Posts of Parallel muhit data
O'sayotgan iqtisodda tengsizlik oshib boradi. Jamiyat esai ikkita yo'l o'rtasida qolib ketadii. Madaniyatli kamchilik va baxtsiz ko'pchilik. Afsuski, Ikkinchi guruh tabiatan yoki vaziyati tufayli o'ziga yuqori talablar qo'ymaydi va nozik did shakllantirmaydi.
Open in Telegramhttps://arxiv.org/pdf/2603.26707 SI aqllilashib borgani sari, unga beriladigan vazifalarning 1/3 qismi aqllilashib boryapti. 2/3 vazifalar esa borgan sari soddalashib boryapti.
Open in TelegramCheski Bezosdan so'radi: -Baffetdan olgan eng zo'r investitsiya maslahatingiz nima bo'lgan? Bezos: -[Uorrendan so'radim] Investitsiya tezisingiz o'ta sodda... shunga qaramay dunyoning #2 boy odamisiz, shunday sodda usul bilan. Nima uchun hamma sizni shundoqqina ko'chirib qo'ya qolmaydi? Baffet: -Chunki hech kim sekin boyishni istamaydi.
Open in TelegramTalabchan, qo'llovchi va hurmatingga sazovor yoshi kattaroq, tajribariloq odamning qo'lida qanchalik o'sa olishing mumkinligiga hech qachon past baho berma. Lekin oddiy haqiqatni tushun. Bunday odamni topa olish va uning vaqtiga arzish uchun ham kuchli ko'nikmali va qattiq mehnatkash bo'lishing kerak. O'rtacha va sekin bo'lsang bunday odamga to'qnash kelib qolmaysan.
Open in TelegramRonni Lot o'zi yaqindan ishlagan Bill Velsh va Bill Kempbell haqida aytadi: Kuchli murabbiylar kechasi uyg'onib ketib ham seni yaxshiroq qilish haqida o'ylashadi. O'zingdan ko'proq narsa chiqara oladigan muhitlarni yaratishni yaxshi ko'rishadi. Kuchli murabbiylar rassomlarga o'xshaydi. Munosabatlarni chizishadi.
Open in TelegramGarvard ham o'zining Kalkulus (oliy matematika) kurslariga yordamchi kurslar qo'shishga majbur bo'lyapti. Bu dahshat. Bu talabalar kalkulusga tayyor holda kelishlari kerak edi. Lekin ularning aksarida o'rta va yuqori maktabdan poydevor yo'q.
Open in TelegramMen bekorchi (keraksiz) ish o'rinlari miqdorini 20% deb o'ylar edim. Haqiqiy raqamlar ikki barobar ko'proq ekan. Gollandiyadagi tadqiqot ham ayni shuni ko'rsatdi: 40% xodimlar ularning ishlari majvudligiga birorta tuzuk sabab topib bera oilshmagan.
Open in TelegramIstalgan kasbda 90% odamda ish haqida tasavvur yo'q. Ular vaziyatga qarab takrorlash, yonidagining ishini qaytarish va yarim ongli aktyorlik orqali ishlab yurishadi. Ijtimoiy "fanlar"da bu ko'rsatgich 99%, jurnalistikada esa 100.
Open in TelegramForwarded from Yo‘ldosh Yusupov
“500 GRAND” loyihasi haqida Biz 500 nafar iqtidorli yoshga 100% grant asosida bepul ta’lim olish imkoniyatini bermoqdamiz. Ta’lim 7 ta yo‘nalishda: Grafik dizayn, Targeting, Sotuv menejerligi, Video montaj, Mobilografiya, Sun’iy intellekt va Robototexnika. Loyihamizning 1-bosqichida 85 nafar yosh o‘qishga kirib, 55 nafari bitirgan va 35 nafari ishga joylashgan. 2-bosqichda esa 375 nafar yosh ta’lim oldi, ularning 50–60% atrofidagilari ishga joylashmoqda. Bizga ma’lum natijalarning o‘zida bitiruvchilarimiz o‘rgangan kasblari orqali jami $54 200+ daromad qilishgan. Endi maqsadimiz — yana 500 nafar iqtidorli yoshni topish va ularga imkoniyat berish. 25-sentabr soat 20:30 da loyiha bo‘yicha onlayn taqdimot bo‘ladi. Sizdan iltimosimiz — qisqa video orqali bu imkoniyatni yoshlarga yetkazishga yordam berishingiz. Iqtidorli yoshlarni topishga yordam bering!
Open in Telegram