Sozgar usta bitta daraxtga qarab tanburni oʻylasa, somsachi tandirni oʻylaydi. Har kim oʻz dunyoqarashi qadar fikrlaydi va ish tutadi. Bu tendensiyani erkaklarning ayol-qizlarga boʻlgan munosabatining va «ayol kim» degan savolga beradigan javobining turlicha ekanida ham koʻrish mumkin. Ayolni bir daraxt deb olsak, bu hayotda qaysidir qizga «sozgar usta», qaysidir qizga «somsachi» uchraydi. Ammo, bir daraxt uchun eng aʼlosi «bogʻbon»dir. Tilagim har bir opa-singlimizga yaxshi «bogʻbon» uchrasin. 👉 @otanazarzoda
Open in TelegramPosts of Asadbek.uz
49 yoshingiz muborak boʻlsin! Sardor Uktamoviç Umurzakov 1977-yil 23-noyabrda Toşkent şahrida tuğilgan. 1998-yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini iqtisodiyot yönalişi böyiça bakalavr, 1999-yilda Reding universitetini (Buyuk Britaniya) bank işi yönalişi böyiça magistr darajasida tamomlagan. 2018-yilda Toşkent moliya institutida iqtisodiyot fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Mehnat faoliyatini 2000-yilda Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida boşlagan va 2003-yilgaça turli lavozimlarda işlagan. 2004–2007-yillarda Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankida (London, Buyuk Britaniya) bankir sifatida faoliyat yuritgan. 2007–2013-yillarda Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ğaznaçiligida turli rahbarlik lavozimlarida işlagan. 2014–2018-yillarda «Özçarmsanoat» uyuşmasida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan, 2018–2019-yillarda uyuşma boşqaruvi raisi bölgan. 2019-yilda Özbekiston Respublikasi investitsiyalar va taşqi savdo vaziri etib tayinlangan. 2020–2022-yillarda Özbekiston Respublikasi Boş vazirining investitsiyalar va taşqi iqtisodiy aloqalar masalalari böyiça örinbosari – investitsiyalar va taşqi savdo vaziri lavozimida işlagan. 2022–2023-yillarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimida işlagan. 2023–2025-yillarda Özbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus topşiriqlar böyiça maslahatçisi, 2025–2026-yillarda Prezidentning strategik rivojlaniş böyiça maslahatçisi bölgan. 2026-yil 10-iyulda Özbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlaniş va islohotlar agentligi direktori etib tayinlangan. Baxt, omad, sogʻlik tilayman! 👉 @otanazarzoda
Open in TelegramAyrimlar soʻzlashish odobi, madaniyati va oʻzaro hurmatni «chatgpt»dan oʻrganishsa yomon boʻlmas edi... 👉 @otanazarzoda
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 59 h | 2,080 |
| 66 h | 2,100 |
- Total to date2,100
– 2026-yilni qanday oʻtganini bir soʻz bilan aytib bera olasizmi? – Gʻzing... 👉 @otanazarzoda
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 62 h | 2,100 |
| 67 h | 2,110 |
- Total to date2,110
Yuksak togʻlar – balandman deb quvonma, Vaqting kelsa tekis yerdek boʻlarsan. Toshqin daryo – haybatingga quvonma, Vaqting kelsa qurib choʻldek boʻlarsan. 👉 @otanazarzoda
Open in TelegramButkul choʻlga aylanmasidan Orolni bir bor koʻrishni xohlardim. Uni muqarrar «oʻlim»dan saqlab qololmasamda u bilan bogʻliq xotiralarimni asrab-avaylardim.. 👉 @otanazarzoda
Open in TelegramYuz yildan keyin: – Sahroni oʻrtasiga temir-tersaklar qayerdan kelgan dada? – Adashmasam bular kemalar qoldiqlari. – Sahroda kema nima qiladi dada? – Otam raxmatli bu yerda bir paytlar qandaydir dengiz bor edi degandilar. P.S. Orol bechora dengiz.. 👉 @otanazarzoda
Open in TelegramAmu, Sirni kutib tolgan, Orolim, Yigʻlab-yigʻlab qurib qolgan, Orolim, Sen tabiat emas, odam aybisan, Ranjib yuzin burib olgan, Orolim. P.S. Orol haqida ham gapirmay qoʻydik soʻngi vaqtlar💔 👉 @otanazarzoda
Open in TelegramOrol dengiz, Orol bechora dengiz Zilol dengiz uvol-ovvora dengiz Baxti qora, manglayi qora dengiz Koʻz oʻngimda, koʻz oʻngimda berar jon. Qani qadim qirgʻogʻida bogʻlari Tuprogʻi yuzida ajal dogʻlari Somonday sargʻayib qizgʻaldoqlari Koʻz oʻngimda, koʻz oʻngimda berar jon. Jovdir-jovdir jayronlarin koʻzlari Qirgʻogʻida qotib qolgan boʻzlari Qovjiragan yerga bosib yuzlarin Koʻz oʻngimda, koʻz oʻngimda berar jon. Qurgʻogʻidan qirgʻogʻimga qum koʻchdi, Momo yurtga sigʻmay tagʻin kim koʻchdi? Tagʻin qaysi uyim chirogʻi oʻchdi, Koʻz oʻngimda, koʻz oʻngimda berar jon. Men oʻyladim: bu dunyo jang maydoni, Orol ummon emas — toʻlib paymoni, Alpomishday yurtimning bir oʻgʻloni, Koʻz oʻngimda, koʻz oʻngimda berar jon. Ruhi joning choʻkmasin, ey qadrdon, Koʻylagi qon, koʻkragi qon pahlavon. Sensiz menga tor kulbadek bu jahon, Koʻz oʻngimda, koʻz oʻngimda berar jon. Osmonlarga qoʻli yetgan davronim, Top bir chora, boʻlmagil bezabonim. Peshonamga bitgan yolgʻiz ummonim Koʻz oʻngimda, koʻz oʻngimda berar jon ✍ Muhammad Yusuf 👉 @otanazarzoda
Open in Telegram«Men nima sizlarga benzinmanmi, tinmay oshaman?!» 🤣⛽️ QVZ Oliy Ligasidan navbatdagi «aktual» chiqish. Gaz, svet, benzin va soʻz erkinligi haqida achchiq haqiqatlar hazil orqali aytilganda... 👉 @otanazarzoda
Open in Telegram❄️Qashqadaryo. Qamashi. Maydanak togʻlari. Qashqadaryo boshqa daryo P.S. anavi musiqa kamlik qilyapti xolos 👉 @otanazarzoda
Open in Telegram#tayinlov Jumanov Anvarjon Azimjonovich Fargʻona viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. 👉 @otanazarzoda
Open in TelegramJensen Huang aslida Saudiyadami, Afgʻonistondami yoki bironta amirlik davlatida yashaganida shuncha mashmashalar boʻlmasdi... 👉 @otanazarzoda
Open in TelegramNimaga ( * )buni qoʻydim? Yomon gap emasku? Hatto instagram shu jarayon tasvirlangan postlarga zapret qoʻymaydi. Oʻzimcha madaniyatlidek koʻrinmoqchi boʻldim shekilli.. 👉 @otanazarzoda
Open in TelegramMuddatli harbiy xizmatni namunali oʻtagan ayrim askarlar oliy harbiy taʼlim muassasalariga test sinovlarisiz qabul qilinadi Hukumatning tegishli qaroriga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra (QMMB: 09/26/629/1145-son, 19.11.2026 y.), Prezidentning 2026-yil 7-apreldagi PQ–134-son qarori ijrosi doirasida muddatli harbiy xizmatchilar uchun yangi imtiyoz tartibi belgilandi. Unga koʻra, muddatli harbiy xizmatni namunali oʻtagan, respublika va xalqaro sport musobaqalari yoki fan olimpiadalarida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan harbiy xizmatchilar orasidan masʼul vazirlik va idoralarga ajratilgan yillik kvota doirasida saralab olingan nomzodlar quyidagi oliy taʼlim muassasalariga test sinovlarisiz, toʻgʻridan-toʻgʻri oʻqishga qabul qilinadi: • Amir Temur nomidagi DXX akademiyasiga — DXX tizimida xizmat oʻtagan, dastlabki saralab olish va maxsus kasbiy tanlash tadbirlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar; • Jamoat xavfsizligi universitetiga — Milliy gvardiya tizimida xizmat oʻtagan va dastlabki saralab olishdan oʻtgan nomzodlar; • Oliy harbiy taʼlim muassasalariga (OHTM) — masʼul vazirliklar tizimida xizmat oʻtagan, harbiy-professional yoʻnaltirish va dastlabki saralab olish natijalariga koʻra tavsiya etilgan nomzodlar. Mazkur imtiyozli kvotalar Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarning umumiy soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 👉 @otanazarzoda
Open in Telegram