KUN HIKMATI: Barcha buyuk kashfiyotlar insonning qiziquvchanligi natijasidir. Xudoyberdi KOMILOV _______ КУН ҲИКМАТИ: Барча буюк кашфиётлар инсоннинг қизиқувчанлиги натижасидир. Худойберди КОМИЛОВ
Open in TelegramPosts of Pastdarg‘om.uz
TA’LIM MUASSASALARIDAGI SHAROITLAR VA BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORATDAN O‘TKAZILDI 🇺🇿Yosh avlodning sifatli ta’lim-tarbiya olishi, maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida munosib sharoitlar yaratish hamda ta’lim infratuzilmasini yaxshilash doimiy e’tibor markazida. 🇺🇿Bugun Pastdarg‘om tumani hokimi J. Pardayev tegishli mas’ullar hamrohligida Qo‘shquduq mahallasi hududida joylashgan 60-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi. ✅O‘rganish davomida muassasadagi mavjud sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni hamda aniqlangan kamchiliklar ko‘zdan kechirildi. Kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. 🏙Shuningdek, tashrif davomida mahalla hududidagi 83-sonli umumta’lim maktabi uchun bunyod etilayotgan 270 o‘rinli qo‘shimcha bino qurilishidagi yakuniy ishlar holati ham ko‘zdan kechirildi. ✅Ayni paytda yangi binoda ayrim pardozlash va yakuniy ishlar olib borilmoqda. Mas’ullarga qolgan ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. ✅Bunday o‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — ta’lim muassasalarida mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni tezkor hal etish hamda bolalar va o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz ta’lim muhitini yaratishdan iborat.
Open in Telegram📣Eʼlon! ✅Pastdarg‘om tumani aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul ertaga, 27-noyabr kuni tuman Madaniyat bo'limi binosida o‘tkaziladi. 🔎Hurmatli fuqarolar! Sayyor qabulda ishtirok etib, o‘zingizni qiynayotgan muammo va takliflaringizni bildirishingiz mumkin. ⚠️Eslatma: Sayyor qabul soat 15:00 da boshlanadi.
Open in TelegramYOSHLAR BANDLIGI — KASB-HUNAR VA TA’LIMDAN BOSHLANADI! 🏙Bugungi kunda Pastdarg‘om tumanidagi 3-son texnikumda 898 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. 🔎Mazkur ta’lim muassasasida yoshlar elektr montyor, payvandlovchi, oshpaz, sartarosh, tikuvchi, santexnik, kompyuter tarmoqlari va IT-servisi, avtomobil servisi kabi yo‘nalishlarda ikki yil davomida kasb-hunar sirlarini o‘rganmoqda. 🇺🇿Bugun tuman hokimi J. Pardayev DXX mas’ullari, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i hamda soliq inspeksiyasi rahbari hamrohligida texnikum faoliyati bilan yaqindan tanishdi. ✅O‘rganish davomida o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayoni va kasbiy tayyorgarlik yo‘nalishlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari, qiziqishlari va kelgusidagi rejalari tinglandi. ✅Asosiy e’tibor yoshlarning sifatli ta’lim olishi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi va kelajakda munosib ish o‘rinlariga ega bo‘lishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga qaratildi.
Open in TelegramOchiq va samimiy muloqot hamda o‘zaro yuksak hurmat ruhida o‘tgan davlat tashrifi O‘zbekiston va Iordaniya munosabatlarida yangi, yorqin sahifa ochdi. — Государственный визит, прошедший в духе открытого и искреннего диалога, глубокого взаимного уважения, открыл новую, яркую страницу в узбекско-иорданских отношениях.
Open in TelegramPAYSHANBA — YOSHLAR KUNI 🇺🇿Payshanba kunining «Yoshlar kuni» etib belgilangani munosabati bilan Pastdarg‘om tumani 3-son texnikumida tumandagi o‘quv markazlari rahbarlari hamda faol yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. 🇺🇿Unda tuman hokimi J. Pardayev, viloyat va tuman Davlat xavfsizlik xizmati mas’ullari, ichki ishlar hamda soliq inspeksiyasi rahbarlari ishtirok etdi. ⚡️Ochiq muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, taklif va tashabbuslar bilan murojaat qilishdi. Xususan, texnikumda xorijiy tillarni o‘rganish istagida bo‘lgan yoshlar uchun zarur texnik vositalar va o‘quv anjomlari bilan ta’minlash, ta’lim olayotgan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va sharoitlarni yanada kengaytirish yuzasidan takliflar bildirildi. ✅Uchrashuvda yoshlarning murojaatlari tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish, mavjud muammolarga yechim topish hamda bildirilgan takliflarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. 🤝Yoshlar bilan bunday ochiq muloqotlar ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, muammolarini o‘z vaqtida hal etish va ta’lim olishlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
Open in Telegram