Posts of Paiziev24
Men 4 ta agentni sevishdan boshlagan edim - Grok, Muse, Dots va Instinct. Hozir 2 tasini sevayapman - Dots va Instinct. Ular çok guzel. @paiziev24
Open in TelegramMen ma’lumotlar o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkinligiga juda ishonaman. Deyarli har qanday tizimda zaiflik topilishi mumkin. Yaqinda Binance’dan 6 milliard dollardan ortiq kriptoaktivlar o‘g‘irlanganini hisobga olsak, davlat tizimlarining ham buzilishi ta’jubli emas. Ko‘pchilik ma’lumotlar o‘g‘irlanishini faqat telefon raqamingiz, pasportingiz yoki JSHSHIRingiz boshqa birovning qo‘liga tushishi deb tushunadi. Aslida, xavf bundan ancha katta. Tasavvur qiling, sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz, biometrik ma’lumotlaringiz va davlat tizimlaridagi zaifliklar birgalikda ishlatilsa, qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin? Sizning nomingizga kredit olishlari, bank hisoblaringizni egallashlari, elektron imzongizdan noqonuniy foydalanishlari mumkin. Kadastr yoki boshqa davlat reyestrlari ham buzilsa, uyingiz yoki mashinangiz egasi haqidagi yozuvlar o‘zgartirilishi, hatto tirik odamning hujjatlardagi holati noto‘g‘ri qayd etilishi xavfi ham bor. Bularning barchasi faqat pasport ma’lumotlari bilan amalga oshmaydi, albatta. Lekin bir nechta tizimdagi zaifliklar birlashtirilsa, bunday ssenariylar real xavfga aylanadi. Eng yomoni, parolingizni almashtirishingiz mumkin, lekin barmoq izingizni yoki yuzingizni almashtira olmaysiz. Shuning uchun gap faqat ma’lumotlarni himoya qilish haqida emas. Butun raqamli davlat infratuzilmasining xavfsizligi va fuqarolarning mulkiy hamda huquqiy daxlsizligi haqida ketyapti. @paiziev24
Open in TelegramBiz tashrif buyurgan yana bir kompaniya - humanoid robotlar ishlab chiqaruvchi AGIBOT bo‘ldi. O‘tgan yili Xitoyda 30 mingta humanoid robot sotilgan bo‘lsa, shundan 10 mingtasini aynan shu kompaniya sotgan ekan. Eng qizig‘i, kompaniya atigi 3 yil oldin tashkil etilgan bo‘lsa-da, shu vaqt ichida robotlarning 5 ta avlodini va 7 xil form-faktordagi modellarini yaratishga ulgurgan. Yonimdagi do‘stim SanDisk kompaniyasi vakili edi. Uning aytishicha, AGIBOT robotlari ularning zavodida ham ishlayotgan ekan. Kompaniya bionik robotlar ustida ham ishlayapti. Robotlardan birining tanasiga tegib ko‘rdim — terisi xuddi odamnikiga o‘xshaydi. Kechki ovqat atrofida, bu yerdagi katta VC lardan biri kursdoshim Stelladan so‘radim: Qanday qilib atigi 3 yil oldin tashkil etilgan kompaniya shunchalik qisqa vaqt ichida ilg‘or humanoid robotlar yaratib, katta zavodlarni ishga tushira oldi? Menga aynan shu tezlik juda qiziq. Xitoy kompaniyalari qanday qilib bunday sur’atda rivojlana olyapti? Stellaning javobi juda qiziq bo‘ldi. Bu haqda keyingi postda yozaman. @paiziev24
Open in Telegram100% elektrik yaxta va uchar dronlar. Odamsiz boshqariladi. Avatar filmini eslatdi. @paiziev24
Open in Telegram