#Zukku_kitobxon #Prezident_maktab #Termiz_shahri 📚Termiz shahridagi Prezident maktabida “Zukko kitobxon” tanlovining 5–6-sinflar o‘rtasidagi saralash bosqichi o‘tkazildi. 📝Tanlov Nizomiga muvofiq, 5-6- sinflarga Erkin Malikning “Shaytonvachchaning nayranglari” asari, Abdulla Avloniy ijodidan iqtiboslar aytib berish shartlari, oldindan uyga vazifa qilib berilgan edi. 🔖Ishtirokchilar badiiy asarlarni o‘qib tahlil qilish, mazmunini bayon etish hamda savollarga javob berish bo‘yicha bellashdilar. 🎼Tanlov qiziqarli saxna ko‘rinishlariga boy bo‘ldi. Tanlovda mehmon sifatida termiz shahridagi San’at va ma'daniyat maktabining “Yog‘du”ansambli ishtirok etishi o‘quvchilarga yanada kutarinki kayfiyat baxsh etdi. Bizni kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Open in TelegramPosts of Termiz shahridagi Prezident maktabi
#Oliy_talimga_tayyorgarlik #Prezident_maktabi 📖 Xalqaro ta’limga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi. 📌Termiz shahridagi Prezident maktabida “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi ishtirokchilari hamda mahalliy maktab o'quvchilari uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.Tadbir davomida o'quvchilarga xalqaro universitetlarga kirish jarayonlari, talab etiladigan xalqaro sertifikatlar, hujjatlar to‘plami va ariza topshirish tartibi yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. 📎Ushbu uchrashuv iqtidorli o'quvchilarning xalqaro ta’lim maydonidagi imkoniyatlarini kengaytirish, ularni dunyoning nufuzli oliygohlariga maqsadli tayyorlash yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. Bizni kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Open in Telegram#Xalqaro_hamkorlik XALQARO TAJRIBA VA INNOVATSIYALAR SARI YANGI QADAM! Prezident maktablarida xalqaro ta’lim hamkorligini kengaytirish, dunyoning ilg‘or ta’lim tajribalarini o‘rganish hamda zamonaviy bilim va innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish borasida izchil hamkorlikni amalga oshirilmoqda. Hamkorlik doirasida STEM ta’limini takomillashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish, raqamli innovatsiyalarni o‘rganish hamda o‘qituvchilar o‘rtasida ilg‘or metodik tajribalar almashinuvini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Termiz shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori E.Isaqova ham ushbu xalqaro hamkorlik doirasida o‘zlarining taqdimot ma'ruzalari bilan ishtirok etmoqda. Xitoy Xalq Respublikasining Kashi provinsiyasida joylashgan 2-Middle maktabi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yilishi ta’lim muassasalari o‘rtasida tajriba almashish va yangi imkoniyatlar uchun zamin yaratadi. Bizni kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Open in TelegramForwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Xuşxabar #Xalqaro_hamkorlik ⚡️ Namangan Prezident maktabi loyihasi xalqaro “ETF Green Skills Award 2026” tanlovida birinçi örinni egalladi Özbekiston vakili 94 ta mamlakatdan taqdim etilgan 369 ta loyiha orasida birinçi örinni qölga kiritdi. Mukofotning tantanali taqdirlaş marosimi 25-noyabr kuni Italiyaning Turin şahridagi OGR Torino innovatsiya markazida “Torino Global Skills Summit 2026” xalqaro sammiti doirasida bölib ötdi. ✅ Batafsil: https://gov.uz/oz/ima/news/view/252597 ______________________ ⚡️ Namangan Presidential School Project Wins First Place at the International "ETF Green Skills Award 2026" The Sustainable Future Society (SFS) project, implemented at the Presidential School in Namangan, has been named the overall winner of the international ETF Green Skills Award 2026, organized by the European Training Foundation (ETF). Representing Uzbekistan, the project took first place out of 369 submissions from 94 countries. ✅ Read more: https://gov.uz/en/ima/news/view/252597 ✅Telegram 📹YouTube ✅ Instagram ✅Facebook 💼 Veb-sayt 🎤 Direktor
Open in Telegram