🏘 OLMAZOR MAHALLASIDA FUQAROLAR MUAMMOLARI XONADONBAY O‘RGANILDI
Respublika ishchi guruhi a’zosi Sh. Maksudov tuman mutasaddi tashkilotlari rahbarlari ishtirokida Paxtakor tumani Olmazor mahallasida bo‘lib, fuqarolarning murojaatlarini xonadonbay o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, ularning muammo va takliflari tinglandi.
Xonadonlarning ijtimoiy holati, bandlik masalalari hamda fuqarolarni qiynayotgan dolzarb muammolar atroflicha o‘rganildi.
Bildirilgan murojaatlarni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
🤝 Maqsad — aholi muammolarini joyida aniqlash, murojaatlarni e’tiborsiz qoldirmasdan, ularning ijobiy yechimini ta’minlash.
😊 @Paxtakor24👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEagv00HRCQltyzLgA