🎉 ProRector'dan 3750 dan ortiq maktab faol foydalanmoqda! Ishonchingiz uchun rahmat! 🆕 ProRector 2026 ning yangi versiyasi chiqdi ☀️ Ertalabki xabar: har kuni ertalab har bir o'qituvchiga bugungi darslari va almashtirishlari Telegram orqali o'zi boradi 🏠 Yangi kirish oynasi: sodda, tushunarli, oxirgi jadvallar maktab nomi bilan 📈 "Jadvalni yaxshilash" oynasi yangilandi: jarima grafigi, fonda ishlash, natija barqarorlashganda saqlashni taklif qiladi 📥 Yangi versiyani ilovaning o'zi taklif qiladi yoki shu postdagi fayldan o'rnating. 📱 Telefon uchun ProRector ilovasi: prorector.uz/Dasturlar/ProRector.apk prorector.uz @ProRectorChannel #ProRector #DarsJadvali
Open in TelegramPosts of ProRector dasturida ishlash
🎉 ProRector – yangi versiyalar: kompyuter + telefon! 💻 ProRector (Windows) – yangi versiya • 📱 Telefon bilan almashish: dars jadvalini kompyuterdan telefonga va telefondan kompyuterga Wi-Fi orqali, internetsiz uzating (Ulashish → "Telefon bilan almashish"). • 📲 Almashish oynasida QR kod bor: telefon kamerasi bilan skanerlasangiz, mobil ilova yuklab olinadi. • 🙂 Maskot endi menyu tugmalariga mos harakatlar qiladi. • 🛠 Kichik tuzatishlar va yaxshilanishlar. Dastur yangilanishni o'zi taklif qiladi. Yangi o'rnatish uchun: https://prorector.uz/Dasturlar/ProRector.exe 📱 ProRector Mobil (Android) – dars jadvali endi cho'ntagingizda! • 🌐 eMaktab'dan sinflar, o'qituvchilar, fanlar va dars taqsimotini bir necha daqiqada yuklab olish • ⚙️ Jadvalni avtomatik tuzish, yaxshilash va "tungi yaxshilash" • ✋ Darslarni barmoq bilan surib joyini almashtirish • ☁️ Bulutga saqlash va kompyuterdagi ProRector bilan almashish • ✈️ Tayyor jadvalni o'qituvchi va sinflarga Telegram orqali yuborish • 🔔 Qo'ng'iroq vaqtlari va eslatmalar • 🌍 33 tilda ⬇️ Yuklab olish: https://prorector.uz/Dasturlar/ProRector.apk ℹ️ O'rnatishda telefon "noma'lum manbadan o'rnatish"ga ruxsat so'rasa, ruxsat bering. 📞 Savol va takliflar uchun: @islomov86 prorector.uz
Open in TelegramKoridor ekraniga dars jadvalini chiqarish imkoniyatidan kimdir foydalanib ko'rdimi? Takliflar bo'lsa bemalol yozishingiz mumkin! Haqiqiy ekranda qanday ko'rinishini rasmini yuborsangiz hamma uchun yana ham qiziq bo'ladi. Oldindan raxmat!
Open in TelegramAssalomu alaykum, hurmatli ustozlar! Kimni maktabida koridorda katta ekran bo'lsa, endi ProRector dasturi yordamida joriy vaqt dars jadvalini chiqarib qo'yishi mumkin! Vaqt o'tishi bilan darslar o'zi almashadi, e'lon yozib qo'yish ham mumkin. @prorectorchannel prorector.uz
Open in Telegram🚀 ProRector 2026: yangi versiya chiqdi! Bu safar asosiy e'tibor maktabning kundalik hayotiga qaratildi: koridordagi ekran, zavuchning o'rinbosar qo'yish ishi va dars taqsimotini tez kiritish. 📺 Koridor ekrani Qaysi sinfda hozir qaysi dars, qaysi xonada va kim o'tyapti — barchasi katta ekranda. Tepada soat, nechanchi dars ketayotgani va tugashiga necha daqiqa qolgani, tanaffusda esa keyingi dars qachon boshlanishi ko'rinadi. • o'rinbosar qo'yilgan dars — sariq, o'qituvchi kelmagan dars — qizil, yonida «O'RINBOSAR» / «KELMAGAN» yozuvi • har bir sinf kartochkasida keyingi dars ham bor • to'q va yorug' mavzu • ekran ochiq turganda kompyuter uxlab qolmaydi 🖥 Bir nechta monitor Kompyuterga 2-3 ta monitor ulansa, sinflar ular orasida bo'linadi: masalan, 5–6-sinflar bir ekranda, 7–9-sinflar ikkinchisida, 10–11-sinflar uchinchisida. 🌐 Istalgan qavatda — maktab tarmog'i orqali Bir bosishda koridor ekrani maktab ichki tarmog'iga chiqadi. Har bir qavatdagi Smart TV, noutbuk yoki telefon brauzerida manzilni ochsangiz (yoki QR-kodni skanerlasangiz) yetarli — ularga hech narsa o'rnatish shart emas. • har bir qavat faqat o'z sinflarini ko'rsatishi mumkin • zavuch o'rinbosar qo'yishi bilan barcha qavatlarda yangilanadi • sahifadan hech narsani o'zgartirib bo'lmaydi, internetga chiqmaydi 🧑🏫 Zavuch paneli • o'qituvchi faqat ayrim soatlarda kelmasligini belgilash mumkin (masalan, faqat 2- va 5-soatda) — o'rinbosar faqat shu soatlarga so'raladi, qolgan soatlarda u o'zi boshqa sinfga o'rinbosar bo'la oladi • o'rinbosarlarga Telegram orqali xabar: har bir o'qituvchiga kuniga bitta xabar, tayinlov bekor qilinsa — u haqda ham xabar boradi 📋 Dars taqsimoti • yangi «Sinflar» ko'rinishi: sinflar va fanlar bitta jadvalda • parallel sinflarni Ctrl bilan bosib alohida ochish • yonma-yon turmagan sinflarni ham bitta darsga birlashtirish • bog'langan darslar chiziq bilan ko'rsatiladi • o'qituvchi ikki marta bosilganda qo'yiladi — adashib almashtirib yuborilmaydi • «Kataklar rangi» tugmasi: fon, rangli matn yoki rangsiz • dars soatlari kattaroq va aniqroq yoziladi 🏠 Yangi kirish oynasi va Boshlash sahifasi • oxirgi 8 ta jadval, kerakligini mahkamlab qo'yish, tezkor tugmalar • yangi jadvalda qadamma-qadam yo'l: maktab va qo'ng'iroq vaqtlari, ro'yxatlar, xonalar, darslar • Excel orqali kiritish uchun namuna fayl 🔑 Litsenziya Litsenziyani endi dasturning o'zidan uzaytirish mumkin: muddatni tanlang, to'lov chekini biriktiring — tamom. Ro'yxatdan o'tish so'rovining holati ham dasturda ko'rinib turadi. ⬇️ Qanday yangilash kerak? Dasturni oching — yangi versiya haqida xabar chiqadi, «Yangilash» tugmasini bosing. Yoki kanaldagi faylni yuklab olib, eski versiya ustidan o'rnating. Jadvallaringiz saqlanib qoladi. 🌐 prorector.uz 📢 @prorectorchannel
Open in Telegram🚀 ProRector 2026 — yangi versiya 📺 Koridor ekrani: hozirgi darslar televizorda, ikkinchi monitorda yoki maktab tarmog'i orqali istalgan qavatda 🧑🏫 Zavuch paneli: o'qituvchi faqat ayrim soatlarda kelmasligini belgilash 📲 O'rinbosarlarga Telegram xabari 🏠 Yangi kirish oynasi va Boshlash sahifasi 📋 Dars taqsimoti: «Sinflar» ko'rinishi, sinflarni birlashtirish, kataklar rangi 🔑 Litsenziyani dasturning o'zidan uzaytirish ⬇️ O'rnatish: faylni yuklab oling va ishga tushiring. Avvalgi versiya o'rnatilgan bo'lsa, ustidan o'rnating — jadvallaringiz saqlanib qoladi. 🌐 prorector.uz · 📢 @prorectorchannel
Open in TelegramАссалому алайкум, ҳурматли устозлар! Маълумки, ProRector дастурида кўплаб янги имкониятлар яратилди. Жумладан: ✅eMaktab билан интеграция; ✅параллел синфларга бир хил дарс қўйиш; ✅филиали бор мактаблар жадвалини тўғри шакллантириш; ✅ўқитувчилар дарчаларини минималлаштириш; ✅булутга сақлаш ва ишни истаган компьютерда давом эттириш; ✅дарс жадвалини Telegram бот орқали юбориш; ✅ишга келмаган ўқитувчилар дарсларини осон алмаштириш; ✅мактаб қўнғироқларини бошқариш ва бошқалар. Лекин айрим мактаблар ҳали ҳам анча эски версиялардан фойдаланишда давом этмоқда. Дастурни янада оммалаштириш ва ривожлантиришга ёрдам бериш мақсадида ушбу маълумотни таниш завучларга юборишингизни ҳамда туманингиздаги завучлар гуруҳига жойлашингизни сўраймиз. Дастурни янгилаб олиш бепул ва маълумотлар ўчиб кетмайди! Дастур фойдаланувчилари сонининг ошиши янги имкониятлар яратиш ва нархларни янада ҳамёнбоп қилишга замин яратади. @prorectorchannel prorector.uz
Open in TelegramАссалому алайкум. Ҳурматли устозлар! Дастурнинг янги дизайни ҳамда янги функциялари ҳақида фикрларингизни билмоқчи эдик. Дизайн ва ранглар маъқулми? Ёрдамчи функцияси керакми? (уни ўчириб қўйиш мумкин, пастда ёрдамчи деган жойдан белгини олиш керак).
Open in Telegram🚀 ProRector 2026: darsni sudrang — qolganini yordamchi hal qiladi! Dars jadvalini qo'lda tahrirlash endi ancha oson. Yangi aqlli yordamchi darsni qayerga qo'yish mumkinligini ko'rsatadi, kerak bo'lsa boshqa darslarni o'zi surib, joy ochib beradi. ❓ «Nega joylanmadi?» Darsni sudrayotganda har bir katak ustida sababi yoziladi: o'qituvchi band, xona yo'q, ish vaqtidan tashqari va h.k. 🔀 6 tagacha darsni o'zi ko'chiradi Band katakka qo'ysangiz, yordamchi 6 tagacha darsni shartlarni buzmasdan ko'chiradi. Raqamchalar va katta jadvaldagi strelkalar qaysi dars qaysi sinfda, nechanchi soatdan nechanchi soatga ketayotganini ko'rsatib turadi. ✅ Darcha qolmaydi Ko'chirishdan bo'shagan soatlar boshqa dars bilan avtomatik yopiladi. Yopishning iloji bo'lmasa, yordamchi oldindan ogohlantiradi. 📚 Fan takrorlanmaydi Darcha yopilayotganda bir kunga ikkita bir xil dars qo'yilmaydi. Barcha qat'iy shartlar tekshiriladi. ⭐️ Sifat bahosi Izohda har bir ko'chirish jadval sifatiga qanday ta'sir qilishi yoziladi: 🟢 sifat oshsa, 🟡 pasaysa, 🔴 sinflarda darcha ko'paysa. 🔘 Eski usul ham bor Holat panelidagi «Yordamchi» tugmasi bilan yordamchini o'chirib, odatdagidek ishlash mumkin. 👨🏫 «Kimning darchasi» Tuzish va yaxshilashda o'qituvchi darchalarini qanday hisoblashni o'zingiz tanlaysiz: faqat ro'yxatdagi o'qituvchilar uchun yoki hamma uchun (bunda ro'yxatdagilar ustuvor bo'ladi). Ro'yxatni dasturning o'zidagi tanlash oynasida o'zgartirasiz. 🎨 Yangi ko'rinish • tugma va menyu belgilari bir bosishda rangli bo'ladi • yorug' mavzularda darslar to'qroq va o'qilishi oson • «Ko'rinish» paneli ikki ustunda, ixchamroq 🗺 Nomli bandlik xaritasi Eksport oynasida yangi variant: band kataklarda sinf yoki fan nomi yozilgan bandlik xaritasi. ⚡️ Tez va ishonchli Haqiqiy maktab jadvallaridagi sinovlarda 1 273 ta ko'chirish rejasining birortasida ham shart buzilmadi. Bitta reja o'rtacha ~20 ms da hisoblanadi, sudrash sezilmaydi. 📌 Avvalgidek dasturda: avtomatik tuzish va yaxshilash, tungi rejim, zavuch paneli va almashtirishlar jurnali, maktab qo'ng'irog'i, eMaktabdan yuklash, Telegramga jadval yuborish, HTML hisobot — 33 tilda. Yangi versiyani yuklab oling va jadvalni bir necha daqiqada joyiga keltiring! 🌐 prorector.uz 📢 @ProRectorChannel 💬 @ProRectorGroup
Open in Telegram