Posts of 😔😔Dadajonim Armonim🥺🥺
Jimlik cho'kkan xona... So'ngsiz o'ylar va oxiriga yetmagan anduh. Ayrim kunlar bo'larki, tashqi olamdagi shovqindan emas, o'z xayollaringning og'irligidan charchaysan kishi. Hech kimga kerakmisan yoki yo'q bu savol yurakni kemirib borayotgan bir paytda, bor yo'g'i bitta iliq so'zga, panohga ehtiyoj sezasan. Ba'zan o'zgalardan emas o'zingdan qo'rqasan. Mana shu ojizlik va najot istagi qog'ozga ko'chganda kimgadur shu so'zlarni aytgim keladi, Meni o'zing asrab avayla, Men o'zimni asrolmayabman.. Yomon kundan yaxshi kunlarga Yugurib ham yetolmayabman🥹 Meni o'zing asrab avayla, Ildiz otgan azoblar ketsin. Horg'in tanim, ojiz yurakni, Qon yutganin ko'zlarim aytsin.🥹 @otam_armonim
Open in TelegramOna… Bilaman his qilaman, siz meni holatimni anglaysiz. Sizga qarasam bo'ldi bas, ko‘zlarimdan hamma narsani uqib olasiz. O'zimdan hamda o'zga insonlarni toshbag‘irligidan charchab, o‘z qobig‘imga o‘ralib qolganimni, kunduzi hamma uchun kulib yurib, tunlari yolg‘izlikning sovuq devorlariga suyanib unsiz yig‘lashimni ham sezasiz. Yelkamda tog‘dek zil zambil dardlar bor, lekin ularni na ko‘tarishga kuchim yetadi, na tashlab ketishga jur’atim. Ba’zan o‘zimni o‘zim tushunmay qolaman, jizzaki bo‘lib ketganman bu bag‘ritoshlik emas ona, bu to‘lib ketgan yurakning faryodi. Sizni ranjitishdan qo‘rqaman, lekin bugun bir haqiqatni aytmasam bo‘lmaydi: ruhim shu qadar charchadiki, bu dunyoning og‘riqlaridan bir zumga bo‘lsa-da tin olishni, shunchaki… ketishni istayman... Jannatda og'riqlar bo'lmaydi deya, O'zimga daldalar beraman, ona. Toshyurak insonlar ichida har kun Dalli devonaday yuraman, ona. Yerga begonaman, osmon uzoqda, Qanotim yo'q, meni ucha olmayman. Go'yoki yelkamda dunyo yuki bor, Netayin, ulardan kecha olmayman. Ko'z yoshning ta'midan qolganman bezib, Armonlar qalbimni tilib boradir. Boshimni eggancha jimjitlik aro, Yolg'izlik jonimdan o'tib boradir. O'zim tushunmayman o'z holatimga, Asabiy, jizzaki bo'lib qolyapman. Kunduzi hammasi yaxshidek, go'yo, Tundachi olovsiz, cho'g'siz yonyapman. Ko'ksimga sig'maydi yig'ilgan alam, Qachon bu ko'ksimga shamol yeladi? Mendan ranjimagin, bir so'z aytaman: Ona, bu dunyodan ketgim keladi... Jannatda og'riqlar bo'lmaydi deya, O'zimga daldalar beraman, ona.🥹🥹🥹 @otam_armonim
Open in Telegram#ЖУМА_МУБОРАК ✨Азиз диндошим муборак Жуманинг файзи барокати сизга бўлсин 🌙Энг яқин инсоним кириб келган “Жума” куни муборак бўлсин. ЯҚИНЛАРИНГИЗНИ БИРИНЧИЛАРДАН БЎЛИБ ТАБРИКЛАНГ ❗️Яқинларга Ҳам Улашинг 👉🏼 @otam_armonim
Open in TelegramAssalomu alaykum! Xayrli tong! 🌸 Yangi kuningiz xayrli, rizqingiz ulug‘, ko‘nglingiz xotirjam bo‘lsin. Har bir tongingiz quvonchli xabarlar bilan boshlansin. Allohim barchamizga barakali kun nasib etsin! 🤲❤️@otam_armonim
Open in Telegram