Posts of Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi
#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol ❗️ “TEPAGUZAR” MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI DOIRASIDA AMALGA OŞIRILAYOTGAN BUNYODKORLIK IŞLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA 🏛 Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi deputati Frangiza Akramova hamda Olmazor tumani Kengaşi deputati Umida Fayziyeva tomonidan Olmazor tumanidagi “Tepaguzar” mahalla fuqarolar yiğinida “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oşirilayotgan quriliş, obodonlaştiriş va infratuzilmani yaxşilaş işlari yuzasidan örganiş olib borildi. 🏗 Örganiş davomida mahalla hududidagi köp qavatli uylar atroflarini obodonlaştiriş, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yangilaş, bolalar va yoşlar uçun zamonaviy sport hamda öyin maydonçalarini taşkil etiş, aholining mazmunli hordiq çiqarişi uçun munosib şaroitlar yaratiş borasida amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişildi. 🔺 Xususan, mahalladagi 3-, 4- va 5-uylar atrofida yangi beton ariqlar (lotoklar) örnatiş, mazkur uylar oraliğida bolalar öyingohlari, ota-onalar uçun dam oliş maskanlari hamda futbol maydonçasini barpo etiş işlari amalga oşirilmoqda. Şuningdek, 1-, 6- va 7-uylar atrofida beton ariqlar örnatiş va zamonaviy bolalar maydonçalarini quriş işlari olib borilmoqda. ♻️ Mahallaning 7- va 8-uylari oraliğida favvoralar bilan jihozlangan dam oliş maskani, 9- va 14-uylar atrofida esa sayilgohlar, favvoralar hamda bolalar öyin maydonçalari barpo etilmoqda. Uşbu bunyodkorlik işlari mahalla qiyofasini tubdan yaxşilaş, aholining madaniy hordiq çiqarişi va bolalarning böş vaqtini mazmunli taşkil etişiga xizmat qilişi kutilmoqda. 🌳 Mahalladagi 12- va 14-uylar oraliğida amfiteatr, 9-, 10- va 11-uylar oraliğida esa nuroniylar uçun milliy uslubdagi çoyxona quriş işlari boşlangan. Mazkur maskanlar mahallada madaniy-ma’rifiy tadbirlarni taşkil etiş, avlodlar örtasidagi hamjihatlikni mustahkamlaş va nuroniylarning mazmunli hordiq çiqarişlari uçun qöşimça imkoniyat yaratadi. 💧 Bundan taşqari, 9-uy va 478-sonli maktabgaça ta’lim taşkiloti yonida, şuningdek, 16-, 17- va 18-uylar oraliğida 150 metr çuqurlikdagi suv quduqlarini qaziş işlari olib borilmoqda. 🔎 Mahallalarda kommunal infratuzilmani takomillaştiriş, bolalar va yoşlar uçun sport inşootlarini köpaytiriş, yaşil hududlar, xiyobonlar va dam oliş maskanlarini taşkil etiş hamda aholiga munosib yaşaş şaroitlarini yaratiş mahalliy Kengaş deputatlari faoliyatining ustuvor yönalişlaridan biridir. 🗣 Deputatlar Frangiza Akramova va Umida Fayziyeva tomonidan olib borilgan mazkur örganiş “Obod mahalla” dasturi doirasidagi işlarning joylardagi ijrosini kuzatiş, quriliş va obodonlaştiriş jarayonlariga e’tibor qaratiş hamda aholi manfaatlariga xizmat qiluvçi infratuzilma obyektlarining barpo etilişi ustidan deputatlik nazoratini amalga oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi. 🌿 Obod mahalla — farovon turmuş, soğlom muhit va aholi uçun munosib yaşaş şaroitlari demakdir! 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengaş
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 55 |
| 2 h | 82 |
| 4 h | 89 |
| 4 h | 92 |
- After 1 hour55
- After 6 hours92
- Total to date92
#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol ❗️“BÖZSUV” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLARNI IJTIMOIY QÖLLAB-QUVVATLAŞ, YOŞLAR BANDLIGI VA BOLALAR MAYDONÇASINI BARPO ETIŞ MASALALARI DEPUTAT E’TIBORIDA 🏛 Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi deputati Nigora Eşmetova tomonidan “Bözsuv” mahalla fuqarolar yiğinida aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, yoşlar bandligini ta’minlaş hamda mahalla infratuzilmasini yaxşilaş bilan boğliq masalalar örganildi. 🤝 Örganiş davomida ehtiyojmand xotin-qizlarga moddiy yordam körsatiş, ularning ijtimoiy muammolarini hal etişga kömaklaşiş, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş hamda manzilli ijtimoiy yordam körsatiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 💼 Şuningdek, mahalladagi yoşlarning bandligini ta’minlaş, ularni kasb-hunarga yönaltiriş, tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda mustaqil daromad manbaiga ega bölişlari uçun zarur şaroitlar yaratiş bilan boğliq masalalar muhokama qilindi. 🎓 Ta’lim muassasalari bitiruvçilarini oliy ta’lim taşkilotlari va texnikumlarga yönaltiriş, ularning qiziqişi va salohiyatidan kelib çiqib, kasb-hunar egallaşi hamda tadbirkorlik faoliyatini boşlaşiga kömaklaşiş masalalariga ham e’tibor qaratildi. Bu borada mahalladagi yoşlar yetakçisi va hokim yordamçisining samarali hamkorligi muhim ahamiyatga ega. 📋 Örganişning yana bir muhim yönalişi “Bözsuv” mahallasida bolalar maydonçasini barpo etiş masalasi böldi. Bolalarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, jismoniy faolligini oşiriş hamda xavfsiz va qulay muhitda hordiq çiqarişlari uçun munosib şaroitlar yaratiş zarurligiga e’tibor qaratildi. 🔎 Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qöllab-quvvatlaş, xotin-qizlar va yoşlar bandligiga kömaklaşiş, mahallalarda bolalar uçun zamonaviy infratuzilmani rivojlantiriş mahalliy Kengaş deputatlari faoliyatining ustuvor yönalişlaridan hisoblanadi. 🗣 Deputat Nigora Eşmetova tomonidan “Bözsuv” mahallasida örganilgan mazkur masalalar aholi turmuş farovonligini oşiriş, yoşlarning kelajakda munosib örin egallaşiga kömaklaşiş hamda hududdagi ijtimoiy şaroitlarni yaxşilaş nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi. 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengaş
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 87 |
| 4 h | 109 |
| 6 h | 104 |
- After 1 hour87
- After 6 hours104
- Total to date104
#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol ❗️“BIRLAŞGAN” MAHALLASIDAGI ESKIRGAN ELEKTR UZATIŞ USTUNLARI DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI 🏛 Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi deputati Mirzağolib Tillaşayxov tomonidan özi saylangan Yaşnobod tumanidagi “Birlaşgan” mahalla fuqarolar yiğinida saylovçilar bilan uçraşuvlar davomida bildirilgan murojaatlar asosida joyiga çiqqan holda örganiş işlari olib borildi. Örganiş jarayonida Özbekiston Ekologik partiyasi Toşkent şahar Kengaşi raisi, şahar Kengaşi deputati Sevara Fayziyeva hamda mahalla raisi iştirok etdi. ⚡️ Örganiş davomida mahalla hududidagi elektr ta’minoti infratuzilmasi, xususan, elektr uzatiş ustunlarining texnik holati hamda aholi xavfsizligi bilan boğliq masalalarga alohida e’tibor qaratildi. 🔎 Xususan, hududdagi ayrim elektr uzatiş ustunlari hanuzgaça yoğoçdan ekani, uzoq yillik foydalaniş natijasida jismonan eskirgani hamda mazkur holat aholi xavfsizligiga tahdid tuğdirişi mumkinligi aniqlandi. ⚠️ Ayniqsa, kuz-qiş mavsumida kuçli şamol va yoğingarçilik ta’sirida bunday ustunlarning şikastlanişi elektr energiyasi ta’minotida uzilişlar hamda xavfli holatlar yuzaga kelişiga sabab bölişi mumkin. 💡 Aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlaş, kommunal infratuzilmaning texnik holatini örganiş hamda mavjud muammolarni bartaraf etişga kömaklaşiş mahalliy Kengaş deputatlari faoliyatining ustuvor yönalişlaridan biridir. 🤝 Örganiş davomida eskirgan yoğoç ustunlarning texnik holatini qayta körib çiqiş, zaruratga köra ularni zamonaviy va mustahkam ustunlarga almaştiriş, elektr ta’minoti tarmoqlarining barqaror işlaşini ta’minlaş hamda aholi xavfsizligiga tahdid soluvçi omillarni bartaraf etiş muhimligiga e’tibor qaratildi. 🔺 Örganiş yakunida mavjud muammo deputatlar nazoratiga olinib, tegişli mas’ul taşkilotlarga eskirgan elektr uzatiş ustunlari bilan boğliq kamçiliklarni bartaraf etiş, elektr ta’minoti infratuzilmasini yaxşilaş hamda aholi xavfsizligini ta’minlaş yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengaş
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 48 |
| 4 h | 85 |
| 7 h | 93 |
| 8 h | 90 |
- After 1 hour48
- After 6 hours93
- Total to date90
#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati ❗️“Özbekiston – 2030” strategiyasi va Davlat dasturining Toşkent şahridagi ijrosi muhokama qilindi 🏛 Joriy yilning 24-noyabr kuni Toşkent şahar hokimligida “Özbekiston – 2030” strategiyasi va 2026-yilga möljallangan Davlat dasturining poytaxtimizda ijro etilişini örganiş, şuningdek, davlat dasturlari va strategik rejalaştiriş hujjatlarida mahalliy nodavlat notijorat taşkilotlarining iştirokini kengaytiriş masalalariga bağişlangan davra suhbati ötkazildi. Mazkur tadbir “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toşkent şahar hokimligi, Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi hamda Özbekiston nodavlat notijorat taşkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamkorligida taşkil etildi. 📋 Tadbirni Toşkent şahar hokimining birinçi örinbosari Davletiyar Xudaybergenov hamda Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi deputati, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijroçi direktori Eldor Tulyakov kiriş sözlari bilan oçib berdilar. 📊 Davra suhbati davomida Eldor Tulyakov “Özbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatini keng jamoatçilikka yetkaziş, Davlat dasturining amalga oşirilişini joylarda örganiş hamda uşbu jarayonlarda mahalliy nodavlat notijorat taşkilotlarining iştirokiga oid masalalar yuzasidan ma’ruza qildi. ⚖️ Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mas’ul xodimi Sardor Sotiboldiyev davlat dasturlarining amalga oşirilişini örganişga mahalliy nodavlat notijorat taşkilotlarini bosqiçma-bosqiç jalb qiliş, ularning faolligini oşiriş hamda islohotlar ijrosida fuqarolik jamiyati institutlarining iştirokini kengaytiriş masalalari yuzasidan ma’ruza qildi. 📁 Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF–21-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Özbekiston – 2030” strategiyasining 83-maqsadi 376-bandida belgilangan vazifalar ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. 🗣 Davra suhbati doirasida davlat organlari va nodavlat notijorat taşkilotlari vakillari iştirokida muzokaralar, savol-javoblar ötkazilib, davlat dasturlari ijrosini samarali taşkil etiş yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi. ♻️ Mazkur jarayonlarda Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi deputatlari ham faol iştirok etdilar. Tadbir davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, deputatlik va jamoatçilik nazorati samaradorligini oşiriş hamda amalga oşirilayotgan islohotlarda jamoatçilik iştirokini yanada kengaytirişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengaş
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 77 |
| 2 h | 94 |
| 4 h | 110 |
| 7 h | 119 |
| 9 h | 114 |
- After 1 hour77
- After 6 hours119
- Total to date114