#Xalqaro_hamkorlik #Eco_Schools_Uzbekistan 27-noyabr kuni Xiva şahridagi Prezident maktabiga Turkmaniston delegatsiyasi taşrif buyurdi. Taşrifdan közlangan asosiy maqsad ekologik ta’lim yönalişida amalga oşirilayotgan işlar, xalqaro tajriba va ilğor amaliyotlar bilan yaqindan tanişiş, şuningdek, ikki davlat ta’lim muassasalari örtasida ekologik hamkorlikni rivojlantirişdan iborat böldi. Uçraşuvda Xiva şahridagi Prezident maktabining ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça direktor örinbosari, “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasining Xorazm viloyati koordinatori Adolat Eşmetova hamda maktabning “Green Boosters” eko-jamoasi a’zolari iştirok etdilar. Taşrif davomida mehmonlarga maktabda “Eco-Schools” xalqaro ekologik ta’lim dasturi doirasida amalga oşirilayotgan işlar, “7 qadam” metodologiyasi, eko-jamoa faoliyati, öquvçilarning ekologik taşabbuslari hamda xalqaro “Yaşil bayroq” e’tirofiga erişiş borasidagi tajribalar taqdim etildi. Xususan, maktabning xalqaro ekologik akkreditatsiyadan ötiş jarayoni, baholaş mezonlari, ekologik auditni taşkil etiş hamda mazkur jarayonlarda öquvçilarning faol iştiroki masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ta’kidlaş joizki, Xiva şahridagi Prezident maktabi ekologik ta’lim yönalişida amalga oşirgan tizimli faoliyati natijasida 2026–2028-yillar uçun xalqaro “Yaşil bayroq” maqomiga sazovor bölgan. Muloqot davomida ekologik ta’lim sohasida tajriba almaşiş, öquvçilarning ekologik madaniyatini yuksaltiriş, barqaror rivojlaniş tamoyillarini ta’lim jarayoniga singdiriş hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. ✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | Facebook| You tube
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 2 h | 221 |
| 5 h | 235 |
- After 6 hours235
- Total to date235