Rossiya Abu-Dabidagi muzokaralarda Markaziy Osiyo va NATO hamkorligini çeklaş talabini qöyganini eşitgandirsiz. Moskopdagilar NATO Markaziy Osiyo mintaqasidagi “har qanday harbiy faoliyat”dan voz keçişini sörabdi. Markaziy Osiyoning barça davlati NATOning “Tinçlik uçun hamkorlik” loyihasida qatnaşadi. Ölkadagi eng faol NATO a‘zosi, şubhasiz, Turkiya. Bundan taşqari, AQŞ bilan hamkorlik ham yaxşi darajada. Örislarning talabi, hozirgi status-kvo haqida emas, bölajak faollik haqida deyişyapti. Biroq bu ham normal emas, mustaqil davlat sifatida Markaziy Osiyo davlatlari kim bilan qanday harbiy hamkorlik qilişni özi hal qiladi. Hozirça heç qaysi Markaziy Osiyo davlati bu xabarga munosabat bildirmadi. Va bu qisman töğri ham. Örislarning hozirgi holatida ularning sözi unçalik ahamiyatli emas. Ukrainada şarmanda bölayotgan, kuçsizlanganini bildirmaslik uçun har ötganga toş otayotgan davlatga nimadir deb, tortişiş foyda bermaydi. Putin ketgandan keyin bu şartnomalar baribir qayta körib çiqiladi. Bugungi holatida Rossiyaning talabi Turkiya uçun jiddiy emas, AQŞ uçun ham. Ular bilan harbiy savdo va hamkorlik aloqalari davom etaveradi. Asosiy muammo — özaro birlik. Agar Rossiyaning bu uyatsiz talabiga munosabat bildiriş kerak bölsa, buni 5 (kamida 4 ) davlat birga qilib, qöşma bayonot berişi lozim. Bir yarim asr oldin bölgani kabi bizni hozir ham özaro birlik saqlab qoladi. @pan_diplomat
Open in TelegramPosts of Diplomat (Sobirov)
AQŞ elçixonasiyam bizga öxşab, sal mubolağaa qöşadigan bölibdi. Kurkalarni avf qilişni Linkolnga boğlaş haqiqatdan köra, köproq afsona. Bu haqda oldin ham yozgan ekanman. Kurkalarni avf qiliş odatini 1987-yil Reygan boşlab bergan, ularni yemaslikni esa Kennedi boşlagan. Undan oldin kurkalar şunçaki yeb yuborilgan. Ikkinçi jahon uruşigaça esa, umuman, AQŞ Prezidentlari va kurkalar orasida boğliqlik ham bölmagan. Lekin özidan oldingi hamkasblarini hurmat qilib, ularning işini odatga aylantirgan AQŞ rahbarlari hurmatga loyiq. @pan_diplomat
Open in TelegramAmerika sehrli diyorda baribir. Endi o‘zbek ayvonchada o‘tirib, qo‘lda achchiq ko‘k choy bilan Vashington monumenti va Jefferson yodgorli, umuman Amriqo poytaxtining manzaralarini tomosha qilib o‘tirish mumkin. @pan_diplomat
Open in TelegramSovetlarning 1937-1938 yillardagi qatağonlarida çaquv xatlari asosiy ayblov dalillaridan bir bölgan. Biroq yuz minglab insonlarni konslager yoki otuvga jönatgan asosiy dalil — ularning aybni şaxsan tan olişi edi. Va bu iş çekistlar uçun muammo ham emasdi – ular odamlarni öz aybiga iqror bölişga majburlaşning önlab usullarini bilardi. Öşa vaqtdagi SSSR Boş prokurori Andrey Vişinskiy uşbu amaliyotga izoh berib, “tan oliş – dalillarning malikasidir” (Confessio est regina probationum) deya uni oqlagan. Ya’ni, sovetlar şaxsga bosim ötkazib, uni aybiga majburan iqror qilgan va şu yagona dalil asosida hukm çiqaravergan. Aslida Vişinskiy qöllagan iqtibos ança qadimiy. Forced confession, ya’ni, bosim, zöravonlik va qiynoq asosida aybiga iqror qiliş qadimgi Rim davridan boşlab qöllanilgan. Örta asrlarda faol davom etgan. Bu usul yordamida minglab begunoh insonlar majburan gunohkorligini tan olgan va jazolangan. Faqatgina XVIII asr oxiridan, italiyalik huquqşunos Çezare Bekkariyaning “Jinoyatlar va jazolar töğrisida”gi traktatidan keyin Yevropada bunday amaliyotdan voz keçila boşlandi. Bekkariya misollar bilan bunday dalil işonçli bölmasligini va adolatga xizmat qilmasligini isbotlagan. Insonga öz aybini majburan tan oldiriş va buni yagona dalil sifatida körsatişni taqiqlaş SSSRdagi “katta terror”dan keyin, XX asr örtalaridan dunyo miqyosida qabul qilina boşladi. Hozir bu qoida aksar davlatlar qonunçiligida qayd etilgan. Özbekistonning 1992-yilgi Konstitutsiyasi aybsizlik prezumpsiyasi mavjud edi, ammo tan olişni yagona dalili sifatida qabul qiliş haqida gapirilmagandi. 2023-yilgi yangilangan Konstitutsiyasida esa bu qoida konstitutsiyaviy norma darajasini oldi va 28-moddada qayd etildi: “Agar şaxsning öz aybini tan olganligi unga qarşi yagona dalil bölsa, u aybdor deb topilişi yoki jazoga tortilişi mumkin emas”. Xuddi şu özgartiriş Jinoyat-protsessual kodeksiga ham kiritildi. Şunday qilib, yangi Konstitutsiyadagi unça e’tibor tortmaydigan bir jumla insoniyatning bir neça ming yillik aççiq tajribasi asosida paydo bölgan, juda muhim qoidadir. @pan_diplomat
Open in Telegram“Ötkan kunlar” asari davomi sifatida yozilgan “Yaldo keçasi” asarini tugatdim. Kitob çiqqaniga bir yil bölyapti, lekin öqişga endi vaqt böldi. Kitob Qodiriy uslubida yozilgan, uning maqolalaridan ham unumli foydalanilgan (masalan, “Maslaku maqsaddan şammayi izhor” nomidagi “şammayi izhor” sözi köp işlatilgan). Boşida kitobda köplab tarixiy şaxslar obrazi (Furqat, Nosirxontöra Kamolxontöra öğli) töplangani ğalati körindi. Biroq, öylab körsam “Ötkan kunlar”da ham Qodiriy Xudoyorxon, Musulmonqul, Azizbek kabi tarixiy şaxslar obrazidan foydalangan. Lekin “Yaldo keçasi”da köproq tarixiy obrazlar jamlangan ekan. Tarixçi bölganim uçun bu qiziq körindi. Misol, dovdir Ummatqul Hikmatuf prototipi Yöldoş Oxunboboyev, Murşida Burnaşeva esa Jahon Obidova ekanini taxmin qiliş qiyin bölmadi. Yana köplab tarixiy şaxslar nomi keltirilgan. Ayniqsa, köpçilikka notaniş jadid ulamo – Ikromça domla ismi ham tilga olingani juda xursand qildi. Va asar jadidlar merosi ustiga qurilgani ham öziga xos. Masalan, Yodgorbekning Haj safari tafsiloti Behbudiyning Haj safari tasvirlangan “Qasdi safar” asari voqealari asosida yozilgan. Faqat ingliz zobiti qöşilgan. Çölpon şe’rlariga ham köp murojaat qilingan. Qiziq yeçim. Asarni töliq aytib, spoyler qilmoqçi emasman. Va men “Ötkan kunlar” va “Yaldo keçasi”ni soliştirmagan bölardim. Ikki asar ikki xil usulda, umuman ikki xil davrda yozilgan. Qodiriy asari asosan işqiy mavzu atrofidagi badiiy asar bölsa, “Yaldo keçasi” köproq milliy-tarixiy asar bölibdi. Va men asarda tilga olingan ikki milliy-tarixiy qahramon avlodi bilan uçraşganim, ularning taqdirini örganganim uçun ularning nomi tilga olingan kitob yoqdi. Turkiyada Alixontöra Soğuniyning öğli Qutluğxontöra Soğuniy va Şermuhammadbek nabirasi Usmonbek bilan körişib, intervyu ham olgandim. Ular har qanday asar qahramoni bölişga arziydi. Buxorolik bölganim uçun buxorlik ijobiy obrazlar ham qidirdim. Balki Ozodbek obrazi Fayzulla Xöjayev prototipidir. Ammo Ozodbek taqdiri köproq Mirkomil Mirşaropov taqdiriga öxşaydi. Xullas, “Yaldo keçasi” ota-bobolarimiz Rossiya imperiyasi va SSSR davrida körgan zulmlar, tahqirlar (“sartlar va itlar kirmasin”), umuman ularning oğir yölini badiiy böyoqlar bilan, hissiyotli tarzda tasvirlagan kitob bölibdi. @pan_diplomat
Open in TelegramTarixiy rasmlarni ko‘rib o‘tirish, o‘rganish hobbilarimdan biri. Endi shu hobbim bo‘yicha ham maqolalar yozib turmoqchiman. Birinchisiga hozirgi Yuridik universiteti binosi tarixi. Erlar gimnaziyasi sifatida qurilgan imorat qiziq yo‘lni bosib o‘tgan, lekin doim ilm dargohi bo‘lib xizmat qilgan — https://portal24.uz/news/erlar-gimnaziyasidan-yuridik-universitetgacha-bir-bino-tarixi/ @pan_diplomat
Open in TelegramPutin va Szinpin özini “dunyoga ustun” yetakçilar deb hisoblaydi. Trampni özi kutib olgan bölsa-da, Szipin uçun Tramp baribir uning darajasidagi rahbar emas. Çunki 2 yildan keyin Tramp rahbarlikdan ketadi, u bilan tuzilgan kelişuvlar ham katta ehtimol bilan dolzarbligini yöqotadi. Putin va Szinpin esa 2 yildan keyin ham taxtda qoladi. Ular uçun almaşadigan prezident bilan aloqalar juda işonçli emasdek. Şenjendagi uçraşuvni Yaltaga öxşatyapti, qaysidir tomondan bu töğri. Stalin 1943-yilda u bilan uçraşib, kelişuv tuzgan odamlar Franklin Ruzvelt (1945-yil aprelda vafot etgan) va Çerçil (1945-yil iyuldagi saylovda mağlub bölgan) ğalabadan keyin, 1945-yildayoq rahbarlikdan ketganini körib, ularning davomçilari Trumen va Ettlini mensimagan hamda Yaltadagi va’dalarini unutgan. Stalin, ayniqsa, Çerçilning mağlubiyatni tan olganidan juda norozi bölgan. Si ham, Putin ham ötmişdoşlaridan katta farq qilmaydi. Ular ham Tramp 2 yildan keyin ketib, u bilan tuzilgan barça rejalar barbod bölib qolişini yaxşi tuşunadi. @pan_diplomat
Open in TelegramXitoy allaqachon Rossiyani o‘zining “kichik ukasi” qilib olibdi. Aeroportda Trampni shaxsan kutib olish, Putinni uzoqroqda o‘tirg‘izish, suratga tushirish buni ko‘rsatadi. Umuman olganda bu reallikka ham mos. Hozir Xitoyga Rossiya emas, Rossiyaga Xitoy ko‘proq kerak. @pan_diplomat
Open in TelegramTramp, Si va Putin uçraşib, dunyo masalalarini hal qilayotganda, men keçadan beri svetni masalasini hal qilyapman. Öz uyingda yoruğlik bölmay turgan paytda, xorijni yoritiş unçalik osonmas ekan. Va haqiqiy “otanga bor, onangga bor” ekan. Elektr tarmoqlari “bino balansga olinmagan, Quriliş nazorat inspeksiya bilan bunaqa masala ançadan beri bor” deydi, Quriliş inpeksiyasi quruvçi kompaniyaga murojaat qiling deydi, Quruvçi kompaniyamiz – “LAND HOUSE” esa munosabat ham bildirgani yöq, söraganda esa biz Boşqaruv servis kompaniyasi (jek)ga topşirganmiz deydi. BSK esa binodan taşqaridagi voqealarga bizni aloqamiz yöq deydi. Hamma bor, ammo heç kim yöq xullas. HETK bilan Quriliş inspeksiyaga rahmat, hartugul boşlarini qumga tiqib olmay, munosabat bildirdi. Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqini himoya qiliş qömitasi ham iste’molçilar huquqini himoya qilsa yaxşi bölardi, harqalay fuqarolar barça xizmatlarga tölov qilib kelgan. Lekin qanaqasiga bitta katta köpqavatli uyning elektr tarmoği heç kimning nazoratida bölmasligi mumkin, men tuşunmadim. @pan_diplomat
Open in TelegramÖzbekistondagi juda bir qiziq keys, endi bu soha qonunçiligini ham sovuqqina uyimda örganib çiqaman şekilli. Köpqavatli uy bitgan, 2-3 yildan beri foydalanişda, kompaniya qanday uni balansga topşirmagan, qiziq. Anavnaqa alohida xöjalik tuzilmagan, uy Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi ixtiyorida. Tizimdagi tizimsizlik xullas. Qiziği, tuman elektr tarmoqlari bilan kompaniya bahslaşib turibdi, buyoqda hamma tölovni vaqtida tölab turgan odamlarda qariyb bir kundan beri svet yöq. Uylar sovib qolgan. Iste’molçilar huquqi degan narsadan ham darak yöq. Biladiganlar maslahat beringlar. @pan_diplomat
Open in TelegramTurkiyada “investitsiya fondi inqirozi” çuqurlaşib boryapti. Işdagi asosiy figurantlar Erdoğanning “Adolat va taraqqiyot” partiyasi rahbariyati va ularning oila a’zolari. Gap mlrdlab dollar haqida ketmoqda. Hukumat bir oy içida ikkita eng katta muxolif TVni (Halk va Sözcu) amalda yopdi. Turklarda buni OAV’ga taşqi boşqaruvçi (kayyum) tayinlaş orqali qilişadi. Siyosatçi Sezgin Tangriquli bu haqda zör gap yozibdi: “Balkim xalqqa ham taşqi boşqaruvçi tayinlarsizlar?” RTEning özi Yangil yilgaça bu işni yopişni buyuribdi. Turkiya yana şu ahvoliga YEI uni ittifoqqa qöşmasligidan noliydi. @pan_diplomat
Open in TelegramŞu mavzu böyiça yana qiziq ma’lumotolar çiqdi. Goga Hidoyatov maşhur özbek san’atkorlari Abror Hidoyatov va Sora Eşontörayevalarning öğli. Uning ukasi Temir Hidoyatov ham professor, arxitektor olim. Goga Hidoyatov Karimov davrida yuqori lavozimlarda işlagan, masalan, Taşqi işlar vaziri maslahatçisi bölgan. Uning ikki qizi esa muxolifat partiyalarga qöşilgan. Birinçi qizi Nigora Hidoyatova “Ozod dehqonlar” partiyasini tuzib, 2004-yilgi saylovlarga qatnaşmoqçi bölgan, ammo ruxsat tegmagan. 2012-yil Özbekistonda çiqib ketgan. Ikkinçi qiz Nodira Hidoyatova esa tadbirkor bölgan. Ammo aka-uka Umarovlar, xususan “Uzdunrobita” asosçisi Sanjar Umarov bilan yaqinlaşib, uning “Serquyoş Özbekistonim” koalitsiyasi koordinatoriga aylangan. Sanjar Umarov qamoqqa olingandan keyin Nodira Hidoyatova ham qamalgan. Keyinroq ikkovi ozod qilingan va Özbekistonni tark etgan ekan. Ikki maşhur san’atkorlarning avlodlaridan heç kim ularning yölidan ketmabdi. @pan_diplomat
Open in TelegramKeça tarixni örgangan ilk kitoblarimdan biri, Goga Hidoyatovning 2004-yil naşr etilgan, 11-sinf öquvçilari uçun möljallangan Jahon tarixi kitobini varaqladim. Va bir qiziq, hozirgi kun uçun noodatiy jumla topdim. Bugun “Önta negr bolasi” asari “Ular önta edi” deb özgartirilayotgan zamonda, şubhasiz, davlat darsligida qora tanli aholi “negrlar” deb yozilgani darhol közga taşlanadi. Ammo öşa paytlar, masalan, özim ham e’tibor qilmagan ekanman. Albatta, bu sözni işlatiş notöğri. @pan_diplomat
Open in TelegramGermaniya taşqi va içki razvedka xizmatiga keng vakolatlar berilibdi. Şu paytgaça nemis maxsus xizmatlari faqat ma’lumot töplaş bilan şuğullangan, faol operatsiyalar ötkazmagan. Operatsiyalarni boşqa kuç tuzilmalari qilgan. Endi yaşirin xizmatlar ma’lumot töplaydi va şu asosda özi maxsus yaşirin operatsiyalar ötkazadi. Xususan, taşqi razvedkaga kiberhujumlarga javoban kiberhujumlar qiliş, çet elda diversiya ötkaziş kabi huquqlar berildi. Içki razvedkaga esa xususiy xonadonlarga ham kirişga ruxsat berildi (“Özgalar hayoti”), ammo, bu uçun ular oldindan rusxat olişi kerak. Bundan vakolatlar Germaniya yaşirin xizmatlariga GFRda 1945-yildan beri, GDRda 1991-yildan beri ilk bor berilmoqda. Asosiy sabab Rossiya, Xitoy va Eronning “gibrid uruş”lariga qarşi samarali kuraşiş. Ha, nemislar Gestapo va Ştazini eslayotgandir. Taşqi operatsiyaga esa tan oliş kerak Mussolini qutqarilgan “Eman” operatsiyasi mohirona ötgan misol. Nemis maxsus xizmatlari kuçayişi rus diversantlari uçun, şubhasiz, yomon xabar. Ukraina uruşi Germaniyani ança qat’iylaştirdi. Ular harbiy sanoatni kengaytirdi, ilk bor armiya xarajatlarini oşirdi, endi maxsus xizmatlarni kuçaytiryapti, “Ukrainaga qarşi çiqsanglar pul berişni töxtataman” deb Yevropa davlatlariga tahdid ham qildi. Merz bu qadamlar orqali “Germaniya uçun muqobil”dek öng piar yurişlar ham qilyapti. @pan_diplomat
Open in TelegramUkraina aslida Kiyev Rusni öz davlatçiligining boşlaniş nuqtasi deb biladi. Rossiya esa bu davlatni “qadimgi rus davlatçiligi” merosi deb biladi. Har ikkisi ham öz asoslariga ega. Rossiya birinçi bölib, nomdagi öxşaşlikka e’tibor qaratadi. Qolaversa, Kiyev Rusga asos solgan va boşqargan Ryurikovlar Moskvada ham hukmronlik qilgan. Ukraina esa Kiyev Rus merosi Moskva knyazligi orqali emas, Galitsiya-Volin knyazligi orqali davom etgan deb hisoblaydi. Ukrainaliklar zamonaviy Rossiya fundamenti bölgan Moskva knyazligi möğullarning kuçli ta’siri ostida rivojlanganini, zamonaviy rus tili Kiyev Rus davridagi slavyan tilidan jiddiy farq qilişini da’vo qiladi. Tarixçilar har ikki tomon öz da’volarini börttirişini ta’kidlagan. Agar soliştiradigan bölsak, Kiyev Rus xuddi Buyuk Turk xoqonligi kabi. Xoqonlik ham deyarli barça turkiy davlatlar uçun ilk kuçli davlatçilik tarixi. Qozoq ham, özbek ham, turkman va turkiyalik ham uni öz tarixi deb biladi. Özbekiston tarixiy yadrosi bahsliroq, çunki bizda Baqtriya ham özbek davlatçigi tarixi deb örgatiladi. Özbeklar ukrainaliklardan umuman boşqa yöldan ketgan. Ya’ni, Zaporejye Getmanşinasi ukrainlar uçun ilk milliy davlatçilik bölsa, özbeklar uçun aynan şunday misol topiş qiyin. Menimça, Qarluq-Qoraxoniylarni aytiş mumkin. Hozirgi özbek tili qarluq lahjasi asosiga qurilgani inobatga olinsa, Samarqandni poytaxt qilgan Qoraxoniylar davlati zamonaviy özbek davlatçiligini boşlab bergan. Qoraxoniylar markaz qilgan ikki şahar – Samarqand va Buxoro mos ravişda özbek yadrosi hududlari bölib keldi. Umuman Qoraxoniylardan keyin Samarqandning mintaqa markazi sifatidagi roli kuçaydi. Ukrainada esa yadro Zaparojyedan Galitsiya-Volinga köçgan. Çunki aynan şu yer Rossiyaga emas, Avstriya-Vengriya tarkibiga kirgan. Vena Galitsiyadagi Ukraina milliy harakati Ukrainaning qolgan hududiga ham tarqalib, Rossiyaga qarşi kayfiyat şakllantirişi uçun buni qöllab-quvvatlagan. Rossiya tarkibidagi Ukrainada esa ukrain tili, madaniyati taqiqlangan. Şu tariqa milliy yadro Ukraina ğarbida töplangan. Şuning uçun hozir ham ukrain millatçiligi aynan ğarbda kuçliroq. @pan_diplomat
Open in TelegramAbu-Dabidagi muzokaralarda Rossiya hozirgaça egallagan hududlaridan taşqari, Donbassning Ukrainada qolgan qismlarga ham da’vo qilayotgani asosiy muammo bölyapti. Ukraina bu yerlar uçun şunça qurbon berib, endi uni jangsiz duşmanga berişni istamayapti va töğri ham. Yana bir masala, tarixiy-davlatçilik ham. Zamonaviy Ukraina davlatçiligining yadrosi Kiyev emas, Zaporojye va Ğarbiy Ukraina (sobiq Galitsiya knyazligi-qirolligi). Kiyev-Rusdan keyin aynan Zaporejyeda ukrain kazaklari ilk milliy uyğoniş harakatini amalga oşirgan. Ukrainaning eng maşhur tarixiy qahramoni Bogdan Xmelnitskiy 1648-yil Zaporejyada Polşa qirolligiga qarşi qözğalon kötarib, Kiyev va Dnepr qirğoqlarini egallagan va Getmanşina davlatiga asos solgan. Bu ilk töliq ukrainça davlat edi. U ğarbda Polşa, janubda Qrim xonligi, şarqda Moskva podşoligi orasidagi yangi davlatçilik böldi. Getmanşina Ukraina tarixçiligidagi juda muhim davlatçilik ildizi hisoblanadi. Ukraina front çiziği juda yaqin va faol bölsa-da, ruslarni Zaporejye markaziga ötkazmadi. Rossiya uruş boşlangandan beri aynan mana şu front çiziğida deyarli umuman oldinga siljimadi. Ular janubda Xersongaça bordi, Zaporejye şimolida Xarkovgaça kirib borildi, biroq Zaporejye markazida Ukraina himoyani mustahkam uşladi. 2014-yildan beri ukrainaliklar Zaporejyeda asosiy kuçlarni jamlagandi. Manbalarga köra, Rossiya hozir mana şu viloyatning ham bir qismi unga ötişini va uruş boşida qisqa muddat egallagan, keyin boy bergan Zaporejye yerlarini ham berişni söramoqda. Zaporejyedagi yerlar kiçik, biroq Ukraina uçun muhim. Rossiya uçun ham bu hudud muhim, ya’ni tarixga qiziquvçi Kreml şu orqali bir paytlar Bogdan Xmelnitskiy Moskvaga qöşilganini, oradan asrlar ötib uning davlati yerlari yana Rossiyaga qaytganini ramziy körsatadi. “Tarix siyosatga xizmat qiladi”, “tarix – bu siyosat” degan gaplar bejiz emas. Har qanday davlat öz qonuniyligi (legitimligi) va buyukligini tarixdan qidiradi. @pan_diplomat
Open in TelegramIlg‘or Turkiya tajribasi amalda-ku Adashmasam, Turkiyada shunaqa edi, telfon narxini 100 foizi edi IMEI. Natijada hamma ikkita telfon ishlatib, qandaydir lazeyka qilardi. Yanayam Turkiyadagilar biladi. UPD. Vaziyat ijobiy tomonga o‘zgaribdi @pan_diplomat
Open in TelegramAyzenkot hukumat tuza olsa kerak. Harholda arab partiyalari ham, Liberman kabi yahudiy yetakchilar ham Netanyahuni ketkazish uchun uni qo‘llashini bildirgan. Ya’ni, bu hukumat Ayzenkot hukumati emas, Netanyahuga qarshi hukumat bo‘ladi. Asosiy maqsad bajarilib, Netanyahu ketgach, bu koalitsiya qanchagacha borishi noma’lum. Umumiy dushman qarshisida birlashgan ushbu partiyalar turli siyosiy qarashlarga ega. Ayzenkot sobiq harbiy, u baribir Netanyahu kabi siyosiy ustomonlik ko‘rsata olmasa kerak. Isroilda esa muammolar ko‘p. Qolaversa, Netanyahu blokiga mlnlab isroilliklar ovoz berdi. Ular yangi hukumatdan norozi kayfiyatda. Shuning uchun men bu hukumat tuzilsa ham uzoq yashamaydi deb o‘ylayapman. @pan_diplomat
Open in TelegramAQSHdagi oxirgi saylovlarda turli ijtimoiy qatlamlarning partiyalarga ovoz berish kesimi. Respublikachilarga qishloq aholisi, oliy ta’lim olmaganlar, qariyalar va oq tanlilar ovoz bergan. 30 yoshgacha aholi bironta shtatda respublikachilarni tanlamagan. @pan_diplomat
Open in Telegram4,5 trln dollarlik, AI bozorida yetakçi Nvidia kompaniyasi rahbari xitoylik ma’şuqa bilan yurganini tan olibdi. AQŞ maxsus xizmatlari bu ma’şuqani Xitoy maxsus xizmati josusi deyotgan ekan. Xuddi kinolardagidek. @pan_diplomat
Open in Telegram