflar hisobga olinadi. 📨 Ushbu imkoniyat haqida do‘stlaringiz, hamkasblaringiz va ilm-fanga qiziquvchi barcha ustozlarni ham xabardor qiling! Murojaat: https://t.me/publicationu Telegram: https://t.me/publish_uz
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 22 h | 1,900 |
| 25 h | 1,950 |
- After 24 hours1,950
- Total to date1,950
📢 Muhokama uchun muhim qaror loyihasi e’lon qilindi! 🏛 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengashlar faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha reyting tizimini yuritilishini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. 📌 Mazkur loyiha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar faoliyatini baholash va ularning samaradorligini aniqlash bo‘yicha reyting tizimini tashkil etishga qaratilgan. 💬 Hurmatli ilmiy jamoatchilik vakillari! Mazkur qaror loyihasi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar faoliyatiga bevosita daxldor bo‘lgani sababli, uning muhokamasida olimlar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va ilmiy kengashlar a’zolarining faol ishtirok etishi muhim. ⏳ Muhokamalar 2026-yil 10-dekabrga qadar davom etadi. 🔗 Qaror loyihasining to‘liq matni va muhokamada ishtirok etish uchun: https://regulation.adliya.uz/project/11922/39334 🎓 Ilmiy faoliyatni baholashda shaffoflik, xolislik va adolatli mezonlarni shakllantirishda ilmiy jamoatchilikning fikri muhim ahamiyatga ega! 📢 Siz ham qaror loyihasi bilan tanishib, o‘z fikr-mulohazalaringiz va takliflaringizni bildirishingizni so'raymiz. 📨 Ushbu postni Siz uchun qadrli bo‘lgan do‘stlaringiz, hamkasblaringiz va ilmga chanqoq barcha guruhlarga ulashishingizni so‘raymiz. Murojaat: https://t.me/publicationu Telegram: https://t.me/publish_uz
Open in Telegram#grantlar 🇺🇿 Bugun “Uzbekistan Youth in Science” ilmiy loyihamizga qabul yakunlanadi! 🎁 Loyiha doirasida 100 nafar iqtidorli yoshning har biriga 1 500 000 so‘mlik grant ajratiladi. 📚 Ishtirokchilar uchun "Scopus sari ilk qadam" va "Ilmiy maqola yozish sari ilk qadam" loyihalari asosida jonli amaliy darslar tashkil etilib, ilmiy maqola tayyorlash, xalqaro jurnallar bilan ishlash hamda Scopus va Web of Science bazalaridan samarali foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar beriladi. 📑 Nomzodlarni saralash va baholash mezonlari bu yerda: https://t.me/publish_uz/14926 👨🏫 Loyiha muallifi va rahbari: PhD Fakhriddin Abdikarimov 📨 Ushbu imkoniyatni iqtidorli do‘stlaringiz va tengdoshlaringizga ham ulashishingizni so‘raymiz! Murojaat: https://t.me/publicationu Telegram: https://t.me/publish_uz
Open in Telegram#klon 🚨Ilmiy maqolalarni xalqaro jurnallarda chop etish fonida yangi firibgarlik sxemasi: yana bir klon jurnal paydo bo'ldi! ✅Ilmiy maqolalarni xalqaro jurnallarda chop ettirishga bo‘lgan talab ortib borayotgan bir paytda, haqiqiy ilmiy jurnallarning nomidan foydalanishga asoslangan firibgarlik sxemalari hamon uchramoqda. Navbatdagi shunday holat Journal of the European Higher Education Area (ISSN: 2192-0109) jurnalining nomidan foydalanayotgan yangi klon veb-sayt bilan bog‘liq. 🌐 Jurnalning klon veb-sayti: https://ehea-journal.com/ehea/en 🔎 WHOIS ma’lumotlariga ko‘ra, ehea-journal.com domeni 2026-yil 18-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ya’ni, bugungi kunda ushbu domen tashkil etilganiga atigi 6 kun bo‘lgan. Shunga qaramay, mualliflarimizni ishontirish uchun veb-saytda jurnalning ko‘p yillik ilmiy faoliyati va eski sonlaridan iborat arxiv joylashtirilgan. 📚 Aslida, Journal of the European Higher Education Area ilmiy jurnali Italiyaning Padua universiteti ilmiy bazasida 2011-yildan boshlanganligi qayd etilgan. Lyuksemburg universitetining ilmiy repozitoriysida esa jurnalning 2013-yilda Raabe academic publishers tomonidan chop etilgan maqolalari mavjud. Demak, jurnalning tarixiy mavjudligi mustaqil akademik manbalar orqali tasdiqlanadi. ❗️ Haqiqiy jurnalning tarixiy rasmiy veb-sayti ehea-journal.eu bo‘lgan. Bu manzil 2013-yildagi universitet bibliografik yozuvlarida ham ko‘rsatilgan. Biroq 2026-yil 18-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yangi ehea-journal.com veb-sayt paydo bo'lib qoldi. Zo'raaa! 📢 Yana bir e’tiborli jihati shundaki, taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil 19-noyabrdan boshlab ushbu jurnal Telegram kanallarida reklama qilina boshlangan. Qarang-a, qanday qiziq tasodif! Yangi domen 18-noyabrda yaratiladi, ertasi kuni esa jurnalning faol reklamasi paydo bo‘ladi! 😳 Bundan ham qiziq holat shundaki, shu vaqtgacha O‘zbekistonlik mualliflarning birorta ham maqolasi chop etilmagan jurnalda birdaniga 2026-yilning 4-sonidan boshlab mamlakatimiz tadqiqotchilarining maqolalari paydo bo‘la boshlabdi! 🎓 Eng xavfli jihati shundaki, mazkur jurnal OAK ro‘yxatida mavjud jurnal sifatida ham tanishtirilmoqda. Ochiq ilmiy jurnal kataloglarida uning pedagogika va psixologiya fanlari bo‘yicha OAK ro‘yxatiga kiritilgani qayd etilgan. ❗️ Hurmatli tadqiqotchilar! Jurnalning haqiqiyligi va uning veb-sayti haqiqiyligi ikki xil masala. Hatto jurnal OAK, Scopus yoki Web of Science ro‘yxatlarida mavjud bo‘lsa ham, bu uning nomidan foydalanayotgan har qanday veb-sayt uning rasmiy veb-sayti ekanligini bildirmaydi. 📨 Ushbu postni Siz uchun qadrli bo‘lgan do‘stlaringiz, hamkasblaringiz va ilmga chanqoq barcha guruhlarga ulashishingizni so‘raymiz. Murojaat: https://t.me/publicationu Telegram: https://t.me/publish_uz
Open in Telegram#scopus #web_of_science ⏳Ertaga deadline! 🌍 Scopus va Web of Science ma'lumotlar bazalaridagi xalqaro ilmiy jurnallarda mustaqil ravishda bepul maqolalar chop qilishni xohlaysizmi? 🚀 Ertaga dekabr oyidagi barcha ilmiy loyihalarimizga qabul yakunlanadi! 📚 Sizni quyidagi ilmiy loyihalarimizga taklif qilamiz: 1. Ilmiy maqola yozish sari ilk qadam (1 oy) 2. Scopus sari ilk qadam (1 oy) 🎓 Ushbu loyihalar davomida Siz ilmiy maqola yozishning xalqaro standartlari, maqola strukturasini to‘g‘ri shakllantirish, ilmiy yangilikni asoslash, annotatsiya va kalit so‘zlarni tayyorlash, adabiyotlar bilan ishlash hamda maqolani xalqaro talablar asosida rasmiylashtirishni o‘rganasiz. 📚 Eng muhimi, ilmiy loyihamiz yakunida Scopus va Web of Science ma'lumotlar bazalariga indeksatsiya qilingan xalqaro jurnallarda maqola chop etish uchun zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. 🌟 Agar Siz ham ilmiy faoliyatingizni yangi bosqichga olib chiqishni, xalqaro jurnallarda maqolalar chop etishni va ilmiy natijalaringizni dunyo ilmiy hamjamiyatiga taqdim etishni istasangiz, ushbu loyihalar aynan Siz uchun! 🌐 Loyihalarimiz darslariga yozilish uchun murojaat: https://t.me/publicationu 📨 Ushbu postni Siz uchun qadrli bo‘lgan do‘stlaringiz, hamkasblaringiz va ilmga chanqoq barcha guruhlarga ulashishingizni so‘raymiz. Murojaat: https://t.me/publicationu Telegram: https://t.me/publish_uz
Open in Telegram📌 2027-yildan boshlab “Dissertatsiya asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati”ga kiritilgan jurnallar bizga kerakmi yoki yo‘q? 🎓 2027-yildan boshlab ilmiy darajalar berish tizimida yangi tartiblar joriy etilishi munosabati bilan ilmiy maqolalar chop etiladigan jurnallarga qo‘yiladigan talablarni ham tubdan qayta ko‘rib chiqish zarur, deb hisoblayman. 🔹 Birinchidan, Scopus va Web of Science ma’lumotlar bazalarida indeksatsiya qilinadigan jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalarni tan olishning aniq tizimini joriy etish kerak. Bunda jurnalning xalqaro bazada mavjudligi emas, balki aynan dissertatsiya natijalari aks etgan ilmiy maqolaning tegishli bazada indeksatsiya qilinganligi asosiy talablardan biri bo‘lishi lozim. 📚 Bundan tashqari, maqola dissertatsiya mavzusi va uning asosiy ilmiy natijalariga bevosita mos kelishi, tadqiqotchining maqolaga qo‘shgan haqiqiy ilmiy hissasi asoslangan bo‘lishi kerak. Chunki bugungi kunda paper mill, ya’ni tayyor ilmiy maqolalar va hammualliflik o‘rinlarini sotish bilan shug‘ullanuvchi tizimlar keng tarqalgan bir sharoitda, faqatgina Scopus yoki Web of Science bazasida maqolasi mavjudligi tadqiqotchining haqiqiy ilmiy salohiyatini to‘liq ko‘rsatib bermaydi. 🔹 Ikkinchidan, mahalliy ilmiy jurnallar uchun OAK ro‘yxatini saqlab qolish, biroq ularga qo‘yiladigan talablarni keskin kuchaytirish zarur. Bugungi kunda ilmiy jurnal tashkil etish texnik jihatdan unchalik murakkab emas. Ammo jurnal ochish boshqa, uning ilmiy saviyasi, mustaqil taqriz jarayoni, tahririyat faoliyati va akademik halolligini ta’minlash mutlaqo boshqa masala. 📌 Shu sababli mahalliy jurnallar OAK tomonidan belgilangan qat’iy ilmiy mezonlar asosida baholanishi, ularning faoliyati muntazam monitoring qilinishi va talabga javob bermaydigan jurnallar ro‘yxatdan chiqarilishi kerak. 🔹 Uchinchidan, xorijiy ilmiy jurnallarni “Dissertatsiya asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati”ga alohida kiritish amaliyotining zarurati qayta ko‘rib chiqilishi lozim. Agar ilmiy jurnal Scopus yoki Web of Science ma’lumotlar bazasida indeksatsiya qilinayotgan bo‘lsa, unda chop etilgan va tegishli bazada indeksatsiya qilingan maqolani tan olish uchun yana alohida OAK ro‘yxatini talab qilish qanchalik maqsadga muvofiq? Axir xalqaro ilmiy jurnallarning sifatini baholash uchun allaqachon shakllangan indeksatsiya, bibliometrik ko‘rsatkichlar va ilmiy ekspertiza mexanizmlari mavjudku! 🌐 Aslida, OAK tomonidan tavsiya etilgan 12 ta xalqaro ma’lumotlar bazasiga asoslangan tizim ham muqobil yechim bo‘lishi mumkin va ushbu ma’lumotlar bazalarida indeksatsiya qilinadigan ilmiy jurnallarni ham xalqaro ilmiy nashrlar sifatida tan olish tizimini joriy etish zarur. Bunday yondashuv xorijiy jurnallarni alohida OAK ro‘yxatiga kiritish zaruratini kamaytiradi hamda ilmiy maqolalarni tan olishda shaffof va yagona tizimni shakllantirishga xizmat qiladi. 🎯 2027-yildan boshlab ilmiy darajalar berish tizimida aynan shunday qat’iy, shaffof va barcha uchun bir xil mezonlarga asoslangan tartibni joriy etish kerak, deb hisoblayman. Ilmiy daraja olishni istagan tadqiqotchi jurnal izlash, vositachilarga murojaat qilish yoki ro‘yxatlardagi o‘zgarishlardan xavotirlanish bilan emas, avvalo, haqiqiy ilmiy tadqiqot olib borish va uning natijalarini xalqaro ilmiy hamjamiyatga taqdim etish bilan shug‘ullanishi kerak. 💡 Bizga shunchaki ko‘proq ilmiy maqolalar emas, haqiqiy ilmiy natijalar kerak. Ilmiy darajaning qadri maqolalar soni bilan emas, tadqiqotchining ilm-fanga qo‘shgan real hissasi bilan belgilanishi lozim. ❓ Sizningcha, 2027-yildan boshlab xalqaro jurnallar uchun OAKning alohida ro‘yxatidan voz kechib, Scopus va Web of Science indeksatsiyasiga asoslangan tizimga o‘tish kerakmi? 📨 Ushbu postni Siz uchun qadrli bo‘lgan do‘stlaringiz, hamkasblaringiz va ilmga chanqoq barcha guruhlarga ulashishingizni so‘raymiz. Murojaat: https://t.me/publicationu Telegram: https://t.me/publish_uz
Open in Telegram#scopus #web_of_science 🎉 Yana bir xushxabar, ilmiy faoliyatimizda navbatdagi muvaffaqiyat! 📩 Ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanadigan inson uchun eng quvonchli xabarlardan biri - uzoq izlanishlar, mashaqqatli mehnat va ilmiy muhokamalardan so‘ng maqolasining nufuzli xalqaro jurnalga qabul qilinishidir. ✅ 2026-yil 22-noyabr kuni navbatdagi ilmiy maqolamiz Elsevier nashriyotining Scopus va Web of Science ma’lumotlar bazalarida indekslanadigan Results in Applied Mathematics xalqaro ilmiy jurnalida chop etish uchun rasman qabul qilindi! 🔬 Ushbu ilmiy maqolamiz nochiziqli evolyutsion tenglamalar, kasr tartibli differensial tenglamalar va sochilish nazariyasining teskari masalalar usuli yordamida integrallashga bag‘ishlangan. 📌 Albatta, bunday natijalar bir kunda qo‘lga kiritilmaydi. Har bir qabul xati ortida uzoq davom etgan ilmiy izlanishlar, ko‘plab hisob-kitoblar, tahrirlar va sabrli mehnat yotadi. ✨ Eng muhimi, bu hali hammasi emas! 🔥 Yaqin kunlarda yana bir qancha yaxshi yangiliklarni kutyapmiz! Nasib qilsa, navbatdagi ilmiy yutuqlarimizni ham sizlar bilan baham ko‘rib boramiz. 🎓 Ilm yo‘lidagi izlanishlarimiz davom etadi! 📨 Ushbu postni Siz uchun qadrli bo‘lgan do‘stlaringiz, hamkasblaringiz va ilmga chanqoq barcha guruhlarga ulashishingizni so‘raymiz. Murojaat: https://t.me/publicationu Telegram: https://t.me/publish_uz
Open in Telegram📩 Shunaqa xatlarni olishni yaxshi ko‘rasizmi? 📌 Batafsil ertaga... Murojaat: https://t.me/publicationu Telegram: https://t.me/publish_uz
Open in Telegram#insight 📢 Nima uchun kanalimizda postlar kamaydi? 💬 So‘nggi vaqtlarda ko‘pchilik obunachilarimizdan «Nima uchun kanalingizda postlar kam e’lon qilinyapti?» degan savollarni olyapmiz. Haqiqatan ham, noyabr oyida ish yuklamamiz bir necha barobarga ortdi. 🎓 Ayni vaqtda ikkita oflayn ilmiy loyihada spiker sifatida faoliyat olib boryapmiz. Shuningdek, Scopus ma’lumotlar bazasida indekslanadigan bir nechta ilmiy jurnallarda taqrizchi sifatida faoliyat yuritayotganim sababli har hafta ilmiy maqolalarni o‘rganish va ularga taqriz hisobotlarini tayyorlashga ham vaqt ajratishim kerak. 📝 Bundan tashqari, ushbu oyda ilmiy maqolalarimizdan biri bo‘yicha taqrizchilarning fikr-mulohazalariga batafsil javob tayyorlab yubordik, yana bir yangi ilmiy maqolamizni esa Scopus ma’lumotlar bazasida indekslanadigan jurnallardan biriga taqdim etish uchun tayyorlash ustida ishlayapmiz. 🌍 Shuningdek, ikkita ilmiy konferensiyada ishtirok etishni ham rejalashtirganmiz. Aslida, bularning barchasi hozirgi ish yuklamamizning bir qismi, xolos. Oila va kundalik ishlarimizga ham bir amallab vaqt topishga harakat qilyapmiz. 📚 Shunga qaramay, ilm-fan olamidagi muhim yangiliklar, xalqaro ilmiy nashrlar, Scopus va Web of Science ma’lumotlar bazalariga oid dolzarb ma’lumotlarni imkon qadar Sizlarga yetkazib borishga harakat qilamiz. Biz uchun kanalimiz shunchaki postlar e’lon qilinadigan platforma emas, balki ilmiy bilim va tajribalarimizni Sizlar bilan baham ko‘rish imkoniyatidir. 🙏 Bizni tushunasiz va kuzatishda davom etasiz, degan umiddamiz! E’tiboringiz, ishonchingiz va doimiy qo‘llab-quvvatlayotganingiz uchun barchangizga samimiy minnatdorchilik bildiramiz! 📨 Ushbu postni Siz uchun qadrli bo‘lgan do‘stlaringiz, hamkasblaringiz va ilmga chanqoq barcha guruhlarga ulashishingizni so‘raymiz. Murojaat: https://t.me/publicationu Telegram: https://t.me/publish_uz
Open in Telegram#scopus 📚 Navbatdagi ilmiy maqola Scopus ma’lumotlar bazasida indekslanadigan jurnalda chop etishga tavsiya qilindi! 📝 Ekspert sifatida taqriz qilish uchun biriktirilgan navbatdagi ilmiy maqolaning qayta tahrirlangan variantini batafsil o‘rganib chiqib, uni chop etishga tavsiya qildim. ✅ Dastlabki taqriz jarayonida maqola yuzasidan bildirilgan barcha ilmiy mulohazalarim va e’tirozlarim mualliflar tomonidan inobatga olinib, tegishli tuzatishlar kiritilib, zarur aniqliklar berilgan va maqolaning umumiy ilmiy sifati sezilarli darajada yaxshilangan. Mualliflarning taqrizga mas’uliyat bilan yondashgani, bildirilgan fikrlarni e’tiborsiz qoldirmasdan, maqola sifatini oshirishga harakat qilgani quvonarli holat hisoblanadi. 🔍 Aslida, ilmiy taqriz ilmiy nashr jarayonining nihoyatda muhim va ajralmas bosqichidir. Aynan shu jarayonda tadqiqotning ilmiy asoslanganligi, natijalarning ishonchliligi, qo‘llanilgan metodlarning to‘g‘riligi va ilmiy xulosalarning haqqoniyligi mustaqil ekspertlar tomonidan baholanadi. ⚖️ Barcha ilmiy maqolalar ham ijobiy taqriz olavermaydi va bu ilm-fanda mutlaqo tabiiy holatlar biridir. Ba’zan tadqiqotda jiddiy kamchiliklar bo‘lishi, ilmiy natijalar yetarlicha asoslanmaganligi yoki maqola jurnal talablariga mos kelmasligi mumkin. Muhimi, mualliflar tanqidiy fikrlarni to‘g‘ri qabul qilishi, ulardan tegishli ilmiy xulosalar chiqarishi va o‘z tadqiqotlarini yanada takomillashtirishga intilishidir. 💡 Ilmiy taqrizning asosiy maqsadi maqolalarni shunchaki rad etish yoki qabul qilish emas, balki ilmiy natijalarning sifatini oshirish, ilmiy xatolarning oldini olish va ilm-fan rivojiga hissa qo‘shishdir. 🤝 Ushbu jarayonda ekspert sifatida ishtirok etganimdan va ilmiy maqolaning takomillashishiga o‘z hissamni qo‘sha olganimdan juda xursandman. Jurnal tahririyatiga bildirilgan ishonch va taqriz jarayonida ishtirok etish imkoniyati uchun, mualliflarga esa bildirilgan mulohazalarga mas’uliyat bilan yondashganliklari uchun samimiy minnatdorchilik bildiraman! 📨Ushbu postni Siz uchun qadrli bo‘lgan do‘stlaringiz, hamkasblaringiz va ilmga chanqoq barcha guruhlarga ulashishingizni so‘raymiz. Murojaat: https://t.me/publicationu Telegram: https://t.me/publish_uz
Open in Telegram#scopus 📢 Scopus jurnallarida maqola chop etganlik uchun rag‘batlantirish tizimini qanday tartibga solish mumkin? 🏛 Bugungi kunda ayrim universitetlarda Scopus ma’lumotlar bazasida indeksatsiyalangan jurnallarda ilmiy maqola chop ettirgan professor-o‘qituvchilarni moddiy rag‘batlantirish tizimi mavjud va amalda qo‘llanilmoqda. Ayrim universitetlarda esa bunday rag‘batlantirishlar qisqartirilgani yoki butunlay to‘xtatilgani haqida xabarlar uchramoqda. Menimcha, muammoning yechimi rag‘batlantirishni bekor qilishda emas, balki uni adolatli va shaffof tizim asosida tartibga solishda. 🔍 Bugungi kunda paper milllar, ya’ni tayyor ilmiy maqolalar va hammualliflik o‘rinlarini sotish holatlari ilm-fanning jiddiy muammolaridan biriga aylangan. Bunday sharoitda ilmiy maqoladagi mualliflarning haqiqiy ilmiy hissasini aniqlash tobora murakkablashib bormoqda. ⚠️ Eng achinarlisi, ayrim insofsiz va vijdonsiz mualliflar Scopus nomini niqob qilib, ilm-fan rivojiga hissa qo‘shish o‘rniga shaxsiy moddiy manfaat orttirishga intilmoqda. Tayyor ilmiy maqola yoki hammualliflik o‘rnini sotib olib, uni o‘zining ilmiy yutug‘i sifatida ko‘rsatish va davlat budjeti hisobidan moddiy rag‘batlantirish olish aslida ilmiy firibgarlikning bir turi hisoblanadi. Bunday yo‘l bilan rag‘batlantirish mablag‘larini qo‘lga kiritish davlat mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirish xavfini yuzaga keltiradi va haqiqiy olimlarning mehnatini qadrsizlantiradi. 💡 Men ushbu muammoning yechimlaridan biri sifatida «Ilmiy maqolaning elektron nashr pasporti» tizimini joriy etishni taklif qilaman. 📑 Tizim qanday ishlaydi? Har bir ilmiy maqola uchun alohida elektron pasport shakllantiriladi. Unda maqolaning jurnalga yuborilishi (Submission), taqriz jarayoni (Peer Review), taqrizchilar xulosalari (Review Reports), mualliflarning tuzatishlari (Revision), muharrir bilan yozishmalar, qabul qilinishi (Acceptance) va nashr etilishi (Publication) kabi barcha asosiy bosqichlar hujjatlashtiriladi. Pullik jurnallarda invoice va to‘lov hujjatlari ham qayd etiladi. 👥 Eng muhimi, barcha mualliflar platformada shaxsan ro‘yxatdan o‘tib, o‘z hammuallifligini va tadqiqotga qo‘shgan ilmiy hissasini tasdiqlashlari shart. Bu jarayon maqola jurnalga yuborilgan vaqtdan boshlanishi kerak. 💰 Rag‘batlantirish miqdori ham aynan ushbu platforma orqali avtomatik hisoblanadi. Maqola Scopus ma’lumotlar bazasida indeksatsiya qilingach, jurnalning tegishli ko‘rsatkichlari va belgilangan mezonlar asosida rag‘batlantirish miqdori avtomatik belgilanadi. Mablag‘ esa nashr hujjatlari va mualliflik ma’lumotlari tekshirilganidan keyin to‘lanadi. 🛡 Platforma faoliyati tegishli soha ekspertlari tomonidan doimiy nazorat qilib borilishi zarur. Chunki tizimga soxta hujjatlar kiritilishi ehtimoli ham mavjud. Shu sababli hujjatlarning haqiqiyligi, mualliflik ma’lumotlari va nashr jarayoni mustaqil tekshiruvdan o‘tkazilishi, maxfiy tahririy ma’lumotlar esa himoyalanishi kerak. 🎯 Albatta, bunday tizim ham paper milllar muammosini to‘liq bartaraf eta olmaydi. Biroq ilmiy nashrlar va moddiy rag‘batlantirish jarayonida shaffoflikni oshirish, firibgarlik holatlarining oldini olish hamda davlat budjeti mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta’minlashga xizmat qiladi. ✅ Asosiy maqsad rag‘batlantirishni cheklash emas, balki haqiqiy ilmiy mehnatni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy firibgarlikka qarshi kurashish va adolatli rag‘batlantirish mexanizmini yaratishdir. 💰 Shaxsan men nufuzli ilmiy jurnalda chop etilgan bitta sifatli maqola uchun 15–20 million so‘m miqdorida rag‘batlantirish berilishini juda yaxshi tashabbus deb hisoblayman. Muhimi, davlat mablag‘lari ilm-fan rivojiga haqiqiy hissa qo‘shayotgan olimlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilsin, ilmiy maqolalar va hammualliflik o‘rinlari savdosi orqali shaxsiy manfaat orttirayotganlarni emas! ❓ Sizningcha, «Ilmiy maqolaning elektron nashr pasporti» tizimini O‘zbekistonda joriy etish qanchalik maqsadga muvofiq? Murojaat: https://t.me/publicationu Telegram: https://t.me/publish_uz
Open in Telegram#scopus 📨 Bugun Scopus ma'lumotlar bazasidagi Q1 kvartilli jurnalga yuborgan maqolamizning taqriz natijalariga javob berdik! ✅ Scopus ma’lumotlar bazasida indekslanadigan Elsevier nashriyotining Q1 kvartilli jurnaliga taqdim etgan ilmiy maqolamiz bo‘yicha taqrizchilarning barcha fikr-mulohazalarini batafsil o‘rganib, zarur tuzatishlarni kiritdik va rasmiy javobimizni jurnal tahririyatiga yubordik. Ayni vaqtda maqolamizning qayta ko‘rib chiqilgan versiyasi tahririyat tomonidan ko‘rib chiqilish jarayonida. 🙏 Fursatdan foydalanib, ilmiy maqolamizni sinchkovlik bilan o‘rganib, qimmatli tavsiya va tanqidiy mulohazalarini bildirgan barcha mustaqil taqrizchilarga, shuningdek, ilmiy ishimizga e’tibor qaratib, professional tahririyat jarayonini tashkil etayotgan jurnal muharririga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz. Aynan xolis ilmiy taqriz va konstruktiv tanqid tadqiqot sifatini oshirishning eng muhim omillaridan biridir. 🎓 Hurmatli mualliflar! Ilmiy tadqiqotlaringiz natijalari faqat kompyuteringizda yoki dissertatsiyangiz sahifalarida qolib ketmasligi kerak. Ularni xalqaro ilmiy jamoatchilikka taqdim etish, mustaqil ekspertizadan o‘tkazish va dunyo olimlari bilan baham ko‘rish muhim. Scopus ma’lumotlar bazasida indekslanadigan nufuzli ilmiy jurnallarda maqola chop qilish imkonsiz vazifa emas. Buning uchun, avvalo, haqiqiy ilmiy natija, sifatli tadqiqot, to‘g‘ri tanlangan jurnal va sabr-toqat talab etiladi. 💵 Scopus bazasidagi jurnallarda bepul maqola chop qilish mumkinmi? Albatta, mumkin! Ko‘plab xalqaro ilmiy jurnallarda mualliflardan majburiy nashr to‘lovi olinmaydigan nashr modeli mavjud. Hatto ayrim Q1 kvartilli jurnallarda ham bepul chop qilish imkoniyati bor. Biroq maqolaning qabul qilinishi uning ilmiy sifati, yangiligi va jurnal talablariga muvofiqligiga bog‘liq. 💡 Sifatli ilmiy maqolani xalqaro jurnalda chop qilish uchun albatta vositachiga murojaat qilish yoki katta mablag‘ sarflash shart emas. Muallifning o‘zi ham jurnalni mustaqil tanlashi, maqolasini taqdim etishi, taqrizchilarning savollariga ilmiy asoslangan javoblar tayyorlashi va nashr jarayonining barcha bosqichlaridan o‘tishi mumkin. 🚀 Ilmiy natijalaringizga ishoning, tanqiddan qo‘rqmang, izlanishdan to‘xtamang! Xalqaro ilmiy jurnallarda maqola chop qilish - erishish mumkin bo‘lgan maqsad! 📨Ushbu postni Siz uchun qadrli bo‘lgan do‘stlaringiz, hamkasblaringiz va ilmga chanqoq barcha guruhlarga ulashishingizni so‘raymiz. Murojaat: https://t.me/publicationu Telegram: https://t.me/publish_uz
Open in Telegram#artificial_intelligence 🚨 1 million AQSH dollarlik matematik muammo sun’iy intellekt yordamida yechildimi? 🤖 167 yildan buyon yechimini kutayotgan Riman gipotezasining isboti topilgani haqidagi da’vo dunyo ilmiy jamoatchiligi e’tiborini tortmoqda! 🌍 2026-yil 20-noyabr kuni dunyo ilmiy jamoatchiligi e’tiborini tortgan muhim yangilik e’lon qilindi. Anthropic kompaniyasida faoliyat yuritayotgan matematik Levent Alpöge Claude sun’iy intellekti yordamida 167 yildan buyon yechimini kutayotgan Riman gipotezasining (Riemann Hypothesis) isbotini topganini ma’lum qildi. 🔗 Yangilik manbasi: https://www.scientificamerican.com/article/anthropic-mathematician-claims-to-prove-riemann-hypothesis-most-famous-problem-in-all-of-math 📚 Riman gipotezasi 1859-yilda nemis matematigi Bernhard Riemann tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, matematikaning eng murakkab va mashhur muammolaridan biri hisoblanadi. Ushbu gipoteza tub sonlarning taqsimlanishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, Ming yillikning yettita muammosidan biri sanaladi va uning isboti uchun 1 million AQSH dollari miqdorida mukofot belgilangan. 🔬 Eng qiziqarli jihati, tadqiqotchi sun’iy intellekt bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan isbotning Lean dasturiy tizimidagi formal variantini taqdim etganini bildirdi. Biroq ushbu natija hali mustaqil ilmiy tekshiruvdan to‘liq o‘tmagan. Demak, Riman gipotezasi rasman yechildi, deb aytishga hozircha erta. 💡 Menimcha, bu yangilikning eng muhim jihati faqat Riman gipotezasining ehtimoliy yechimida emas, balki sun’iy intellektdan ilmiy tadqiqotlarda to‘g‘ri va maqsadli foydalanish qanday imkoniyatlar yaratishi mumkinligidadir. 🎯 Bugun ayrim mualliflarimiz sun’iy intellektdan tayyor ilmiy maqola yozdirish, mustaqil tadqiqot o‘tkazmasdan ilmiy natija yaratish yoki ilmiy mehnatni chetlab o‘tish vositasi sifatida foydalanishga urinayotgan bir vaqtda, dunyoning yetakchi olimlari undan murakkab matematik masalalarni tadqiq qilish, yangi ilmiy g‘oyalarni shakllantirish va isbotlarni tekshirishda foydalanmoqda. 📖 Sun’iy intellektning ilm-fandagi haqiqiy ahamiyati tadqiqotchining o‘rniga maqola yozib berishida emas, balki uning ilmiy imkoniyatlarini kengaytirishida, murakkab muammolarni chuqurroq o‘rganishida va yangi ilmiy natijalarga erishishiga ko‘maklashishidadir. ⚖️ Albatta, sun’iy intellekt taqdim etgan har qanday ilmiy natija tanqidiy tekshirilishi, matematik asoslanishi va mustaqil ilmiy ekspertizadan o‘tishi kerak. Ilmiy halollik, mualliflik mas’uliyati va natijalarning ishonchliligi har qanday texnologik taraqqiyotdan qat’i nazar o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. 🚀 Sun’iy intellektdan qo‘rqish yoki uni faqat tayyor maqola yozdirish vositasi deb bilish emas, balki undan samarali foydalanishni o‘rganishimiz kerak. Zero, sun’iy intellekt ilmiy tafakkurning o‘rnini egallash uchun emas, balki uning imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun xizmat qilishi lozim! 📨 Ushbu postni Siz uchun qadrli bo‘lgan do‘stlaringiz, hamkasblaringiz va ilmga chanqoq barcha guruhlarga ulashishingizni so‘raymiz. Murojaat: https://t.me/publicationu Telegram: https://t.me/publish_uz
Open in Telegram