Ertaga Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun. Vatan bayroği butun mamlakat böylab hilpirab aylanib çiqmoqda. Butun respublikada “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” şiori ostida “Bayroq estafetasi” ötkazildi. Davlat bayroği viloyatdan viloyatga tantanali ravişda topşirildi.
Ertaga esa "Xalqlar döstligi" san’at saroyi maydonida konsert dasturi, dron şoular böladi. Bayroğimiz harbiy vertolyotda butun şaharni aylanib çiqadi.
Ijtimoiy rolikda körsatilganidek, Vatan bayroği har doim yonimizda, köksimizda, qalbimizda bölsin.
Şoira Halima Xudayberdiyeva aytganidek,
Yurt bayroğin har joygamas,
Könglingga ek. Köksingni öy.
Işlov bergin, yumşatib tur
Ildiz otsin, körsatsin böy.
To bu bayroq, Vatan, nurlar
Iç-içingga ketsin kirib.
Toki ğanim — vatanxörlar,
Ololmasinlar suğurib.
Şunday örgat qulni, xonni,
Uçmas quş ham uçar bölsin.
To bayroqdan oldin jonni
Bermoq oson keçar bölsin.
@otabek_khasanov